Toshkent viloyati yer resurslarini boshqarishda davlat nazorati samaradorligini takomillashtirish chora-tadbirlari

  • Управление кадастрового агентства Ташкентской области
  • Военно-учебный центр Национального университета Узбекистана
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
CC BY f
9-21
21
7
Поделиться
Минасипов, Б., Наврузов, Р., & Рахимов, Х. (2023). Toshkent viloyati yer resurslarini boshqarishda davlat nazorati samaradorligini takomillashtirish chora-tadbirlari. Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения, 1(1), 9–21. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-reform/article/view/16735
Б Минасипов, Управление кадастрового агентства Ташкентской области

заместитель начальника

Р Наврузов, Военно-учебный центр Национального университета Узбекистана

старший преподаватель

Х Рахимов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola viloyat yer resurslarini boshqarishni  takomillashtirish negizida yerdan foydalanishni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Yer tabiiy resurs, umummilliy boylik sifatida jamiyat hayotida uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi yo‘lida siyosiy, huquqiy jihatdan kelajakda yerdan foydalanish istiqbollari hisobga olingan holda takomillashuvi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, yer resurslaridan foydalanishda teng huquqlilikni ta’minlash, yer resurslarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini ro‘lini oshirish kabi masalalar sohaga raqamli axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bilan xal etilmoqda.

Похожие статьи


background image

9

TOSHKENT VILOYATI YER RESURSLARINI BOSHQARISHDA

DAVLAT NAZORATI SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

CHORA-TADBIRLARI

B.B.Minasipov -Kadasrt agentligi

Toshkent viloyati boshqarmasi

boshlig‘i o‘rinbosari

R.M.Navruzov -“O‘zMU” Harbiy

tayyorgarlik o‘quv markazi

katta o‘qituvchisi

H.O. Raximov -“TIQXMMI” MTU

magistranti

Annotatsiya

Ushbu maqola viloyat yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish

negizida yerdan foydalanishni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga

qaratilgan. Yer tabiiy resurs, umummilliy boylik sifatida jamiyat hayotida uning

iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi yo‘lida siyosiy, huquqiy jihatdan kelajakda yerdan

foydalanish istiqbollari hisobga olingan holda takomillashuvi muhim hisoblanadi.

Ayniqsa, yer resurslaridan foydalanishda teng huquqlilikni ta’minlash, yer

resurslarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini ro‘lini oshirish kabi

masalalar sohaga raqamli axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bilan xal

etilmoqda.

Kalit so‘zlar:

Yer resurslarini boshqarish, yerdan foydalanish, yer hisobi,

Davlat yer nazorati, yer va kadastr nazorati, yer islohoti, yer fondi.

Kirish.

Yer resurslarini boshqarish – yer resurslariga jamiyat va davlatning

yer resurslarini foydalanishda ularning samaradorligini oshirish uchun muntazam,

ongli va aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishidir.Yer munosabatlarining

kechishi ta’sir etish jarayonida yer resusrlarini boshqarishning quyidagi

yo‘nalishlarini yuzaga keltiradi:


background image

10

- Siyosiy-yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlatning ijtimoiy,

siyosiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarini bajarilishini ta’minlashidir. Ma’muriy

boshqarish esa yer resurslarini boshqarish omilkorligini aniqlash, o‘zaro

muvofiqlashtirilgan vazifalarni va ularni bajarishni tashkil etish, davlat

boshqaruvi va mahalliy organlar tizimini shakllantirish;

- Huquqiy - qonuniy hujjatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar asosida yerni

saqlash va oqilona foydalanishda tenglik va shaffoflikni ta’minlah, yerga bo‘lgan

huquqlarni ishonchli himoya qilish, yerning davlat va jamoat manfaatlari uchun

huquqiy nazorat tizimini yuritish;

- Ilmiylik - fan-texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlarni hisobga olib yer

resurslarini boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

- Iqtisodiy - yer resurslaridan samarali foydalanish shartlarini belgilash;

- Tashkiliy-texnologik - iqtisodiy, ijtimoiy rag‘batlar va yer resurslarini asrash

hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

Shunday ekan yer munosabatlariga kirishilar ekan avvalo undan maqsadli

foydalanish qat’iy nazorat ostida bo‘lishi, yer to‘g‘risidagi axboratlarning

ishonchli, aniq va ochiq foydalanish imkoniyatini yaratilishi, yer hisobining to‘liq

shakllantirilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimli ravishda xal etilishi

talab etiladi.

O’zbekiston

Respublikasida

yerdan

foydalanish

O’zbekiston

Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Yer kodeksi” 2-bob 8-

moddasiga binoan yerdan foydalanish maqsadiga ko‘ra yer fondi 8 ta toifaga

asosan yuritiladi. Ushbu toifalardan foydalanish maqsadiga ko‘ra yer

resurslaridan foydalanishning har bir toifa bo‘yicha alohida yondashuvini ishlab

chiqish maqsadga muvofiqdir. Xususan, qishloq xo‘jaligiga mo’ljallangan yerlar

toifasi tarixiy ahamiyatga molik yerlar toifasidan foydalanish ahamiyati, maqsadi

bilan farq qilganidek boshqa toifalar ham ma’lum jamiyat hayotidagi

mo‘ljallangan maqsadi bilan bir-biridan farq qiladi.

Bugungi yer resurslariga bo‘lgan talabning keskin ortishi shiddat bilan

rivojlanayotgan kundalik hayotimizda yer nazorati sohasiga izchil innavatsion


background image

11

texnologiyalar hamda yerdan foydalanishning istiqbolli takomillashtirish nuqtayi

nazaridan yangi qonunchilik normalarini jamoatchilikka tadbiq etish lozimligini

ko‘rsatmoqda.

Mavzuning dolzarbligi.

So‘ngi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining

rivojlanishi mamlakat aholisining keskin ortishi bilan bog‘liq kechadigan

munosabatlarni takomillashtirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Ana shunday

munosabatlarni ko‘p qirrali jihatdan yerdan foydalanish jarayoni tashkil etadi.

Yurtimiz aholisining soni ortishi, iqlim keskin o‘zgarishi hamda iqtisodiyotni

bozor sharoiti asosida rivojlantirish maqsadida jamiyatda mulkchilik

shakllarining takomillashuvi yer nazoratini yuritishning o‘ziga xos yondoshuvini

talab etadi. Hududlarda yer qonunchiligini uzluksiz monitoring qilib borish

asosida qat’iy nazorat ostida borishini ta’minlash, yer to‘g‘risidagi ma’lumotlarni

raqamlashtirishdagi kamchiliklar, yerga bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat

ro’yxatidan o‘tkazmaslik, yer munosabatlarida teng huquqiylikni ta’minlash, yer

islohoti davrida yangi yer bozorini ishonchli tarzda ochiq va shaffof ta’minlashda

qator kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Yerdan foydalanishdagi qonun

normalariga amal qilishni hamda aholi va yerdan foydalanuvchi sub’ektlar yer

qonunchiligidagi o’z huquq va majburiyatlarini chuqur anglab yetishlarida

tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida ularga muntazam ommaviy axborot

vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda barcha birday kuzatib qonun doirasida yerga oid

shaxsiy savollariga aniq javoblar olishlari imkonini beruvchi online platformalar

faoliyatini tashkil etish muhimdir. Avvalo yer qonunchiligini ijrosini davlat

nazorati tashkil etish orqali ta’minlash jarayonida mamlakatimizdagi umumiy yer

fondi yerlardan foydalanishdagi maqsadiga ko‘ra bo‘lingan toifalari va har bir shu

toifaga tegishli yer turlari bo‘yicha integratsiyalashgan yer maydonlari bo‘yicha

ma’lumorlar bazasi shakllantirish asosida yerdan foydalanuvchi sub’ektlar yerlari

