Davlat yer kadastri sohasida geografik axborot tizimlarini qo’llashning ahamiyati

CC BY f
204-209
18
0
Поделиться
Нуратдинов, А., Амангелдиева, У., & Канназаров, З. (2023). Davlat yer kadastri sohasida geografik axborot tizimlarini qo’llashning ahamiyati. Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 204–209. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23854
А Нуратдинов, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

докторант

У Амангелдиева, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

докторант

З Канназаров, Каракалпакский государственный университет

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan istalgan ko‘chmas mulk obiektlarining huquqiy kafolati sifatida davlat kadastrlari tizimi yuritiladi va bunday tizimdagi \ ma‘lumotlarning qiymati ham iqtisodiy tarafdan ham huquqiy tarafdan juda muhimdir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda bunday ma‘lumotlar raqamli ma‘lumotlar bazasi shaklida mavjud bo‘lishi kadastr sohasida obiektlarni operativ kuzatish va boshqarish, tuzatishlar kiritish va yangilash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Davlat kadastrlarining asosiy obiektlaridan biri bo‘lgan yer resurslarini boshqarish, yer uchastkalarining atributiv ma‘lumotlarini qayd qilib borish va ma‘lumotlarni saqlashda (himoyalashda) geografik axborot tizimlarining ahamiyati kata hisoblanadi.


background image

204

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

8. Чертовицкий А.С., Нарбаев Ш.К., Оценка экономического ущерба от
деградации пастбищ. Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги журнали. №11. 2014. - 34-
35 б.
9. Ўзбекистон Республикаси Ер ресурсларининг ҳолати тўғрисида Миллий
ҳисобот. «Давергеодезкадастр» қўмитаси. - Тошкент, 2010-2020 й.й.
10. Ўзбекистон Республикаси Ер ресурсларининг ҳолати тўғрисида Миллий
ҳисобот. Кадастр агентлиги. – Тошкент, 2023, - 96 б.

DAVLAT YER KADASTRI SOHASIDA GEOGRAFIK AXBOROT

TIZIMLARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI

Nuratdinov A.U.

– doktarant, O‘zbekiston milliy universiteti,

Amangeldiyeva

U.J.

– doktarant, O‘zbekiston milliy universiteti

, Kannazarov Z.U.

- o‘qituvchi,

Qoraqalpoq davlat universiteti.

Annotatsiya:

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan istalgan

ko‘chmas mulk obiektlarining huquqiy kafolati sifatida davlat kadastrlari tizimi
yuritiladi va bunday tizimdagi ma‘lumotlarning qiymati ham iqtisodiy tarafdan ham
huquqiy tarafdan juda muhimdir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda bunday
ma‘lumotlar raqamli ma‘lumotlar bazasi shaklida mavjud bo‘lishi kadastr sohasida
obiektlarni operativ kuzatish va boshqarish, tuzatishlar kiritish va yangilash
imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Davlat kadastrlarining asosiy
obiektlaridan biri bo‘lgan yer resurslarini boshqarish, yer uchastkalarining atributiv
ma‘lumotlarini qayd qilib borish va ma‘lumotlarni saqlashda (himoyalashda)
geografik axborot tizimlarining ahamiyati kata hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

kadastr, ma‘lumotlar bazasi, raqamli ma‘lumotlar,

vizualizatsiya ESRI, ArcGIS.


O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer munosibatlariga aloqador bo‘lgan

barcha ishlar yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi xo‘jaliklar karta
hujjatlari asosida olib boriladi. Jumladan, davlat yer kadastri yerni baholash, yer
miqdorining hisobini har bir yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi shirkat,
dehqon fermer xo‘jaliklari bo‘yicha olib borish, monitoring ishini bajarish va boshqa
turli loyihalash qidruv ishlarini bajarishda hamda turli sohalar bo'yicha
ixtisoslashtirilgan xo‘jalik, tuman, viloyatlar bo‘yicha turli masshtablardagi
kartalarni yaratishda asosiy manba vazifasini bajaradi [2].

Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar

kafolatlanishini ta’minlash, erning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har
tomonlama o‘rganish va baholash maqsadida yuritiladi. Davlat yer kadastri Davlat


background image

205

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yerlarning tabiiy,
xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining
o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va
mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar
tizimidan hisoblanadi. Kadastr hujjatlari tarkibiga kadastr pasporti, kadastr plani va
kartasi va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda kadastr kartalarini yaratishda zamonaviy
metodlardan biri bo‘lgan geografik axborot tizimidan foydalanish ma‘lumotlarning
sifati va aniqligini oshirishda qo‘l kelmoqda [1].

Kadastr kartasi - bu ma‘lum bir hududdagi ko‘chmas mulk haqida batafsil

ma‘lumot beruvchi karta hisoblanadi. Kadastr kartalari, shuningdek,
foydalanuvchiga qo‘shimcha ma‘lumotlarni o‘rganish imkonini beradi, masalan,
ob‘ekt nomlari, posyolkalar uchun takrorlanmas identifikatsiya raqamlari, mulk
huquqi guvohnomasi, mavjud tuzilmalarning joylashuvi, uchastka yoki lot raqamlari
va ularning tegishli hududlar lokatsiyasi, ko‘cha nomlari, tanlangan chegara
o‘lchamlari va boshqalar. Kadastr ma‘lumotlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan tarixi,
joriy va istiqboldagi huquq, mulk huquqi, shu jumladan geografik miqyosni
tavsiflash uchun zarur bo‘lgan fazoviy ma‘lumotlarni tavsiflaydi.

Kadastr kartalari quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
1. Tabiiy geografik va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’rganish uchun batafsil

ma‘lumotlar olish.

2. Tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy boyliklarni zahirasini, chegarasini va geografik

joylashishini bilish.

3. Soliqlar chegarasini (miqdorini) aniqlash (Yer va boshqa tabiiy

boyliklardan foydalanganligi uchun).

4. Yer uchastkalari, ekin maydonlari, yaylovlar, o‘tloqlar, o‘rmonlar va x.k.

baholash va tan narxini aniqlash.

5. Tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy boyliklardan oqilona foydalanish yo‘llarini

aniqlash va chora tadbirlarni belgilash.

6. Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini baholash, qayta ishlash,

ko‘paytirish va ekologik muvozanatni saqlash uchun.

Yer kadastri yerdan foydalanganlik uchun haq undirishda birlamchi asos

bo‘lib xizmat qilishi zarur ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yerdan
foydalanganlik uchun haq to‘lanadi va yer uchun haq har yil to‘lanadigan yer solig‘i
shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkalarining sifatiga, joylashgan o‘rniga va
suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer uchastkalari ijaraga berilgan
taqdirda yer uchun to‘lov ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori tomonlarning
kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin u yer solig‘i stavkasining bir baravaridan
kam va uch baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak yerdan qishloq xo‘jaligi


background image

206

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

ehtiyojlarida foydalanilgan taqdirda ijara haqi yer solig‘i stavkasining bir baravari
miqdorida bo‘ladi [3].

ESRI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ma‘lumotlarni saqlash tizimi

boʻlgan geoma‘lumotlar bazasi atribut jadvallarni, geografik xususiyatlarni,
aerokosmik tasvirlarni, sirtni modellashtirish ma‘lumotlarini va tadqiqot
o‘lchovlarini

saqlashi

imkoniyatlariga

ega

hisoblanadi.

https://en.wikipedia.org/wiki/Esri

a

b

v

1-rasm. Aerokosmik tasvirlar orqali yerdan foydalanishning o‘zgarishi

tahlili. (a-2006 y, b-2016 y, v-2022 y).

Davlat yer kadastrini yuritishda aerokosmik suratga olish, topografik-

geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa
tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan
hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga
bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi. Hozirgi kunga
kelib kadastr ma‘lumotlarini elektron va katta, milliy ma‘lumotlar bazalarini
yaratmoqda. Endilikda yerga oid ma‘lumotlar yaqin vaqtgacha imkoni bo‘lmagan
usullar bilan birlashtirilib, tahlil qilinmoqda va tarqatilmoqda. Kadastr bu ikki
qismdan, barcha er uchastkalarining o‘lchami va joylashishini ko‘rsatadigan bir
qator xaritalar yoki rejalardan, shuningdek erning atributlarini tavsiflovchi matnli
yozuvlardan iborat axborot tizimi. Ushbu kadastr kartasida ko‘pincha chegara
chiziqlari, uchastka shegarasi, lot raqamlari, yo‘l chegaralari, reja raqamlari,
o‘lchamlari va syomka jarayonida topilgan mulk uchastkalari haqidagi boshqa
ma‘lumotlar tasvirlanadi. Bunday kata hajmli ma‘lumotlarni kartalashtirishda bir
qancha muammolar kelip chiqadi [5].


background image

207

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

1-rasm. ArcGIS dasturida yaratilgan Nukus shahri raqamli kadastr kartasi.

Davlat yer kadastrining ma‘lumotlarini to‘plash, boshqarish va kadastr

kartalarini tuzish bilan bog‘liq muammolar:

Hajm murakkabligi:

hajm bilan bog‘liq viloyat yoki respublika

miqyosidagi ma‘lumotlar.

Ma‘lumotlar formatlari

: ma‘lumotlar bir nechta manbalardan olinadi va

turli formatlarda bo‘lib, kompilyatsiya qilish va saqlashni qiyinlashtiradi.

Asl ma‘lumotlarning holati:

Asl ma‘lumotlar hali ham qog‘oz nusxada

bo‘lishi mumkin, ularni o‘qish qiyin, saqlanishi yomon va kirish qiyin.

Xarajatlar:

ma‘lumotlarni yig‘ish va saqlash uchun yuqori xarajatlarga

olib keladigan samarasizlik.

Barqarorlik:

joriy ma‘lumotlar bazasini yaratish va qo‘llab-quvvatlash

byudjet cheklovlari tufayli qiyin bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi va shunga o‘xshash boshqa muammolarni samarali hal etishda

ESRI GIS bir nechta dasturiy vositalari taklif etmoqda:

ArcView

keng qamrovli ma

lumotlardan foydalanish, xaritalash va tahlil

qilishga qaratilgan.

ArcEditor

kengaytirilgan geografik tahrirlash va ma'lumotlarni

yaratishni qo'shadi.

ArcInfo

to‘liq, professional GIS ish stoli bo‘lib, geoprocessing

vositalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli GIS funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu ilovalar kadastrni boshqarish uchun ArcGISning funktsional

imkoniyatlarini keskin kengaytiradi.

Kadastr ma‘lumotlarini GIS texnologiyalari yordamida kartalashtirganimizda

nafaqat vizualizatsiya, ba‘lki obiekt va mulkdor haqidagi atribut ma‘lumotlarni
ma‘lumotlar bazasi shaklida saqlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa ko‘chmas mulk
obiekti haqidagi boshlang‘ich ma‘lumotlardan to joriy ma‘lumotlarga qadar bo‘lgan
huquqiy o‘zgarishlarni yozib borish imkonini beradi. [4].

Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil etadi:


background image

208

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

yer uchastkalarini elektron hisobga olish;

yerni qiymat jihatidan baholash;

yer kadastri ma’lumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va

manfaatdor shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.

2-rasm. GIS dasturida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat

ro‘yxatidan o‘tkazish.

Xulosa qilib aytganda, kadastr sohasida GISdan foydalanish orqali

obiektlarning ma‘lumotlar bazasi yaratiladi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan ko’p
miqdordagi grafik va mavzuli ma‘lumotlar bazasiga ega bo’lgan baza asosida ishlar
bajarish imkoniyatiga ega.

Fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli qarorlarni qabul

qilish va monitoring ishlarini amalga oshirda,

Shuningdek

eskirib

o‘qilishi

qiyinlashib qoladigan kadastr hujjatlarini raqamli tarzda saqlash orqali sohadagi
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noaniqliklar va nizolarning oldini olishga va
resurslardan foydalanishni rejalashtirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Davlat kadastrlarini

yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida Toshkent sh., 2021-yil 22-iyun, 389-son
2.

G‘.A.Talipov. O‘zbekiston yer kadastri asoslari: - Т.: «Moliya», 2007, 188 b.

3.

V.R. Rahimov A.R. Babajanov Davlat kadastri asoslari o‘quv qo‘llanma

«Faylasuflar» nashriyoti Toshkent–2013
4.

E.Yu.Safarov, Sh.M.Prenov, O.R.Allanazarov, Q.Q.Bekanov. Geografik

axborot tizimlari. ArcGIS dasturida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish
bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent – 2020


background image

209

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

5.

Kannazarov Z. U., Nurnazarov S. J., Matsapaeva N. K. Jer resurslarin araliqtan

zondlaw hám gis texnologiyalari járdeminde izertlew //Innovative Development in
Educational Activities. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 4-11.

6.

www.lex.uz

7.

www.//maping.com

8.

https://en.wikipedia.org/wiki/Esri

CHIRCHIQ-OHANGARON HAVZASIDA TARQALGAN

YERLARNING GRANULOMETRIK TARKIBI

Qurvantaev R., Musurmanov A.A., Xalilova Z.F., Solieva N.A. -

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Guliston Davlat
Universiteti.

Annotatsiya.

Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan

qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z,
batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari tuproqlarining
granulometrik tarkibida yirik chang (0,05-0,01 mm) zarrachalarning yuqori
miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli mikrostruktura elementlar
aniqlandi. Qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli
bo‘lib, fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, quyidagi zarrachalardan
tashkil topgan: yirik qum (1-0,25 mm), o‘rta qum (0,25-0,1 mm), mayda qum (0,1-
0,05 mm), yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan xam farq qiladi.
Lalmi erlar tipik bo‘z tuproq granulometrik tarkib jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib,
fizik loyning miqdori kesma bo‘yicha 42,0-45,6 % ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan
erlardagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta
qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 31,3-40,1 % gacha tebranadi. Sug‘orish
hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma’lum darajada parchalangani
kuzatilgan, lalmi erlar tipik bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma
qatlamlari bo‘yicha 21-27 %, sug‘oriladigan erlar tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 %,
bo‘z-o‘tloqi tuproqda 12-29 % tashkil qiladi. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari
turli xil granulometrik tarkibli tuproqlardan tarkib topgan bo‘lib, og‘ir va o‘rta
qumoqlilardir ya’ni kesma qatlamlari bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik
tarkibli tuproqlar uchraydi.

Kalit so‘zlar

: qumloq, engil, o‘rta, og‘ir qumoq, qo‘riq lalmi erlar, to‘q tusli,

sug‘oriladigan tipik, bo‘z-o‘tloqi, degradatsiya, unumdor erlar.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida Toshkent sh., 2021-yil 22-iyun, 389-son

G‘.A.Talipov. O‘zbekiston yer kadastri asoslari: - Т.: «Moliya», 2007, 188 b.

V.R. Rahimov A.R. Babajanov Davlat kadastri asoslari o‘quv qo‘llanma «Faylasuflar» nashriyoti Toshkent–2013

E.Yu.Safarov, Sh.M.Prenov, O.R.Allanazarov, Q.Q.Bekanov. Geografik axborot tizimlari. ArcGIS dasturida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent – 2020

Kannazarov Z. U., Nurnazarov S. J., Matsapaeva N. K. Jer resurslarin araliqtan zondlaw hám gis texnologiyalari járdeminde izertlew //Innovative Development in Educational Activities. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 4-11.

www.lex.uz

www.//maping.com

https://en.wikipedia.org/wiki/Esri

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов