349
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
5. H.N. Zaynidinov, J.U. Juraev, U.U. Juraev. Digital Image Processing with
Two-Dimensional Haar Wavlets// International Journal of Advanced Trends in
Computer Science and Engineering (IJATCSE), (Indexed by SCOPUS), ISSN:
2278-3091, 9(3), May - June 2020, 2729 - 2734. Available Online at
https://doi.org/10.30534/ijatcse/2020/38932020.
6. H.N. Zaynidinov, O.U. Mallayev, I. Yusupov. Cubic Basic Splines and
Parallel Algorithms // International Journal of Advanced Trends in Computer
Science and Engineering (IJATCSE), (Indexed by SCOPUS), ISSN: 2278-3091,
9(3), May - June 2020,3957-3960 Available Online at
7. Sergiyenko A.B. Sifrovaya obrabotka signalov. - 2-ye. - Spb: Piter, 2006. -
751 s.
8. H.N. Zaynidinov, O.U. Mallayev. Definition of synchronization processes
during parallel signal processing in multicore processors // International Conference
on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends
and Opportunities,ICISCT 2019
(2019).
https://ieeexplore.ieee.org/document/9012006
9. https://lex.uz/docs/4494500
SUVDAN FOYDALANISH BORASIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI
BARTARAF ETISH YO’LLARI
Xushmatov N.S. -
i.f.d., prof., Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy
markazi Bosh ilmiy kotibi,
Shoxo’jaeva Z.S. -
i.f.n., prof., Oziq-ovqat va qishloq
xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi doktoranti
Annotatsiya:
O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida
tobora dolzarblashib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga
bo’lgan talabi asosan transchegaraviy daryolar hisobiga qondiriladi. Tadqiqotlarga
ko’ra, 2025 yilga borib iqlim o’zgarishi, global haroratning oshishi tufayli
Amudaryo va Sirdaryo daryolarini suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining
15–20 foizga kamayishi kutilmoqda. Tog’ muzliklari hajmi yiliga 0,2–1 foiz atrofida
kamayib borayotgani, tog’ daryolari havzalarida qor zaxiralari tobora qisqarayotgani
aniqlangan. Ushbu maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalom bor
qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suv tejamkor texnologiyalarni qo’llashni
takomillashtirish va suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi
suv yo’qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to’liq
avtomatlashtirishga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan
.
350
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Kalit so’zlar:
suv resurslari tanqisligi, cho’llanish jarayoni, suv resurslaridan
foydalanish samaradorligi, sug’orish tizimlarini modernizatsiya qilish, Aqlli suv,
suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalari, suvni “onlayn” nazorat qilish, suvni
boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Bugungi kunda dunyoning aksariyat mintaqalarida suv resurslari tanqisligi
muammosi yuzaga kelmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida global isishni,
sayyoramizdagi ekotizimning buzilishini, davlatlar iqtisodiyoti ko’lami va aholisi
soni o’sib borishi natijasida qo’shimcha suv resurslariga talabning ortishini keltirish
mumkin. Aytib o’tish joizki, so’nggi yillarda suv resurslari tanqisligi muammosi
Markaziy Osiyo mintaqasida ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Mutaxassislarning
tahlillariga ko’ra, oxirgi 40 yil ichida Markaziy Osiyoda suv ta’minoti hajmi yiliga
kishi boshiga 8,4 mingdan 2,5 ming kubmetrgacha kamaydi, 2050 yilga borib
Markaziy Osiyo aholisi 90 million kishiga va suv tanqisligi 25-30 foizga ko’payadi,
suv ta’minoti hajmi esa kritik darajaga – yiliga 1,7 ming kub metrdan kamroqqa
yetadi.
Aholi sonining ko’payishi bilan issiq iqlimli hududlarda cho’llanish
jarayoni kuchayib bormoqda. Ayni vaqtda cho’llanish dunyo miqyosida 100-200
million aholining yashash tarziga salbiy ta’sir ko’rsatib, yaqin o’n yil ichida 50
milliondan ortiq aholini o’z yashash joylarini tashlab ketishga majbur qildi.
Undan keladigan iqtisodiy zarar esa 42 milliard AQSh dollari miqdorida
baholanmoqda. Global iqlim o’zgarishi bu jarayonni o’zgartirib yuborishi ham
mumkin. 20 ga yaqin daryo havzalaridagi 50 dan ortiq davlatlarda suvdan
foydalanish, uni to’g’ri taqsimlash bo’yicha keskin munozaralar mavjud bo’lib,
suvdan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Mamlumki, mamlakatimiz o’tgan asrning 70-80 yillarida Amudaryo va
Sirdaryodan har yili 74,1 km3 suv olgan, shuning 28,4 km3 Amudaryoga, 10,9
km3 Sirdaryoga, 19,2 km3 ichki kichik daryolarga, 12,6 km3 yer osti va
kollektor suvlariga to’g’ri kelgan. Hozirgi kunda esa O’zbekiston olayotgan suvi
1980-yillardagi miqdorining 79 foizini tashkil etadi xolos. Qurg’oqchilik
yillarida Amudaryo va Sirdaryodan suv olish hajmi 8-10 km3 ga kamayadi va
sug’orishda 49,0 km3 miqdorigacha suvdan foydalanishimiz hisobiga
dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi 1,3-1,5 martaga kamayishiga sabab
bo’ldi. Demak, mavjud imkoniyatlardan foydalanish, suv resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirish dolzarb muammolardan sanaladi.
Maqolani yozishda O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan
foydalanish to’g’risida” gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
351
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Farmon va Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlaridan shuningdek, mamlakatimiz va xorijiy iqtisodchi olimlarning fikrlaridan
hamda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati
qishloq xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlaridan keng foydalanilgan. Mavzuni
yoritishda mantiqiy fikrlash, qiyosiy va solishtirma tahlil usullaridan foydalanilgan.
Respublikamizda suv ta’minotini yaxshilash, mavjud suv resurslarini oqilona
va tejamkor bilan foydalanish, ilmiy asoslangan yangi texnologiyalarni joriy qilish
bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra suv
manbalaridan kanallar, ariqlar orqali sug’orish dalasiga qadar yetib borgancha
suvning 25 foizdan 40 foizgacha yo’qotiladi. Buning uchun birinchi navbatda,
hozirgi sug’orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv infratuzilmalarini
boshqarishda raqamlashtirish orqali suvni yo’qotish holatlarini keskin kamaytirish
yo’llarini amalga oshirish zarurdir.
Ma’lumki, oxirgi besh yilda O’zbekistonning foydalanilgan o’rtacha yillik suv
miqdori 51-53 mlrd m3 ni tashkil qilgan. 2020 yilda O’zbekiston iqtisodiyotining
barcha tarmoqlarida 49 mlrd m3 suv ishlatilgan bo’lib, bu ko’rsatkich 1980 yillarda
hisoblangan yoki sarflangan suvning respublika bo’yicha suvga ehtiyojning 75-80
foiziga ham yetmaydi. Xolbuki, 2022 yilga kelib, aholi soni qariyb ikki baravarga
o’sdi, sanoat rivojlandi, odamlarning turmush tarzi o’zgardi, farovonligi, ehtiyojlari
ortdi. Xuddi shunday holat qo’shni davlatlarda ham kuzatilganini inobatga oladigan
bo’lsak, hozirgi sharoitda Markaziy Osiyoning umumiy suv zaxiralaridan oqilona
foydalanish mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda naqadar dolzarb
ahamiyat kasb etishini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston suv taqchilligini kamaytirish uchun suv tejovchi
texnologiyalarni
joriy
etish
va
suvni
boshqarishda
zamonaviy
texnologiyalardan
foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytirish
borasida
Markaziy Osiyo davlatlari orasida tashabbuskor bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 dekabrdagi “Qishloq
xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq 2021 yilda jami 230 ming gektar
maydonda suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarini joriy etish, 200 ming gektar
maydonni lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish belgilandi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida 750 ta suv xo’jaligi ob’ektiga “Aqlli suv”
qurilmasi, 95 ta nasos stantsiyasiga suv va elektr energiyasi iste’molini onlayn
nazorat qilish qurilmasi, 423 ta meliorativ kuzatuv qudug’iga yerning sho’rlanishi,
minerallashganlik darajasini onlayn nazorat qilish qurilmasi o’rnatildi hamda 7 ta
suv xo’jaligi ob’ekti avtomatlashtirildi. Buning natijasida, suv xo’jaligi
inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish,
352
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
viloyat va tuman chegarasida yetkazib berilayotgan suv resurslarini onlayn kuzatib
borish hamda suvning hisob-kitobini aniq yuritishga erishildi. Suvni boshqarish
jarayonlarida inson omilini kamaytirish, suvni texnik yo’qotishlarining oldini olish,
suvdan belgilangan limit asosida shaffof va adolatli foydalanish yo’lga qo’yildi.
