325
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
янада қўллаб-қувватлаш ҳамда картошкага бўлган ички бозор талабини тўлиқ
қондириш вазифаси, хусусан, истеъмол ва уруғлик картошка етиштиришга
ихтисослашган ҳудудларни аниқлаш, картошкачиликда хўжалик юритишнинг
кластер ва кооперация каби илғор усулларини жорий этиш ҳамда улар
фаолиятини инновацион асосда ташкил этиш учун зарур бўлган иқтисодий
рағбатлантиришнинг аниқ механизмлари белгилаб берилди.
Хулоса қилиб айтганда, мамлакатимизда картошкачилик тизимини
ривожлантириш, энг аввало мамлакатда озиқ-овқат таъминоти тизимини
барқарорлаштириш билан бир қаторда қишлоқ хўжалигида юқори қийматли
ишлаб чиқаришни ташкил этиш имкониятини яратади.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“Республикада
картошка етиштиришни кенгайтириш ва уруғчилигини янада ривожлантириш
чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4704-сонли қарори. 2020 йил 6 май. Lex.uz
2.
Ўзбекистон Республикаси Статистика қўмитаси. Ўзбекистон
ҳудудларининг йиллик статистик тўпламлари.
3.
Интернет материаллари: Страны по производству картофеля -
MASOFADAN ZONDLASH MA’LUMOTLARI ASOSIDA O’SIMLIK
VA TUPROQ TAHLILINI YURITISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Shavazov T.K.
– stajyor o'qituvchi, TIQXMM MTU,
Anorkulov A.A
.–
magistrant, TIQXMM MTU,
Qoʻldoshev S.R.
– talaba, TIQXMM MTU
Annotatsiya
. Ushbu maqolada qishloq xo’jalik yerlaridagi vegatatsiya davri
damidagi barcha turdagi o’zgarishlarni kuzatish va kerakli qarorni vaqtida qabul
qilish uslubini takomillashtirish uchun asos sifatida masofadan zondlash
ma’lumotlaridan foydalanish haqida takliflar keltirilgan.
Kalit so`zlar
: Aniq qishloq xo’jaligi, Masofadan zondlash, GIS, EOSDA.
Ekinlarning sun'iy yo'ldosh monitoringi - bu turli dalalar va ekinlar uchun
yuqori aniqlikdagi sun'iy yo'ldosh tasvirlarining spektral taxlili orqali real vaqt
rejimida ekinlar o'simliklari indeksini kuzatish imkonini beruvchi texnologiya
bo'lib, ekinlar rivojlanishining ijobiy va salbiy dinamikasini kuzatish imkonini
beradi [1]. Vegetatsiya indeksidagi farq bir o'simlikning rivojlanishidagi
nomutanosiblik haqida ma'lumot beradi, bu ma'lum dala zonalarida qo'shimcha
326
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
qishloq xo'jaligi ishlarini olib borish zaruratidan dalolat beradi chunki ekinlarning
sun'iy yo'ldosh monitoringgi qishloq xo'jaligining aniq usullariga tegishli. [1-3]
Masofadan zondlash texnologiyalari bizga tabiiy resurslar monitoringi
jumladan o’simliklar va tuproq resurslarini ham kuzatish imkoniyatini beradi [4-6].
Taqdqiqot hududi sifatida Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi “Zarif
Burxonov” fermer xo’jaligi dalasi tanlangan. Tadqiqot davomida bir necha turdagi
maxsus indekslar hisoblangan (1-jadval). Crop monitoring platformasi bizga bir
necha turdagi indekslarni hisoblash jarayonini tezlashtirib beruvchi dasturiy
ta’minot sifatida tanlandi [7]. Fazoviy ma’lumotlar sifatida bu platforma Sentinel-2
sun’iy yo’ldoshi mahsulotlaridan foydalanib indekslar qiymatini hisoblab beradi.
Kosmik suratlar har 3-5 kunda yangilanib turishi real vaqt ma’lumotlarini tez qo’lga
kiritishni ta’minlaydi. Undan tashqari katta maydondagi yerlar uchun Landsat va
MODIS Terra va Aqua
sun’iy
yo’ldoshi
qiymatlaridan
ham
foydalanadi.
