O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Поделиться
Мухторова, У. (2024). O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 132–142. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp132-142
Умида Мухторова, Каршинский государственный университет
преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Miflardan foydalanish barcha davrlarda ham mavjud bo'lgan, ijodkor o'z davri siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotiga doir haqiqatni so'zlamoqchi bo'lganda, odatda, miflardan foydalanadi. Bu holni hazrat Alisher Navoiy asarlarida, xususan, "Xamsa" dostonida kuzatish mumkin. Navoiydek daho mutafakkir, davlat arbobi o'z davri haqida miflar tili bilan so'ylagani ijodkor va davr o'rtasida konflikt mavjudligini tasdiqlaydi. Professor Jabbor Eshonqul "Folklor - millatning boqiy tarixi" nomli maqolasida mashhur adib Borxesning "Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi" degan fikrini keltiradi va so'z san'ati asarlarining folklordan boshlanishi va badiiy ijod taraqqiyotida ham folklorning ahamiyati nihoyatda kattaligini ta'kidlaydi.


background image

132

ISSN 2181-922X 132

142

O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va

rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi

Umida Muxtorova

1

Abstrakt

Miflardan foydalanish barcha davrlarda ham mavjud bo‘lgan, ijodkor

o‘z davri siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotiga doir haqiqatni so‘zlamoqchi

bo‘lganda, odatda, miflardan foydalanadi. Bu holni hazrat Alisher Navoiy

asarlarida, xususan, “Xamsa” dostonida kuzatish mumkin. Navoiydek

daho mutafakkir, davlat arbobi o‘z davri haqida miflar tili bilan so‘ylagani

ijodkor va davr o‘rtasida konflikt mavjudligini tasdiqlaydi. Professor

Jabbor Eshonqul “Folklor – millatning boqiy tarixi” nomli maqolasida

mashhur adib Borxesning “Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi”

degan fikrini keltiradi va so‘z san’ati asarlarining folklordan boshlanishi va

badiiy ijod taraqqiyotida ham folklorning ahamiyati nihoyatda kattaligini

ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

miflar, motiv obraz, neomiflar, ramziy timsollar,

retrospektiv yo‘l, mangulik timsoli, mangulik timsoli, psixoanalitik,

totalitar

davr, ilohiy g‘oya, noreal hayot, folklor motivlar, mifologik motiv, stilistik
usullar.

Kirish

Haqiqatan, sovet ittifoqi davri adabiyoti siyosiy qoliplarlar va

diniy cheklovlar natijasida o‘zbek adabiyoti Qur’oni karim va Hadisi

sharif g‘oyalari bilan sug‘orilmagan, ilohiy motivlarga murojaat

qilmagan bo‘lsa-da, xalq og‘zaki ijodi bo‘lmish folklor an’analarini

muayyan darajada saqlab qoldi. Bu davr o‘zbek adabiyotida turkiy

xalqlarning, o‘zbek elatining mashhur miflari bilan bir qatorda

yangicha mazmundagi miflar – rivoyatlar, ya’ni neomiflar ham

yaratildi.

Xususan, Sho‘ro davri adabiyotinig zabardast adiblaidan biri

Asqad Muxtorning “Chinor” romanidagi rivoyatlar so‘zimizning

yaqqol namunasidir. Romandan joy olgan turli xil mavzulardagi besh

rivoyatning asar g‘oyasi va yozuvchi badiiy maqsadiga ko‘ra o‘ziga

1

Muxtorova Umida Tolib qizi

- o‘qituvchi, Qarshi davlat universiteti.

E-pochta:

muxtorovaumida06@gmail.com

ORCID ID:

0009-0006-3618-849X

Iqtibos uchun:

Muxtorova, U. T. 2024. “O‘zbek milliy romanlarida ilohiy

motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

2 (2):

132-142.

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)


background image

133

yuklatilgan vazifasi mavjuddir. Yozuvchi sho‘ro davrida aytish yoki

yozish mumkin bo‘lmagan gaplarni ramziy ma’noda mif-rivoyatlarlar

qatiga singdirib yuboradi. Inchunin, miflarda aniq makon va zamon

qayd etilmaydi, shu nuqtai nazardan, yozuvchi uchun miflardan

foydalanish yoki aytmoqchi bo‘lgan fikriga mos neormif yaratish

qulay usuldir.

Asqad Muxtor ham o‘z ijodida miflarga ehtiyoj sezadi va

o‘rni kelganda badiiy maqsadini aks ettiruvchi neomiflar bilan o‘z

g‘oyasiga ishora beradi. Jabbor Eshonqul miflar haqida shunday

fikr bildiradi. Ta’kidlash kerakki, badiiy adabiyotda miflar chegara

bilmaydi va o‘tmish haqida so‘zlamaydi, aksincha motiv obraz

va ramziy timsollar vositasida bugunga ishora qiladi, bugundan

so‘zlaydi.

O‘ziga xos uslubda retrospektiv yo‘l bilan xikoya qilingan

Asqad Muxtorning «Chinor» romani sharq adabiy an’analarini

eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Roman qadim, yaqin

o‘tmish va bugun haqida so‘zlaydi. Ya’ni Ochil buvaning farzand

va nabiralarining hayoti voqealarini berishdan oldin shu voqeani

ramziy tamsil etuvchi rivoyat, hikoyalarni beradi. O‘sha kiritma

hikoyalar o‘quvchini kelajak voqealarga tayyorlaydi, yozuvchi badiiy

niyatni ta’kidlashga xizmat qiladi.

Chinorning azim shoxlaridek har tomonga tarvaqaylab

ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirgan. Uning teran

ildizlari bo‘lgan hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa

qadim afsonalarga borib tutashadi. Asarning jozibadorligini

oshirgan rivoyatlar ya’ni neomiflar yozuvchi aslida nima demoqchi

ekanligiga teran ishora bera olgan.

Professor Jabbor Eshonqul fikriga ko‘ra, mif – faqat ibtidoiy

odamning xayolparastligi emas, balki uning tafakkur tarzi,

olam haqidagi tasavvurlari va ong ostida o‘zi anglab еtmagan

kechinmalaridir. Unga inson ruhining in’ikosi sifatida qarash lozim.

Mif – faqat o‘tmish emas, u bugun va ertaning ham mujassamidir

[Karomatov 1993, 20].

Adabiyotshunosning fikrlari Asqad Muxtorning “Chinor”

romanidagi rivoyatlar mohiyatini to‘g‘ri anglashda yordam beradi.

“Chinor” romanidan o‘rin olgan birinchi rivoyat Ochil

buvaning uzoq ajdodlaridan biri vabo yili o‘tqazgan chinor haqida

bo‘lib, nuroniylar bu chinorni ming yoshga to‘lganda yonib ketadi

deya bashorat qilinadi, ammo bashorat amalga oshmaydi. Chinor

yonishi kerak bo‘lgan oyning ikkinchi jumasida Ochil buva chinor

ostida tongga qadar tik turganiga qishloq ahli guvoh bo‘ladi. O‘sha

O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi


background image

134

kecha chinor yonmaydi va tilga kirib: “Men yonib ketsam, zamon

oxir bo‘ladi” deydi. Rivoyatda chinor daraxti ramziy ma’no kasb

etib, mangulik timsoli sifatida aks etadi. Yozuvchi mangulik timsoli

– chinor obrazida islom dinining boqiyligiga, Alloh taoloning

qalblardagi manguligiga ishora qiladi. Bosqinchi Chingiziylar

davridagi shuncha “to‘fon”lardan omon qolgan, unutilmagan islom

dini, madaniyati, millatning boqiy tarixi sho‘ro davri zulmlaridan

ham bir kuni qutulishiga, dorilamon kunlar kelishiga ishongan

muallif Ochil buva timsolida, chinor timsolida bu haqiqatlarga ishora

qiladi.

Asqad Muxtorning o‘zi yaratgan mazkur neomif-rivoyat

orqali tahlikali qattol davrda ham yo‘lini qilib, mifologik model

asosida sho‘ro davri siyosatiga qarshi ekanligini anglatgan. Yozuvchi

Ochil buva obrazi misolida o‘zining kimligini va kim tomonda

ekanligini ko‘rsata olgan, e’tiqodida sobit tura olgan, qalbidagi iymon

nurini asrab qola olgan ijodkor sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi.

Professor Jabbor Eshonqul amerikalik psixoanalitik Erix Fromga

tayanib, ramzlar miflarni ham, umuman, badiiyatni ham sharhlashda

eng asosiy vositalardan biri ekanini ta’kidlaydi [

Karomatov 1993,

20

].

Mazkur mifologik tahlillar Asqad Muxtorning “Chinor”

tahliliga yangicha nuqtai nazar bilan qarashni talab qiladi. Yozuvchi

asosiy fikrini romandagi voqealar rivojiga emas, aynan turli xil

mavzudagi besh rivoyat tarkibiga singdirib yuborgan.

Asosiy qism

Zamonaviy adabiy jarayonda bugungi kunda yangilik

sifatida qaralib, g‘arb adabiyoti ta’sirida yaratilayotgan mifologik

modelga asoslangan nasriy asarlarning ilk va go‘zal namunasini

o‘zbek adabiyotida, XX asrning o‘rtalaridayoq Asqad muxtor yaratib

qo‘yganligiga guvoh bo‘lamiz.

Har bir ijtimoiy, siyosiy davr adabiyot, san’at rivojiga,

g‘oyaviy-poetik ko‘lamiga, obrazlar va uslubiy holatlariga ma’lum

darajada ta’sir etadi. Uning rivojiga, yangilanishiga sababchi bo‘ladi.

Masalan, sobiq sho‘ro

adabiyotining, jumladan, o‘zbek adabiyotining

sotsialistik realizmning ixotalangan zulmidan, siyosiy qoliplaridan

xalos bo‘lib, yangi davrga mustaqillik kunlariga erishgan muhitdagi

rivoji eng ilg‘or jahoniy adabiyot tamoyillari bilan hamohanglik

kasb eta boshladi. Bunday sifatiy va shakliy o‘zgarishlar, eng avvalo,

tabiatan navqiron va qisman o‘rta yosh ijodkorlari faoliyatida

namoyon bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar, eng avvalo, yirik janr

Umida MUXTOROVA


background image

135

roman namunalari misolida ko‘zga tashlanib, bu kabi keng ko‘lamli

asarlar milliy ruhni, milliy qadriyatlarni ulug‘lash, toptalgan milliy-

ma’naviy tamoyillarni tiklash, uning umuminsoniy g‘oyaviy fazilatlar

bilan mushtaraklik kasb etishi borasidagi xususiyatlarini aks

ettirish sari yuz tutadi.

Adabiyotshunos olim Damin To‘rayev o‘zbek adabiyoti istiqlol

yillarida mazmun va ifoda shakli, usullar va uslublar, falsafiy va ruhiy

tahlil nuqtai nazaridan o‘zgarib-yangilanib-boyib borayotganini

ta’kidlab, an’anaviy nasr va modern nasr qabilidagi ijobiy oppozitsiya

paydo bo‘lganini qayd etadi. Uningcha, o‘zbek nasrnavislari jahon

adabiyotining simvolizm va syurrealizm oqimiga, Jan Pol Sartr,

Frans Kafka, Luis Borxes, Alber Kamyu, Jeyms Joys kabi yozuvchilari

ta’sirida modern proza namunalarini yaratdilar [Turayev 2014, 54].

Shuningdek, bu davr adabiyoti haqida O‘zbek adabiyoti

va Qur’oniy ta’limot uyg‘unligini mustaqillikning dastlabki

davrlaridayoq chuqur o‘rganishga bel bog‘lagan e’tiqodli va jasoratli

olim Hamidulla Karomatov XX asr milliy adabiyotshunosligimizda

mumtoz va zamonaviy adabiyot asarlarining yaratilishida islomiy

g‘oyalar va mavzular nazardan chetda qolganligini afsus bilan qayd

etadi. Buning sababi adabiyotshunoslarimizning adabiyotning

taraqqiyot tamoyillari va manbalarini tushunmaganlarida emas,

balki sho‘ro bilan bog‘liq ijtimoiy-tarixiy muhitda deb hisoblaydi.

Sho‘ro ta’qib va tazyiqi hatto ne-ne iste’dodlarning barbod bo‘lishiga

olib kelganini ham ta’kidlaydi [Karomatov 1993, 4].

Zamonaviy milliy romanlarda avvalgi davrda taqiqlangan

noreal voqelik, ilohiy talqin real voqelik bilan mifologik syujetlarning

parallel tasvirlanishi kabi yo‘nalishlar yorqin ko‘zga tashlana

boshladi.

O‘zbek mumtoz adabiyotida ham, hozirgi adabiyotimizda

ham ilohiy-irfoniy motivlarning qo‘llanishi, mif va rivoyatlar

interpretatsiyaisi avvalo Qur’oni Karim qissalari, syujetlari va

g‘oyalariga borib taqaladi.

Professor H.Karomatovning yozishicha, o‘zbek adabiyoti

asrlar mobaynida Qur’oniy syujet va motivlar asosida buyuk

asarlarni tuhfa etgan; Qur’on leksikasi badiiy adabiyotdan tashqari

hatto xalq maqollariga ham kirib borgan; yurtimiz olimlarining ilmiy

merosi butun jahon madaniyatining bebaho mulkiga aylangan; islom

ta’sirida buyuk Uyg‘onish maydonga kelgan [Karomatov Hamidulla

1993, 3].

