Authors

  • Omonova Muxlisa Odil qizi

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100466

Keywords:

Sabr tuhmat haqiqat ruhiy poklanish ilohiy adolat axloq.

Abstract

Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sino ijodiga mansub “Yusuf qissasi” hamda “Solomon va Ibsol” qissalarining badiiy va falsafiy jihatdan o‘zaro o‘xshash tomonlari tahlil qilinadi. Har ikki asarda tuhmat, sabr, ruhiy poklanish va ilohiy adolat g‘oyalari markaziy o‘rinda turadi. Yusuf va Ibsol obrazlari orqali begunoh insonning boshiga tushgan og‘ir sinovlar, ularning sabr-toqati, tozalikka sodiqligi va oxir-oqibatda haqiqatning g‘alaba qilishi badiiy vositalar orqali yuksak falsafiy darajada yoritiladi. Qissalar, ayni paytda, Sharq mumtoz adabiyotining inson ruhiy olamini o‘rganishga oid yondashuvlarini ham ochib beradi. Maqolada bu ikki asar orasidagi mazmuniy va g‘oyaviy yaqinlik,badiiy o’xshashligini va falsafiy tahlili o’rganilib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

276

ABU ALI IBN SINONING “YUSUF QISSASI” VA “SOLOMON VA

IBSOL” QISSALARIDAGI BADIIY O’XSHASHLIKLAR VA UNING

FALSAFIY TAHLILI.

Omonova Muxlisa Odil qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich talabasi

muhlisaomonova36@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sino ijodiga mansub “Yusuf

qissasi” hamda “Solomon va Ibsol” qissalarining badiiy va falsafiy jihatdan o‘zaro

o‘xshash tomonlari tahlil qilinadi. Har ikki asarda tuhmat, sabr, ruhiy poklanish va

ilohiy adolat g‘oyalari markaziy o‘rinda turadi. Yusuf va Ibsol obrazlari orqali

begunoh insonning boshiga tushgan og‘ir sinovlar, ularning sabr-toqati, tozalikka

sodiqligi va oxir-oqibatda haqiqatning g‘alaba qilishi badiiy vositalar orqali yuksak

falsafiy darajada yoritiladi. Qissalar, ayni paytda, Sharq mumtoz adabiyotining inson

ruhiy olamini o‘rganishga oid yondashuvlarini ham ochib beradi. Maqolada bu ikki

asar orasidagi mazmuniy va g‘oyaviy yaqinlik,badiiy o’xshashligini va falsafiy tahlili

o’rganilib chiqiladi.

Kalit so’zlar. Sabr, tuhmat, haqiqat, ruhiy poklanish, ilohiy adolat, axloq.

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino

hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida

tug‘ilgan. Ibn Sino 1002-yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso,

Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037-yilda

(hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga

oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242

ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘i

astronomiyaga oid asarlardir va hok.Ibn Sino Sharqda

«Shayxur-Rais», G‘arbda esa

«Avitsenna»

nomi bilan mashhur. Uning nasriy asarlari arab tilida yozilgan.

«Yusuf

qissasi»

Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

277

usuldadir

. «Rasolat – at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn

Yaqzon»)

kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda,

«Salomon va Ibsol»

esa ishqiy-

sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar

yaratgan. Ayniqsa,

“Yusuf qissasi” va “Solomon va Ibsol”

qissalari inson qalbining

nozik tomonlarini, hayotning sinovlari va insonning o‘zgarishi jarayonini badiiy va

falsafiy jihatdan ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ushbu ikki asardagi badiiy

o‘xshashliklar, ularning umumiy falsafiy g‘oyalari va insoniylik haqidagi

mulohazalari keng tahlil qilinadi.

Asarlari

«

Kitob ash-shifo

», «

Donishnoma

», «

Kitob al-qonun fi-t-tib

» «

Tib

qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan, «Salomop va Ibsol», «Yusuf

qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza»,

«Faan ash-she’r» ,«She’r san’ati»

, she’r ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari

haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam»

Solishtirilayotgan har ikki qissaning qisqacha mazmuni va undagi badiiy

o’xshashliklar keltirilib o’tiladi .