davlat

ro‘yxatidan

o’tkazilganligi

to‘g‘risidagi

ma’lumotlari

to‘liq

shakllanmaganligi yer resurslarini ishonchli kelajakda istiqbolli foydalanishni

tashkil etish nuqtayi nazaridan boshqarish jarayonidagi muhim to‘siq bo‘lib

qolmoqda. Xususan, Suv fondi yerlari toifasiga tegishli irrigatsiya tizimlari va


background image

12

ularga tegishli muhofaza zonalarining qat’iy standart bo‘yicha normalari

aniqlashtirilib, tegishli tashkilot va idoralar tomonidan davlat ro‘yxatidan

o‘tkazmaganligi

va shu ma’lumotlar Davlat kadastrlari Palatasida

shakllanmaganligi oqibatida amaliyotda ushbu toifaga tegishli yerlar boshqa

maqsadda foydalanish uchun auksion orqali sotib yuborilish holatlari

uchramoqda. Yurtimiz aholisini kelajakda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadini

o‘zida mujassamlagan, boshqa maqsadlarda faoliyat olib borish yer qonunchiligi,

xususan “Yer kodeksi”ning 6-bobiga muvofiq taqiqlangan “Qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yerlar” toifasiga tegishli yerlar ushbu kodeks 43-moddasiga

muvofiq haydalma yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, yaylovlar, pichanzorlar va bo‘z

yerlar turilariga bo‘lingan bo‘lib, har bir yer turi bo‘yicha ma’lumotlar qishloq

xo‘jaligi yerlarini shakllantirilayotgan “Inola” hamda “Geopartal” ma’lumotlar

bazasida to‘liq shakllanmaganligi hamda ushbu toifaga tegishli barcha yer turlari

davlat ro‘yxatidan to‘liq o‘tmaganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining

2022-yil

14-fevraldagi

71-soli

“Qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarori

ijrosini ta’minlashda avvalo xususiylashtirilmaydigan qishloq xo‘jaligi barcha

yerlari boshqa maqsadda foydalanish uchun xususiylashtirib berilishini oldini

olish maqsadida ushbu toifaga tegishli yer turlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni

shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Yerlardan foydalanish

maqsadiga ko‘ra bo‘lingan toifa yerlari orasida uchinchi toifa “Sanoat, transport,

mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar” jumlasidan Transport

Vazirligiga tegishli avtoyo‘l, temiryo‘llarga tegishli muhofaza zonalari hamda

beshichi toifa “Tarixiy ahamiyatga molik yerlar” jumlasiga kiruvchi Madaniy

me’ros ob’ektlari joylashgan yerlardagi muhofaza zonalari aniqlashtirilib tegishli

tashkilot va idoralar tomonidan davlat ro‘yxatidan to‘liq o‘tkazmaganligi hamda

ma’lumotlari yagona yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasida shakllanmaganligi

ma’lum bo‘lib qolmoqda. Ushbu yuqorida e’tirof etilgan holatlar yerdan

foydalanishni tartibga solish, noqonuniy yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va


background image

13

eng muhimi yerdan foydalanuvchi sub’ektlar faoliyatini nazorat qilishda Davlat

yer nazorati faoliyatini tashkil etishda kamchiliklar tug‘dirmoqda.

Yer resurslarini kelajakda yurtimizda rivojlanish darajasini hisobga olib,

yer iqtisodiy resusr sifatida iqtisodiy ahamiyatini ortib borishi nuqtayi nazardan

yer resurslarini boshqarish tizimini takomilashtirish dolzarb masalalardan

hisoblanadi.

Amalga oshirilayotgan ishlar.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining

2021-yil 24-fеvraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish

va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-5006-sonli Qarorida belgilangan vazifalar, O‘zbеkiston

Rеspublikasi Prеzidеntining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va

shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va

ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli

Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, O‘zbеkiston Rеspublikasi

Prеzidеntining 2022-yil 21-fеvraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat

nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli

Qarori qabul qilinishi yer qonunchiligini takomillashuvi yangi yer islohoti

davrida davlat yer nazorati yuritilishini yangi bosqichga olib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 83

