MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
90
MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING JADIDCHLIK HARAKATIDA
TUTGAN O’RNI
XASANOVA NODIRA IBRAGIMOVNA
Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti
“Tarix va falsafa” kafedrasi dotsenti (PhD)
Email: nodira74xasanova@gmail.com
UDK: 9:433:908
ORCID
0009-0004-5344-5182
Yusupova Ma’rifat Mirzohid qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti talabasi
E-mail:aktamyormatov3 gmail.com
Annotatsiya:Mahmudxo’ja
Behbudiyning
jadidchilik
faoliyati
O’zbekistondagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy o’zgarishlar davrida muhim o’rin
tutgan.U jadidchilik harakatining yetakchi vakillaridan biri bo’lib, ta’lim va
madaniyatni modernizatsiya qilishga, zamonaviy ta’lim usullarini joriy etishga katta
e’tibor qaratgan.Behbudiyning faoliyati, ayniqsa o’zbek tilining o’rni va uni ilmiy va
madaniy ishlarda foydalanishga bo’lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi.U ta’lim
tizimida yangiliklarni joriy qilish orqali yoshlarni zamonaviy dunyoqarash va bilimga
ega qilishni maqsad qilgan..Bu mavzu Mahmudxo’ja Behbudiyning jadidchilik
harakatidagi ahamiyati, uning ta’lim tizimiga qo’shgan hissasi va bu
o’zgarishlarning jamiyat hayotida qanday ta’sir ko’rsatganini o’rganish orqali
yanada chuqur tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar: Ismoil Gaspirinskiy, jadid, duma, mustamlakachilik, sho’ro,
dramtruppa, mufti, jurnal, gazeta, usuli savtiya.Yusupova:
Abstract: The Jadidist activity of Mahmudkhodja Behbudi played an
important role in the period of social, political and cultural changes in Uzbekistan.
He was one of the leading representatives of the Jadidist movement, paying great
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
91
attention to the modernization of education and culture, the introduction of modern
teaching methods. Behbudi's work is especially distinguished by the role of the Uzbek
language and his passion for its use in scientific and cultural work. He aimed to
provide young people with a modern worldview and knowledge by introducing
innovations in the education system. This topic will be analyzed in more depth by
studying the importance of Mahmudkhodja Behbudi in the Jadidist movement, his
contribution to the education system, and the impact of these changes on the life of
society.
Keywords: Ismail Gaspirinsky, Jadid, Duma, Colonialism, Soviet, Drama
troupe, Mufti, Journal, Newspaper, Usuli Savtiya.
Аннотация: Джадидистская деятельность Махмудходжи Бехбуди
сыграла важную роль в период общественно-политических и культурных
изменений в Узбекистане. Он был одним из ведущих представителей
джадидистского движения, уделяя большое внимание модернизации
образования и культуры, внедрению современных методов обучения.
Творчество Бехбуди особенно отличается ролью узбекского языка и его
страстью к его использованию в научной и культурной работе. Он ставил
своей целью дать молодежи современное мировоззрение и знания путем
внедрения новшеств в систему образования. Эта тема будет
проанализирована более глубоко путем изучения значения Махмудходжи
Бехбуди в джадидистском движении, его вклада в систему образования и
влияния этих изменений на жизнь общества.
Ключевые слова: Исмаил Гаспиринский, Джадид, Дума, Колониализм,
Советский, Драматическая труппа, Муфтий, Журнал, Газета, Усули Савтия.
Kirish:
Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 - yilning 19 - yanvarida (hijriy 1291 -
yil 10 - zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida, Yomini mahallasida
diniy olim oilasida dunyoga kelgan. Ota bobolari Urganchdan Samarqandga kelgan.
Xususan kata bobosi Niyozxo’ja Urganchdagi mashhur qorilardan bo’lgan.Undan
Solihxo’ja ismli o’g’il qolgan. U ruslar Samarqandni egallamasdan oldin vafot etgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
92
Solixxo’jadan Behbudxo’ja ismli bir o’g’il, Huriniso va Najimaniso ismli qizlar
tug’ilgan. 1868 - yilda ruslar Samarqandga bostirib kirgach Behbudxo’ja oilasi bilan
Baxshitepa qishlog’iga ko’chib o’tadi va bu yerda imom va xatiblik lavozimida
ishladi. Mahmudxo’ja ham shu yerda dunyoga keldi. Qorilik va imom - xatiblik
orqasida kata boylik to’plagan Behbudxo’janing besh xotini bo’lib, Mahmudxo’ja
uning ikkinchi xotinidan tug’ilgan.Mahmudxo’ja Behbudiy 6 - 7 yoshlarida kata
tog’asi Muhammad Siddiq qo’lida xat va savod chiqardi. Shundan so’ng otasi o’g’lini
qorilikka tayyorlash maqsadida quronni o’rgatib boradi. Mahmudxo’ja qorilik bilan
qanoatlanmay, tog’asi mufti mulla Odil xuzuriga borib ilm o’rgandi. Behbudiyning
onasi 1893 - yilda, otasi 1894- yilda vafot etdi. Mahmudxo’ja otasining vafotidan
keyin o’qishni tashlab, turmush tebratishni ixtiyor etib, tog’asi Muhammad Siddiq
qo’lida mirzolik qildi. Tog’asi qozilik lavozimidan bo’shagach, Kobul volosti qozisi
mulla Zabir xuzuriga borib, mirzolik vazifasini bajardi.Ammo oradan ikki oy o’tmay
muftilik vazifasiga ko’tariladi va 1916 – yilgacha shu yerda xizmat qildi.
Behbudiy jadidchilik harakatining tamal toshi bo’lgan maktab islohotiga
qattiq kirishdi.Uning tashabbusi bilan 1903 - yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi va
Rajabamin qishloqlarida yangi maktablar tashkil qilindi. Adib ushbu maktablar uchun
“Risolayi asbobi savod” (1904), “Risolayi jug’rofiyayi umroniy” (1905), “ Risolayi
jug’rofiyayi Rusiy” (1905), “ Kitobat - ul atfol’ (1908), Amaliyoti islom” (1908),
Tarixi islom” (1909) kabi kitoblar yozgan.[1]
Asosiy qism:
Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkiston, Kavkaz,
Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy - siyosiy, ma’rifiy
harakatdir. “Jadid” arabcha so’z bo’lib, “yangi” degan ma’noni anglatadi. Jadidchilik
dastlab XIX asr 80 – yillarida Qirimda Ismoil Gaspirali rahbarligida vujudga keldi.U
1884-yil martda Qirimdagi Bog’chasaroy shahrida jadid maktabini ochdi va u “ usuli
savtiya tadrijiya” maktabi bo’lgan. Ismoilbek 1893- yilda Toshketga kelib, ziyoli
ulamolar bilan uchrashadi. Samarqandda bo’ladi. U yerdan Buxoroga borib, amir
Abdulahadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi va Mo’minxo’ja Vobkendiy,
g’ijduvonlik Domla Fozil say- harakati bilan dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Bu
maktabga “Muzaffariya” degan nom berilgan. Bundan so’ng 1893- yili Samarqandda,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
93
1898- yili Qo’qonda Salohiddin domla tomonidan, o’sha yili To’qmoqda “ no’g’ay
maktabi “ deb atalgan, 1899- yili eski Toshkentda Mannon Qori, Andijonda
Shamsiddin domla tomonidan jadid maktablari ochildi. 1900 - yili Buxoroda Jo’raboy
qori tomonidan yangi usuldagi maktab ochildi. 1903- yili Behbudiy o’z mablag’idan
Jomboyda maktab ochdi. Hoji Muinxon va Abdulqodir Shakuriylar bu maktabda
saboq berdilar. 1911- yilga kelib Turkistonda jadid maktablari 63 ta bo’lib, ularda
4106 bola tahsil olgan. Toshkentning o’zida 24 ta bunday maktablarda 1740 nafar
bola o’qigan. 1917 – yil o’lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod
o’quvchi bo’lgan. Jadidchilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq
madaniy - ma’rifiy harakatning, ya’ni eski maktablarninig qiyin o’qitish tizimiga
nisbatan yengil tovush usuliga asoslangan yangi uslub asosida o’qitishga
o’tishdangina iborat emasdi, ayni chog’da turk - islomiy huquqiy munosabatlarining
millatga o’rgatilishi, taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o’z ichiga olgan
edi.[2]
Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan biri Mahmudxo’ja
Behbudiy tarixda “Turkiston jadidlarining otasi” deb nom olgan. Fayzulla Xo’jayev
Behbudiy haqida bunday deydi: “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi
jihatidan o’sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani
bo’lmasa kerak”. Behbudiy Ismoil Gaspirinskiy yo’lga qo’ygan “ usuli jadid “
maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo’llanmalar bilan
ta’minlashda jonbozlik ko’rsatadi. Yangi tipdagi maktablarning milliy
taraqqiyotimizda muhim omil bo’la olishi mumkinligi haqida o’nlab maqolalar
yozadi.Maktab darsliklari yaratadi. Nashriyot tashkil qilib, darslik va qo’llanmalar,
xaritalar bosib chiqargani ma’lum. Bular ilk o’zbek maktablari uchun tuzilgan darslik
va qo’llanmalar sifatida emas, til- yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtayi nazaridan
muhim ahamiyatga ega.Bundan tashqari Behbudiy 1913-yilda “ Samarqand “ gazetasi
va “ Oyina “ jurnalini chiqaradi. Gazeta dastlab 2 so’ng 4 betlik bo’lib, o’zbek va
toijik tillarida haftada ikki marta chiqqan va moddiy tanglik tufayli 45- sonidan keyin
to’xtagani ma’lum. “ Oyina “ o’lkada o’zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. Xalq
orasida mashhur bo’lgan “ Oyina “ jurnali 1913 - yil 20 - avgustdan chiqa boshlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
94
Boshida haftada bir, 1914-yildan esa har o’n besh kunda bosilib chiqqan. 1914 - yil
52 - sonidan keyin “ Oyina “ o’z faoliyatini to’xtatishga qaror qiladi. Ammo idoraga
kelgan iltimoslar sabab 68 - sonigacha davom etdi. 1925 - yil 15 - iyundagina jurnal
faoliyati tugatildi.[3] Mahmudxo’ja Behbudiy 1893 - yildan Rossiya va xorijiy
mamlaktlarda nashr etilgan turkiy va forsiy matbuotlar bilan tanishib borar edi. U
1899 - 1900 yillarda buxorolik do’sti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi va sayohat
davomida Usmoniylar davlati hamda Misrda xalq ta’limi sohasida amalga
oshirilayotgan islohatlar va yangiliklar bilan tanishib chiqadi. U Samarqandga
qaytishi bilan “ Tarjimon “ gazetasiga azo bo’ladi. Mahmudxo’ja Behbudiy 1903-
1904- yillarda Moskva, Peterburgga, 1906- yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodda
xizmat safarida bo’ladi. Nijniy Novgorodda 1906 - yil 23- avgustida Rossiya
musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag’ishlangan qurultoy
chaqiriladi. Behbudiy ushbu syezdda turkistonlik vakillarning boshlig’i sifatida
qatnashdi va musulmonlarning ahvoli haqida nutq so’zlaydi.
1912 -yilda yozilib 1913- yilda bosilgan “ Padarkush “ dramasi Behbudiyga
juda katta shuhrat keltirdi. Garchi birinchi o’zbek dramasi “ Marhamlar “ bir yilcha
oldin Namanganda Abdulrauf Shahidiy tomonidan e’lon qilingan bo’lsada, bu sohada
ham karvonboshi bo’lib Behbudiy tarixga kiradi. Asar 1914 - yilning 15- yanvarida
Samarqand havaskorlari tomonidan sahnaga qo’yiladi. 27 - fevralda esa Toshkentdagi
mashhur “ Kolizey “da “ Turon “ truppasi o’z faoliyatini shu spektakl bilan boshlaydi.
Shundan so’ng Buxoro, Qo’qon, Andijon, Namangan, Kattaqo’rg’on kabi shaharlarda
sahnaga qo’yiladi. Asar jamoatchilikka, ayniqsa, adabiyotga kirib kelayotgan
yoshlarga qattiq ta’sir ko’rsatdi. Bu haqida Abdulla Qodiriy “1913-yilda chiqqan ”
Padarkush “ pyesasi ta’sirida “ Baxtsiz kuyov “ degan teatr kitobini yozib
yuborganimni o’zim ham payqamay qoldim “ deb yozgan edi.[4]
Jadidchilik harakatida Mahmudxo’ja Behbudiyning g’oyat katta ahamiyat
kasb etganligini hozirgi zamon tarixchilari ham e’tirof etadilar. XX asrning buyuk
mutaffakkirlaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiyning tarixiy dunyoqarashi haqida
aytib o’tmaslik ham mumkin emas. Behbudiyning ijtimoiy ong, uning rivojlanishi va
taraqqiyoti qanday tarixiy ahamiyat kasb etganligi, o’zining bir qator muammoli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
95
asarlari jumlasiga kiruvchi “ Tarix va Jug’rofiya “ nomli maqolasida aniq ifodalangan.
Uning aytishicha tarix va jug’rofiya fanlari o’sha paytgacha bid’at, gunohdan iborat,
deb hisoblab kelingan. Behbudiy esa, bu fanlarning o’z zamonasi uchun zarurligini
isbotlaydi, ayni paytda, ularni islomning mo’tabar fanlari sirasiga qo’shib, bu fanlar
jadid maktablarining ixtirosi emas, balki jamiyat hayotida qadimdan mavjud bo’lib
kelganligini ta’kidlaydi. Behbudiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni “ Aqilli ilmlar “
tushunchasi ostida birlashtiradi. “ Xalq tarixi, mamlakat tarixi, islom tarixini bilmay
turib oddiy musulmon, davlat arbobi, ruxoniy, olimlarning ham bo’lishi mumkin
emas “ deydi Behbudiy. Uning fikricha tarix hamma narsani - davlatning gullab -
yashnashi
va
inqirozining
sabablarini,
odamlar e’tiqodining holatini,
musulmonchilikning tanazzulini, islom ilohiy poydevorining buzulishini tushuntiradi.
Komil va adolatli inson bo’lish uchun, albatta, tarixni bilish kerak, birorta ham bilim
tarix ilmisiz komil bo’lmaydi. Behbudiy o’z xalqining taraqqiyotini nafaqat ma’rifat
bilan, balki siyosiy o’zgarishlar, mustaqillikka erishish bilan bog’lagan. O’zining
aksariyat maqolalarida rus chorizmining mustamlakachilik siyosatini ochib tashlaydi,
go’yoki bular mahalliy aholining foydasi uchun qabul qilinganday, aslida uning
ahvolini og’irlashtirishga yo’naltirilgan qonunlarni tanqid qiladi. U o’zining “ Bayoni
haqiqat “ nomli maqolasida “ Haq olinur berilmas “ deb ta’kidlaydi. Behbudiy boshqa
ko’plab jadidlar kabi mustamlakachilikka qarshi qon to’kishlarsiz kurash tarafdori
bo’lib, har qanday ko’rinishdagi inqiloblarga qarshi edi. U Duma ishini muntazam
ravishda kuzatib borgan va parlament kurashi orqali ko’p narsalarga erishish mumkin
deb hisoblagan. Uning fikricha har bir shahar va uyezddan bir nechtadan vakil saylash
kerak va Toshkentda Turkiston uchun yaroqli amaliy natija beradigan soliq qonunlari
va farmonlar chiqara oladigan katta markaz va majlis tashkil etish kerak. Bu majlis
Rossiya hukumati va musulmonlar o’rtasida vositachi bo’ladi. Bu Turkistonning
farovonligiga xizmat qiluvchi Turkiston uchun saylangan ma’murlarni
mustahkamlaydi deb hisoblagan. 1917 - yil 26 - noyabrda Qo’qonda
musulmonlarning IV favqulodda qurultoyi ish boshladi.Behbudiy shu qurultoyda
o’lka musulmonlar sho’rosining raisi etib saylandi. 27- noyabrga o’tar kechasi “
Turkiston muxtoriyati “ e’lon qilindi. Bu mustamlakadan mustaqillik tomon
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-27
Часть–
2_
Июнь
–
2025
96
qo’yilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning ma’naviy otasi Behbudiy edi.Ammo
1918 - yil 19- fevralda muxtoriyat boy berildi. Bu harakatlar bolsheviklar tomoanidan
xoinona bostirildi. 19 - 20- fevral kunlari shahar to’pga tutilib, 10 mingta
turkistonliklar o’ldirildi va 180 ta qishloqqa o’t qo’yildi. Behbudiy qiyinchilik bilan
Samarqandga qaytadi va bu yerda ham tura olmay, Toshkentga keladi. Bu yerda
Turkiston rus sovet hukumati bilan olib borilgan muzokaralar natija bermaydi.
Behbudiy esa 1919- yilning 25- martida Shahrisabzda qo’lga olinib, sirli bir tusda
Qarshi shahrida qatl etiladi. Uning o’limi haqidagi xabar bir yildan so’ng ma’lum
bo’ldi.1920- yilning aprelida butun Turkiston xalqi motam tutadi. Bunday alamli
xabardan so’ng, Fitrat “ Behbudiyning sag’anasini izladim “ nomli she’r bitadi.
Cho’lpon ham Behbudiyning fojiali o’limiga bag’ishlab she’rlar bitadi. Qarshi shahri
1926- 1937- yillarda 11 yil Behbudiy nomi bilan yuritilgan. Boris Pyaskovskiy 1922-
yildagi “ O’zbek teatri tarixi “ maqolasida uning maydonga kelishi haqida fikr yuritar
ekan, “ O’zbek teatrining asosini qo’yib beruvchi samarqandlik Mahmudxo’ja
Behbudiy” deb yozadi, adib nomida Toshkentda maorif kulubi, Samarqandda
kutubxona va dramtruppa, Turkistonning deyarli hamma shaharlarida uning nomiga
ochilgan maktablar, Buxoroda esa markaziy bosmaxona borligini ta’kidlaydi.[5]
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Naim Karimov. Toshkent. 2010.
2.
Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti, O’zbekiston tarixi kafedrasi. Andijon. 2015.
3.
Abdurashidov Zaynobiddin.Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent. 2022.
4.
Jadidchilik:
islohat,
yangilanish,
mustaqillik
va
taraqqiyot
uchun
kurash.Toshkent.1999
5.
Xamidulla Boltaboyev. Fitrat va jadidchilik . Toshkent. 2007.