Yusuf

(arabcha: ف

ُس ْوُي نْبٱ ب ْوُقْعَي نْبٱ قاَحْسِإ نْبٱ مْيِها َرْبِإ; Yusuf ibn Yaʼqub ibn Ishoq

ibn Ibrohim)-Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Rivoyatlarga koʻra,

Yaʼqub paygʻambarning Rohila ismli xotinidan boʻlgan sevikli oʻgʻli. Bibliyada Iosif

deb tilga olingan. Qurʼonning 12-surasi Yusuf nomi bilan ataladi. Alloh Yusufga

tushlar taʼbirini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Yaʼqub oʻz

farzandlari orasida Yusufni koʻproq yaxshi koʻrar edi. Akalari unga hasad qilib

Yusufni quduqqa tashlab yuboradilar, otalariga esa, Yusufni dashtda boʻri yeb ketdi,

deb yolgʻon gapiradilar. Karvonda ketayotganlar Yusufni quduqdan chiqarib misrlik

katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Yusufni sevib qolib yoʻldan urmoqchi

boʻladi. Yusuf zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz

zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri

aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saqlovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusuf

Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz

berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan

uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

278

bilan ularni oʻz xato-gunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning koʻzlari ochilishiga

sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi[1].

"Solomon va Ibsol"

.Bu qissada Solomon ismli podsho va uning ukasi Ibsol

haqida hikoya qilinadi. Ibsol yosh va begunoh bo‘lishiga qaramay, fitnalarga

uchraydi. Solomonning xotini Ibsolga yomon niyat bilan yaqinlashadi. Ammo Ibsol

uning buzg‘unchi niyatini rad etadi. Shundan keyin ayol uni tuhmat qilib, Solomonni

chalg‘itadi. Natijada Solomonning xotini zolim odamlarni gaplashib,, ukasini

o‘ldirish uchun dushmanlarga topshiradi. Ibsol jangda halok bo‘lishi kerak edi, biroq

u og‘ir yarador holatda omon qoladi. Uni o‘rmonda bir oq kiyik boqadi, u suti bilan

Ibsolni tirik saqlaydi. U shaxriga qaytib keladi qaniydi yangasining bu yomon

ig'vodan qo'lini tortgandir degan umid bilan kelsa yangasining unga tashlagan

nigohidan hali ham uni niyati yomon degan hayol o'tadi. Ibsolning shon-shuhrati

yoyiladi, u adolatli, sadoqatli va dinparvar shaxs sifatida taniladi. U qancha

mamlakatlarni bosib olganligi uchun uni nomi yoyiladi. Biroq Solomonning xotini

uni yana zaharlatmoqchi bo‘ladi. Oshpazlar orqali unga zaharli doridan ortiq

miqdorda ichirishni buyuradi ammo buni bilib qo'llangan Ibsol dorini ichmaydi.

Solomon bu voqealardan so‘ng xotining va oshpazlarning xiylasini anglaydi. Tangri

tarafidan bu yovuzliklar fosh etiladi va zolimlarga jazolari beriladi. Solomon esa

pushaymonlik ila qullarini ozod qilib, o‘z yurtida adolatni tiklaydi[2].

Solomon va Ibsol qissasi va Yusuf qissasining badiiy o‘xsha falsafiy

tomonlari tahlil:

Har ikkala asarda qahramonlar qiyin sinovlardan o‘tadi. Yusuf aka-ukalari

tomonidan hasadga uchrab, quduqqa tashlanadi, Ibsol esa akasi tomonidan

dushmanlar qo‘liga topshiriladi. Ular o‘zlarini og‘ir vaziyatlarda topishlariga

qaramay, sabr-toqat ko‘rsatib, ruhiy kamolotga erishadi. Bu ikki qahramon hayotiy

sinovlarni yengib o‘tish orqali insonning ruhiy qiyofasi va iroda kuchining timsoliga

aylanadi. Yusufga Zulayho tomonidan tuhmat qilinishi, Ibsolga esa akasining

xotinining fitnasi -bu ikki voqea asarlarda xiyonat, yovuzlik va shaytoniy

vasvasalarning inson hayotiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu qissalar

inson qalbidagi yomonlik va gunohning qanday sinovlar orqali yuzaga chiqishini aks


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

279

ettiradi. Ikkala qahramon ham oxir-oqibat haqiqat, adolat va axloqiy kamolot g‘olib

bo‘lgan jamiyatda o‘z o‘rnini topadi. Yusuf Misrda yuksak lavozimga erishib,

birodarlarini kechiradi, Ibsol esa fitnani ochib berib, adolatli hukmdor sifatida xalqini

boshqaradi. Bu esa Ibn Sino dunyoqarashida axloqiy va ma’naviy haqiqatning doimo

g‘alaba qozonishiga bo‘lgan ishonchni aks ettiradi.

“Solomon va Ibsol”

da oq

kiyikning Ibsolni emizishi, hayvonlarning Ibsolga yordam berishi badiiy jihatdan

hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi iliq aloqani, tabiatning ham inson bilan

hamdardligini ifodalaydi. Bu sahna mutafakkirning tabiat va insoniyat uyg‘unligi

haqidagi fikrlarini ochib beradi. Yusuf va Ibsol qalbining pokligi ularning tashqi

muammolarga qaramay yuksalishiga sabab bo‘ladi. Yusuf go‘zallik va tozalikka

erishib, insoniyat uchun namuna bo‘lsa, Ibsolning jonli tabiat bilan muloqoti uni

haqiqiy inson, fidoyi rahbar sifatida ko‘rsatadi.

Ibn Sino falsafasida inson qalbining pokligi va sabrning roli alohida o‘rin

tutadi. Unga ko‘ra, hayotdagi qiyinchiliklar insonni sinovdan o‘tkazadi, lekin

chinakam kuchli va ma’naviy yetuk inson faqat sabr va tavakkul bilan har qanday

qiyinchilikni yengishi mumkin. Bu jihatdan

“Yusuf qissasi” va “Solomon va Ibsol”

qissalarida qahramonlarning yo‘l tutgan yo‘li aynan ruhiy kamolotning yuksalishi

sifatida namoyon bo‘ladi.

“Yusuf qissasi”

da sabr va Allohga bo‘lgan to‘liq ishonch

insonning barcha tashqi sinovlardan omon qolishining kalitidir. Yusufning hayoti

orqali Ibn Sino inson uchun eng asosiy fazilat -bu qalbni tozalash va haq yo‘lda qat’iy

turish ekanini ko‘rsatadi.

“Solomon va Ibsol”

qissasida esa, nafaqat ruhiy sabr, balki ijtimoiy adolat va

rahbarlikning axloqiy asoslari ham muhimdir. Ibsolning sahrodagi yolg‘izligi,

hayvonlar bilan bo‘lgan mehr-oqibatli munosabati va ularning uni qo‘llab-

quvvatlashi, uning qalbining sof va pok ekanligini bildiradi. Bu esa inson va tabiat

o‘rtasidagi muvozanat, ma’naviy uyg‘unlikning timsoli hisoblanadi. Shuningdek,

Ibsolning xiyonatga qarshi kurashi, rahbarlikdagi adolat va fidoyilik tushunchalarini

falsafiy asoslaydi. Ibn Sino falsafasida dunyo ilohiy tartib va hikmat asosida barqaror

bo‘lib, inson bunday tartibni anglab, unga mos yashashi lozim. Shu bois, ikki qissada


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

280

ham haqiqiy komillik bu faqat bilim yoki kuch emas, balki qalbning tozaligi, axloqiy

kamolot va ruhiy sabrda namoyon bo‘ladi.

“Eni rabbingga tavakkul qil! Rabbing sen eshitgan va bilgan kishilardan hech

biriga qilmagan in’omlarini senga qilmadimi?! Sen o‘rganishing kerak bo‘lgan har

bir joyda haq nima ekanini ochib ko‘rsatdi. Seni haq yo‘lga yo‘lladi va senga hamma

yordamini ko‘rsatdi.”

1

Har ikkala qissa ham sabr, tavakkul, adolat va ilohiy rahmat

g‘oyalarini ta’kidlab, hayotdagi sinovlardan yuksak ma’naviy o‘sishga yo‘l ochadi.

Ibn Sino inson qalbining pokligi va Allohga bo‘lgan ishonch orqali barcha

qiyinchiliklarni yengish mumkinligini buyuk falsafiy did bilan ko‘rsatadi[4].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdusodiq Irisov tarjimasi.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-

nasri-onlayn-antologiyasi/abu-ali-ibn-sino-980-1037-o-zbekiston/abu-ali-ibn-sino-

salomon-va-ibsol-qissa

2.

ABU ALI IBN SINO Falsafiy qissalar

3.

Po‘latova D. Abu Ali Ibn Sino ma’naviy merosida ratsionalizm va

insonparvarlik g‘oyalarining o‘zaro vobastaligi 2024

4.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yusuf

5.

https://asarlar.uz/muallif/abu-ali-ibn-sino