2022 yil boshidan buyon 172 ming 555 gektar maydonda, jumladan, 142 ming
500 gektar paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonda – tomchilatib sug’orish, 8
ming 782 gektar g’alla va boshqa ekin maydonlarida – yomg’irlatib sug’orish, 4
ming 100 gektar paxta va boshqa ekin maydonlarida – diskret usulda sug’orish
texnologiyalari ishga tushirildi, 50 ming 200 gektar maydonda – ko’chma
egiluvchan quvurlar yordamida, 4 ming 710 gektar maydonda – egatga plyonka
to’shab sug’orish yo’lga qo’yildi.
Ma’lumki, suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarining uskunalari va
butlovchi qismlari asosan chet davlatlardan keltirilayotgan edi. Shu bois, importni
qisqartirish, ichki talabni qondirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalar sonini oshirishga alohida e’tibor qaratildi va natijada 2021 yilning 1 iyul
holati bo’yicha suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarining uskunalari va
butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar soni 38 taga yetdi. Yil
yakuniga qadar yana o’ntadan ko’proq yangi korxonalarni ishga tushirish
rejalashtirildi. Natijada, 2021 yil oxirida suv tejovchi texnologiyalar joriy
qilinadigan 230 ming gektar maydonning 50 foizini mahalliy ishlab chiqaruvchilar
tomonidan mahsulot bilan ta’minlash imkoniyati yaratilib, mahalliylashtirish
darajasi 70 foizga yetkaziladi. Binobarin, mahsulotni boshqa davlatdan tashish
xarajatlarini tejash hisobiga tannarxni 15–20 foizgacha kamayishiga yoki gektariga
5 mln. so’mga arzonlashtirish imkoni tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasida suv resurslarini va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-
2023-yillarda mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-5005-sonli
qaroriga asosan, 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatida suv xo’jaligi
ob’ektlarida suv resurslarini real vaqt rejmiida boshqarish va suvdan foydalanish
samaradorligini oshirish maqsadida viloyatdagi sug’orish tarmoqlari, suvni o’lchash
postlarida 2021 yil 269 dona 2022 yilda 400dona “Aqlli suv” (Smart Water),
meliorativ kuzatuv quduqlarida 2021 yilda 256 dona 2022 yilda 270 dona “Diver”
va nasos stantsiyalarida suv miqdorlarida suvni “onlayn” nazorat qiluvchi 2021 yilda
27 dona 2022 yilda 35 dona “onlayn” hisoblagichlar o’rnatilishi rejalashtirildi.
2021-2022 yillarda, Qashqadaryo viloyatida suvni real vaqt rejimida
boshqarish uchun 2021 yilda 178 dona 2022 yilda 257 dona “Aqlli suv” (Smart
Water), meliorativ kuzatuv quduqlarda 2021 yilda 81 dona 2022 yilda 270 dona
353
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
“Diver” va nasos stantsiyalarida suv miqdorlarida suvni “onlayn” nazorat qiluvchi
2021 yilda 27 dona 2022 yilda 35 dona aqlli hisoblagichlar o’rnatildi.
Bundan tashqari, rejadagi 2021-2022 yillarda yirik gidrotexnika inshootlarini
avtomatlashtirish bo’yicha “Yakkabog’”, Oqsuv” gidrouzellarida suvni boshqarish
jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimga o’tkazilib, boshqarib kelinmoqda.
2023 yilda sug’orish tarmoqlarida suvni real vaqt rejimida boshqarish uchun
846 dona “Aqlli suv”, meliorativ quduqlarda sizot suvlari sathi va
menirallashganligini kuzatish uchun 276 dona “DIVER” qurilmasini o’rnatish va 1
ta yirik gidrotexnika inshooti Qarshi gidrouzelini avtomatlashtirish rejalashtirilgan.
Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun
dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib
bormoqda, suv zahiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat
mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan
texnologiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Aytish joizki, bu borada O’zbekistonda ham so’nggi yillarda katta ishlarga qo’l
urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor
texnologiyalarni joriy etish bo’yicha jahonning ilg’or mamlakatlari bilan hamkorlikda
loyihalar hayotga joriy etilmoqda. Bunga misol tariqasida Qashqadaryo viloyati
Qamashi – Mirishkor kanalida suv resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimini keltirish mumkin. Bu tizimni joriy etish bo’yicha umumiy qiymati 18,2
milliard so’mga teng bo’lgan Qishloq xo’jaligi vazirligi hamda Avstraliyaning
«Rubikon Water Pty Ltd” kompaniyasi o’rtasida shartnoma imzolandi. Ushbu
qurilmani amalga oshirish natijasida jami 6,5 ming gektar yerlarning 43 million litrlik
suvga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi.
Mazkur shartnoma doirasida Qashqadaryo viloyati Qamashi– Mirishkor
kanalining 13,8 km uzunlikdagi qismida jami 27 ta avtomatlashtirilgan suvni
boshqarish shlyuzlari, ushbu kanaldan foydalanadigan fermer xo’jaliklari uchun
o’lchov uskunalari, markazdan masofaviy boshqaruv dasturiy ta’minoti va fermerlar
uchun mobil ilovalar joriy etildi.
Nima uchun birinchi ob’ekt sifatida aynan Qamashi-Mirishkor kanali tanlandi?
Qashqadaryo viloyatida ushbu kanalda suv tanqisligi masalasi dolzarb bo’lib turibdi.
Aynan ushbu qaror "Rubicon water" kompaniyasi yechimlarining samaradorligi va
afzaliklarini maksimal darajada ko’rsatib beradi. Bundan tashqari, kanalda nasos
stantsiyalari kabi boshqa mexanizmlar ham qo’llaniladi. Shu orqali “Rubicon water”
kompaniyasi qurilmalar va kompleks dasturiy ta’minot bo’yicha o’z yechimlarini
keng qo’llash imkonini ko’rsatib beradi.
354
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Qamashi-Mirishkor kanalining 13,2-kilometrli bo’lagida joylashgan 27 ta
ob’ektda gidroinshootlar va 3 ta nasos stantsiyalarida gidroo’lchagichlar o’rnatildi, va
bu boshqaruv 5 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yerlarni qamrab oladi
.
Ushbu qurilmani amalga oshirish natijasida kanallarni boshqarish, suv sarfini
hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi suv yo’qotishlarini qayd etish
va uning oldini olish usullarini to’liq avtomatlashtirishga erishiladi. Shuningdek,
kanalda suv resurslaridan foydalanishning umumiy ko’rsatkichi 70 foizgacha
kamayishi, sug’orish uchun suvdan foydalanish samaradorligi 37 foizdan 90 foizga
oshishi, suvdan oqilona foydalanish hisobiga 3,8 milliard so’m mablag’ tejalishiga
erishiladi.
Suv xo’jaligi tarmog’i elementlarini onlayn monitoring qilish va boshqarish
uchun yangi avloddagi radioqurilmalar bazasida alohida SCADA telemetriya va
teleboshqaruv tizimi tashkil etildi.
Demak, “Aqlli suv” tizimini joriy etish orqali suv xo’jaligi inshootlarida real
vakt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish, viloyat va tuman
chegarasida yetkazib berilayotgan suv resurslarini onlayn kuzatib borish imkoniyati
yaratiladi. Bu o’z navbatida suvning aniq hisob-kitobini yuritish, suvdan
belgilangan limit asosida foydalanish hamda suvni operativ boshqarish imkoniyati
yaratiladi. Buning natijasida suv manbalaridagi mavjud suvlardan foydalanish
samaradorligini ortishiga va loyiha hududlarida 2% gacha suv resurslarini iqtisod
qilinishiga erishiladi.
Meliorativ kuzatuv quduqlarida avtomatlashtirilgan onlayn monitoring yuritish
tizimi (DIVER) joriy etish natijasida esa yer osti sizot suvlari sathi va ularning
minerallashganlik ko’rsatkichlarini onlayn monitoringini yuritish orqali loyiha
xududlarida yerlarning meliorativ holatini baholash aniqligi 20% ga hamda
melioratsiya tadbirlarini o’tkazish samaradorligi 30% ga oshirilar ekan.
Xulosalar
.
Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, respublika bo’yicha STT
qo’llanilayotgan maydonlar so’nggi besh yilda 7,7 marta ortgan. Agar STT
qo’llaniladigan maydonlar yana 10 baravar oshiriladigan bo’lsa, u holda turli xildagi
gidrotexnik jihozlarga bo’lgan ehtiyoj 6,6 baravar ortadi. Respublikada STT
uskunalarini ishlab chiqaruvchi sanoqli korxonalarning mavjudligi ichki raqobat
muhitining shakllanmaganligi hamda ularning bu ehtiyojni to’liq qondira
olmasligini anglatadi.
Shuningdek, 2023 yilning 1 aprelidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilanadi: tijorat banklari
kreditlarining garov ta’minoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard so’mdan ortiq
bo’lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi
355
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
kafilligi asosida ta’minlash, tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz
stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari
bo’yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30
foizidan ko’p bo’lmagan qismini qoplash uchun jamg’arma hisobidan
kompensatsiya qilinishi va h.o.
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 2024 yil 1 martgacha barcha suv
kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib
berish bo’yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish, shuningdek, suv yetkazib
beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o’rtasida rasmiylashtirilgan
dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to’ldirish hamda elektron
raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi Suv hisobi axborot tizimi
yaratilishi kelgusida viloyatda suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga zamin
yaratilganidan dalolatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” gi
Qonuni,1993 y.
2.
“Qishloq xo’jaligida suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini joriy etishni
rag’batlantirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4499-sonli qarori, 2019 yil 25 oktyabr.
3.
“O’zbekiston.Respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo’ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni 2020 yil 10 iyul.
4.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 dekabrdagi “Qishloq
xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori.
5.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasida suv resurslarini va irrigatsiya sektorini
rivojlantirishning 2021-2023-yillarda mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi PQ-5005-sonli qarori.
6.
https://yuz.uz/news/bir-tomchi-suv
7.
https://sputniknews.uz/20221206/2050-yilga-kelib-markaziy-osiyoda-suv-
taqchilligi-kuchayishi-mumkin-30539036.ht
8.
https://review.uz/uz/post/qashqadaryo-viloyatining-2022-yil-yakunidagi-
qishloq-xojaligi-korsatkichlari
9.
ZS Shoxujaeva. Economic efficiency of water resources use in the
agricultural sector. Monograph. T.:" Economy and Finance" Publishing House,
2012.
356
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
10.
ЗС Шохужаева. Зарубежный опыт в сельском хозяйстве по
использованию водных ресурсов. Ж. Economics. 2020. №1 (44), стр. 19-22.
11.
ЗС Шохўжаева. Қашқадарё вилоятида сув ресурсларидан самарали
фойдаланишнинг долзарб масалалари. Irrigatsiya va Meliоratsiya журнали,
2018. №3, 82-88 бет.
12.
ЗС Шохўжаева. Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида аграр
соҳани ривожлантириш истиқболлари. Monografiya. Toshkent, 2020.
13.
NS Xushmatov, ZS Shoxo'Jaeva. Suv resurslarining agrar tarmoqni
barqaror rivojlantirish bilan o’zaro bog’liqligini baholash. Jurnal: Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022, №3.
1121-
1129 beт.
14.
ZS Shokhujaeva, HN Mirjamilova.
Innovative processes in the water sector
and factors influencing their development
. J.:
Asian Journal of Research in Business
Economics and Management. 2022, №5. Стр. 18-27.
15.
ZS Shokhujaeva, AS Eshev, N O' Murodova, FS Temirova. AIP Conference
Proceedings. 15.03. 2023. Стр. 050031.
KADASTR MА`LUMOTLАRINING ANIQLIK DARAJASINI TAHLIL
QILISH ORQALI HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISHGA
TAʼSIRINI BAHOLASH
Yunusov B.M. -
t.f.f.d., PhD., Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi
Аnnotatsiya.
Davlat kadastrlari yagona tizimi maʼlumotlarning tahlilini
qilish yangilab borish manfaatdor vazirlik va idoralarga interaktiv xizmat
koʼrsatishda ahborotlarning ishonchliligi taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan maqolada aholi punkti yerlari maʼlumotlarini ArcGIS dasturi
asosida tahlil qilish, yangilash yuzasidan maʼlumotlar berilgan.
Kalit soʼzlar:
ArcGIS,
kadastr, geodeziya, davlat kadastrlari, atributlar,
avtomatlashtirish, yer hisobi, ayrim davlat kadastrilari, qatlamlar, maʼlumotlar
bazasi, integratsiya, geoaxborot tizimi, dasturiy taʼminot, xarita, elektron baza,
axborot, maʼlumotlar bazasi.
Dunyo miqyosida aholi sonining o‘sishi natijasida kishi boshiga yer
resurslarining kamayib borayotganligini inobatga olsak, mavjud yer resurslari,
jumladan, aholi punkti yerlarini samarali boshqarish hamda ularning hisobini
yuritish imkonini beradigan geoaxborot tizimlarni amaliyotga keng joriy etishni