1

va 84-moddalari,

“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston

Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini

tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son,

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish

tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil

24-fevraldagi PQ-5006-son va “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat

nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-

fevraldagi PQ-138-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar

Mahkamasining 2022 yil 14-apreldagi 183-sonli “Davlat yer va kadastr

nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga


background image

14

oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Qarori asosida

Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom

1-

ilovaga

muvofiq:

- davlat yer nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus

vakolatli davlat organlari (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat

qo‘mitasi) tomonidan amalga oshirish tartibi;

- davlat kadastr nazoratini Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr

agentligi tomonidan amalga oshirish tartibi;

- davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat

organlarining vazifa va funksiyalari, ushbu organlar mansabdor shaxslari tarkibi,

nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat yer

va kadastr nazoratini tashkil etish va o‘tkazish tartibi;

- erga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazoratini amalga

oshirish va jamoatchilik nazorati subyektlarini bazaviy hisoblash miqdorining o‘n

foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi;

- davlat yer va kadastr nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan

taqdirda, aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi belgilandi. Xususan, 2-bob 8-

bandiga muvofiq quyidagilar davlat yer nazorati bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi

huzuridagi Kadastr agentligi – yer toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi yer

uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini, yer

uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer

uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash, yer uchastkasi

chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini

ko‘rish, yer uchastkasidan maqsadli foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga

oshirish bo‘yicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan

yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat

nazoratini amalga oshirish bo‘yicha, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi – yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqindilar,

kimyoviy va radioaktiv moddalar, oqova suvlar bilan ifloslanishi, tabiatni


background image

15

muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadidagi yerlardan, suv fondi

yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga

oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi. 2-bob 9-bandiga

muvofiq “Kadastr agentligi davlat kadastr nazorati bo‘yicha maxsus vakolatli

davlat organi hisoblanadi” – deb belgilandi. Bundan tashqari 1-ilova 4-bob 14-

bandiga asosan Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma va bo‘limlari

xodimlarini yer va kadastr nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat

inspektorlari sifatida e’tirof etildi.

Toshkent viloyatida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2021-yil 8-

iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan

huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoni hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi

Prеzidеntining 2022-yil 21-fеvraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat

nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli

Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent viloyati hokimining, Toshkent

viloyati prokurorining, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent

viloyati Adliya boshqarmasining, Kadastr agentligi Toshkent viloyati

boshqarmasining, Toshkent viloyati Arxiv ishlari boshqarmasining Qo‘shma

farmoyishi” ishlab chiqildi. Qo‘shma farmoyishda Toshkent viloyatida davlat yer

nazoratini yuritish hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2022-yil 21-

fеvraldagi PQ-138-sonli Qarori ijrosini ta’minlashda yer uchastkalarini berish

haqidagi qarorlarni xatlovdan o‘tkazish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer

maydonlarini hamda noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf etish

bo‘yicha ishlarni tashlik etish maqsadida viloyatda Idoralararo doimiy ishchi

guruh, viloyat tashkilotlaridan tuman(shahar)larga doimiy ishchi guruh,

tuman(shahar)larda Idoralararo doimiy ishchi guruhlar tashkil etildi.

Yer resurslarini boshqarish jarayonida davlat nazoratini yuritilishi

davomida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari tizimli dastur asosida

yuritilishini ta’minlash maqsadida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining

2021-yil 24-fеvraldagi PQ-5006-sonli Qarori 10-baniga asosan:


background image

16

- erga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish

va ularni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha “E-YER NAZORAT”

avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

- erga oid huquqbuzarliklarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish va

natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimiga kiritib borish

maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza

qilish davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Bosh

prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmalari, sudlar

hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot tizimiga integratsiya qilish;

- “E-YER NAZORAT” tizimining samarali ishlashini ta’minlash, yerlarni

o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlashda jamoatchilik nazorati,

nazoratchi inspektorlar va yer tuzuvchilarni rag‘batlantirish shuningdek,

noqonuniy holatlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar izchil nazorat olib borish

mexanizmlarini nazarda tutgan holda Davlat yer va kadastr nazoratini amalga

oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Kadastr agentligi zimmasiga yuklatildi.

Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida

nazoratni

yanada

kuchaytirish

maqsadida

O‘zbеkiston

Rеspublikasi

Prеzidеntining 2022-yil 21-fеvraldagi PQ-138-sonli Qarori 1-2-bandlariga asosan

prokuratura organlari zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

- yer uchastkalarini ajratish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qishloq

xo‘jaligi muomalasiga kiritish bilan bog'liq respublika va mahalliy dasturlarda

belgilangan tadbirlarning o'z vaqtida va to'liq ijro etilishi yuzasidan muntazam

nazorat o‘rnatish;

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini

ajratishda Yer kodeksida belgilangan talablarga rioya qilinishini ta'minlash

yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish;

- mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish,

kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron – «E-qaror» tizimini


background image

17

doimiy ravishda monitoring qilish hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq

bo‘lmagan qarorlarga nisbatan ta‘sir choralarini ko‘rib borish;

- yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy

foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash hamda huquqbuzarlik sodir etgan

shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanishi ustidan qat’iy prokuror

nazoratini o‘rnatish;

- yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam

o‘rganib borish, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish;

- ilg‘or xorijiy tajriba asosida yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar

tayyorlash;

- Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi

mablag‘lari, shuningdek, sohaga yo‘naltirilayotgan tegishli byudjetdan tashqari

mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari

mablag‘lari maqsadli sarflanishini o‘rganib borishi.

Shuningdek, Prokuratura organlari zimmasiga yuklangan qo‘shimcha

vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Bosh prokuratura tarkibida 8 ta

shtat birligidan iborat bo‘lgan “Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish

boshqarmasi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar

prokuraturalarida esa umumiy soni 56 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan “Yer

resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limlari” tashkil etish vazifasi

yuklatildi.

Yangi tashkil etilayotgan Boshqarma va bo‘limlar prokuratura

organlarining 32 ta, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining 15 ta, Suv xo‘jaligi

vazirligi tizimining 7 ta, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui

ustidan nazorat qilish inspektsiyasining 10 ta shtat birliklarini maqbullashtirish

hisobidan shakllantirilishi belgilab qo‘yildi.

Boshqarma va bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

8 iyundagi PF-6243-son Farmoni bilan yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi

holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni

muvofiqlashtirish bo‘yicha Bosh prokuratura va hududiy prokuraturalarga


background image

18

yuklatilgan vazifalarning ijro etib borilishini tashkillashtirish vakolatini

yuritmoqdalar.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2022-yil 21-fеvraldagi PQ-138-

sonli Qarori 6-bandiga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,

Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta

maxsus ta‘lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Turizm va madaniy me’ros

vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat

qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat

geologiya

va

mineral

resurslar

qo‘mitasi,

«Hududgazta’minot» AJ,

«O‘ztransgaz» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr

tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ:

- uch oy muddatda o‘z tizimidagi korxona va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan

yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda keyinchalik doimiy ravishda yer

uchastkalaridan samarali foydalanilishini o‘rganib borish;

- har chorakda o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini muhofaza qilish

bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha

ma‘lumotlarni Bosh prokuraturaga taqdim etib borish vazifasi yuklatildi. Mazkur

bandda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar rahbarlariga biriktirilgan yer

uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda ular talon-toroj

qilinishining oldini olish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati yuklatildi.

Natijalar.

Toshkent viloyatida davlat yer nazoratini Kadastr agentligi

tomonidan yuritilishi

natijasida yer qonunbuzilish xolatlari bo‘yicha aniqlangan yer qonunbuzilish

holatlari - jami 1464 ta yoki 270,3 gektar. Shundan: 936 ta holatda 112,2 gektar

turar uy-joylar (695 ta 85,2 gektar ekin yerda qurilgan), 338 ta holatda 108,7

gektar noturar-joylar (142 ta 43,9 gektar ekin yerda qurilgan), 190 ta holatda 49,4

gektar o‘zboshimcha egallab olish (43 ta 25,2 gektar ekin yer egallangan)

holatlaridan iborat.


background image

19

1-rasm.

