Authors

  • Arabova Gulsanam Saburovna

Author Biography

  • Arabova Gulsanam Saburovna

    Ma’mun  universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100521

Keywords:

Ibrohim G‘ofurov tarjima san’ati milliy mentalitet kolorit madaniy moslashuv tarjima nazariyasi badiiy tafakkur o‘zbekona ifoda xalq ruhiyati G‘arb adabiyoti.

Abstract

Mazkur maqola atoqli adabiyotshunos va tarjimon Ibrohim G‘ofurovning tarjimashunosligida milliy mentalitet masalasi, tarjima asarda milliy koloritni yaratishga yondashuvi tahlil qilinadi. Tarjimonning Shekspir, Dante, Tolstoy, Xeminguey kabi mualliflarning asarlarini o‘zbek tiliga moslashtirishda milliy ruh, xalq dunyoqarashi, qadriyatlar va madaniy tafakkur elementlarini qanday tarzda uyg‘unlashtirgani o‘rganiladi. G‘ofurov tarjimalarida milliy til ifodasi, obrazlar sistemasining mahalliylashuvi, mental tasavvurlarni saqlab qolish kabi jihatlar asosiy e’tiborda bo‘ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

177

TARJIMADA MILLIY MINTALITETGA XOS AN’ANALARINING

IFODA ETILISHIDA TARJIMONNING MAHORATI (IBROHIM

G’OFUROV TARJIMALARI MISOLIDA)

Arabova Gulsanam Saburovna

Ma’mun universiteti o’qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqola atoqli adabiyotshunos va tarjimon Ibrohim

G‘ofurovning tarjimashunosligida milliy mentalitet masalasi, tarjima asarda milliy

koloritni yaratishga yondashuvi tahlil qilinadi. Tarjimonning Shekspir, Dante,

Tolstoy, Xeminguey kabi mualliflarning asarlarini o‘zbek tiliga moslashtirishda

milliy ruh, xalq dunyoqarashi, qadriyatlar va madaniy tafakkur elementlarini qanday

tarzda uyg‘unlashtirgani o‘rganiladi. G‘ofurov tarjimalarida milliy til ifodasi,

obrazlar sistemasining mahalliylashuvi, mental tasavvurlarni saqlab qolish kabi

jihatlar asosiy e’tiborda bo‘ladi.

Kalit so‘zlar: Ibrohim G‘ofurov, tarjima san’ati, milliy mentalitet, kolorit,

madaniy moslashuv, tarjima nazariyasi, badiiy tafakkur, o‘zbekona ifoda, xalq

ruhiyati, G‘arb adabiyoti.

Аннотация: В данной статье представлен аналитический анализ

проблемы

национального

менталитета

в

переводах

известного

литературоведа и переводчика Иброгима Гафурова, имеющего национальный

колористический подход к переводимому произведению. В нем будет

рассмотрено, как переводчику удалось гармонизировать национальный дух,

народное мировоззрение, народный язык и культурное мышление при

адаптации произведений таких авторов, как Шекспир, Дэнни, Толстой и

Хемингуэй, на узбекский язык. В творчестве Гафурова перевод направлен на

выражение национального языка, формирование системы образов, сохранение

ментальных образов.

Ключевые слова: Иброхим Гафуров, искусство перевода, национальный

менталитет,

колорит,

культурная

адаптация,

теория

перевода,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

178

художественная мысль, узбекское выражение, народный дух, западная

литература.

Abstract: This article is an analytical analysis of the issue of national

mentality in the translation of the famous literary critic and translator Ibrahim

Gafurov, which has a national coloristic approach in the translation work. It studies

how the translator harmonized the national spirit, folk worldview, people's language

and cultural thinking in adapting the works of authors such as Shakespeare, Danny,

Tolstoy, Hemingway to the Uzbek language. In Gafurov's works, the main emphasis

is on translation, such as national language expression, the formation of a system of

images, and the preservation of mental images.

Key words: Ibrahim Gafurov, the art of translation, national mentality, color,

cultural adaptation, translation theory, artistic thinking, Uzbek expression, folk spirit,

Western literature.

Tarjimashunoslik eng avvalo millatlararo madaniy aloqalarni rivojlantirishda,

turli xalqlarning adabiy merosini o‘zaro boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir

tarjimon o‘zining badiiy didi, madaniy konteksti va til bilimlari asosida asarni yangi

tilga ko‘chiribgina qolmay o‘z tilidagi yangi bir asarni dunyoga keltiradi desak

mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tarjimashunosligida katta ahamiyatga ega

tarjimonlardan biri sifatida Ibrohim G‘ofurovning o‘rni alohida e’tiborga loyiqdir. U

o‘zbek tarjimonligi tarixida nafaqat buyuk adabiyot namoyandalarini o‘zbek tiliga

tarjima qilgani, balki tarjimada milliy mentalitetni saqlab qolish, madaniy moslashuv

jarayonlariga katta ahamiyat bergani bilan ajralib turadi.

Tarjimashunoslik insoniyat madaniy taraqqiyotining ajralmas bir qismi

bo‘lib, xalqaro muloqot, ilm-fan, san’at, madaniyat va adabiyot almashinuvi

jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, adabiy tarjima orqali bir xalqning

badiiy tafakkuri boshqa bir millatga yetkaziladi. Shu ma’noda tarjimonlar nafaqat til

ko‘prigi, balki madaniyatlar, urf-odatlar, tafakkur tizimlari orasidagi bog‘lovchi kuch

vazifasini bajaradilar. O‘zbek adabiyoti tarixida tarjimonlik an’analari qadimdan

mavjud bo‘lib, XX asr va undan keyingi davrlarda bu an’ana yangi bosqichga

ko‘tarildi. Ayniqsa, istiqlol davrida tarjimonlik faoliyati adabiyot taraqqiyoti bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

179

uzviy bog‘lanib, o‘zbek kitobxonini jahon badiiy tafakkurining eng nodir

namunalaridan bahramand qilishda muhim vositaga aylangani sir emas.

Ibrohim G‘ofurov – o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi sohasidagi

yirik arbob bo‘lishi bilan birga, iste’dodli tarjimon sifatida ham o‘z izini qoldirgan

ijodkordir. U tarjima sohasidagi sermahsul mehnati, poetik asarlarni jonli, ohangdor

va milliy ruhda o‘zbek tiliga ko‘chira olganligi bilan ajralib turadi. G‘ofurov

tarjimalarida nafaqat muallif uslubini saqlab qolish, balki asarning ichki falsafasini,

ruhiy holatini, estetik ohangini milliy tafakkur mezonlariga mos holda ifodalashga

intilish ustuvor o‘rin tutadi. Uning tarjima faoliyati tarjimonlik maktabi, ya’ni adabiy

merosni o‘zbek tiliga badiiy jihatdan chuqur va mukammal ko‘chirishda bir ibrat

maktabi sifatida qaraladi.

U tarjima qilgan asarlar orasida jahon adabiyotining buyuk durdonalari Dante

Aligyerining “Ilohiy komediya”si, Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba”,

“Qimorboz”, Mopassanning “Azizim”, Chingiz Aytmatov, Jeyms Joys, Pushkin,

Lermontov, Tyutchev, Rilke, Shiller kabi mumtoz shoirlarning she’riy merosi,

xalqaro adabiyotda yuksak baholangan doston va poemalar alohida o‘rin tutadi.

Mutarjim bu asarlarni o‘zbek o‘quvchisi ruhiyatiga mos, milliy ohangda qayta

yaratishga harakat qilgan. Shu bois uning tarjimalari o‘zbek adabiy tilining boyligini,

badiiy ifoda imkoniyatlarini namoyish etuvchi yorqin namunalar sifatida qaraladi.

Ibrohim G‘ofurov o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi sifatida adabiy tanqid,

nasr, publitsistika, tarjimonlik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida samarali faoliyat

yuritgan ijodkordir. Aynan tarjimonlik faoliyati esa uning ijodiy portretida muhim va

o‘ziga xos o‘rin egallashi yuqoridagi buyuk asarlarning muvaffaqqiyatli tarjimasidir.

U tarjimon sifatida, eng avvalo, adabiyotga fidoyilik, tarjimada mas’uliyat va

badiiylikni ustuvor deb bildi. Tarjimani shunchaki tilshunoslik faoliyati emas, balki

ijodiy jarayon – ruhiy va estetik uyg‘unlikni ta’minlovchi badiiy mehnat sifatida

ko‘rdi. Shuning uchun ham uning tarjimalari hayotiy, ohangdor va adabiy mazmun

bilan to‘yingan. U tarjima jarayonida muallif uslubini qayta yaratish, ruhiy holatlarni

milliy obrazlar bilan uyg‘unlashtirish, har bir so‘z, ibora va gap qurilishida

san’atkorona yondashuvga e’tibor qaratgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

180

Ibrohim G‘ofurov tarjimonlik faoliyatini XX asrning 60-yillarida boshlab,

keyinchalik bu sohada yirik nomlardan biriga aylandi. U tarjima qilgan asarlar turli

janrlarda – she’riyat, nasr, drama, esse, aforizmlar shaklida bo‘lib, bu janrlar doirasida

G‘ofurov o‘z tarjimonlik maktabini yaratdi. Tarjimada adib uslubi o‘ziga xos. U

nafaqat so‘zlar, balki konnotatsiya, ruhiy intonatsiya, ritmik muvozanatni saqlab

qolishga harakat qilgan. Bu esa uning tarjimalarini matnshunoslar va

adabiyotshunoslar tomonidan badiiy qimmatga ega, mustaqil ijod namunasi sifatida

baholanishiga olib kelgan.

Bundan tashqari, G‘ofurov tarjimalarining o‘ziga xos jihati – milliy til

imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solganidir. U o‘zbek tilining poetik

salohiyatiga ishonib, tarjimada milliy urf, xalqona iboralar, maqollar, fonetik

musiqiylikdan keng foydalangan. Ibrohim G‘ofurov tarjima qilgan asarlar o‘zbek

adabiyotiga nafaqat yangi badiiy tajriba olib kirdi, balki tarjimonlik maktabi sifatida

izlanishlarga, tarjima madaniyatining yuksalishiga xizmat qildi. U tarjima jarayonini

tahlil qilish, asliyat bilan qiyoslash, milliy ruhni anglash nuqtai nazaridan chuqur

estetik jarayon sifatida ko‘rdi. Bu borada olimning o‘zi esa bu borada: “Tilmochlar

ishlarning o'zaro muvofiq, adolatli bitishi va xalqlaming totuvliklariga xizmat

qiladilar. Ular insoniyat qavmlarini turli jaholat balo-ofatlari, behuda qirg'inlardan

saqlashga sa'yi-harakat qilardilar

1

.”

Ibrohim G‘ofurov tarjimalarining eng muhim xususiyatlaridan biri – ularning

badiiy jihatdan nafis, estetik jihatdan mukammal va ma’naviy jihatdan boyligidir.

Tarjima faqat so‘zlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilishi emas, balki asarning ichki

dunyosi, muallif ruhi, ma’naviy-falsafiy qatlamlari bilan birga o‘zlashtirilgan holda

yetkazilishidir. G‘ofurov tarjimalari aynan shu tamoyil asosida amalga oshirilgani

bois o‘zbek tarjimonlik maktabining yuksak namunasi sifatida e’tirof etiladi.

She’riyat tarjimasida eng muhim jihatlardan biri — ritmik tuzilish, vazn va ohangni

saqlab qolishdir. Ibrohim G‘ofurov tarjima qilgan Pushkin, Lermontov, Rilke yoki

Tyutchev kabi shoirlarning she’rlarida aynan mana shu poetik uyg‘unlik ustuvor

o‘rinda turadi. U vaznni saqlagan holda asliyatdagi emotsional kuch va musiqiylikni

1

I. G‘ofurov va boshqalar. ‘Tarjima nazariyasi”. Tafakkur bo‘stoni – Toshkent. 2012. – B 22.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

181

o‘zbek tili imkoniyatlari bilan ifodalaydi. Masalan, Pushkinning “Qor malikasi”

she’ri tarjimasida G‘ofurovning ohang, izchil ritm, so‘z tanlashdagi aniqlik va

betakrorlik mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi. U bunday she’rlarni nafaqat badiiy,

balki ruhiy holat va obrazli tafakkurga sodiq holda ko‘chira oladi. G‘ofurov tarjima

qilgan har bir asarda asliyat ruhi to‘laqonli seziladi. U tarjimada literal (so‘zma-so‘z)

yondashuvdan ko‘ra, semantik va konnotativ (ma’no qatlamlariga oid) yondashuvni

afzal ko‘radi. Bu orqali asar muallifining ichki falsafasi, estetik qarashlari o‘zbek

o‘quvchisi uchun tushunarli va qabul qilinadigan shaklda ifodalanadi.

Tarjimada ma’naviylik masalasi, ayniqsa diniy-falsafiy yoki ijtimoiy-falsafiy

mazmunga ega asarlar tarjimasida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ibrohim G‘ofurov

“Ilohiy komediya” tarjimasida nafaqat diniy obrazlar, balki axloqiy-estetik

tafakkurni, inson va Yaratgan o‘rtasidagi falsafiy munosabatlarni o‘zbek tilida ruhiy

uyg‘unlik bilan ifodalaydi. Ushbu tarjimada “Jahannam”, “A’rof”, “Jannat”

tushunchalari milliy mentalitetga mos, o‘quvchiga tushunarli va mushohada

uyg‘otuvchi ohangda berilgan. G‘ofurov Dante obrazlarini o‘zbek xalq og‘zaki ijodi

va tasavvufiy tafakkur elementlari bilan uyg‘unlashtirishga intiladi. Bu esa tarjimani

nafaqat ma’no, balki madaniy kontekstda ham boyitadi.

G‘ofurov tarjima tilini yuksak estetik mezonlar asosida quradi. U so‘zlar

zanjirini emas, balki ruhiy holat, emotsiya, kontekst va uslub uyg‘unligini bir butun

badiiy yaxlitlikda yaratishga intiladi. Har bir ibora ustida ishlaganda u nafaqat

lug‘aviy, balki poetik ma’noni ham hisobga oladi. Shu bois, uning tarjimalari o‘zbek

tili poetikasining imkoniyatlarini to‘liq namoyon etuvchi namunalardir. Olim

tarjimalari chuqur adabiy, madaniy va falsafiy qatlamlarga ega bo‘lib, ular orqali ikki

asosiy tamoyil uyg‘unligini ko‘ramiz: milliylik va universallik. Bu ikki tushuncha

ko‘pincha bir-biriga ziddek ko‘rinsa-da, G‘ofurov ularni o‘z tarjima amaliyotida

muvozanatli ravishda birlashtira oldi. Bu hodisa o‘zbek adabiy tafakkurining jahon

madaniy maydonida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ldi. G‘ofurov

uchun tarjimaning asosiy maqsadi — jahon adabiyotining nodir durdonalarini o‘zbek

o‘quvchisiga ona tili ruhiyatiga yaqinlashtirib yetkazishdir. Shu sababli, u tarjimada

milliy ruh, xalqona ifoda, o‘zbek adabiy uslubi va folklorona estetikani ustuvor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

182

qo‘yadi. G‘ofurovning Pushkin, Dante, Mopassan yoki Xeminguey asarlarini o‘zbek

tiliga mos ohangda, tabiiy va beg‘ubor tarzda tarjima qilishi, aynan mana shu milliylik

mezonlariga asoslangan. Masalan, Brodskiyning ekzistensialistik she’rlari G‘ofurov

tarjimasida xalqona so‘z boyligi, badiiy tafakkur va poetik obrazlar orqali o‘zbek

o‘quvchisiga yaqinlashtirilgan. U asarda mavjud murakkab tafakkurni mutolaa

qilishni osonlashtirish uchun turkiy obrazlar, maqollar, o‘xshatishlar va xalqona

poetik inversiyalardan foydalanadi.

Tarjima asarlarda milliy ruhiyatga sodiqlik bilan birga, universallik —

ya’ni, butun insoniyatga xos bo‘lgan muammolar, g‘oyalar va qadriyatlar ham muhim

o‘rin egallaydi. Asarlarning ko‘pi umuminsoniy mohiyatga ega bo‘lib, diniy, axloqiy,

falsafiy savollarni ko‘ndalang qo‘yadi. Masalan, Dante Aligyerining “Ilohiy

komediya” asari inson hayotining abadiylik, axloq, jazoga loyiq xatti-harakatlar,

ilohiy rahmat va tavba kabi masalalarini yoritadi. G‘ofurov bu asarni tarjima qilishda

o‘zbek o‘quvchisiga tanish bo‘lgan diniy-falsafiy ifodalarni topishga intilgan bo‘lsa-

da, asarning universallik jihatini – barcha zamon va makonlarga xos insoniy g‘am-

alam, ilohiy adolat, najot g‘oyalarini ham muvaffaqiyat bilan yetkazgan.

G‘ofurov tarjimalari o‘zbek adabiyoti bilan doimiy mushohada holatidadir. U

tarjima qilgan asarlar til jihatidan ham, mazmun jihatidan ham o‘zbek adabiy

makonida yangicha talqin etiladi. Shu bois, uning tarjimalari aksariyat hollarda

o‘zbek yozuvchilari, shoirlari uchun ham badiiy maktab vazifasini bajargan. Ular

o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini ko‘rib, tarjimaning ham milliy adabiyotga ta’sir

qiluvchi ijodiy jarayon ekanligini anglaganlar.

G‘ofurov faoliyati orqali o‘zbek adabiyoti Sharq va G‘arb madaniyati

o‘rtasida vositachilik qilish darajasiga yetdi. Tarjima jarayonida u Sharq

donishmandligi, islom falsafasi va turkiy dunyo tasavvurini G‘arb adiblarining fikr

va kechinmalari bilan bir zamin ichida uyg‘unlashtirdi.

Masalan, G‘ofurov Lorka yoki Brodskiyni tarjima qilganda ulardagi ichki

iztirob, inson ruhiyatining konfliktli holatlarini Alisher Navoiy yoki Bobur

poetikasiga xos ifodalar bilan berishga harakat qiladi. Bu uslubiy uyg‘unlik nafaqat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

183

tarjimaning madaniy darajasini, balki G‘ofurovning chuqur intellektual va ruhiy

tayyorgarligini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarjima asarlar o‘zbek adabiy tafakkuri

va milliy ruhini jahon adabiyoti bilan uyg‘unlashtirishda noyob hodisa hisoblanadi.

U G‘arb mualliflarining asarlarini tarjima qilishda nafaqat til, balki xalqning

mentaliteti, ruhiyati va estetik qarashlarini inobatga olgan holda, o‘zbek o‘quvchisi

uchun yaqin va tushunarli shaklga solgan. G‘ofurov tarjimalarida obrazlar, iboralar

va madaniy ramzlar milliy kontekstda jonlanadi, bu esa tarjimaning hayotiyligini va

milliy madaniyatga xosligini ta’minlaydi. Shunday qilib, G‘ofurov nafaqat tarjimon,

balki milliy tafakkur targ‘ibotchisi sifatida ham o‘z o‘rnini mustahkamladi. Uning

asarlari hozirgi va kelajak tarjimonlari uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

G‘ofurov, Ibrohim. Tarjimaning iztiroblari. — Toshkent: Yozuvchi nashriyoti,

2001. — 240 b.

2.

G‘ofurov, Ibrohim. Shekspir: Hayot, ijod va tarjima. — “Sharq yulduzi”

jurnali, 1994, №4. — B. 85–91.

3.

Qo‘chqorova Z. Tarjimada milliy mentalitet muammolari. — Toshkent:

O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti, 2016. — 112 b.

4.

Ro‘ziyev H. Tarjimashunoslik asoslari. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

— 180 b.

5.

Karimov A. Badiiy tarjima va madaniy moslashuv. — “Filologiya masalalari”

ilmiy to‘plami, 2015, №2. — B. 55–62.

6.

Venuti, Lawrence. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. —

London: Routledge, 1995. — 312 p.

7.

Saidov A. Milliy tafakkur va badiiy tarjima: nazariya va amaliyot. — Toshkent:

Akademnashr, 2019. — 148 b.

8.

Nurmatov B. Tarjimaning madaniy aspektlari. — “O‘zbek tili va adabiyoti”

jurnali, 2023, №1. — B. 44–50.

9.

Shakespeare, William. Romeo and Juliet. Edited by René Weis. — Oxford:

Oxford University Press, 2003. — 336 p.