1-jadval: EOSDA
platformasi hisoblaydigan
indekslar ro’yxati.
327
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
A)
NDVI
B)
MSAVI
C)
NDMI
D)
Ob-havo bashorati
E)
Relyef xaritasi
F)
Nishablik xaritasi
1-Surat:
Tadqiqot davomida hisoblangan indexlar.
O'zgartirilgan tuproq o'simliklari indeksi (MSAVI) - Indeksga asoslanib,
ekinlarning o'sishining dastlabki bosqichlarida differensial o'g'itlash uchun xaritalar
tuzilishi mumkin. 1B- suratda ko`rib turganimizdek MSAVI ya`ni o`zgartirilgan
tuproq o'simliklari indeksi tuproqning kasallangan darajasi va foizini ko`rsatilgan
bo`lib yerning to`q yashil joylardagi indeks yaxshi holatda och yashil joylari
yaxshiroq holatdagi sariq, och qizg`ish va to`q qizil esa tuproqning kasallanganligini
ko`rsatib turibdi.[2]
Rasmda ko`rib turganimizdek yerning kasallangan joyi o`simlikning o`sish
faolyatiga ham o`z ta`sirini ko’rsatgan. Ya`ni qizil rangdagi joyda o`simlikning
o`sish va rivojlanish darajasi past shu sababdan ekinlarning ekishdan oldin yerning
tahlini olib so`ngra ekin ekishimiz lozim. Ushbu monitoring nafaqat yerning
kasallanganlik darajasini balki uning namligi, kerakli o`g`itlarni yetmishmasligini
shu bilan birga balandlik va qiyalik xaritalarini ham ko`rsatib beradi. Shu bilan bilan
birga esa o`simliklar barglaridagi xlorafil tarkibini ham ko`rsatib beradi [3].
Normallashtirilgan farq qizil indeksi va o’simlik indeksi (NDRE va NDVI) -
o'rta va kech mavsumlarda o'simlik barglaridagi azot kontsentratsiyasini baholash
uchun ishlatiladigan fotosintetik faolligining o'lchovidir (1A-surat). Bu bizga
nosog’lom o'simliklarni aniqlash imkonini beradi, o'simlik kasalliklarini aniqlash
328
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
uchun ishlatiladi va hosilni yig'ish vaqtini optimallashtirishga imkon beradi. NDRE
ekinlar rivojlanishining kech bosqichlarida foydalidir. Juda zich o`simlik qoplami
mavjud bo’lgan hudular uchun NDRE, NDVI larning o’rniga tavsiya etiladi.
Rasmda ko’rib turgan to`lqinsimon qizil va ko`k to`lqinsimon chiziqlar havo harorati
bo`lib, bunda havoning °С selsiy bo`yicha necha foiz ekanligini ko`rsatadi.
Normallashtirilgan namlik farqi indeksi (NDMI) ekindagi suv stresi darajasini
tavsiflaydi va yaqin va o'rta infraqizil spektrdagi singan nurlanishning farqi va
yig'indisi o'rtasidagi nisbat sifatida hisoblanadi (1C-surat). Mutlaq NDMI talqini
ferma yoki dala suv bosimi ostida bo'lgan hududlarni darhol tanib olish imkonini
beradi. NDMI ni talqin qilish oson: uning qiymatlari -1 dan 1 gacha va har bir qiymat
hosildan qat'iy nazar, boshqa agrotexnik holatga mos keladi.
Balandlik xaritasi - hududning balandligi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga
olgan raqamli model (1E-surat). Bundan ko`rib turibmizki, yerning bir tekis
bo`lmagan joylarida o`simliklarning sug`orish bir muncha qiyinchlik olib keladi shu
sababdan yerni tekislayotganda ushbu kichik detallarga ham ahamiyat berishimiz
lozim, agarda suv bir yerda turib qolsa o`sha joyda o`simliklarning sekin rivojlanishi
va ezilishini kuzatishimiz mumkun.
Nishab xaritasi - relefning balandlik yoki pastlik darajasini darajalarda
tavsiflaydi (1F-surat). Rasmda ko`rib turganimizdek ushbu nishab xaritasi indeksi
ham yashildan qizilga qarab tushib borgan bundan ko`rishimiz mumkinki
maydonning nishablik xaritasi tekis emas. Bunday nishablikda suvning bir tekisda
borishi va o`simliklarning bir tekisda suv ichishida bir qancha muammolar bo`lishi
kuzatiladi.
1D-suratda ko’rib turganimiz bir yillik yog`ingarchilikni oylar kesimidagi
yog`in miqdorini analitik prognozi bunda qaysi oylarda yog`in miqdori o`sgan yoki
kamayganligi haqida aniq ma`lumot olish imkonini beradi. Ushbu prognoz
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani sug`orma yer maydonidan olingan prognoz.
Xulosa. Qishloq xo’jaligi mahsuldorligi Respublika aholisi hayotida eng
muhim sohalardan biridir. Aniq qishloq xo’jaligini yuritish tabiiy resurslarni to’g’ri
boshqarish va mahsulot tannarxini tushurish uchun asosiy vositadir. O’z vaqtida va
to’g’ri qabul qilingan qarorlar qishloq xo’jalik ekinlaridagi zararni kamaytirish,
hosilni saqlab qolish bilan birgalikda uni oshirish imkonini yaratadi. Undan tashqari,
suv tanqisligi sharoitida resupublika sug’oriladigan maydonlarida suv tanqisligining
zararlarini yumshatish va suv resurslarini tejash borasida ham masofadan zondlash
texnologiyalaridan foydalanish eng maqbul yechimlardan hisoblanadi. Ushbu
izlanishda sug’oriladigan maydonlarda masofadan zondlash texnologiyalari orqali
o’simlik unib chiqishi va salomatligini monitoring qilish, tuproq namligi va
329
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
nishabligini baholash, real-vaqt havo haroratini bilish va 2 haftalik bashoratlarni
qabul qilish jarayoni tavsiflangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Schepers, J. 1999. Environmental problems facing agriculture. Seminar:
Precision Agriculture and the Environment. National Academy of Science. As cited
by Hatfield (2000) p. 4
2.Schepers, J. 1999. Environmental problems facing agriculture. Seminar:
Precision Agriculture and theEnvironment. National Academy of Science. As cited
by Hatfield (2000) p. 4
3.SH. SHokirov, I. M. Musaev. Masofadan zondlash. O’quv adabiyoti Toshkent-
2015
4. Wim H.Bakker, Lucas L.F.Janssen, Colin V.Reeves (2001), ITC: Principles of
Remote Sensing.
5. https://crop-monitoring.eos.com/
6. Karimi, Y. Prasher, O. Patel, M. & Kim, H. (2014) Application of support vector
machine technology for weed and nitrogen stress detection in Precision
Agriculture. Journal of Computers and Electronics in Agriculture. 51 (1–2). Pp.99–
109.
7. Sai, Z. Fan, Y. Yuliang, T. Lei, X. & Yifong, Z. (2016) Optimized algorithm of
sensor node deployment for intelligent agricultural monitoring. International
Journal of Advanced Research in Electrical, Electronics and Instrumentation
Engineering. 3(2). pp. 76–86.
8. Twarakavi, C. Simunek, J. & Schaap, G. (2015) Development of functions for
estimation of soil hydraulic parameters using support vector machines for
Precision Agriculture. America Journal Soil Science Society. 73. pp.1443–1452.
РОЛЬ ЗЕМЛЕУСТРОЙСТВА ПРИ РАЗВИТИИ ЛЕСНОГО
ХОЗЯЙСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ
Хафизова З.Х. -
старший преподаватель, НИУ ТИИИМСХ
, Рузматов Ж. -
Лесной инспектор государственный лесного хозяйства имени Абдурахманова
Аннотация.
В данной статье освещены основные задачи
землеустройства при развитии и отвода земель лесов в Республики
Узбекистан.
Ключевые слова
: площадь, лесов, задача землеустройства, лесных
плантаций