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan

aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari.

Yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʼyicha berilgan yozma

koʼrsatmalar - jami 1164 ta bo‘lib, shundan:

viloyat hokimligi va viloyat prokuraturasiga 18 ta ma’lumot berildi;

tuman (shahar) hokimlariga kiritilgan taqdimnomalar - 951 ta;

Prokuratura organlariga kiritilgan maʼlumotlar - 642 ta;

sudlarga yuborilgan arizalar - 687 ta;

bartaraf etilganlar - 516 ta yoki 106 gektar (37 %) ni tashkil etadi.

2-rasm.

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan bartaraf

etilgan yer qonunbuzilish holatlari.

Toshkent viloyatida yer qonunchiligiga amal qilmaslik oqibatida

ma’muriy jarima qo‘llash bo‘yicha “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”(

MJtK)ning 68

1

– moddasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat

ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va

inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida

murojaat etmaslik bo‘yicha jami 2 088 ta holatda 3 218 263 500 so‘m maʼmuriy


background image

20

jarima qo‘llanilgan, shundan 448 238 853 so‘m jarimalar undirilgan. 2022 yil 04

yanvardan boshlab jami 285 ta holatda 704 160 000 so‘m maʼmuriy jarima

qo‘llanilgan.

MJtKning 60-moddasi 2-qismi Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan

egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari

mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish bilan jami 354 ta

holatda

5 576 850

000 so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan, shundan 28 300 000 so’m jarimalar

undirilgan. 2022 yil 04 yanvardan boshlab jami 121 ta holatda

1 897 750 500 so‘m maʼmuriy jarima qo‘llanilgan.

Toshkent viloyatida aniqlangan holatlar yuzasidan Sudga da’vo arizalari

kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi

“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan

huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoni asosida Kadastr agentligi

Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan aniqlangan noqonuniy qurilmalarni

buzdirish yuzasidan sud idoralariga jami 67 ta da’vo arizasi kiritilgan.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkinki, yerda insoniyat yaralib unda

jamiyat sifatida shakllanib kelmoqdaki, unga bugungi kungacha sezilarli darajada

ta’sir etibgina qolmay kelajakda o‘z ehtiyojlarini shaxsiy mulkiy ashyo sifatida

kafolotlovchi vosita sifatida munosabatga kirisha boshladi. Vaholanki yer

iqtisodiy resurs sifatida takomillashuvidan oldin birinchi galda yer ishlab

chiqarish vositasi sifatida insonlarni oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini

qondirishi lozim. Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi xalq kundalik

extiyojlarini ta’minlashi natijasida yerning bozor qiymatini yanada oshishiga olib

keladi. Bu o’z navbatida yerning iqtisodiy resurs sifatidagi ro‘lining ortishiga olib

kelmoqda. Bunday sharoitda yer qonunchiligida teng huquqlilik asosida davlat

nazoratini siyosiy, ijtimoiy, huquqiy hamda ekologik jihatdan tashkil etish

maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

21

1. Q.Rahmonov, Sh.K.Narbayev, Z.M.Muqimov “Yer resurslarini boshqarish”,

Toshkent – 2018, TIQXMMI o‘quv qo‘llanma;

2. A.R.Bobojonov, A.M.Muqumov, Z.X.Xafizova “Yerdan foydalanishda

integratsion boshqaruv”, Toshkent – 2018, TIQXMMI o‘quv qo‘llanma;

3. https:// www.lex.uz;

4.

https://nazorat.kadastr.uz

Библиографические ссылки

Q.Rahmonov, Sh.K.Narbayev, Z.M.Muqimov “Yer resurslarini boshqarish”, Toshkent – 2018, TIQXMMI o‘quv qo‘llanma;

A.R.Bobojonov, A.M.Muqumov, Z.X.Xafizova “Yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv”, Toshkent – 2018, TIQXMMI o‘quv qo‘llanma;

https:// www.lex.uz;

https://nazorat.kadastr.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов