MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
43
AVTOMOBIL YO’LLARIDAGI CHO’KISHLARNING
SABABLARINI O’RGANISH VA ULARGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR
ISHLAB CHIQISH
Xamroqulov Jasurbek Faxriddin o’g’li
2-kurs YMAQ-13 guruh talabasi: Toshkent davlat transport universiteti
Nizomadinov Salohiddin Xumaydulla o’g’li
2-kurs YMAQ-13 guruh talabasi: Toshkent davlat transport universiteti
Xalimova Shaxnoza Rahmitjanova
Toshkent davlat transport universiteti, dotsenti.
Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yoʻllaridagi choʻkishlarning
sabablari va ularga qarshi koʻriladigan samarali chora-tadbirlar haqida soʻz
yuritiladi.
Kalit soʻzlari: Avtomobil yoʻllari, yoʻl poyi, yoʻl toʻshamasi, ogʻir yuk
avtomobillari, suv qochirish(drenaj) tizimlari.
ОСАДКИ, НАРУШЕНИЯ, ОБРАЗУЮЩИЕСЯ НА
АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГАХ И МЕРЫ ПРОТИВ НИХ
Аннотация:
В данной статье рассматриваются причины просадок на
автомобильных дорогах и эффективные меры по их предотвращению.
Ключевые слова:
Автомобильные дороги, дорожное основание,
дорожное покрытие, грузовые автомобили, дренажные системы.
SUBSIDENCE, DAMAGES ON AUTOMOTIVE ROADS AND
MEASURES AGAINST THEM
Abstract: This article discusses the causes of road subsidence and effective
countermeasures.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
44
Keywords: Roads, roadbed, pavement, heavy trucks, drainage systems.
KIRISH:
Avtomobil yoʻllari harakat xavfsizligi va transport infratuzilmasi
samaradorligi muhim ahamiyatga ega. Ammo, koʻplab davlatlarda yoʻllardagi
choʻkishlar jiddiy muammo hisoblanadi. Choʻkish yoʻlning yaroqsiz holga kelishiga
olib kelib, transport vositalari uchun xavf tugʻdiradi, yogʻingarchilik sharoitida esa
yoʻl-transport hodisalarini koʻpaytiradi.
TADQIQOT NATIJALARI:
Avtomobil yoʻllaridagi choʻkishlar quydagi
sabablar natijasida yuzaga keladi:
➢
Yomgʻir suvlari va notoʻgʻri drenaj tizimi
➢
Yoʻl poyi va toʻshamasining notoʻgʻri loyihalanishi
➢
Ogʼir yuk avtomobillarini harakati
➢
Geologik va tabiiy sharoitlar
1.
Yomgʻir suvlari va notoʻgʻri drenaj tizimi
Koʻp hollarda avtomobil yoʻllaridagi choʻkishlar kuchli yomgʻir yoki qor
yogʻishidan keyin paydo boʻladi. Agar drenaj tizimi yetarlicha samarali boʻlmasa,
Yer osti suvlarini koʻtarilishi bilan yoʻl poyini mustahkamligiga taʼsiri qiladi va yoʻl
poyini buzilishiga olib keladi bu esa vaqt oʻtishi bilan yoʻl toʻshamasini choʻkishi
sabab boʻladi.
1-rasm. Yomg‘ir suvlari va noto‘g‘ri drenaj tizimi.
2.
Yoʻl poyi va toʻshamasining notoʻgʻri loyihalanishi
Yoʻl qurilishida yoʻl poyi va yoʻl toʻshamasini loyihalashda qatlamlarining
mustahkamligi va gruntning hususiyatlari hisobga olinmasa, vaqt oʻtishi bilan yoʻl
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
45
poyi va yoʻl toʻshamasining choʻkishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, quruq va nam
grunt oʻrtasidagi tafovutlar yoki zaif gruntlar yoʻllarda choʻkishlarni tezlashtiradi va
avtomobil yoʻllarining xizmat muddatini kamaytiradi.
2-rasm. Yo‘l poydevorining noto‘g‘ri loyihalanishi
3.
Ogʻir yuk avtomobillarini harakati
Yuqori ogʻirlikka ega yuk mashinalari avtomobil yoʻllarda doimiy
harakatlanishi natijasida yoʻl qoplamasiga bosim ortadi, Bu esa yoʻl poyi va yoʻl
toʻshamasining qatlamlariga taʼsir etib, ularni choʻkishiga olib keladi. Ogʻir yuk
avtomobillari harakat qiladigan avtomobil yoʻllarida choʻkishlar va gʻildirak izi kabi
muammolari tez-tez uchrab turadi.
3-rasm. Avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk tashish oqibatlari.
4.
Geologik va tabiiy sharoitlar.
Baʼzi hududlarda geologik sharoitlar ham yoʻl choʻkishlariga sabab boʻlishi
mumkin. Masalan, suvga toʻyingan tuproqlar, qiyalik yoki yer osti suvlari
darajasining yuqoriligi avtomobil yoʻllari uchun xavf tugʻdiradi, Ayniqsa suv
oʻtkazuvchanlik darajasi kam boʻlgan joylarda choʻkish xavfi ortadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
46
4-rasm. Geologik va tabiiy sharoitlar(kuchli yomgʻirlar, karst hodisalar va
zilzilalar)ning yoʻlga taʼsiri.
XULOSA VA TAVSIYALAR: Yuqoridagi muammo va kamchiliklarni
inobatga olgan holda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi.
Avtomobil
yo‘llardagi cho‘kishlarning oldini olish uchun bir qator texnik va
muhandislik chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Quyida eng samarali usullar keltirilgan:
1. Drenaj tizimlari avtomobil yoʻlning suvdan himoyalanishida muhim roʻl
oʻynaydi. Yoʻl poydevorini suvdan himoya qilish uchun zamonaviy, kam xarajatli va
usti yopiq suv qochirish(drenaj) tizimlarini oʻrnatish lozim. Bu tizimlar ortiqcha
yomgʻir va erigan qor suvlarini tezda oqizishga yordam beradi, avtomobil yoʻlidagi
katta hajimdagi axlatlarni suv qochirish tizimiga kirib ketmasligi taʼminlanadi va yoʻl
poyi va toʻshamasini qatlamlarning yemirilishini oldini oladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
47
5-rasm. Drenaj tizimlarini takomillashtirish.
2. Avtomobil yoʻllarini qurishda yuqori sifatli va mustahkam togʻ jinslaridan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan, yuqori darajada zichlangan asfaltbeton
va zamonaviy yoʻl qurilish materiallaridan geosentetik, georeshotkalardan qatlamlar
orasida qoʻllash foydalanish yoʻlning uzoq muddatli xizmat qilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, poydevor qatlami uchun maxsus mustahkamlovchi qatlamlardan
foydalanish tavsiya etiladi.
6-rasm. Yo‘lning yuk ko‘tarish qobiliyatini hisobga olish va to‘g‘ri
kanstruksiya tavsiya etish.
3. Yuk tashish hajmi katta boʻlgan avtomobil yoʻllari uchun mahsus qurilish
texnologiyalari va mustahkam togʻ jinslarini tanlanishi lozim. Yoʻl poyi va yoʻl
toʻshamasini qatlamlari yuk koʻtarish qobiliyatiga mos ravishda loyihalanishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan tranzit yuklarni tashishda
hajmini nazorat qilish orqali avtomobil yoʻllarning deformatsiyaga uchrashi,
buzilishlari va choʻkishiga qarshi chora koʻrilishi lozim, buning uchun esa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
48
Davlatimizga chegara postlariga ogʻir yuk avtomobillarning ogʻirligi(vazni)ni
oʻlchovchi tarozilarni oʻrnatish tavsiya etiladi.
7-rasm. Ogʻir yuk avtomobillarning vaznini oʻlchash jarayoni.
Avtomobil yoʻlni qurilishidan avval hududning geologik va gruntning
hususiyatlarini chuqur oʻrganish kerak. Gruntning turlariga qarab, mustahkam yoʻl
qurilish materiallarini tanlash yoʻl poyi va yoʻl toʻshamasini qatlamlarini loyihalash
usullari joriy qilinishi lozim. Bu ayniqsa nam yoki yer osti suvlari yaqin boʻlgan
joylarda muhim hisoblanadi.
Yoʻllarni muntazam tekshirish va texnik xizmat koʻrsatish orqali choʻkishlar
va boshqa zararlarni oldindan aniqlash va unga qarshi chora tadbirlarni qoʻllash. Uzoq
muddat davomida yoʻllarni saqlab qolish uchun rejalashtirilgan texnik xizmat
koʻrsatish ishlarini amalga oshirish kerak. Bu esa choʻkishlarni oldindan bartaraf
etishda katta yordam beradi.
8-rasm. Geologik qidiruv ishlarni va tuproq tahlillarini toʻgʻi tashkil etish va
oʻtkazish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
49
XULOSA
Avtomobil yoʻllaridagi choʻkishlar transport vositalari harakat xavfsizligiga
tahdid soladigan jiddiy muammo hisoblanadi.
Ushbu muammoning oldini olish uchun yoʻl qurilishida yuqori sifatli togʻ
jinslaridan foydalanish, samarali drenaj tizimlarini joriy qilish, yuk hajmlarini
hisobga olish va texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish zarur. Shuningdek, har bir
hududning geologik sharoitlariga mos ravishda yoʻl poyi va yoʻl toʻshamasini
qatlamlari mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega. Shu tarzda yoʻllarda
choʻkishlarning oldini olish va ularni barqaror holatga keltirish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Timoshenko, S.P., Goodier, J.N. (1970). Theory of Elasticity. McGraw-Hill.
2.
Das, Braja M. (2010). Principles of Geotechnical Engineering. Cengage
Learning.
3.
Huang, Y.H. (2004). Pavement Analysis and Design. Pearson Prentice Hall.
4.
TRL - Transport Research Laboratory (2010). Road Drainage and the Impact
on Road Performance. TRL Report.
5.
Austroads (2014). Guide to Pavement Technology: Part 5: Pavement
Evaluation and Treatment Design. Austroads Ltd.
6.
Austroads (2014). Guide to Pavement Technology: Part 5: Pavement
Evaluation and Treatment Design. Austroads Ltd.
7.
8.
O‘Roqov, Asliddin Xushvaqtovich, Qurbon Ochilovich Mo‘Minov, and
Jahongir Azamat O‘G‘Li Isayev. "AVTOMOBIL YO’LLARINI TA’MIRLASHDA
BITUM IMULSIYASINING O’RNI."
Academic
research
in
educational
sciences
3.TSTU Conference 1 (2022): 342-345.
9.
Касымходжаев, Б. К., М. Б. Тўхтаев, and Ж. А. Исаев. "АНАЛИЗ
СУЩЕСТВУЮЩИХ МЕТОДОВ ОЦЕНКИ РОВНОСТИ ДОРОЖНОГО
ПОКРЫТИЯ АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГ."
Экономика и социум
6-1 (97)
(2022): 625-631.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
50
10.
Isayev, J., A. Yuldashev, and N. Rajapov. "CARRYING OUT DIAGNOSTIC
WORK ON HIGHWAYS AND DRAWING UP A REGISTER OF
DEFECTS."
Science and innovation
3.A5 (2024): 76-79.
11.
Azamat o‘g‘li, Isayev Jahongir, Amanov Atabek Abdumalik o‘g‘li, and
Xamroqulov Jasurbek Faxriddin o‘g‘li. "TOSHKENT SHAHRIDAGI MANNON
UYG ‘UR KO ‘CHASINING TRANSPORT-EKSPLUATATSION KO
‘RSATKICHLARINI BAHOLASH.
12.
Исаев, Жаҳонгир. "АВТОМОБИЛЬ ЙЎЛЛАРИ РАВОНЛИГИГА
ТАЪСИР ҚИЛУВЧИ ОМИЛЛАРНИ ТАДҚИҚ ҚИЛИШ."
Journal of Integrated
Education and Research
1.7 (2022): 22-29.
13.
Худайбергенов С. К., Исаев Д. А. и Тухтаев М. Б. «ОЦЕНКА ТОЧНОСТИ
ДОРОЖНОГО ПОКРЫТИЯ».
Экономика и социум
6-1 (97) (2022): 137-140.
14.
Ўроқов, А. Х., Қ. О. Мўминов, and Ж. А. Исаев. "AВТОМОБИЛЬ
ЙЎЛЛАРИНИ МУСТАҲКАМЛИГИНИ ЎЛЧАШНИ МАВЖУД УСУЛЛАРИ:
AВТОМОБИЛЬ
ЙЎЛЛАРИНИ
МУСТАҲКАМЛИГИНИ
ЎЛЧАШНИ
МАВЖУД
УСУЛЛАРИ."
Ресурсосберегающие
технологии
на
транспорте
2021.2021 (2021): 294-297.
15.
Мухаммадалиевич, Ахраров Аброрбек. «Оценка транспортных и
эксплуатационных показателей улицы Маннон-Уйгур в Ташкенте».
Наука и
инновации
3.4 (2024): 390-393.
16.
Исаев Дж., Худайбергенов С. и Тохтаев М. «Изучение интенсивности
(скорости) движения на городских улицах (на примере улицы Шота
Руставели)».
Наука и инновации
2.A1 (2023): 43-46.