Qur’on va badiiy adabiyotning o‘zaro munosabati, qur’oniy

syujet va motivlarning badiiy sintezi muammosi mustaqillik yillarida

O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi


background image

136

ancha keng tadqiq etildi. Adabiyotshunos Hamidulla Karomatovning

yozishicha: “Taraqqiyot asli madaniyat va adabiyotdan boshlanadi

va undan hayotbaxsh ozuqa oladi. O‘zbek adabiyotining rivojida

Qur’on mavzularining ta’sirini o‘rganish qadriyatlarimizni tiklashga

ko‘maklashadi va o‘tmish tariximiz va adabiyotimizni to‘g‘ri

tushunishga omil bo‘ladi” [Karomatov 1993, 4].

Istiqlol davri adiblari milliylikni aks ettirishda butunlay yangi-

yangi usullarni qo‘llay boshladilar. Milliylik endi faqat kiyim, portret,

nutq kabi tashqi elementlardagina emas, balki chuqur psixologik

tahlillarda milliy ruh ishoraviy va yashirin ham in’ikos ettirildi.

Masalan. I.Sultonning “Yak-40” hikoyasida Ibrohim bolaligidan

otasidan Yak-40 samolyoti haqida eshitib, samolyotlarga qiziqib

qoladi. Ammo turmush mashaqqatlari uni na samolyot sohasida

o‘qib-ishlashga, na turmush tashvishlaridan ortib samolyotda

sayr qilishga imkon beradi. U novvoy bo‘ladi. Kunlardan bir kuni

novvoyxonaga aviatsiya sohasida o‘qiydigan yigitlar kelishadi.

Ibrohimning Yak-40 haqidagi sodda gaplaridan kulib, zamonaviy

aviatsiya, zamonaviy samolyotlar haqida gapirishadi. Ammo... bu

yigitlar to‘yga non buyurtma bergani kelishgandi: “– To‘y qilyapmiz,

– dedi biri, orasi ochiq kurak tishlarini ko‘rsatib iljayib. – Ikki

mingta non

kerak

” [Sultonov Isajon 2019, 41]. Kitobxonning ham,

hatto adabiyotshunosning ham e’tiborini tortmaydigan mazkur

epizodda o‘ta muhim milliy manzara bor. To‘y-hashamlarning

kattaligi, isrofgarchilik ikki mingta non kerak bo‘lgan to‘y tafsilotida

aks etgan. Demak, o‘zbek aviatsiya sohasini o‘zlashtiryapti, dunyo

taraqqiyotiyu ilmu fani, texnologiyasi bilan yonma-yon boryapti.

Lekin to‘y-hasham, orzu-havas degan o‘z “jallod”idan qutula olgan

emas. Yozuvchi milliy xarakterning bir jihatini juda nozik ishorada

berib ketadi.

Bu kabi adabiy estetik, g‘oyaviy badiiy yangilanishlar Omon

Muxtor, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Ulug‘bek

Hamdam, Isajon Sulton, To‘xtamurod Rustam, Asad Dilmurod, Ahmad

A’zam, Shoyim Bo‘tayev singari yozuvchilarning izlanishlarida

ularning roman, qissa va hikoyalarida o‘zini namoyon etmoqda.

Qayd qilish lozimki, bu boradagi asarlar jamhonshumul adib Chingiz

aytmatov ijodiga xos adabiy an’analar bilan ham mushtarak ekanligi

bilan e’tiborni tortadi.

Proza, ayniqsa, roman janri ijodkorga katta imkoniyatlar

beradi. Unda muayyan tarixiy davrga baho berish ham, chuqur

psixologik tahlil, xarakter tadrijini batafsil ifodalash imkoniyati

mavjud. Mazkur maqolada ilohiy-irfoniy motivlar va xalq

Umida MUXTOROVA


background image

137

rivoyatlarining badiiy sintezi masalasi tadqiqi prozaik asarlar

materialida qo‘yilganining sababi ham shunda.

Mustaqilik davri romanlari Z.Pardayevaning “Hozirgi o‘zbek

romanchiligining taraqqiyot tamoyillari” (2003) mavzuidagi doktorlik

dissertatsiyasida tahlil qilingan. Dissertant milliy adabiyotimizda

romanik tafakkur mavjud ekanini qayd etgan. Individual uslublarni

syujet, badiiy asar strukturasi, g‘oyaviylik, stilistik ifoda tomonlaridan

jahon adiblari ijodi bilan qiyosan tadqiq qilgan. Z.Pardayeva o‘zbek

romani taraqqiyotining asosiy tamoyillarini belgilab bergan. U

tahlillarda Xose Ortega i Gassetning modern roman haqidagi nuqtai

nazariga tayangan, jahon romannavislari tajribalarini milliy adabiyot

bilan qiyoslagan. Ammo Z.Pardayeva tadqiqotidan keyin ham oradan

20 yilcha vaqt o‘tdi. Yangi asarlar yaratildi. Shuningdek, mazkur

tadqiqotda ilohiy motiv va mifologiya unsurlaridan foydalanish

masalasiga asosan yo‘l yo‘lakay murojaat qilingan [Pardayeva 2003,

55].

M.Pirnazarovaning 2006-yil amalga oshirgan “Hozirgi o‘zbek

romanlarida uslubiy izlanishlar (Omon Muxtor, X.Do‘stmuhammad,

U.Hamdam romanlarida misolida)” deb nomlangan nomzodlik

ishida ham istiqlol davri milliy adabiyot romanlari tahlil qilingan.

M.Pirnazarova yuqorida zikr etilgan asarlarda mualliflarning uslu-

biy o‘ziga xosligini an’analardan, ibtidoiy mifologik tasavvurlarning

badiiy interpretatsiyasini islomiy qarashlardan izlagan [Pirnaza-

rova 2006, 23].

Omon Muxtor “Tepalikdagi xaroba” romanida mumtoz shoir

Lutfiy obrazini yaratgan. Omon Muxtorning tarixiy shaxslarga

bag‘ishlangan asarlari an’anaviy tarixiy asarlardan farq qiladi.

Yozuvchi tarixiy faktlardan, tarixiy shaxslarning real obrazidan

ko‘ra, ular bilan bog‘liq badiiy to‘qimalariga ko‘proq o‘rin beradi.

U Lutfiyning oddiy inson sifatidagi tuyg‘ulari, o‘y-xayollari va

tashvishlariga e’tibor qaratadi. Omon Muxtorning tarixiy shaxslar

obrazi ishtirok etgan romanlari boshqa hech bir adibnikiga

o‘xshamaydi. Unda tarixiy shaxsning faqat nomi, tarixiy davri va

biografiyasiga oid ayrim ma’lumotlargina olinadi. Qolgani esa

ijodkor taxayyulining mahsuli bo‘ladi. Muhimi, yozuvchi Lutfiyning

nuroniy inson va lirik shoir sifatida ilohiy fazilatlar sohibi

ekanligini ham poetik shtrixlar, badiiy detallar yordamida ko‘rsatadi.

Omon Muxtorning qahramoni ismi – Lutfullo. Shu

o‘rinda bir mulohaza tug‘iladi: adabiyotshunoslar Lutfiyning

asl ismini hozirgacha aniqlaganlari yo‘q. Uning ismi balki

Lutfullo yoki Lutfiddin bo‘lgandir, shoir o‘z ismini taxallaus qilib

O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi


background image

138

tanlagandir? Omon Muxtor romani ana shunday gipotezani o‘rtaga

qo‘yishga turtki beradiki, badiiy adabiyot tarixida badiiy uydirma

sifatida tasvir qilingan ko‘p voqealarning sodir bo‘lgani, ayrim

ilmiy kashfiyotlar badiiy adabiyotdan ibtido olgani faktlari ham

ma’lum. Masalan, Morgan Robertsonning “Titanning halokati”

novellasi “Titanik” voqeasidan 14 yil oldin yozilgan va unda

dovruqdor kemaning halokati bashorat qilingan edi. A.Eynshteyn

esa nisbiylik nazariyasini yaratishda rus adibi Fyodor Dostoyevskiy

unga “xohlagan mutafakkirdan ko‘proq, Gaussdan ko‘proq” narsa

berganini ta’kidlaydi. Bizningcha, adabiyotshunoslar O.Muxtorning

badiiy uydirmasiga ham e’tibor qaratsalar yaxshi bo‘lardi.

Roman voqealariga ko‘ra, Mirzo G‘olib adashib qoladi, uning

xayolida shoir bilan bog‘liq voqealar gavdalandi. U tepalikdagi

xarobadan chiqib qoladi. Xaroba ichida Lutfiy, Mashrab va

Bayronning jasadi bor edi. Bu xayoliy reprospektiv talqin ilohiy-

mifologik ohangda berilishidan o‘ziga xos falsafiy ma’no hosil bo‘lgan.

Ya’ni, ulug‘lar, jumladan, shoirlar qaysi millatga mansubligidan qat’i

nazar ma’nan, qalban yakdil, qarashlari va g‘oyaviy maqsad ifodalari

mushtarak, degan xulosa istifoda etilgan.

Shunga o‘xshash voqea islomiy adabiyotlarda ham uchraydi.

Qur’oni karimning “Kahf” surasida zolim hukmdor zulmidan qochib,

g‘orga yashiringan odamlar haqida hikoya qilinadi. Qur’oniy syujet

asosida shakllangan afsonalar ham bor. Folklorshunos olimlar

M.Jo‘rayev va M.Shomansurovning “O‘zbek mifologiyasi va arab

folklori” kitobida as’hobi Kahf bilan bog‘liq fabulaning tarixiy

asoslarini topishga harakat qilingan, folklordagi interpretatsiyasi

tahlil qilingan. Qur’onda marhamat qilinishicha, zolim hukmdorning

zulmidan qochgan bir necha kishilar Kahf g‘origa borib bekinadilar.

Alloh taolodan marhamat so‘raydilar. Shu-shu ular g‘orda uch yuz

yil qolib ketishadi. Uyg‘onib qarasalarki, zulm va adolatsizlik hanuz

davom etyapti. Ular yana uyquga ketadilar. Chirib ketmasliklari

uchun parvardigor hazrati Jabroilga ularni u yon-bu yonlariga

ag‘darib turishni buyuradi. Ular ko‘zlari ochiq holda uxlar edilar.

Ularga ergashib kelgan it qo‘riqlar edi g‘orni. Bu kimsalar as’hobi

Kahf degan nom oladilar.

Ta’kidlash joizki, zahmatkash adib, shoir va dramaturg Omon

Muxtor Buxoroi sharifning qur’onxon, xudojo‘y sulolasi vaqillaridan

bo‘lib, bu madaniyatli shoiri dunyo vakillari sobiq Sho‘ro siyosati

hukmron bo‘lgan totalitar davrda ham mo‘tabar Qur’on va Hadis

mutolaasini e’tiqod va ixlos bilan amalga oshirganlar. Omon Muxtor

istiqlol yillarida vujudga kelgan ijodiy muhit bag‘rida yaratgan va

Umida MUXTOROVA


background image

139

ko‘plari modern adabiyoti ruhida bo‘lgan mo‘jaz romanlari g‘oyaviy

ko‘lamida Qur’oniy g‘oyalar talqiniga ixlos bilan e’tibor berganki,

xuddi shu mavzu adabiyotshunoslikda maxsus tadqiq qilinishga

loyiqdir.

Islom mutaxassislarining aytishlaricha, g‘ordagilarning

soni aniq emas. Ularni uchta, yеttita degan taxminlar bor. Omon

Muxtor romanida ham kulbani qo‘riqlaydigan it obrazi bor. Bu obraz

yozuvchida as’hobi Kahf haqidagi Qur’oniy syujet ta’sirida tug‘ilgan,

deyish mumkin.

Istiqlol davri ijodkorlari o‘z asarlarida nafaqat miliy o‘zan-

dagi yoki islomiy g‘oyalardagi asarlargagina emas, balki jahon

miqyosidagi ilohiy g‘oya, noreal hayot, folklor motivlari bilan bog‘liq

mumtoz asalarga ham dadil murojaat qilayotganliklari chinakam

ma’nodagi ijod erkinligi mohiyatini anglatadi.

Ma’lumki, o‘zbek adabiyotida folklor syujetlari, motivlari,

obrazlari asosida yaratilgan asarlar mavjud. Bu sirada Alisher

Navoiy “Xamsa”si, Xorazmiy “Gul va Navro‘z”idan tortib Asqad

Muxtorning “Chinor”, O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” asarlarigacha

sanash mumkin. Shuningdek, keyingi yillarda bu holat Omon

Muxtor, Xurshid Do‘stmuhammad, Tog‘ay Murod, Asad Dilmurod,

Ulug‘bek Hamdam, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton kabi adiblar

ijodida ham kuchaydi.

Masalan, Omon Muxtor “Aflotun” romanida xarakterli bir

detalni qo‘llaydi. Bilamizki, mazkur detal xalq ertaklarida uchraydi.

U yo qahramonning qutulib qolishiga sabab bo‘ladi, yo eng muhim

momentda obi hayot tutadi. Yo qahramonning dardlarini eshitadi.

Quduq Sharq xalqlarida keng tarqalgan Yusuf qissasining ham muhim

detallaridan biridir. Omon Muxtor qahramonini esa quduq tubiga

tushib, o‘sha еrdagi darchadan o‘zga olamlarga kirib borishi uchun

zikr etilgan mifologik motivni badiiy sintez qilgan. Folklorshunos

atoqli olim Mamatqul Jo‘rayevning qayd etishicha, bizning xalqimiz

yеr tagidagi olamga g‘or, quduq, biror yoriq joy yoki qabr orqali

o‘tiladi, deb o‘ylaganlar [Jurayev 1995, 23]. Yana bir folklorshunos

olim U.Sattorovning qayd etishicha, qadimgi mifologik qarashlarga

ko‘ra, quduq yеr ostidagi olamga o‘tish joyi o‘laroq talqin qilingan.

Bu esa quduq suvi bilan yеr tagidagi hayot suvi o‘rtasida ramziy

aloqadorlik mavjud, deganga o‘xshash qarashlardan paydo bo‘lgan

[Sattorov 2001, 82].

Xulosa

“Aflotun”da an’anaviy tush motiviga ham duch kelamiz. Alohida

O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi


background image

140

ta’kidlash lozimki, tush – mifologik motivlar ichida yozma adabiyotda

eng ko‘p qo‘llanadiganlaridan biridir. Romanda: “Tushimda oq kiygan

nihoyatda ko‘rkam, ulug‘vor bir ayol mening yonimga keldi. U menga,

Suqrot, uchinchi kuni sening janozang o‘qiladi, dedi” [Asqad Mux-

tor 1998, 4-5]. Tushda o‘lim xabarining kelishi ham nihoyatda keng

tarqalgan. Omon Muxtor mana shu mifologik motivdan foydalanib,

poetik g‘oyaning asar badiiy to‘qimasidan tabiiy oqib chiqishini

ta’minlagan.

Tush bilan bog‘liq epizodni Asad Dilmurodning “Mahmud

Tarobiy” tarixiy romanida ham ko‘ra olamiz. Mahmud Torobiy

qalandar kiyimida saroyga keladi. Xo‘jand muzofoti hokimi

Yalavochdan tush ko‘rgan-ko‘rmaganini so‘raydi. Yalavoch dong

qotadi: chunki u rostdan ham tush ko‘rgan edi. Qop-qora ulkan qush

hokimni qanotiga o‘tirg‘izib, toqqa oboradi, uni yеrosti mamlakatiga

yo‘llaydi. G‘oyibdan kelgan ovoz uning do‘zaxdan ham, jannatdan

mosuvo ekanini, Yerlik hukmronligidagi yеrosti mamlakatiga hukm

etilganini aytadi. Hokim qo‘rquvdan dong qotib qoladi... mazkur

tushni ko‘rgach, u og‘ir sinovlarga duch keladi. Asar voqeligi, g‘oyaviy

ko‘lami mifologik va ilohiy motivlar kesimida istifoda etilgan.

Mustaqillik yillarida o‘zbek adiblari o‘z uslubiy tadqiqot-

larida jahon mumtoz adiblari tajribasidan kelib chiqib,

mifologik syujetli asarlar yozishga kirishdilar. Ayniqsa, Xurshid

Do‘stmuhammad adabiyotimizni yangi syujetlar, obraz va stilistik

usullar bilan taraqqiy ettirdi. Fan doktori ilmiy darajasiga ega adib

o‘z asarlarida jahon adabiyoti, mifologiyasi va insoniyat badiiy

tafakkuri tarixidan keng ko‘lamli ilmga ega ekanligini ko‘rsatdi. Adib

asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyoti, xususan, nasri jahon adabiyoti

bilan bo‘ylashayotganidan darak beradi.

Adabiyotlar

Айтматов Ч. 1989. Асрга татигулик кун. Қиёмат. Романлар. Тошкент,

Адабиёт ва санъат нашриёти. – Б. 560.

Э

шонқул Ж. 2019. Миф ва бадиий тафаккур. Тошкент, Фан. – Б. 312

Жўраев М. 1995. Ўзбек халқ самовий афсоналари. Тошкент, Фан.

– Б.

108.

Кароматов Ҳ. 1993. Қуръон ва ўзбек адабиёти. Тошкент, Фан.

– Б.

96.

Мухтор А.

2018.

Чинор. Тошкент, Ёшлар нашриёт уйи. – Б.

448.

Мухтор О. 1998. Афлотун. Тошкент, Маънавият. – Б. 191.

Пардаева З. 2002. Бадиий эстетик тафаккур ривожи ва ўзбек

романчилиги. – Тошкент, Янги аср авлоди. – Б. 93.

Сатторов У. 2001. Ўзбек топономик ривоятлари. Фил.фан.номзоди...

дисс.автореф. Тошкент. – Б. 23.

Тўраев Д. 1994. Ҳозирги ўзбек романларида бадиий тафаккур ва

Umida MUXTOROVA


background image

141

маҳорат муаммоси (60-80-йиллар). Филол. фан. д-ри...

дисс. Тошкент. – Б. 312.

Ғаниев И. 2010. Асрга татигулик дард. Тошкент, Академнашр.

– Б.

92.

THE EXPERIENCE OF THE SYNTHESIS OF

DIVINE MOTIVES AND NARRATIVES IN UZBEK

NATIONAL NOVELS

Mukhtarova Umida

1

Abstract

The use of myths exists in all eras, when the creator wants to tell

the truth about the political, social and economic life of his time, he usually

uses myths. This situation can be observed in the works of Hazrat Alisher

Navoi, especially in the epic “Khamsa”. The fact that a genius thinker and

statesman like Navoi spoke about his era in the language of myths con-

firms the existence of a conflict between the creator and the era. Professor

Jabbor Eshanqul in his article “Folklore - the eternal history of the nation”

cites the opinion of the famous writer Borges that “Literature begins with a

myth and ends with a myth” and emphasizes the importance of folklore in

the development of artistic creativity and the beginning of works of speech

art. .

Key words:

myths, motif image, neomyths, symbolic images, ret-

rospective way, eternal image, eternal image, psychoanalytical, totalitari-

an era, divine idea, unreal life, folklore motifs, mythological motif, stylistic

methods.

References

Aytmatov Ch. 1989. Asrga tatigulik kun. Qiyomat. Romanlar. Toshkent,

Adabiyot va san’at nashriyoti. – B. 560.

Eshonqul J. 2019. Mif va badiiy tafakkur. Toshkent, Fan. – B. 312

Jo‘rayev M. 1995. O‘zbek xalq samoviy afsonalari. Toshkent, Fan.

– B.

108.

Karomatov H. 1993. Qur’on va o‘zbek adabiyoti. Toshkent, Fan.

– B.

96.

Muxtor А.

2018. Chinor. Toshkent, Yoshlar nashriyot uyi. – B. 448.

Muxtor O. 1998. Aflotun. Toshkent, Ma’naviyat. – B. 191.

Pardayeva Z. 2002. Badiiy estetik tafakkur rivoji va o‘zbek romanchiligi.

Toshkent, Yangi asr avlodi. – B. 93.

Sattorov U. 2001. O‘zbek toponomik rivoyatlari. Fil.fan.nomzodi... diss.

1

Mukhtаrova Umida -

teacher

,

Karshi state university.

E-mail:

muxtorovaumida06@gmail.com

ORCID ID:

0009-0006-3618-849X

For citation:

Mukhtorova, U.T. 2024. “The experience of the synthesis of divine

motifs and narratives in uzbek national novels”.

Uzbekistan: Language and Culture

2 (2): 132-142.

O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi


background image

142

avtoref. Toshkent. – B. 23.

To‘rayev D. 1994. Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy tafakkur va mahorat

muammosi (60-80-yillar). Filol. fan. d-ri... diss. Toshkent. – B.

312.

G‘aniyev I. 2010. Asrga tatigulik dard. Toshkent, Akademnashr.

– B.

92.

Umida MUXTOROVA

Библиографические ссылки

Айтматов Ч. 1989. Асрга татигулик кун. Қиёмат. Романлар. Тошкент, Адабиёт ва санъат нашриёти. - Б. 560.

Эшонқул Ж. 2019. Миф ва бадиий тафаккур. Тошкент, Фан. - Б. 312

Жўраев М. 1995. Ўзбек халқ самовий афсоналари. Тошкент, Фан. - Б. 108.

Кароматов Ҳ. 1993. Қуръон ва ўзбек адабиёти. Тошкент, Фан. - Б. 96.

Мухтор А. 2018. Чинор. Тошкент, Ёшлар нашриётуйи. - Б. 448.

Мухтор 0.1998. Афлотун. Тошкент, Маънавият. - Б. 191.

Пардаева 3. 2002. Бадиий эстетик тафаккур ривожи ва ўзбек романчилиги. - Тошкент, Янги аср авлоди. - Б. 93.

Сатторов У. 2001. Ўзбек топономик ривоятлари. Фил.фан.номзоди... дисс.автореф. Тошкент. - Б. 23.

Тўраев Д. 1994. Ҳозирги ўзбек романларида бадиий тафаккур вамаҳорат муаммоси (60-80-йиллар). Филол. фан. д-ри... дисс. Тошкент. - Б. 312.

Ғаниев И. 2010. Асрга татигулик дард. Тошкент, Академнашр. - Б. 92.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов