Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va uning afzalliklari

  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства» ,Каршинский институт ирригации и агротехнологии
CC BY f
285-290
6
0
Поделиться
Турсунов, С., & Давлатов, А. (2023). Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va uning afzalliklari . Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 285–290. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23871
С Турсунов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий

преподаватель-стажер

А Давлатов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства» ,Каршинский институт ирригации и агротехнологии

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada mulkga bo`lgan egalik huquqi, Mulkning yuridik konsepsiyasi, yer uchastkasi va uning tasnifi, baholanadigan kadastr obyektilari, yer uchastkasini ko‘chmas mulkning boshqa turlaridan farqi, kadastrli baholash hamda kadastr bahosi va zonalar bo‘yicha bir vaqtdagi kadastr qiymatini aniqlash qiymatlari keltirilgan.


background image

285

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YER

UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH VA UNING AFZALLIKLARI

Tursunov S.R.-

stajyor o’qituvchi, “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va

agrotexnalogiyalar instituti,

Davlatov A.D.–

talaba, “TIQXMMI” MTUning Qarshi

irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabasi


Annotatsiya:

Maqolada mulkga bo`lgan egalik huquqi, Mulkning yuridik

konsepsiyasi, yer uchastkasi va uning tasnifi, baholanadigan kadastr obyektilari, yer
uchastkasini ko‘chmas mulkning boshqa turlaridan farqi, kadastrli baholash hamda
kadastr bahosi va zonalar bo‘yicha bir vaqtdagi kadastr qiymatini aniqlash
qiymatlari keltirilgan.

Kalit so`zlar:

Ko`chmas mulk, yer uchastkasi, mulkiy ashyoviy huquqlar,

kadastrli baholash, turar joy yerlari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar.

Respublikamiz mustaqillikga erishganidan so`ng o`tgan qisqa vaqt

mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini faoliyatini erkin bozor tamoillari asosida tashkil
etish va mamlakat iqtisodiyotini global dunyo bozori bilan uyg’unlashuvini
taminlash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda bozor
munosabatlari bilan bog’liq jarayonlar rivoji to`laqonli kadastr tuzilmalari
faoliyatini ta`minlash uchun talab etiladigan iqtisodiy kategoriyalarni tubdan
o`rganishni taqazo qildi. Mulkiy (ashyoviy) huquqlar bo„lib ko`chmas va ko`char
mulkka bo`lgan huquqlar hisoblanadi, shu jumladan: egalik huquqi; xo‘jalik yuritish
huquqi, operativ boshqarish huquqi, ishonchli boshqarish huquqi, umrbod meroslik
qilinadigan huquq, doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi, ijara, ipoteka,
servitutlar. Ko`chmas mulkka bo`lgan huquq faqatgina ularning yuzaga kelish,
biridan ikkinchisiga o`tish va tugatilishning davlat tomonidan qayd etilishi sharti
bilangina baholash maqsadlari uchun tan olinadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha
davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi belgilandi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston
fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo’lgan yer
uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishga doir
ma’muriy reglament tasdiqlandi.

“Qishloq

xo‘jaligiga

mo‘ljallanmagan

yer

uchastkalarini

xususiylashtirish to‘g‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonunini:

Arizalar


background image

286

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

vakolatli organlar tomonidan inson omilidan xoli tarzda avtomatik ravishda 5 ish
kunida ko‘rib chiqiladi. Agar vakolatli organ bu arizani ko‘rib chiqib, ma’qul topsa,
arizachiga hisobvaraqasi yuboriladi. Arizachi 10 kalendar kunida ko‘rsatilgan
miqdordagi to‘lovni to‘lashi kerak bo‘ladi. Pul to‘langan zahoti besh daqiqa ichida
mulk huquqini beruvchi davlat orderi mulkdorga avtomatik ravishda taqdim etiladi.
Yerni xususiylashtirish – ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan jarayon. Qonun
bo‘yicha, bazaviy stavkaning karra miqdorida deb ko‘rsatilgan. Karra miqdori har
bir kvadrat metr uchun yer solig‘i bazaviy stavkasining 20 baravari etib belgilangan.
Bu stavkalar Soliq kodeksi bilan tasdiqlangan.

Asosiy afzalligi

– mulk daxlsizligidir. Yaqinda jamoat ehtiyoji uchun

kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish borasida qonun qabul qilindi
va 1 oktyabrdan kuchga kiradi. Unda kompensatsiya evaziga qonunchilikda
belgilangan holatlar bo‘yicha yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibi tasdiqlangan. Bu
qonunning 1-moddasida ushbu hujjat xususiylashtirilgan yer uchastkalariga nisbatan
tatbiq etilmasligi belgilangan. Ya’ni xususiylashtirilgan yer faqatgina uning
mulkdori bilan kelishilgan va mulkdor belgilagan narxda sotib olingandan keyingina
davlat hisobiga tasarruf etiladi.

Misol uchun, o‘sha hududda yerning bozor narxi 1 so‘m bo‘ladigan bo‘lsa,

mulkdor 10 so‘m talab qilishga haqqi bor. Ya’ni mulkdor belgilagan narxda va uning
roziligi olingan holdagina xususiylashtirilgan yer uchastkasi davlat ixtiyoriga
o‘tkaziladi. Qolgan holatlarda bunday imkoniyatlar mavjud emas.

Xususiylashtirishning ikkinchi afzalligi

– bu yerdan garov sifatida

foydalanib, banklardan kredit olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Banklar
xususiylashtirilmagan, bo‘sh turgan yerlarni garov uchun qabul qilmaydi. Ammo
bo‘sh yer xususiylashtirilgan bo‘lsa, uni banklar garov hisobida qabul qiladi va
kerakli pul mablag‘ini kredit tarzida taqdim qilishi mumkin. Xususiylashtirilgan yer
uchun yer solig`I emas balki mulk solig`i davlatga to`lanadi.

Mulk

yuridik konsepsiya hisoblanadi. Mulk huquqi o`ziga tegishli bo„lgan

mulkdan o`z hohishi va o`z manfaatlari yo`lida foydalanish va xo`jayinlik qilish,
unga egalik qilish huquqini, shuningdek kim tomondan qat`iy nazar uning mulk
huquqlari buzilishining bartaraf etilishini talab qilish huquqini ifoda etadi. Mulk
huquqi muddatsizdir. Mulk huquqi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
tomonidan tartibga solinadi

Yer uchastkasi

– bu belgilangan chegaraga, maydonga, joylashish o`rniga,

huquqiy maqomga va Davlat yer kadastri hamda yerga egalik qilish huquqining
davlat tomonidan qayd qilinishi bo`yicha hujjatlarda aks etgan boshqa
xarakteristikalarga ega bo`lgan yer yuzasidir.


background image

287

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Yer egasi birinchi navbatda ko`chmas mulk obyekti tomonidan keltiriladigan

daromadga egalik qilish huquqiga ega bo`ladi, chunki yer uchastkasidagi binolar,
inshootlar va boshqa yaxshilanishlar ikkilamchi xarakterga ega bo`lib, yer
uchastkasi qiymatiga qo`shimcha ulush sifatida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari
yer uchastkasidan foydalanishdagi manfaatlar cheklanmagan vaqt davomida amalga
oshadi, barcha yaxshilanishlar esa muayyan xizmat muddatiga ega bo`ladi, bu esa
ko`pchilik binolar, inshootlar va texnologiyalar jismoniy va ma`naviy jihatdan
eskirib qolgan hozirgi paytda ayniqsa dolzarbdir.

Bozor sharoitlarida yer quyidagi sabablarga ko„ra ko„chmas mulk tarkibidagi

eng qiyin baholanadigan kadastr obyekti hisoblanadi:

1) ushbu obyektning o`ziga xosligi;
2) me`yoriy-huquqiy bazaning ishlab chiqilmaganligi;
3) mamlakatdagi yer bozorining rivojlanmaganligi. Yer uchastkasini

ko„chmas mulkning boshqa turlaridan farqi quyidagi xususiyatlarga bilan
shartlashilgan:

a) yerko`chmas mulkning boshqa obyektlaridan farq qilgan holda erkin holda

ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi;

b) baholashda doim yerning ko`p maqsadli ishlatilish imkoniyati borligini

hisobga olish lozim: Ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida. Qishloq xo„jalik
yerlari iqtisodiyotning deyarli barcha sohalari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari
uchun zarur bo`lgan xom-ashyo resurslarini ishlab chiqarish vositalari sifatida
namoyon bo`ladi;

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun muhit sifatida. Yer

ko`chmas mulkning turli obyektlarini joylashtirish uchun muhitli bazis bo`lib xizmat
qiladi;

v) yer fondi mamlakat aholisining turar joyini shakllantirishning asosi bo`lib

maydonga chiqadi va iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlaydi, ayniqsa qishloq xo`jaligi va
suv fondidagi yerlar. Shuning uchun barcha rivojlangan mamlakatlarda davlat
yerdan ham tabiiy, ham xo`jalik sifatida foydalanishni tartibga soladi;

g) ko`chmas mulk boshqa turlaridan farq qilib yer uchastkalari qiymatiga

jismoniy va funksional eskirish, shuningdek amortizatsiya tushunchasi
qo`llanilmaydi, chunki yer uchastkalaridan foydalanish muddati chegaralanmagan.
Shuning uchun cheklangan yer uchastkasi qiymati bino, inshootlar va boshqa
yaxshilanishlar qiymatidan farq qilib odatda oshmaydi;

d) O`zbekistonda yerdan foydalanish va uni saqlashda tegishli hududlarda

yashaydigan xalqlar hayoti va faoliyatining asosi sifatida. Shunday qilib, yerning
iqtisodiy asoslangan qiymatli baholanishi murakkab protsedura bo`lib xizmat qiladi,
chunki ularning bir vaqtda ham tabiiy resurs, aholining yashash muhiti asosi va
ko`chmas mulk sifatida qo`llash imkoniyatini hisobga olishi lozim bo`ladi. Bunda


background image

288

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

davlatning rolini ta`kidlab o`tish lozim bo`ladi, uning yer siyosati yerning ratsional
qo`llanilishi va saqlanishi, uning hosildorligining va qayta ishlab chiqarish
imkoniyatining oshirilishi, hayot va insonlar, atrof muhitning hayoti va sog`ligi
uchun qulay muhitning yaratilishi va uning saqlab qolinishiga qaratilgan bo`lishi va
shu bilan yerdan foydalanish hamda shahar qurilishida ilmiy asoslangan qarorlarni
qabul qilish uchun yordam berishi kerak.

O`zbekistonning yer fondi maqsadli mo`ljallanishi va huquqiy

maqomiga ko`ra 8 xil yer toifalarini o`z ichiga oladi:

1. Turar joy yerlariga

(shaharlar, qishloqlar va qishloq joylar) shahar va

qishloq ma‟muriyati boshqaruvida bo„lgan barcha aholi turar joyi atrofida bo„lgan
yerlar kiradi. Turar joylar chegarasi – bu shahar, qishloq, qishloq joyining tashqi
chegarasi bo„lib, u bu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi. Yer uchastkalarining
shahar doirasiga qo„shilishi yerga bo„lgan egalik huquqining, yerdan foydalanish va
uchastkalarni ijaraga berish huquqining tugatilishini keltirib chiqarmaydi. Odatda
alohida obyektlar sifatida va bir-biriga bog„liq bo„lmagan hamda boshqa
obyektlardan osonlik bilan ajratiladigan yerning boshqa toifalaridan farq qilib, aholi
turar joylaridagi yerlar barcha yaxshilanishlari bilan – muhandislik inshootlari va
komunikatsiyalari, ko`cha-yo`l va transport tarmoqlari va shahar infratuzilmasining
boshqa elementlari bilan birgalikda kadastrli baholash uchun eng katta qiyinchilik
tug`diradi.

2.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar

qishloq xo„jaligi ehtiyojlari

uchun tegishli korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan qo`llaniladi. Ularning
tarkibida qishloq xo`jalik yer-mulki va o`rmon tasmalari, xo`jaliklararo yo`llar,
kommunikatsiyalar, botqoqlar, qishloq xo`jaligining faoliyat ko`rsatishi uchun zarur
bo`lgan binolar va inshootlar alohida ajralib turadi. Ushbu yerlarning muhim narxni
shakllantiruvchi xarakteristikalari bo`lib unumdorlik va joylashish o`rni xizmat
qiladi.

3.

Sanoat, energetika, transport, aloqa, mudofaa yerlari

va boshqa

mo`ljallanishga ega bo`lgan yerlar – bu tegishli korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarga o`z xo`jalik faoliyatini (ishlabchiqarish, qurilish, transportirovka
qilish va hokazo) amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yerlar
hisoblanadi.

4. Tabiatni qo‘riqlash, sog‘lomlashtirish, rekreatsion maqsaddagi yerlar

– tabiiy davolash omillariga ega bo`lgan, shuningdek ommaviy dam olish va turizm
uchun qo`llaniladigan hududlardir.

5. Tarixiy-madaniy ahamiyatdagi yerlar

– tarixiy-madaniy obidalar bilan

band bo`lgan yerlar.


background image

289

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

6. O‘rmon fondidagi yerlar

– o`rmon yerlari (o`rmon bilan qoplangan va

qoplanmagan), shuningdek o`rmon xo`jaligini yuritish uchun qo`llaniladigan
o`rmon bo`lmagan yerlar (botqoqlar, yo`llar va hokazo).

7. Suv fondidagi yerlar

– suv havzalari, muzliklar, botqoqlar bilan band

bo`lgan yerlar, shuningdek gidrotexnik, suv xo`jaligi va suv obyektlaridan
foydalanish uchun zarur bo`lgan boshqa inshootlar uchun ajratiladigan hududlar.

8. Zahiradagi yerlar

– bu munitsipal organlarga, fuqarolarga va yuridik

shaxslarga mulk, egalik qilish,foydalanish yoki ijara uchun ajratilmagan,
shuningdek xo`jalik aylanmasidan konservatsiya tufayli chiqarib yuborilgan davlat
yerlaridir. Zahiradagi yerlardan ularni boshqa toifaga o`tkazilganidan keyin
foydalanish mumkin.

Kadastr bahosining maqsadi

ma`muriy-hududiy tuzilma (viloyat, tuman,

shahar, qishloq va hokazo) chegarasi ichidagi barcha yer uchastkalarining muayyan
muddatdagi baholash zonalari bo„yicha bir vaqtdagi kadastr qiymatini aniqlash
hisoblanadi.

Xulosa. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan

xususiy mulk huquqi yer uchastkasining to‘liq qiymati to‘langan (sotib olingan)
vaqtdan boshlab uni xususiylashtirish natijasida yuzaga keladi. Xulosa urnida shuni
aytish kerakki, xususiylashtirilgan yer uchaskalari yer egasining hoxishiga qarshi
xechqanday ish amalga oshirilmaydi va yana bitta qulayligi jismoniy shaxslar uchun
turar-joy maqsadiga berilgan uziga tegishli uy joylarni xususiylashtirilgandan so`ng
garovga quyishlari mumkun.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.02.2022 yildagi 71-
son

2. Францессон К.И. Продажа зданий, воздвигнутых на чужой земле // Журнал
Министерства юстиции. – 1905. – № 10. – С. 148 –149, 154 – 156.

3. Законы гражданские (Свод законов. Т.Х., ч.1). Практический и
теоретический комментарий / Под ред. А.Э. Вормса, В.Б. Ельяшевича. - М.,
1913. — С. 18-22: Думашевский А. Характер прав на здание, построенное на
чужой земле // Журнал Министерства юстиции. 1868, кн. 2. - С. 168-174.
4. Бобоқулов С.Б. Ижара муносабатларининг тарихий ривожланиш
босқичлари ва бозор иқтисодиёти шароитида ижара шартномаси
конструкцияларини табақалаштириш муаммолари.-Тошкент: Илм-Зиё, 2008.-
76 б.


background image

290

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

5. Akmaljon Rakhimjonov, N.F. Imomov. (2021). Improving the creation of a land
information base for the privatization of land plots in the republic of Uzbekistan and
foreign experience in this area. “The American journal of social science and
education innovations”, pp. 160-165
6. Bakhromjon Topildiev; Rustam Khursanov; Muniskhon Usmonova. "Trust
management agreement Property and prospects for its development in the Republic
of Uzbekistan". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 3, 2020,
3199- 3205.

E-AUKSION PLATFORMASINING ISHLASH TARTIBI

Tursunov S.R.

– stajyor o’qituvchi, “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va

agrotexnologiyalar instituti,

Eshnazarov A. –

talaba, “TIQXMMI” MTU ning

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada biz hozirda yo`lga qo`yilgan E-auksion

platformasining ishlash tartibi va vazifalari va oldi-sotdi yoki turli huquqlar asosida
mulklarining berilishi yoritilgan.

Kalit so`zlar

: Auksion, auksion g`olibi, tanlov ob’ekti,balansda saqlovchi,

boshlang`ish narx, lot, operator, tanlov takroriy auksion yoki tanlov, xabarnoma,
xaridor, boshlang`ich narx, shaxsiy lot raqami, normativ qiymat, kategoriya, filtr.


Bilamizki yildan yilga texnika va texnologiyalarning rivojlangani sari kadastr

obyektlarining asosiy qismini tashkil etuvchi tashkil etuvchi yer va bino-
inshootlarning ham oldi-sotti jarayonlari sezilarli darajada o`smoqda.Bu esa o`z
navbatida shu platformaning yaratilishi va ishga tushurilishiga turtki bo`ldi.

«E-AUKSION» elektron savdo platformasi (savdo maydoncha) O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tashkil
etilgan.

Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali har qanday qurimadan

ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni
aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan alohida dasturiy
mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.

Dastlab, savdo maydonchada 2017 yil 1 sentabrdan boshlab sud hujjatlari va

boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha
auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.02.2022 yildagi 71-son

Францессон К.И. Продажа зданий, воздвигнутых на чужой земле // Журнал Министерства юстиции. – 1905. – № 10. – С. 148 149, 154 – 156.

Законы гражданские (Свод законов. Т.Х., ч.1). Практический и теоретический комментарий / Под ред. А.Э. Вормса, В.Б. Ельяшевича. - М., 1913. — С. 18-22: Думашевский А. Характер прав на здание, построенное на чужой земле // Журнал Министерства юстиции. 1868, кн. 2. - С. 168-174.

Бобоқулов С.Б. Ижара муносабатларининг тарихий ривожланиш босқичлари ва бозор иқтисодиёти шароитида ижара шартномаси конструкцияларини табақалаштириш муаммолари.-Тошкент: Илм-Зиё, 2008.-76 б.

Akmaljon Rakhimjonov, N.F. Imomov. (2021). Improving the creation of a land information base for the privatization of land plots in the republic of Uzbekistan and foreign experience in this area. “The American journal of social science and education innovations”, pp. 160-165

Bakhromjon Topildiev; Rustam Khursanov; Muniskhon Usmonova. "Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 3, 2020, 3199- 3205.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов