Authors

  • Isaqova Maftunaxon Rustamjon qizi

Author Biography

  • Isaqova Maftunaxon Rustamjon qizi

    Farg’ona viloyati Yozyovon tumani MMTB tasarrufidagi 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi    

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100483

Abstract

Hayot yo‘limda yurgan har bir qadamingizni eslayman, otajon. Har tong saharlab uyg‘onib, ro‘zg‘or tashvishiga sho‘ng‘ib ketganingiz, qulog‘imda yangrayotgan duolar, qattiq, ammomehrli nigohlaringiz — bularning bari qalbimda iz qoldirgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

383

OTAJONIM, SOG’INDIM IZLARINGIZ...

Farg’ona viloyati Yozyovon tumani MMTB tasarrufidagi 1-sonli umumiy

o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Isaqova Maftunaxon Rustamjon qizi.

Hayot yo‘limda yurgan har bir qadamingizni eslayman, otajon. Har tong

saharlab uyg‘onib, ro‘zg‘or tashvishiga sho‘ng‘ib ketganingiz, qulog‘imda

yangrayotgan duolar, qattiq, ammomehrli nigohlaringiz — bularning bari qalbimda

iz qoldirgan. Bugun siz yo‘q, ammo izlaringiz baribir hayotimda yashab turibdi. U

izlar —ibrat, sabr vasadoqat izlari. Hayotimda duch kelgan har bir sinovda, sizdan

o‘rgangan sabr-toqatimmengamadad bo‘lmoqda. Bolaligimda: “Farzandlarim, rost

so‘zli bo‘l, halol mehnat qil, hechkimdanqarzdor bo‘lma,” degan nasihatlaringiz

yodimdan chiqmaydi. Men sizni sog‘indim, otajon. Ayniqsa kechqurunlar — sokin

tun bag‘rida, yuragimda siz bilansuhbatlashgim keladi. Siz bilan bir piyola choy

ustida gaplashmoqchi bo‘laman. O‘shaoddiy, ammo quvonchga to‘la suhbatlar, bir

og‘iz kulgili latifangiz ham men uchun bebaho xotirabo‘lib qolgan. Otajon, men siz

ko‘rsatgan yo‘ldan borishga harakat qilayapman. Hayotingizning mashaqqatlarini

eslab, men ham kuchli bo‘lishga intilyapman. Sizning ruhi pokingiz oldidabosh

egaman. Menga bergan tarbiyangiz, orqangizdan duo qilgan onajonimiz bilan

mengameros

bo‘ldi.

Har

bir

muvaffaqiyatimda

sizning

soyangizni,

g‘amxo‘rligingizni ko‘raman. Bugun, sizning yo‘qligingizni yuragim sezib turadi,

lekin baribir siz mening qalbimdasan, otajon. Har nafasda, har ibodatimda siz bor.

Men sizni sog‘indim... izlaringizni quchoqlamoqda yuragim...Har bir inson hayot

yo‘lida yo‘lboshchiga, suyanadigan tog‘dektayanchga muhtoj bo‘ladi. Men uchun bu

tayanch – otajonim edi. Yillar o‘tgan sari sizningmehringiz, pand-nasihatingiz va har

bir harakatingizdagi donoligingizni yana-da chuqurroqanglab borayapman. Endi esa,

har tong sizsiz boshlanar, har kecha esa yuragimda iz qoldiribo‘taverar... Sizning

borligingiz – biz uchun sukunatdagi ishonch, sokin nigohingiz – bizga jasorat, chuqur


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

384

ovozingiz – hayot darslari edi. Hatto sukunatdagi o‘tirishingiz ham ko‘p gapdan

ko‘rako‘proqnarsani anglatardi. Hayot yo‘limda duch kelayotgan sinovlarda sizning

aytganlaringiz quloqlarimda yangraydi: "Inson avvalo sabrli bo‘lishi kerak, bolam..."

Otajon, siz ketgan kun – yuragimda iz qoldirgan kun bo‘ldi. Sizning izlaringizni

sog‘indim: ishga ketayotib ortga qayrilib qaragan nigohlaringizni, bog‘dagi sokin

yurishlaringizni, hattoozgina jahl bilan aytilgan ogohlik so‘zlaringizni. Har bir izda –

hayotingizdan qolgan saboq, har bir xotirada – mehringiz aks etadi. Bugun sizsiz

o‘tgan har kun – menga sabr, matonat va hayot darsidir. Siz menga or-nomus, halollik,

mehnatga bo‘lgan muhabbatni o‘rgatdingiz. Bu meros – sizdan qolgan eng

buyukboylik. Endi har bir qadamimda sizning nomingizni oqlashga, munosib

farzandingiz bo‘lishga harakat qilaman. Otajonim, yuragim sog‘inchga to‘la... Sizni

sog‘indim. Siz bilan bir piyola choy ichgan tonglarni, birga sukunatda o‘tirgan

kechalarni, birga yurilgan hayot yo‘llarini. Bu maqolaorqali yuragimdagi sog‘inchni

ifoda etdim. Yana bir bor aytaman sizni sogʻindim Nevaralaringizga siz haqingizda

koʻp aytaman.

<<OTA>>

Ota — bir tog‘, suyanar bel,

So‘zsiz himmat, sabr-u amal.

Ostonada jim turadi,

Ko‘zlarida butun hayot — karomat, sinal.

Qo‘li dag‘al — mehnatdan,

Ko‘ngli nozik — mehr bilan.

Bir qarashi yetar edi,

Yo‘limizni to‘g‘ri tutsin deb tilagan har dam.

Tunlarda jim, yuragi bedor,

“Bolam omon bo‘lsin”, — deya charchoqni yeb yotar.

U kulmasa ham, kuladi osmon,

U ketmasa ham, yuragimizda doim bor.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

385

Uning har so‘zi — bir saboq,

Unutmaymiz hech qachon.

Ota — hayot darsligida

Eng birinchi va eng so‘nggi bob.

<<< Otajonim >>>

Sog'inch azobi qiynaydi meni ,

So'zlari shirindur qalbi yumshog'im Men sizni sog'indim ,

sizni otajon Kim sizday ona qizim deb o'ylaydi meni ,

Ayriliq azobi qiynaydi meni .

Men sizni sog'indim,sizni otajon.

Omadim bor edi ,ishlarimda ham ,

Ko'nglim quyosh edi,hislarimda ham

Men sizni sog'indim,sizni otajon.

Ko'rsam ham tushlarimda ham

Der edingiz ona qizim, shahlo ko'zligim,

Men sizni sog'indim ,sizni otajon.

Ko'ksim kerib yurardim,polvon dadam bor deb,

Sizni sog'indim,sizni otajon.

Qo'limda tutgacha,bag'rimga bosgancha suratĺaringiz,

Ruxingiz jannatda oromlar olsin,

Sizni sog'indim ,sizni otajon.

Most read articles by the same author(s)