MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
378
MAKTABDA ONA TILI DARSLARIDA MA’NODOSH SO‘ZLARNI
O’QITISHDA METODOLOGIK YANGILIKLAR
“University of economics and pedagogy “NOTM Maktabgacha va
boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Qanoatova Nazokat Sotivoldi qizi
Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim
yo’nalishi 1-kurs 06-guruh Qodirova Robiyaxon Xasanboy qizi
Annotatsiya:
ushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi,
yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik
texnologiyalar haqida yozmoqchiman. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no
qirrasi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi.
Kalit so‘zlar: ma’nodosh so‘zlar, grammatika, uslubiyat, til ifodaliligi,
atama, predmet, didaktik material
В данной статье я хочу рассказать о педагогических технологиях,
которые использовал в своей педагогической практике, связанных с
произношением и написанием синонимичных слов. Синонимы отличаются друг
от друга дополнительными оттенками значений, эмоциональной окраской и
особенностями употребления.
Ключевые
слова:
синонимы,
грамматика,
стилистика,
выразительность речи, термин, предмет, дидактический материал
Annotation (in English): In this article, I intend to describe the pedagogical
technologies I have used in my teaching practice related to the pronunciation and
spelling of synonymous words. Synonyms differ from each other in terms of additional
semantic nuances, emotional coloring, and usage features.
Keywords: synonyms, grammar, stylistics, language expressiveness, term,
subject, didactic material.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
379
Katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant
sinonimik qatorini tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib,
aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi.
ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga,
bahaybat, haybatli so‘zlari esa o‘lchovi juda katta bo‘lgan narsalarga nisbatan
ishlatiladi. yirik kam ishlatiladi. gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan joy,
qurilishga nisbatan qo‘llanadi. Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning
uchun bunday so‘zlar bilan ishlash juda muhim. kishi lug‘atida sinonimlar qancha
ko‘p bo‘lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. o‘zbek tili - sinonimlarga boy til.
,,o‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» da katta so‘zining 11 ta, marta so‘zining
13 ta sinonimi berilgan. Boshlang‘ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot
berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida
shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi:
o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish
mumkinligini tushuntirishga, 2 -3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2 - 3 sinonimini
topib aytishga o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar
ishlatiladi: 1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash. Bunda bir so‘z turkumiga oid
ikki sinonimik qatordagi so‘zlar ichiga bir-ikkita boshqa so‘z kiritib beriladi.
o‘quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar.
Buning uchun so‘zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor,
niyat, mamlakat, murod, yurt. 2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. o‘qituvchi otni
o‘tganda osmon, sifatni o‘tganda mazali, fe’lni o‘tganda ko‘nikmoq so‘zlarini aytadi.
o‘quvchilar bu so‘zlarga sinonim tanlaydilar: osmon - ko‘k, samo, falak; mazali -
lazzotli, laziz, totli; ko‘nikmoq - o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq. 3. Tushirib
qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. o‘quvchilar
sinonimlarni o‘rniga qo‘yib, ularning qo‘llanilishidagi farqni tushuntiradilar. 4.
Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun
sinonim so‘zlar qatori qavs ichida beriladi, o‘quvchi gapning mazmuniga mosini
tanlab gapni ko‘chiradi: Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar, odam qadrini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
380
(mehnat, ish) oshirar. oltin (o‘t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi.
Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar. 5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib
didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to‘rtta sinonimik
qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. o‘qituvchi shu
katakchalardagi bir so‘zni aytadi.
Masalan, chiroyli. o‘quvchilar shu so‘zga yaqin ma’noli so‘z (sinonim)ni
katakchalardan topib aytadilar: go‘zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so‘zlar
qatori bilan so‘z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go‘zal manzara, sohibjamol
malika va hokazo. So‘zlarning ma’nosini tushuntirish o‘quvchilar lug‘atini boyitadi,
nutqini o‘stiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham
tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. atamalarning ma’nosini
tushuntirish mazkur so‘z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam
beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish bilan o‘quvchilar
predmet keng ma’noda qo‘llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar
predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab
olishda ularga yordam beradi. So‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi
va darsning asosiy mavzusidan o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmasligi kerak.
Buning uchun o‘qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi
tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va
darsning qaysi o‘rnida tushuntirishni belgilab oladi. O‘qish kitoblaridagi matnlarda
birinchi marta uchragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so‘zlar matnni
o‘qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o‘qish jarayonida so‘z ma’nosini
tushuntirishga chek qo‘yish kerak. agar biror so‘zni matnni o‘qish vaqtida
tushuntirish zaruriyati tug‘ilsa, matn mazmunidan o‘quvchilar diqqatini
chalg‘itmagan holda shu so‘z ma’nosi qisqacha tushuntiriladi. ko‘chma ma’noda
ishlatilgan obrazli so‘zlar va badiiy nutq birliklari matn o‘qilgandan keyin
tushuntiriladi, chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi
tushuniladi. ayniqsa, masallar o‘qilganda, undagi allegorik, ko‘chma ma’noda
ishlatilgan so‘zlarni asarni o‘qishdan oldin yoki o‘qish jarayonida tushuntirib
bo‘lmaydi. ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
381
tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va
undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning Grammatik qonun-qoidalarini,
ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy
foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va
savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida
ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va
imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan
paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini
anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan
har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda
ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus
ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda leksik birliklar, xususan, ma’nodosh
so‘zlarning o‘rni beqiyosdir. Ma’nodosh so‘zlar bilan ishlash o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirish, nutq aniqligi va ifoda tiniqligi, stilistik sezuvchanlik kabi muhim
til ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuning uchun ham ularni o‘qitishda qo‘llaniladigan
metodologik yondashuvlar yangilanib, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida
boyitilmoqda.
An’anaviy yondashuvlar faqat so‘z yodlashga asoslangan bo‘lsa, hozirgi
metodik yangiliklar o‘quvchini faol ishtirokchiga aylantiradi. O‘qituvchining asosiy
vazifasi – o‘quvchini mustaqil izlanishga, fikr yuritishga, kontekst asosida to‘g‘ri
ma’no ajratishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmoqda. Bunda interfaol metodlar, loyihaviy
topshiriqlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta’lim
samaradorligini oshiradi.
Klaster, “aqliy hujum”, rolli o‘yinlar, matn asosida ishlash kabi usullar
yordamida o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifodalash, o‘rganilgan so‘zlarni real nutq
vaziyatida qo‘llashni o‘rganadilar. Bu orqali ularning nutqiy faolligi, ijodiy fikrlashi
va tilni ongli ravishda o‘zlashtirishi ta’minlanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
382
Yana bir muhim jihat – bu mavzuni o‘rganish orqali o‘quvchilar leksik
sinonimiya, ma’no nozikliklari, stilistik tafovutlar haqida bilimga ega bo‘ladi. Bu esa
ularning nutq madaniyati, adabiy tilga hurmati va estetik didini shakllantirishga
xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, ma’nodosh so‘zlarni o‘qitishdagi metodologik
yangiliklar faqatgina bilim berishga emas, balki o‘quvchini fikrlaydigan, tahlil
qiladigan va erkin ifodalaydigan shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan. Ona tili
darslarida ushbu mavzuni innovatsion va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil
etish ta’lim sifatini yuksaltiradi va o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyani
mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
1. Qosimova K. va boshqalar. ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2009
2. G‘ulomov A.va boshqalar. ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2012