Authors

  • Mansurov N.A

Author Biography

  • Mansurov N.A

    K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100482

Keywords:

ma’naviyat ijtimoiy faollik pedagogik akmeologiya – komil inson g‘oyasi tashabbuskorlik ma’naviy-ahloqiy barkamollik komillik tarbiya.

Abstract

Mazkur maqolada ma’naviy yetuk, intelektual salohiyatli barkamol shaxsni tarbiyalashda yoshlarning ma’naviy olamini shakllantirish va kamol toptirish, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, shuningdek, ularning ma’naviy-ahloqiy ongini rivojlantirish yо‘llari, pedagogik ta’sir vositalari yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

386

TA’LIMDA YOSHLARNING MA’NAVIY OLAMINI

SHAKLLANTIRISH VA KAMOL TOPTIRISHNING AHAMIYATI

Mansurov N.A. – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

dotsenti.

Annotatsiya

: Mazkur maqolada ma’naviy yetuk, intelektual salohiyatli

barkamol shaxsni tarbiyalashda yoshlarning ma’naviy olamini shakllantirish va

kamol toptirish, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida

tayyorlash, shuningdek, ularning ma’naviy-ahloqiy ongini rivojlantirish yо‘llari,

pedagogik ta’sir vositalari yoritilgan.

Tayanch sо‘zlar: ma’naviyat, ijtimoiy faollik, pedagogik akmeologiya – komil

inson g‘oyasi, tashabbuskorlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik, komillik, tarbiya.

Аннотация. В данной статье освещены формирование духовного мира

молодежи в воспитании духовной, интеллектуально способной, гармонично

развитой личности, а также пути развития духовно-нравственного сознания,

средств педагогического воздействия.

Ключевые слова: духовность, педагогическая акмеология, идея

гармонично развитого человека, инициативность, обучение, совершенство,

духовно-нравственная гармоничность.

Annotation: in this article is given information about developing young

generations’ spiritual and intellectual abilities, preparing the humanious perfect and

professional skillful students. Here also given information about the ways of

developing students’ spiritual and moral outlook and the means of pedagogical

influence for that.

Key words: spirituality, social activity, pedagogical acmeology-idea of a

harmoniously developed person, initiative, training, perfection, spiritual and moral

harmony.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

387

Bugungi kunda mamlakatimiz amalga oshirilayotgan islohatlarning zamirida,

uzluksiz ta’lim tizimini tubdan rivojlantirish hamda xalqaro tajribalar asosida

modernizatsiyalash, oliy ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlar samaradorligini

oshirishda, talaba-yoshlarning ma’naviy-ahloqiy ongini rivojlantirishga alohida

e’tibor qaratilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalariga

tо‘xtalib о‘tar ekan: “Ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz

kelajagi bо‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yо‘naltirish, ularni qiziqishlarini

e’tiborga olish va tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash – davlat va jamiyat oldida turgan

eng muhim vazifadir” [1], deb ta’kidlaganlari ham bejis emas.

Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish maqsadida

О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasida ham, talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasini ta’minlash, ma’naviy yetuk,

barkamol yosh avlodni voyaga yetishishida quydagi vazifalarning belgilab olingani

ham eng muhim masalalardan biridir:

-

oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya

mazmunini kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va

yuksak ma’naviy-axloqiy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda

yot g‘oya va buzg‘unchi mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi

ishlarni yanada rivojlantirish;

-

yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini

yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq

manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida

tarbiyalash;

-

davlatimiz istiqboli bо‘lgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash

barcha islohotlarimiz zamirida namoyon bо‘lmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda ma’naviy yetuk hamda barkamol yosh

avlodnitarbiyalash maqsadida keng qamrovli islohatlar amalga oshirilmoqda. Buning

yaqqol dalili sifatida 2016 yil 14 sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat

siyosati tо‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilingani ham yurtimiz istiqboli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

388

bо‘lgan yosh avlod tarbiyasiga qaratilgan asosiy poydevoridir. Ushbu qonunning

qabul qilinishi ham yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-

harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm,

zо‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va

huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qо‘llab-

quvvatlash hamda rag‘batlantirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-

sharoitlar yaratish, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish,

shuningdek yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini

ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning huquqlari va

erkinliklarini rо‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshirish[2]. kabi muhim

vazifalar belgilab olingani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,

mamlakatimiz yoshlarining tyanchi va suyachi bо‘lib faoliyat olib borayotgan 2017

yil 30 iyunda tashkil etilgan О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ham о‘z oldiga qо‘ygan

maqsad va vazifalarida, yoshlarni ma’naviy yetuk hamda barkamol bо‘lib voyaga

yetishi uchun respublika miqyosida turli tanlovlar, hayriya aksiyalari, yoshlar

о‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirish bо‘yicha “Yosh kitobxon” kabi bir qancha

loyihalarni tashkil etib kelmoqda. Ushbu, amalga oshirilayotgan islohatlar negizida

har bir yosh avlodni bir g‘oya ostida birlashtirish “Vatan bizga nima berdi, deb emas!

Balki, Men vatan uchun nima qildim!” degan bosh maqsadni yosh avlodda

shakllantirishni о‘z oldiga qо‘ymoqda.

О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi о‘z oldiga yana bir qator muhim vazifalarni

oldiga qо‘ygan, shular qatorida mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik

jamiyati barpo etishga kо‘maklashish, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirib borish,

yoshlarning kuch-g‘ayratini, intellektual salohiyati, kasb malakasini vatan ravnaqi

uchun yо‘naltirish, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy merosimizni chuqur

о‘rganish ham yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz taraqqiyoti yangi bosqichga chiqayotgan bir davrda yoshlar

ma’naviyatini yuksaltirish bо‘yicha olib borilayotgan islohotlardan eng muhimi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni ilgari surilgan besh

muhim tashabbusi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu ilgari surilgan beshta


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

389

eng muhim tashabbusda yoshlarimizga bо‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni

madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot

texnologiyalaridan foydalanish kо‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari

о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi asosiy

vazifalarning ilgari surilgani ham, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi

dunyo

mafkuraviy

manzarasida,

yoshlarimizda

mafkuraviy

immunitetini

kuchaytirish, ularning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish har qachongidan ham

dolzarb masala sifatida qо‘yilgan.

Akademik E.Yusupov tahriri ostida chop etilgan “Ma’naviy kamolat omillari”

nomli kitobida, ma’naviy yetuk, barkamol yosh avlodni tarbiyalashda ta’lim

– tarbiyaning о‘rni beqiyosdir deb ta’kidlagan edi. Yosh avlodni tarbiyalashda dono

xalqimizning о‘ziga xos, uzoq tarix tajribasi sinovidan о‘tgan ajoyib an’analari bor.

Ularning axloq va odobi о‘zbekona tarbiyaning maxsulidir. Xalqimizning tarbiya

borasidagi yetuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning

tarkibiy qismi bо‘lib kelgan va shunday bо‘lib qolaveradi. Inson ma’naviy boyliklari,

axloq odob meyorlarining shakllanishi va rivojlanishi, ta’lim – tarbiyaning yangi

usullari, turli – tuman jihatlari yuzaga kelishi jamiyat taraqqiyotining bir – biri bilan

uzviy bog‘langan xalqalaridir[3]. Bu zanjirning biror xalqasini uzilishi ta’lim –

tarbiya ishining muayyan zaruriy imkoniyatlarini yо‘qolishiga olib keladi degan

purma’noli fikrlarida ham yosh avlod tarbiyasi о‘z dolzarbligini kо‘rsatadi.

Mamlakatmiz Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2008 yilda nashr etilgan

“Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda

g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarda ma’naviyat xodisasi avvalo tarix

va bugungi kun, inson, xalq va millat kategoriyalari, milliy hamda umumbashariy

qadriyatlar, chuqur tahlil asosida yoritib berilgan. Mazkur kitobda ma’naviyatni

shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu

ta’lim-

tarbiya tizimi

bilan chambarchas bog‘ligi asoslab berilgan.

Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bо‘lmish ilmu-ma’rifat,

ta’lim va tarbiya inson kamolotida va millat ravnaqining eng asosiy sharti va

garovi deb biladi. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

390

va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va

boyitadigan eng muhim omildir[4] deb ta’kidlangan bо‘lsa, asarning 50 sahifasida

yana bir dolzarb vazifa – о‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga

nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi qо‘yilgan. Chunki,

yoshlar – xalq ma’naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir о‘g‘il-

qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab, madaniy boyliklarimizdan bahramand

bо‘lishi kerakligi tо‘g‘risida keltirib о‘tilgan. Shu о‘rinda, ma’naviyatga berilgan bir

ta’rifni ta’kidlashni joiz deb topdim.

I.Karimov “

ma’naviyat –

insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga

chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun

qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining

mezonidir”, deb berilgan ta’rifida ham inson gо‘zalligi ham botiniy ham zohiriy olam

orqali ma’naviyatga yetishishi ta’kidlangani ham bejizga emas.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ma’naviy yetuk, barkamol avlodni

tarbiyalash masalasi sharq mutafakkirlari tafakkurida Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon

Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn

Voiz Koshfiylarning ta’limiy axloqiy asarlari ma’naviy g‘oyalarni tahlil qilgan holda

yoshlarga yetkazish yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk adib

Mirzakalon Ismoiliy inson ma’naviyatiga ta’rif berar ekan, insonning gо‘zalligi bilan

ahloqi, ichki dunyosi va yaxshi fazilatlari orasidagi mushtaraklikni

badiiy obrazlarda quydagicha: “Gо‘zallik ham bamisoli daraxt. Yaprog‘i –

axloq, ildizi – ichki dunyo, mevasi fazilat. Odam bolasidagi gо‘zallik – tabiat ato

qilgan husn-jamoldan tashqari, yana eng yaxshi xulq atvorni, insondagi eng yaxshi

fazilatlarni о‘z ichiga olgan odamiylikdan iboratdir[5]” deb mohirona tasvirlaydi.

Chunki, inson ma’naviyati qalb gо‘zalligi bilan birgalikda yuksaladi.

Xulosa qilib aytganda, ma’naviyat ham muayyan ijtimoiy, ma’naviy zamin

asosida yuksaladi. Yosh avlod ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning

mahsuli bо‘lsa ham, u о‘z navbatida, jamiyat tarqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir

kо‘rsatadigan, uni belgilab beradigan omil hamdir. О‘sib kelayotgan yosh avlodda

axloq, odob, iymon, vijdon, halollik, mehnatsevarlik, baynalmilalchilik,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

391

insonparvarlik e’tiqodi, vatanparvarlik, milliy va insoniy g‘urur tuyg‘usi, burch va

mas’ulyatni xis qilish imkoniyati qanchalik kuchli bо‘lsa, jamiyat taraqqiyotining

zaminlari ham kengayadi, tinchlik, osoyishtalik barqaror bо‘ladi. Jamiyat

taraqqiyotining har bir yangi bosqichi yoshlarning ma’naviy kamolotida ham yangi

davrning yuzaga kelishidir. Ma’naviyatsiz adolatli, yuksalish imkoniyatiga

ega bо‘lgan jamiyat bо‘lmaganidek, jamiyatsiz ma’naviyat rivojlanishi mumkin

emas. Shuning uchun ham, ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash –

mamlaktimizda olib borilayotgan islohatlar zamirida ham о‘z ifodasini topib

bormoqda. Buning yaqqol dalili sifatid yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda

ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va barkamol qilib tarbiyalash bо‘yicha

davlatimiz rahbarining ilgari surgan besh muhim tashabbusi bо‘yicha,

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ham yaqqol

namoyon bо‘lmoqda.

Mazkur sohadagi amalga oishirilayotgan ishlarni yanada rivojlantirishda esa,

bizning nazarimizda,

quyidagi pedagogik ta’sir vositalariga alohida e’tibor

qaratish

maqsadga muvofiq sanaladi:

- yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda tengdosh-tengdoshga degan g‘oyani

ilgari surish, oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning mustaqil fikrlashi va

ijodkorlik

kо‘nikmalarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan “Talaba minbari” loyihasini

ommalashtirish;

- barcha yosh avlod vakillari uchun manzur bо‘ladigan telekо‘rsatuv va

eshittirishlarni yо‘lga qо‘yish, mediaishlanmalarni yaratish;

- ta’lim muassasalarida yoshlarning hohish-istaklari va kasbiy qiqziqishlariga

yо‘naltirilgan fan klublari faoliyatini yо‘lga qо‘yish va kuchaytirish;

- ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirokida

“Axborot va murabbiylik” soatlarida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan treninglar

tashkil qilish,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

392

mentorlik, Ustoz-shogirdlik tizimini yanada rivojlantirish shular jumlasiga

kiradi.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР

1. Мирзиёев Ш. (2017). “Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом

эттириб, янги босқичга кўтарамиз”. Тошкент: Ўзбекистон, 31-б.

2. “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги Қонун янги таҳрирдаги 2016 йил

14 сентябрь.

3. Юсупов Э. (1995). “Маънавий комолот омиллари”. Тошкент: Университет, 5

б.

4. Каримов И. (2008). “Юксак маънавият-енгилмас куч”. Маънавият. 38-50-б

5

.

Мирзакалон И. (1989). “Инсон Ҳусни”.Тошкент. 3-б.__