E-auksion platformasining ishlash tartibi

  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий
CC BY f
290-295
6
2
Поделиться
Турсунов, С., & Эшназаров, А. (2023). E-auksion platformasining ishlash tartibi . Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 290–295. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23872
С Турсунов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий

преподаватель-стажер

А Эшназаров, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada biz hozirda yo`lga qo`yilgan E-auksion platformasining ishlash tartibi va vazifalari va oldi-sotdi yoki turli huquqlar asosida mulklarining berilishi yoritilgan.


background image

290

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

5. Akmaljon Rakhimjonov, N.F. Imomov. (2021). Improving the creation of a land
information base for the privatization of land plots in the republic of Uzbekistan and
foreign experience in this area. “The American journal of social science and
education innovations”, pp. 160-165
6. Bakhromjon Topildiev; Rustam Khursanov; Muniskhon Usmonova. "Trust
management agreement Property and prospects for its development in the Republic
of Uzbekistan". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 3, 2020,
3199- 3205.

E-AUKSION PLATFORMASINING ISHLASH TARTIBI

Tursunov S.R.

– stajyor o’qituvchi, “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va

agrotexnologiyalar instituti,

Eshnazarov A. –

talaba, “TIQXMMI” MTU ning

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada biz hozirda yo`lga qo`yilgan E-auksion

platformasining ishlash tartibi va vazifalari va oldi-sotdi yoki turli huquqlar asosida
mulklarining berilishi yoritilgan.

Kalit so`zlar

: Auksion, auksion g`olibi, tanlov ob’ekti,balansda saqlovchi,

boshlang`ish narx, lot, operator, tanlov takroriy auksion yoki tanlov, xabarnoma,
xaridor, boshlang`ich narx, shaxsiy lot raqami, normativ qiymat, kategoriya, filtr.


Bilamizki yildan yilga texnika va texnologiyalarning rivojlangani sari kadastr

obyektlarining asosiy qismini tashkil etuvchi tashkil etuvchi yer va bino-
inshootlarning ham oldi-sotti jarayonlari sezilarli darajada o`smoqda.Bu esa o`z
navbatida shu platformaning yaratilishi va ishga tushurilishiga turtki bo`ldi.

«E-AUKSION» elektron savdo platformasi (savdo maydoncha) O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tashkil
etilgan.

Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali har qanday qurimadan

ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni
aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan alohida dasturiy
mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.

Dastlab, savdo maydonchada 2017 yil 1 sentabrdan boshlab sud hujjatlari va

boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha
auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.


background image

291

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

So‘ng, tashkil etilgan elektron onlayn-auksion faoliyatini fuqarolarga ko‘p

qulayliklar yaratib o‘zini oqlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan tegishli boshqa sohalarga joriy etilib
kelinmoqda.

Savdo maydoncha fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng

ishtirok etish va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adolatli va shaffof savdolarda egalik
va foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan,
jumladan:

- Davlat ob’ekti (binolari) va ulushlari;
- Ijara (davlat mulkini ijaraga berish, buyurtmachilar mulklarini ijaraga

berish);

- Ko‘chmas-mulk;
- Avtotransport va maxsus texnikalar;
- Yer uchastkalari (tadbirkorlik, uy joy qurish, xususiylashtirish, qishloq

xo‘jaligini yuritish va ekotruzim uchun);

- Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi;
- Strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;
- Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;
- Tozalash xizmatalari (daryolar o‘zanlarini tozalash, hududlarni tozalash);
- Ko‘llar tizimidan foydalanish;
- Tashqi reklama ob’ektlarini qurish va o‘rnatish huquqi (yerlar va bino va

inshootlarga qurish);

- Radarlar o‘rnatish joylari;
- Og‘irlik va gabaritlarni o‘lchovchi statsionar shoxobochalar o‘rnatish va

boshqa mol-mulklar.

-Savdo maydonchaning asosiy maqsadlari:
– jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish

huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va
holisligini ta’minlash;

– narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l

qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;

– elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va

g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan
mexanizmini yaratish;

– axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini

ta’minlash.

Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar auksion va tanlov savdolarini tashkil etish

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan shaxslarning


background image

292

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

buyurtmasi bo‘yicha tashkil etiladi. Ushbu Nizom Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi (keyingi o`rinlarda – Agentlik) huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Ye-auksion” elektron
savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda
o`tkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomning elektron tanlov o`tkazish qismi dehqon xo`jaligini

yuritish va yuridik shaxslarga qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun er uchastkalarini
elektron tanlov orqali ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Dehqon xo`jaligini yuritish va yuridik shaxslarga qishloq xo`jaligi maqsadlari

uchun er uchastkalarini elektron tanlov orqali ijaraga berish tartibi Vazirlar
Mahkamasining alohida qarorlari asosida belgilanadi.

“Ye-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o`rinlarda – savdo

platformasi) – elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o`tkazish
uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo`lgan
jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish
hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;

Quyida biz shu platformada ishlatiladigan eng asosiy terminlarga ta`rif

beramiz:

auksion g`olibi – lot bo`yicha eng yuqori sotib olish (ijaraga olish)

narxini tasdiqlab, g`olib deb e’tirof etilgan ishtirokchi;

auksion yoki tanlov ob’ekti – auksion yoki tanlov orqali sotiladigan

(ijaraga beriladigan) mulk yoki huquq;

auksion qadami – savdoda auksion ob’ekti boshlang`ich narxiga

nisbatan belgilanadigan foiz;

auksion qadamiga bog`lanmagan narx – auksion ob’ekti to`g`risida

xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ishtirokchi tomonidan ob’ektni sotib
olish (ijaraga olish) bo`yicha auksion qadamiga bog`lanmagan (belgilangan auksion
qadami miqdoridan kam bo`lmagan) holda taklif etilgan narx;

balansda saqlovchi – sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov)

ob’ekti biriktirilgan yuridik shaxs;

boshlang`ich narx – auksion yoki tanlov ob’ektini savdoga qo`yishda

buyurtmachi tomonidan yoki ushbu Nizomda keltirilgan tartibga asosan belgilangan
narx;

buyurtma – buyurtmachining auksion yoki tanlov ob’ektini sotish

(ijaraga berish) bo`yicha auksion yoki tanlovni tashkil etish va o`tkazib berishni
so`rab savdo platformasi orqali operatorga yuborgan elektron murojaati;


background image

293

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

buyurtmachi – auksion yoki tanlov ob’ektini sotish (ijaraga berish)

bo`yicha savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va o`tkazib berish
haqida buyurtma yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

zakalat – ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish

uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag`lari;

ishtirokchi – savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda

ro`yxatdan o`tib, auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki
yuridik shaxs;

lot – buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish (ijaraga

berish) uchun savdoga qo`yilgan ob’ekt;

lotga oid axborot – auksion yoki tanlov ob’ekti bo`yicha buyurtmachi

tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar;

ob’ektning baholangan qiymati – auksion ob’ektini baholash haqidagi

hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat
ijrochisining mol-mulkni baholash to`g`risidagi qarorida yoxud sud qarorida
ko`rsatilgan qiymat;

operator – savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda

o`tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi”
davlat unitar korxonasi;

tanlov takroriy auksion yoki – auksion yoki tanlov o`tkazilmagan deb

topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan o`tkaziladigan auksion yoki
tanlov;

talabgor – savdolarda ishtirok etish istagini bildirgan va operatorning

savdo platformasida ushbu nizom bilan belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan
yuridik yoki jismoniy shaxs;tanlov g‘olibi – tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga
muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;

tanlov shartlari – tanlovni o`tkazish tartibi, tanlov g`olibini aniqlash

mezonlari, ishtirokchilarga qo`yiladigan investisiya va ijtimoiy yoki boshqa
majburiyatlar va talablar yuzasidan buyurtmachi tomonidan belgilanadigan
shartlar;(tanlov) ob’ektlari;

savdo platformasidagi texnik uzilish – auksion yoki tanlov jarayonida

bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari
asosida operatorning xizmat ko`rsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo
platformasidagi texnik nosozliklar. tanlovning salohiyatli g`olibi – tanlov
g`olibining taklifidan keyingi eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;

xabarnoma – savdo platformasida muayyan lot bo`yicha auksion yoki

tanlov o`tkazilishi haqidagi axborot;


background image

294

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

xaridor – ob’ekt qiymatini to`liq to`lagan yoki buyurtmachi bilan

ob’ektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzgan savdolar g`olibi;

shaxsiy kabinet – buyurtmachi yoki ishtirokchiga auksion va

tanlovlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning
holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko`rish hamda operator tomonidan
jo`natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo
platformasining maxsus bo`limi;

shaxsiy hisobvaraq – savdo platformasi ma’lumotlar bazasida ro`yxatga

olingan, operasiyalarni o`tkazish uchun ishtirokchi va buyurtmachi ro`yxatdan
o`tganda avtomatik ravishda ochiladigan hisobvaraq;

elektron onlayn-auksion (keyingi o`rinlarda – auksion) – savdo

platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion ob’ektini sotish (ijaraga
berish) bo`yicha narxni oshirib yoki tushirib borish tamoyilida onlayn o`tkaziladigan
savdo shakli;

elektron tanlov (keyingi o`rinlarda – tanlov) – savdo platformasi orqali

tanlov ob’ekti bo`yicha tanlov hujjatlarining mezoni va shartlariga muvofiq eng
yaxshi taklifni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsni tanlab olish jarayoni;

eng past narx – auksion ob’ekti undan past qiymatda sotilishi mumkin

bo`lmagan lot narxi;

savdo platformasida lot qiymati to`liq to`lanishi talab etilmaydigan

auksion (tanlov) ob’ektlari – qonunchilik hujjatlariga muvofiq ob’ekt qiymati bo`lib-
bo`lib to`lash mexanizmi va/yoki auksion (tanlov) g`olibi va buyurtmachi o`rtasida
tuziladigan shartnomaga asosan to`lanishi belgilangan auksion.

Har qanday odam bu platformadan bemalol foydalanib, o`ziga kerakli

bo`lgan mulk haqida ma`lumot olishi mumkin.Buning uchun Google yoki
Telegramm platformasining o`zidanoq qidirish joyiga E-auksion deb yozish orqali
topishi mumkin.Bu platformada ham boshqa platformalarda bo`lgani singari
telefon raqami orqali ro`yxatdan o`tiladi


background image

295

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Shundan so`ng siz mulkka berilgan lot yoki hududni belgilash orqali obyektni

topishingiz mumkin.

.

Bu o`z navbatida nechta qulayliklarni keltirib chiqaradi.

oldi sotti jarayonlarining shaffof hamda hammaning ko`z o`ngida

amalga oshishi ;

oldinga qaraganda ish unumining sezilarli darajada o`sishi;

xarajatlarning bir necha barobarga kamayishi ;

ovoragarchiliklarning oldini olinishi;

tizimda korrupsiya illatiga mutlaqo yo`l qo`ymasligi;

har qanday shaxs xohlagan vaqtida jarayonlarni onlayn kuzatib o`tira

olish imkoniyati;

Hozirgi jadal rivojlanayotgan davrda texnika va texnologiya kirib bormagan

sohaning o`zi yo`q. Bu platformani ishlab chiqishdan asosiy maqsad bu xalqqa
xizmat qilish, jamiaytda yanada shaffoflikni ta`minlashdir.Vaqt o`tib borar ekan
yanada zamonaviy va sifatli dasturlar ishlab chiqarilaveradi va ularning hammasi
xalq uchun xizmat qiladi.Prezidentimiz aytganlaridek ’’Xalq idoralar uchun emas,
idoralar xalq uchun ishlashi kerak’’.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

https://e-auksion.uz/about-auction.

2.

https://t.me/s/onlineauksionuz.

3.

https://lex.uz/docs/-5819662.

4.

https://kun.uz/uz/news/2022/01/15/elektron-onlayn-auksionlar.

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов