Chirchiq-Ohangaron havzasida tarqalgan yerlarning granulometrik tarkibi

  • Научно-исследовательский институт почвоведения и агрохимии Гулистанского государственного университета
  • Научно-исследовательский институт почвоведения и агрохимии Гулистанского государственного университета
  • Научно-исследовательский институт почвоведения и агрохимии Гулистанского государственного университета
  • Научно-исследовательский институт почвоведения и агрохимии Гулистанского государственного университета
CC BY f
209-215
4
1
Поделиться
Курвантаев, Р., Мусурманов, А., Халилова, З., & Солиева, Н. (2023). Chirchiq-Ohangaron havzasida tarqalgan yerlarning granulometrik tarkibi . Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 209–215. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23855
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari tuproqlarining granulometrik tarkibida yirik chang (0,05 0,01 mm) zarrachalarning yuqori miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli mikrostruktura elementlar aniqlandi. Qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, quyidagi zarrachalardan tashkil topgan: yirik qum (1-0,25 mm), o‘rta qum (0,25-0,1 mm), mayda qum (0,1-0,05 mm), yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan xam farq qiladi. Lalmi erlar tipik bo‘z tuproq granulometrik tarkib jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori kesma bo‘yicha 42,0-45,6 % ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan erlardagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 31,3-40,1 % gacha tebranadi. Sug‘orish hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma’lum darajada parchalangani kuzatilgan, lalmi erlar tipik bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma qatlamlari bo‘yicha 21-27 %, sug‘oriladigan erlar tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 %, bo‘z-o‘tloqi tuproqda 12-29 % tashkil qiladi. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli xil granulometrik tarkibli tuproqlardan tarkib topgan bo‘lib, og‘ir va o‘rta qumoqlilardir ya’ni kesma qatlamlari bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik tarkibli tuproqlar uchraydi.


background image

209

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

5.

Kannazarov Z. U., Nurnazarov S. J., Matsapaeva N. K. Jer resurslarin araliqtan

zondlaw hám gis texnologiyalari járdeminde izertlew //Innovative Development in
Educational Activities. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 4-11.

6.

www.lex.uz

7.

www.//maping.com

8.

https://en.wikipedia.org/wiki/Esri

CHIRCHIQ-OHANGARON HAVZASIDA TARQALGAN

YERLARNING GRANULOMETRIK TARKIBI

Qurvantaev R., Musurmanov A.A., Xalilova Z.F., Solieva N.A. -

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Guliston Davlat
Universiteti.

Annotatsiya.

Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan

qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z,
batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari tuproqlarining
granulometrik tarkibida yirik chang (0,05-0,01 mm) zarrachalarning yuqori
miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli mikrostruktura elementlar
aniqlandi. Qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli
bo‘lib, fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, quyidagi zarrachalardan
tashkil topgan: yirik qum (1-0,25 mm), o‘rta qum (0,25-0,1 mm), mayda qum (0,1-
0,05 mm), yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan xam farq qiladi.
Lalmi erlar tipik bo‘z tuproq granulometrik tarkib jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib,
fizik loyning miqdori kesma bo‘yicha 42,0-45,6 % ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan
erlardagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta
qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 31,3-40,1 % gacha tebranadi. Sug‘orish
hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma’lum darajada parchalangani
kuzatilgan, lalmi erlar tipik bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma
qatlamlari bo‘yicha 21-27 %, sug‘oriladigan erlar tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 %,
bo‘z-o‘tloqi tuproqda 12-29 % tashkil qiladi. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari
turli xil granulometrik tarkibli tuproqlardan tarkib topgan bo‘lib, og‘ir va o‘rta
qumoqlilardir ya’ni kesma qatlamlari bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik
tarkibli tuproqlar uchraydi.

Kalit so‘zlar

: qumloq, engil, o‘rta, og‘ir qumoq, qo‘riq lalmi erlar, to‘q tusli,

sug‘oriladigan tipik, bo‘z-o‘tloqi, degradatsiya, unumdor erlar.


background image

210

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Yerlarning unumdorligida granulometrik tarkib etakchi o‘rin tutadi.

Yerlarning granulometrik tarkibi (uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq ravishda)
uzoq muddatda o‘zgarmaydigan fizik ko‘rsatgich hisoblanadi. Unda tuproq hosil
bo‘lish jarayonining butun davriga hamda erlarning barcha xossa-xususiyatlari,
tartibotlari o‘z ifodasini topadi. Erlarni tavsiflashda, uni baholashda granulometrik
tarkibni naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi erlarning granulometrik
tarkibi bo‘yicha xaritalarni tuzish katta amaliy ahamiyatga ega. SHuni ta’kidlash
kerakki, erning kimyoviy tarkibi, ayniqsa, uning singdirish sig‘imi, chirindining
miqdori va boshqalar, albatta granulometrik tarkibga juda bog‘liq holda o‘zgarib
turadi. Granulometrik tarkib erdagi butun jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi,
o‘z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo‘lgan butun tadbirlarni ishlab
chiqishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonda tarqalgan yerlarning tuproq tiplarini granulometrik tarkibini

turli davrlarda ko‘pgina olimlar [1-11] tomonida o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi
davrlarda tuproqlarni granulometrik tarkibi turli agrotexnologiyalar, agrotexnik
tadbirlar va evolyusion jarayonlar ta’sirida o‘zgarishini bir qancha olimlarning ilmiy
ishlarida izohlangan [5; 20-24 s., 6; 142-146 s., 8; 46 b., 10; 235-239 b., 11; 69-72
p.]. Keltirilgan adabiyoilar manbalaridan ma’lumki keyingi yillarda Chirchiq–
Oxangaron havzasi bo‘yicha erlarning granulometrik tarkibini izohlovchi
adabiyotlar juda kam.

Tadqiqot maqsadi Chirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli tuproq-iqlim

sharoitiga mansub hududlarida tarqalgan asosiy tuproq tiplarining unumdorligini
belgilovchi granulometrik tarkibini hozirgi holatini izohlashdan iborat.

CHirchiq-Ohangaron havzasi erlarida keng tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘

jigarang, lalmi to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi,
batqoq-o‘tloqi tuproqlarining

kesmalarida uning hajm og‘irligi, qattiqligi, suv

o‘tkazuvchanlik, namligi aniqlandi va labaratoriya tahlili uchun tuproq namunalari
olindi. Labaratoriya sharoitida quyidagi tahlillar amalga oshirildi: granulometrik
tarkibini geksometofosfat natriy tuzi yordamida Bratcheva usulida aniqlandi [7; 245
s.].

Chirchiq-Ohangaron havzasi Toshkent vohasida joylashgan erlarning

granulometrik tarkibini kesma bo‘yicha o‘zgarishi uning fizikaviy xossalariga va
oziqa tartibotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Erdagi turli kattalikdagi zarrachalar kesma
bo‘yicha keng miqyosda o‘zgaradi. Bo‘stonliq tumani “Burchimulla” massivi
erlarida tarqalgan qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir
qumoqli bo‘lib, degradatsiya jarayoni tufayli hamda yog‘in sochinlar ta’sirida er
yuzasidan va kesma bo‘ylab pastga qarab il zarrachalarining yuvilishi natijasida
fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, asosan quyidagi zarrachalar


background image

211

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

tashkil etadi: yirik qum (1-0,25 mm) 0,4 dan 3,6 % gacha, o‘rta qum (0,25-0,1 mm)
0,2 dan 0.9 % gacha, mayda qum (0,1-0,05 mm) 10,9 dan 17,9 % gacha. Bu erda
tarkib topgan yotqiziqlarida yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan
xam farq qiladi. Keyingi navbatda o‘rta va mayda chang zarrachalar miqdori
egallaydi. Il zarrachalari (0,001 mm dan kichik) 7,2-9,9 % gacha bo‘lib qatlamlarda
keskin farq sezilmaydi (jadval).

Bo‘stonliq tumani “Sijjak” massivi tog‘ jigarrang lalmi erlarning

granulometrik tarkibi bo‘yicha xam yuqorida izohlangan qonuniyat kuzatilib, qo‘riq
erlarda granulometrik tarkibi bo‘yicha aniq farqi kuzatilmaydi. Yuqorida izohlangan
qonuniyatlar takrorlanadi. Bu tuproqlar xam granulometrik tarkib jihatidan og‘ir
qumoqlidir. Kesma bo‘yicha fizik loyning miqdori tepa 0-12 sm qatlamda 43,1 % ni
tashkil qilsa, pastga karab zarrachalarning yuvilishi intensiv bo‘lishi hisobiga 35-78
sm qatlamda 60 % gacha fizik loy to‘plangan. Pastga qarab esa uning miqdori 54-
51 % gacha kamayib borgan. Bo‘stonliq tumani “Qo‘shqo‘rg‘on” massivi lalmi
erlari to‘q tusli bo‘z va Parkent tumani “Zarkent” massivi lalmi erlari tipik bo‘z
tuproqlar granulometrik tarkib jihatidan bir biridan farq qilib mos ravshda og‘ir va
o‘rta qumoqlidir. Har ikkala er tuproq tipida yirik (0,05-0,01 mm) va o‘rta chang
(0,01-0,005 mm) zarrachalar miqdorining ko‘pligi bilan ifodalanadi, mos ravishda
21,5-38,9 % va 19,8-26,3 % ni tashkil etadi. O‘rta va yirik qum miqdori kesma
bo‘yicha birmuncha kamligini ko‘rish mumkin. Il o‘rta va yirik qum miqdoriga
nisbatan birmuncha yuqoriligi (7,4-12,9 %) bilan tavsiflanadi.

Jadval

Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan tuproqlarning

granulometrik tarkibi,

%

Kesma

Chuqurli
gi, sm

Tuproqlarning zarrachalar kattaligi, mm

Fizik
loy

>

0,25

0,25-
0,1

0,1-
0,05

0,05-
0,01

0,01-
0,005

0,005-
0,001

<
0,001

CHirchiq havzasi
Bo‘stonliq tumani “Burchimulla” massivi yerlari qo‘riq tog‘ jigarrang tuproq

74

0-7

0,8

0,2

15,0

34,1

21,8

19,5

8,6

49,9

7-28

2,0

0,5

15,5

30,2

22,2

19,8

9,9

51,9

28-52

2,0

0,5

10,9

35,4

21,7

20,2

9,3

51,2

52-100

1,6

0,4

17,9

27,2

20,3

23,0

9,6

52,9

100-137

3,6

0,9

10,9

39,0

16,4

22,0

7,2

45,6

137-180

2,0

0,5

13,9

38,1

12,1

24,0

9,4

45,5

Bo‘stonliq tumani “Sijjak” massivi yerlari tog‘ jigarrang lalmi tuproq

67

0-12

3,6

0,9

20,2

32.,2

17,7

16,5

8,9

43,1

12-38

3,2

0,8

9,7

33,3

21,0

22,6

9,4

53,0

38-75

2,0

0,5

3,1

24,4

21,8

37,6

10,6

60,0


background image

212

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

7

5-108

3,6

0,9

16,5

24,4

18,1

24,2

12,3

54,6

1

08-145

1,6

0,4

13,4

33,1

14,1

31,8

5,6

51,5

Bo‘stonliq tumani “Qo‘shqo‘rg‘on” massivi yerlari lalmi to‘q tusli bo‘z tuproq


83

0-28

0,4

0,1

19,7

21,5

26,3

22,3

9,7

58,3

28-40

0,5

0,1

15,0

29,7

22,6

20,9

11,2

54,7

40-76

0,4

0,1

14,4

30,1

20,0

22,1

12,9

55,0

Parkent tumani “Zarkent” massivi yerlari lalmi tipik bo‘z tuproq

53

0-30

2,4

0,6

25,1

27,2

23,6

9,5

11,6

44,7

30-45

2,0

0,5

19,0

3

6,2

21,6

10,4

10,3

42,3

45-87

2,4

0,6

13,5

3

7,9

22,9

13,2

9,5

45,6

87-110

1,6

0,4

17,1

3

8,9

19,8

14,8

7,4

42,0

110-179

2,0

0,5

16,1

3

6,6

23,7

12,6

8,5

44,8

Zangi ota tumani “Ittifoq” massivi yerlari sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq

1

0-25

2,0

0,5

28,5

31,5

16,3

10,7

10,5

37,5

25-40

1,6

0,4

36,0

25,4

22,2

7,1

7,3

36,6

40-77

1,2

0,3

32,5

27,0

26,2

4,1

8,7

39,0

77-105

2,8

0,7

38,8

26,4

15.0

7,4

8,9

31,3

105-150

0,8

0,2

41,6

31,8

10,9

9,8

4,9

25,6

150-210

0,8

0,2

31,4

32,0

18,2

8,0

9,4

35,6

Qibray tumani “Qibray”massivi yerlari sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproq

9

0-28

0,8

2,7

28,6

21,3

15,8

14,0

6,8

36,6

28-44

9,2

2,3

34,6

16,0

13,1

13,3

11,5.

37,9

44-71

9,6

2,4

33,8

14,1

16,0

14,4

9,7

40,1

71-106

10,0

2,5

21,6

27,2

16,3

9,9

12,5

38,7

106-143

8,0

2,0

20,4

28,4

13,8

13,8

13,6

35,4

143-200

8,0

2,0

25,2

27,4

12,5

13,3

11,6

37,4

Ohangaron havzasi

Ohangaron tumani “Angren” massivi yerlari to‘q tusli bo‘z tuproq

105

0-28

1,2

0,3

17,2

31,0

18,6

24,9

6,8

50,3

28-45

1,6

0,4

15,3

28,8

21,5

22,7

9,7

53,9

45-79

1,2

0,3

16,2

25,4

22,0

28,4

6,5

56,9

YUqori CHirchiq tumani “Jambul” massivi yerlari lalmi tipik bo‘z tuproq

98

0-27

1,2

0,3

15,7

18,4

29,9

20,9

13,6

64,4

27-47

0,4

0,1

14,7

30,5

18,3

23,8

12,2

54,3


background image

213

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

47-90

0,5

0,1

15,9

26,9

27,6

16,6

12,4

56,6

90-115

0,4

0,1

16,3

36,4

18,4

18,0

10,4

46.8

115-160

0,4

0,1

11,8

40,6

20,4

18.0

8,7

47,1

Yangiyo‘l “Tinchlik” massivi yerlari sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq

38

0-40

1,6

0,4

25,7

38,4

15,9

10,7

7,3

33,9

40-60

2,8

0,7

16,5

45,0

16,3

10,8

7,9

35,0

60-105

1,6

0,4

17,8

44,2

15,9

12,9

7,2

36,0

105-152

2,8

0.7

31,5

34,8

8,5

13,5

8,2

30,2

152-200

1,2

0,3

22,5

29,0

21,2

10,8

15,0

47,0

O‘rta CHirchiq tumani Kim Pen Xva massivi yerlari sug‘oriladigan batqoq-o‘tloqi

tuproq

16

0-25

9.6

2.4

25.7

23.7

10.6

15.8

12.2

38.6

25-40

12.4

3.1

24.8

21.8

11.1

14.9

11.9

37.9

40-87

14.0

3.5

29.9

21.0

12.5

10.6

10.9

34.0

87-130

13.6

3.4

36.9

22.9

8.2

8.5

6.5

23.2

130-165

14.0

3.5

45.6

17.5

5.3

6.9

7.2

19.4

Zangi ota tumani “Ittifoq” massivi sug‘oriladigan erlari tipik bo‘z

tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning
miqdori 31,3 dan 37,5 % gacha tebranadi, faqat bu miqdor 105-150 sm qatlamda
birmuncha kamayishi kuzatilib uning miqdori 25,6 % ga tushib engil qumoqliga
aylanadi undan keyingi qatlam yana o‘rta qumoqliga o‘tadi.

Qibray tumani “Qibray”massivi erlarida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi

tuproqlar asosan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori kesma bo‘ylab 35,4 dan
40,1 % gacha o‘zgarib turadi.

Tuproqlarning mikroagregat tarkibi tuproq unumdorligini belgilashda muhim

o‘rin tutadi. Ayniqsa, turli darajada degradatsiyaga uchragan va sug‘oriladigan
tuproqlarda agregatlarning hosil bo‘lishi qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil
olishda muhim ahamiyatga ega, chunki sug‘orish va uning natijasida sodir
bo‘ladigan eroziyalanish agregatlarni ma’lum darajada parchalanishiga olib keladi.
CHirchiq-Ohangaron havzasi tuproqlari mikroagregatli zarrachalardan tashkil
topgan.

Ko‘pgina olimlarning va bizning ma’lumotlarimizga asosan,

1; 212 b., 2;

160b., 3; 230-234 b., 4; 75-76 b., 9; 54-57

. Olingan ma’lumotlardan ma’lum

bo‘lishicha sug‘oriladigan va lalmi erlar tuproqlarini granulometrik va
makroagregatlar tarkiblari juda ham

kam o‘rganilgan.

CHirchiq-Ohangaron havzasi tuproqlarining yuqori tabiiy unumdorlik

sabablarini [4; 75-76 b.] ko‘rsatib yozishicha, bu tuproqlarda 0,05-0,01 mm chang
zarrachalarning va yuqori miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli


background image

214

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

mikrostruktura elementlar miqdorini ko‘pligi eng yaxshi kapillyar g‘ovaklik hosil
bo‘lishini, nam sig‘imini ko‘p va suv berish qobiliyatini yuqori bo‘lishini
ta’minlaydi.

Bizning olgan ma’lumotlarimiz yuqorida qayd qilingan olimlar fikrlarini

to‘liq tasdiqlashi bilan birgalikda sug‘orish hamda ishlov berish natijasida
agregatlarni ma’lum darajada parchalangani kuzatildi. Masalan, lalmi erlar tipik
bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma qatlamlari bo‘yicha 21-27 % ni
tashkil qilsa, sug‘oriladigan erlarning tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 % ni,
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda 12-29 % ni tashkil qiladi.

Hozirgi davrda ko‘pgina izlanishlarning natijasida tuproq agregat tarkibini

ifodalaydigan katta daliliy ma’lumot to‘plangan bo‘lib, sug‘oriladigan tuproqlarda
g‘o‘za–beda almashlab ekish, sideratlar, qo‘shimcha organik va struktura hosil
qiluvchi moddalar qo‘llash orqali makrostruktura hosil qilish sabablari o‘rganilgan.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan erlari tuproqlarida struktura tarkibiga dukkakli va
boshqa ko‘p yillik o‘tlar ijobiy ta’sir etar ekan.

CHirchiq-Ohangaron

havzasida

tarqalgan

erlardagi

tuproqlarning

granulometrik tarkibi birmuncha og‘ir bo‘lib, mikroagregatlar miqdori esa
birmuncha ko‘p, hamda parchalanish koeffitsienti cho‘l tuproqlariga nisbatan past.

Loyqa suvlar bilan sug‘orish va inson faoliyati natijasida qisqa vaqt ichida

agroirrigatsion qatlam xosil bo‘lgan. Bu pastki qatlamlardan nafaqat kimyoviy
xossalari bilan balki, fizikaviy xossalari bilan xam farq qiladi.

Yerlarni granulometrik tarkibi quyidagicha tavsiflidir:
a) dag‘al skeletli (toshli) 1 mm dan yirik zarrachalarning to‘liq bo‘lmasligi;
b) 0.1-0,01 mm zarrachalar miqdorini ko‘pligi;
v) ko‘pchilik, erlarda yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarning haddan

tashqari ko‘p bo‘lishi, ularning miqdori ayrim xolatlarda 30-60 % gacha boradi;

g) qumoq erlarda il zarrachalarning kam (9 -12 %) bo‘lishi.
CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli xil granulometrik tarkibli

tuproqlardan tarkib topgan. Ayrim xo‘jaliklar to‘liq og‘ir va o‘rta qumoq erlardan
tashkil topgan. Kesma chuqurligi bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik
tarkibli erlar uchraydi. SHunday qilib, CHirchiq-Ohangaron havzasi erlarining
granulometrik tarkibi ularni hosil bo‘lishini belgilaydi va dehqonchilikda
foydalanishi uchun ishlab chiqilgan agrotexnika tadbirlari uchun asosiy omil
hisoblanadi va uni hisobga olish shart.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Qo‘ziev R.Q., Abduraxmonov N.YU. Sug‘oriladigan tuproqlarning

evolyusiyasi va unumdorligi. - Toshkent: “Navro`z” nashriyoti , 2015. - 212 b


background image

215

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

2. Qurvantaev R., Nazarova S. Zarafshon vohasi quyi oqimi sug‘oriladigan
o‘tloqi tuproqlarining agrofizikaviy holati. – Buxoro: “Durdona”. 2021. - 126
b.

3. Kurvantaev R., Nazarova S.M., Xurramova

M.R. Granulometricheskiy

sostav oroshaemыe pochv Buxarskoy oblasti. // O‘zbekiston respublikasi oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti, Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. “Qishloq xo‘jaligida ekologik
muammolar va ularning echimi mavzusidagi”. Respublika miqyosidagi xorijiy
olimlar ishtirokida onlayn ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. -Buxoro, 2020. - B.
230-234.

4. Qurvontoev R., Xalilova Z.F., Solieva N.A. Toshkent viloyati tuproqlarining
granulometrik tarkibi.

«AGRO ILM» 6 (69) 2020. B.- 75-76.

5

. Parpiev G.T., Kuziev R.K., Kurvantaev R.K. Osobennosti strukturnogo

sostava oazisnыx pochv regionov Uzbekistana. / Nauchnoe obozrenie.
Biologicheskie nauki.- 2019. №2. - S. 20-24.

6. Parpiev G‘.T. Mirzacho‘l vohasi tuproqlari mexanik, mikro- va
makroagregat tarkiblarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi // Tuproqshunoslik –
mamlakat ekologik va oziq-ovqat xavfsizligi xizmatida mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalari to‘plami. - Toshkent: TAITI,
2017. - B. 142-146.

7. Rukovodstvo k provedeniyu ximicheskix i agrofizicheskix analizov pochv
pri monitoringe zemel. “Goskomzemkadastr” Respubliki Uzbekistan. -
Toshkent 2004. – 245 s.

8.Turg‘unov M.M. Mirzacho‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlari xossalarini
lazerli tekislash ta’sirida o‘zgarishi. Avtoreferat diss. q.x.f. f. d. (PhD) -
Toshkent, 2019. – 46 b.

9. Kurvantayev R., Nazarova

S.R. Qorako‘l vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi

tuproqlarining mexanik va mikroagregat tarkibi / O‘zbekiston zamini ilmiy-
amaliy innovatsion jurnali. - 2021 № 4. - B.54-57.

10. Kurvantaev R., Musurmanov A.A., Turgunov M.M. Current state of

water-physical properties in soils of Mirzachul oasis. // The proceedings of the
international Congress on «Soil Science in International Year of Soils» Article
book. 19-23 October, - Sochi.2015, - R. 235-239.

11. Nazarova Sevara Mustakimovna, Gulmurot Taxirovich Zaripov,

Kurvantaev Rakhmon

Granulometric composition irrigated soils of Bukhara

region. Journal of critical reviews. Scopus ISSN- 2394-5125 VOL 7, ISSUE
17, - 2020. - R.69-72.

Библиографические ссылки

Qo‘ziev R.Q., Abduraxmonov N.YU. Sug‘oriladigan tuproqlarning evolyusiyasi va unumdorligi. - Toshkent: “Navro`z” nashriyoti , 2015.- 212 b

Qurvantaev R., Nazarova S. Zarafshon vohasi quyi oqimi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining agrofizikaviy holati. – Buxoro: “Durdona”. 2021. - 126 b.

Kurvantaev R., Nazarova S.M., Xurramova M.R. Granulometricheskiy sostav oroshaemыe pochv Buxarskoy oblasti. // O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. “Qishloq xo‘jaligida ekologik muammolar va ularning echimi mavzusidagi”. Respublika miqyosidagi xorijiy olimlar ishtirokida onlayn ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. -Buxoro, 2020. - B. 230-234.

Qurvontoev R., Xalilova Z.F., Solieva N.A. Toshkent viloyati tuproqlarining granulometrik tarkibi. «AGRO ILM» 6 (69) 2020. B.- 75-76.

Parpiev G.T., Kuziev R.K., Kurvantaev R.K. Osobennosti strukturnogo sostava oazisnыx pochv regionov Uzbekistana. Nauchnoe obozrenie. Biologicheskie nauki.- 2019. №2. - S. 20-24.

Parpiev G‘.T. Mirzacho‘l vohasi tuproqlari mexanik, mikro- va makroagregat tarkiblarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi // Tuproqshunoslik – mamlakat ekologik va oziq-ovqat xavfsizligi xizmatida mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalari to‘plami. - Toshkent: TAITI, 2017. - B. 142-146.

Rukovodstvo k provedeniyu ximicheskix i agrofizicheskix analizov pochv pri monitoringe zemel. “Goskomzemkadastr” Respubliki Uzbekistan. - Toshkent 2004. – 245 s.

Turg‘unov M.M. Mirzacho‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlari xossalarini lazerli tekislash ta’sirida o‘zgarishi. Avtoreferat diss. q.x.f. f. d. (PhD) - Toshkent, 2019. – 46 b.

Kurvantayev R., Nazarova S.R. Qorako‘l vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining mexanik va mikroagregat tarkibi / O‘zbekiston zamini ilmiy- amaliy innovatsion jurnali. - 2021 № 4. - B.54-57.

Kurvantaev R., Musurmanov A.A., Turgunov M.M. Current state of water-physical properties in soils of Mirzachul oasis. // The proceedings of the international Congress on «Soil Science in International Year of Soils» Article book. 19-23 October, - Sochi.2015, - R. 235-239.

Nazarova Sevara Mustakimovna, Gulmurot Taxirovich Zaripov, Kurvantaev Rakhmon Granulometric composition irrigated soils of Bukhara region. Journal of critical reviews. Scopus ISSN- 2394-5125 VOL 7, ISSUE 17, - 2020. - R.69-72.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов