317
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
15.
Ткачук С.А. Управление земельными ресурсами. Целиноград,
1986.- 92 с.
16.
Чертовицкий А.С., Нарбаев Ш.К. Модернизация системы
землепользования -Ташкент: ООО «ИЛМ-ЗИЁ-ЗАКОВАТ», 2022 – 357 с.
17.
Энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1987.
Изд. 4-е. – 1600 с.
18.
Варламов А.А. и др. Государственное регулирование земельных
отношений. М.: колос,1999. – 264 с.
19.
Хусанов Р.Х. Аграрная реформа: тенденция, практика, проблемы.
Ташкент: Узбекистон, 1994.-74 с.
20.
Чертовицкий А.С., Нурназаров А.Р. Вопросы развития рентных
земельных отношений в Узбекистане. ФГАОВО «РОССИЙСКИЙ
УНИВЕРСИТЕТ ДРУЖБЫ НАРОДОВ». Инновационные процессы в
сельском хозяйстве». Сборник тезисов ХIY Международной научно-
практической конференции. Москва, 21-22 апреля 2022 г. Москва, Российский
универси- тет дружбы народов. 2022. - с.251 – 255.
NOQISHLOQ XOʼJАLIK YERDАN FOYDАLАNISHLАRNI TАSHKIL
ETISHDА YERLАRNI VА АTROF MUHITNI MUHOFАZА QILISH
MАSАLАLАRI
Sharipov S.R.
- katta oʼqituvchi, TIQXMMI MTU
Аnnotatsiya.
Maqolada yerlarni tarmoqlar orasida taqsimlanishi, noqishloq
xoʼjalik yerdan foydalanuvchilarni hozirgi holati, ularni tashkil etishdagi
murakkabliklar ochib berilgan. Hududlarda noqishloq xoʼjaliklarni tashkil etishda
yerlarni va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari yer tuzishni loyihalari orqali
amalga oshirish yoʼnalishlari koʼrsatilgan.
Respublikamizda noqishloq xoʼjalik yerdan foydalanishlarni tashkil etish
boʼyicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda yer
munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik baʼzasi ham yaratilgan
boʼlib, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan chambarchas bogʼliq holda zaxirasi
cheklangan yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishni oldimizga
muhim masalalardan biri sifatida baholanmoqda.
Noqishloq xoʼjalik maqsadlariga moʼljallangan yerlar Respublikamizda
ancha katta maydonni egallaydi. Ular oʼz tarkiblariga koʼra sanoat va transport
korxonalari, energetika ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar
318
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
qurish uchun yerlar, kurortlar va qoʼriqxonalar, gidrotexnik, suv xoʼjaligi va boshqa
obʼektlar uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlarni birlashtiradi. Shaharlar va
shaharchalar hududlari tarkibiga koʼplab har xil yer egalari va yerdan foydalanishlar
kiradi.
Noqishloq xoʼjalik yerdan foydalanishlari uchun (kurortlar,
qoʼriqxonalar, tabiatni muhofaza qilish va sogʼlomlashtirishga moʼljallangan
obʼektlardan tashqari) yerlarni mutloq tejash tamoyili, ularni eng progressiv
loyihalar va texnik yechimlar asosida olib borish majburiydir. Bu yerdan
foydalanishlarni tuzishda bosh yoʼnalish - ularda ishlab chiqarish obʼektlari egallab
turgan yerlarning nisbatini koʼpaytirish, hududlarning qurilish zichligini oshirishdir.
Hozirgi vaqtda sanoat korxonalari yerlarining faqat 59% ajratilgan
maqsadlarga mos foydalaniladi. Shaharlarda bevosita shaharsozlik maqsadlarida
52% hudud xizmat qiladi. Qolgan qurilish egallamagan maydonlarning asosiy qismi
bino va inshootlarni qurish uchun yaroqli hisoblanadi. Har xil noqishloq xoʼjaligi
yerdan foydalanishlar birgalikda mamlakatimizning yer xoʼjaligini tashkil etadi.
Ularning maydoni 2022 y. yanvar holatiga koʼra 1945,4 ming ga ni tashkil etadi.
Bular 879,6 ming ga sanoat, transport va boshqa tarmoqlar korxonalari yer
uchastkalari hamda minglab shaharlar va shaharchalar (224,1 ming.ga) hududlarini
oʼz ichiga oladi. Unga yana joylashishi va faoliyat koʼrsatishi yer bilan, uning sifati
va joylashgan oʼrni bilan ajralmas bogʼliq har xil obʼektlar (suv bilan taʼminlash,
gaz, elektr, yoʼl tarmoqlari, daraxtlar polosalari va sh.oʼ.) kiradi. [2,3,4,].
Noqishloq xoʼjalik yerdan foydalanishlarni tashkil etish yer tuzish tadbirlari
tarkibiga kiradi. Yer kodeksining 3-bob 12- moddasida noqishloq xoʼjaliklari uchun
yer ajratish loyihasi xoʼjaliklaaro yer tuzish orqali amlga oshirilishi belgilangan. [1].
1-jadval. Hududlar bo‘yicha sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa
maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
Т/R
Hududlar nomi
Umumiy
yer maydoni,
ming ga
hisobida
Umumiy
yer maydoni ga %
1.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
178,2
20,6
2.
Andijon
20,7
2,3
3.
Buxoro
86,6
9,8
4.
Jizzax
27,6
3,1
5.
Qashqadaryo
67,4
7,7
6.
Navoiy
57,0
6,5
7.
Namangan
57,5
6,5
8.
Samarqand
85.,5
9,7
9.
Surxondaryo
111,1
12,6
319
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
10.
Sirdaryo
11,4
1,3
11.
Toshkent
81,8
9,3
12.
Farg‘ona
50,8
5,7
13.
Xorazm
18,8
2,1
14.
Toshkent sh.
25,2
2,8
Jami:
879,6
100
Yuqoridagi jadval maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki Buxoro, Samarqan va
Toshkent viloyatlarida noqishloq maqsadlariga moʼljallangan yerlar miqdori boshqa
viloyatdagilarga qaraganda ancha koʼrsatkichi yuqori.
Resurstejamkor texnologiyalarni joriy qilish dolzarb boʼlib turgan hozirgi
davrda yerlarni tejash masalasi birinchi oʼrinda boʼlishi kerak. Shularni hisobga olib
noqishloq xoʼjalik yerdan foydalanishlarini yanada takomillashtirish quyidagilar
hisobiga amalga oshirilishi koʼzda tutiladi:
mavjud
sanoat
korxonalari
va
transport
inshootlarini
takomillashtirishning ustivorligi va yangi qurilishlarning cheklanishi;
koʼpqavatlik qurilishni, obʼektlarni kompleks joylashtirishni keng
qoʼllash, yer osti kengliklaridan foydalanish;
chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni oʼzlashtirish, qoʼshimcha
mahsulotlarni qayta ishlash va xom ashyoni saqlash, himoya mintaqalarini yaratish
uchun maxsus hududlarni ajratish;
yerni koʼp talab qiladigan ishlab chiqarishlarni unumsiz yerlarda
joylashtirish;
yuqori texnik kategoriyali magistral avtomobil yoʼllarini va qattiq
qoplamali qishloq yoʼllarini qurishni tezlashtirish.
Hududlarda yerdan foydalanishni oqilona tashkil etish qishloq, suv, oʼrmon
xoʼjaliklari, maʼdanli xom ashyo majmuasining va boshqa barcha tarmoqlarning
hududiy oʼzaro hamkorliklarini yaxshilaydi. Turgʼun ishlab chiqarish vositalari bilan
birgalikda yer xoʼjaligini tashkil etadigan yerdan foydalanishlar oʼz tarkiblari
boʼyicha judayam oʼzgaruvchan boʼladi. Аyrim korxonalar tugatiladi va turi
oʼzgartiriladi, yangi yerdan foydalanishlar tashkil etiladi, mamlakatimizdagi yer
munosabatlari tavsifi oʼzgaradi. Bu oʼzgarishlar butun jamiyat manfaatlarini
taʼminlashga qaratilgan davlatning meʼyorida tartibga solish obʼekti boʼlishlari
kerak.
320
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
1
-rasm
. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi kichik sanoat zonasi
Vazirlar Mahkamasining 27.10.2020 yildagi «Toshkent viloyatining
Yangiyo‘l tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 657-son qaroriga asosan Yangiyo‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, hududda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,
aholining bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida «Tinchlik” mahallasi
hududidagi tuman hokimligi tasarrufidagi zaxirada turgan, foydalanilmayotgan 36,0
gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi (KSZ)tashkil etildi [7]. Bunda yerdan
foydalanishlar tizimi milliy anʼanalar, tabiiy va iqtisodiy sharoitlar taʼsiri ostida
vujudga keladi. Yer tuzish yerdan foydalanishlarni tartibga solish, yer xo‘jaligini
takomillashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun u ishlab chiqarishni
va hududni tashkil etishda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda doimiy
yangilanib borishi kerak.
Yerdan foydalanishning bir turi maydonini kengaytirish (masalan, yer
fondining qaysidir toifasi yerlarini) uchun boshqasini qisqartirishga to‘g‘ri keladi.
Bir turdagi foydalanishlar boshqalarga qarshilik qiladi. Shuning uchun ham yerlarni
tarmoqlar orasida taqsimlash va qayta taqsimlash masalasi juda ahamiyatli, qiyin va
hamma vaqt ham asosli yechilavermaydigan masala hisoblanadi. Yerlarning
unumdorligi va unumdor yerlarning maydoni cheklanganligini hisobga olib yerlarni
o‘zlashtirish yoki unumdorligini oshirish katta kapital xarajatlar evaziga amalga
oshirilishi mumkin va u ilm-fanning rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Unumdorlikni saqlashning o‘zi ham mehnat va xarajat talab etadi. Yerlarning ishlab
chiqarish jarayonida sifati yaxshilanishi yoki pasayishi mumkin, agar undan
noto‘g‘ri foydalanilsa, umuman foydalanishga yaroqsiz holga kelishi ham mumkin.
U xo‘jasizlarcha taqsimlanishdan va foydalanishdan, buzilishdan, ifloslanishdan va
boshqa uning va u bilan bog‘liq tabiiy resurslarning sifatini yomonlashtiradigan
salbiy taʼsirlardan muhofaza qilinishi kerak. Yerni va atrof muhitni muhofaza etish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerdan foydalanishni tashkil etishga bog‘liq. Shuning uchun ham
321
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
yerni muhofaza etish bo‘yicha tadbirlar yer tuzish jarayonida ishlanishi zarurligi
ko‘rsatilgan. [3,4,7].
Yer ajratish, yerdan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish jarayonida yerlarni
muhofaza qilish hozirgi kunda yer tuzish loyihasining yoki chizmasining barcha
tarkibiy qismlariga asosiy vazifalardan biri sifatida kiritilishi zarur.Erlarni va
atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalarini eng to‘g‘ri va to‘la yechish
uchun ular yerdan foydalanishlar tizimidan iborat hududda ko‘rib chiqilishi kerak,
bunday hudud hozirgi sharoitda eng avvalo, maʼmuriy tumandir. Tumanning
rivojlanishini iqtisodchilarimiz hozirgi kunda sanoatni rivojlanishi bilan
bog‘lashadi. Buning uchun esa sanoat korxonasini joylashtirish uchun yer kerak. Bu
masala tuman hududida sanoat korxonalari uchun yer ajratish xo‘jaliklararo yer
tuzish loyihalarida ishlanadi. Bunda oqibati nomaʼlum bo‘lgan va ilmiy
asoslanmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak, sababi bunda zarar miqdori juda
katta bo‘lishiga olib keladi.
Yer tuzishni loyihalash jarayonida yerni, atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza
qilish talablari quyidagi sabablar bo‘yicha buzilishi mumkin:
loyihachilarning noto‘g‘ri yechimlari;
barcha zarur tadbirlar hisobga olinmaganda, loyiha tarkibidagi xatoliklar;
loyihalashning ilmiy asoslangan uslubiyatiga, meʼyorlariga va qoidalariga
rioya qilinmaganda. [2,3,4,].
Bu mustaqil vazifa va shu bilan bir vaqtda boshqa tabiiy resurslarni muhofaza
qilishni tashkil etadigan asosdir. Har qanday ekologik tadbirlar yerdan foydalanishni
va uni muhofaza qilishni oqilona, ilmiy asoslangan tashkil etishga asoslanadi.
Shuning uchun xo‘jaliklararo yer tuzish nafaqat yerni, balki butun atrof muhitni ham
muhofaza qilishning birinchi va asosiy elementi hisoblanadi.
Xulosa.Tabiiy resurslarni va atrof muhitni tuman hududida muhofaza qilishni
tashkil etishning asosi yerdan foydalanishlar hisoblanadi, ularda aniq ishlab
chiqarish faoliyati olib boriladi. Shuning uchun, atrof muhit va tabiiy resurslar
ularning atrofida ham muhofaza qilinishi kerak.
Yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish rejalash va loyihalash
jarayonida odamning noto‘g‘ri harakatlari, ayniqsa, biosferaning mahsuldorligi
pasayishi keltirib chiqaradigan, har qanday zararlarga yo‘l qo‘ymaydigan va ularni
maksimal cheklaydigan vositalarni maqsadli topishdan; yerdan foydalanish
jarayonida uning sifati yomonlashishiga hamda atrofdagi hududlarga zararli taʼsiriga
yo‘l qo‘ymaydigan usullardan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Yakuniy maqsad esa -
yerdan va tabiiy resurslardan ishlab chiqarish va boshqa faoliyat jarayonida to‘g‘ri
foydalanish hisoblanadi.
322
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”. T.: Adolat, 2022
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq
xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5742 sonli farmoni. www.lex.uz
3.Atrof muxitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga oid normativ
huquqiy hujjatlar to‘plami T.:”Adolat” 2008
4.Avezbayev S., Volkov S.N. S.Sharipov «Yer tuzishni loyihalash» T.:
TIQXMMI MTU, 2022.-180b.
5.Sharipov S.R. “Yer cheklangan resurs, u muhofazaga muhtoj”
“O‘zbekiston zamini” ilmiy-amaliy jurnali
МАМЛАКАТ ОЗИҚ-ОВҚАТ ТАЪМИНОТИ ТИЗИМИНИ
БАРҚАРОРЛАШТИРИШДА КАРТОШКАЧИЛИКНИНГ АҲАМИЯТИ
Шеркабилов Ш.
– эркин тадқиқотчи,
ТИҚХММИ МТУ
Аннотация:
Мақолада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш
шароитида картошкачиликни ривожлантиришнинг аҳамияти, мамлакатимизда
картошка етиштиришдаги асосий тенденциялар ва мавжуд муаммолар ҳамда
таркибий ислоҳотлар баён этилган.
Калит сўзлар:
картошкачилик,
иқлим ўзгариши, истеъмол меъёри,
уруғчилик, кластер, кооперация, импорт, такрорий экин, ихтисослашган ҳудуд,
инновация.
Маълумки, дунё аҳолисини озиқ-овқат маҳсулотлари билан ҳажм ва
сифат жиҳатдан таъминлаш масаласи жаҳон қишлоқ хўжалигининг бирламчи
вазифаларидан саналади. Зеро, ушбу масала аҳоли сонининг ошиб бориши
шароитида жон бошига тўғри келадиган қишлоқ хўжалиги экин
майдонларининг камайиши, уларни экстенсив усулда кенгайтириш
имкониятларининг чекланганлиги билан мураккаблик келтириб чиқарса,
бошқа томондан экологик инқирозлар, сиёсий нобарқарорлик, глобал иқлим
ўзгаришининг салбий оқибати кузатилаётган бугунги кунда ушбу муаммони
ечиш масаласи янада долзарблашмоқда.
Шу жиҳатдан жаҳон қишлоқ хўжалигида картошкачиликни
ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Чунки, ушбу маҳсулот
аксарият давлатларда бугунги кунда истеъмол қилинадиган асосий
