Authors

  • Xudoyberdiyeva Gulbeka Voxobjon qizi

Author Biography

  • Xudoyberdiyeva Gulbeka Voxobjon qizi

     

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

    39B-24 Logistika guruhi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100543

Abstract

Ushbu ishda zamonaviy marketingda tobora muhim o‘rin egallayotgan emotsional marketing konsepsiyasi va uning mijozlarning xarid qilish qarorlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Tadqiqotda inson ongining hissiy va mantiqiy qaror qabul qilish mexanizmlari asosida emotsional reklama vositalarining samaradorligi tushuntirilgan. Coca-Cola, Apple, TOMS Shoes kabi brendlar misolida hissiyotlar orqali iste’molchida qanday munosabat shakllantirilishi, mijoz sodiqligini qanday oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi. Emotsional marketing – bu mahsulotni emas, balki mijozning o‘ziga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish orqali savdoni oshirish strategiyasidir. Ishda ushbu yondashuvning asosiy usullari, real hayotiy misollar va ularning psixologik izohlari asosida tahlil o‘tkazilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

101

EMOTSIONAL MARKETING VA MIJOZLARNING QAROR

QABUL QILISH JARAYONI

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

39B-24 Logistika guruhi 1-bosqich talabasi

Xudoyberdiyeva Gulbeka Voxobjon qizi

gulbeka1105@gmail.com

Ushbu ishda zamonaviy marketingda tobora muhim o‘rin egallayotgan

emotsional marketing konsepsiyasi va uning mijozlarning xarid qilish qarorlariga

qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Tadqiqotda inson ongining hissiy va mantiqiy

qaror qabul qilish mexanizmlari asosida emotsional reklama vositalarining

samaradorligi tushuntirilgan. Coca-Cola, Apple, TOMS Shoes kabi brendlar misolida

hissiyotlar orqali iste’molchida qanday munosabat shakllantirilishi, mijoz sodiqligini

qanday oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi. Emotsional marketing – bu mahsulotni

emas, balki mijozning o‘ziga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish orqali

savdoni oshirish strategiyasidir. Ishda ushbu yondashuvning asosiy usullari, real

hayotiy misollar va ularning psixologik izohlari asosida tahlil o‘tkazilgan.

Kalit so‘zlar: emotsional marketing, mijoz xulq-atvori, qaror qabul qilish,

hissiy reklama, brend sodiqligi, psixologik ta’sir, iste’molchi hissiyoti, reklama

strategiyasi, hissiyotga asoslangan marketing, mijoz ong osti

Reklama olamida juda ko‘p mahsulotlar bor, lekin hammasi ham odamlar

e’tiborini tortavermaydi. Ko‘pincha biz nimanidir tanlayotganimizda bunga o‘zim

qaror qildim deb o‘ylaymiz, aslida esa hissiyotlarimiz bu qarorni allaqachon biz

uchun qabul qilib bo‘lgan bo‘ladi. Aynan shuning uchun hozirgi marketingda

emotsiyalarga asoslangan yondashuv kuchli ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Emotsional marketing degani – bu mahsulotni emas, uning atrofidagi hissiyotni sotish

degani. Kompaniyalar mijozda iliqlik, quvonch, xavfsizlik, nostalgiya yoki orzu-

umid kabi hissiyotlarni uyg‘otishga harakat qilishadi. Masalan, Coca-Cola

reklamalarini eslasangiz: ular hech qachon “bizning ichimlik eng mazali” demaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

102

Ular do‘stlik, oilaviy quvonch, Yangi yil bayrami, bolalik kabi iliq his-tuyg‘ularni

ko‘rsatishadi. Natijada sizda brendga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi, va siz

hatto boshqa ichimliklar arzonroq bo‘lsa ham Coca-Colani tanlashingiz mumkin.

Yoki Apple brendini olaylik – ular mahsulotlarining texnik jihatlaridan ko‘ra,

hayotingizni qanday o‘zgartirishi haqida gapirishadi: yaratuvchanlik, ilhom, nafislik,

o‘zini erkin his qilish. Shu sababli Apple foydalanuvchilari o‘zini oddiy mijoz emas,

balki brend oilasining bir qismi deb his qilishadi.

Bu yerda yana bir muhim jihat bor: inson miyasi axborotni ikki yo‘nalishda

qayta ishlaydi – mantiqiy va hissiy. Hissiy qism, ya’ni “limbik tizim”, qarorlarni juda

tez qabul qiladi. Shuning uchun agar reklama sizda ijobiy emotsiyalar uyg‘otsa,

mantiqiy fikrlashga ulgurmasdan, sizda mahsulotga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi.

Shu sababli reklamalarda ko‘pincha bolalar, uy hayvonlari, musiqa, ranglar,

tabassumli odamlar, hayotiy voqealar ishlatiladi – bularning hammasi sizning hissiy

reaksiyangizni faollashtirish uchun.

Yana bir misol – TOMS Shoes kompaniyasi. Ular “sen bir juft poyabzal sotib

olsang, biz yana bir juftini muhtoj bolaga sovg‘a qilamiz” degan tamoyilni ilgari

surishdi. Bu oddiy poyabzal emas, balki siz o‘zingizni mehribon va saxiy insondek

his qiladigan poyabzal. Bu orqali ular mijozning o‘ziga nisbatan ijobiy hissiyotini

kuchaytirishdi.

Xuddi shunday tarzda emotsional marketing brend sodiqligini ham

kuchaytiradi. Odamlar o‘ziga yoqqan brendni unutmaydi, uni do‘stiga tavsiya qiladi,

hatto biroz qimmatroq bo‘lsa ham aynan o‘shani tanlaydi. Chunki u brend bilan

bog‘liq ijobiy xotiralarga ega. Misol uchun, siz bolalikda oila davrasida yeyilgan bir

shirinlikni eslab, katta bo‘lganingizda ham aynan o‘shani izlab topishingiz mumkin –

bu mantiq emas, bu hissiyot.

Shunday qilib, emotsional marketing – bu faqat reklama yaratish emas, balki

mijoz bilan chuqur, hissiy aloqa o‘rnatish demakdir. Bu aloqa orqali mijoz mahsulotni

emas, o‘zini yaxshi his qiladigan bir tajribani sotib oladi. Hozirgi kunda bu

yondashuvsiz brendlar uzoq vaqt raqobatda qolishi qiyin. Shuning uchun har bir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

103

marketing strategiyasi orqasida shunchaki mahsulotni targ‘ib qilish emas, inson

qalbiga yo‘l topish istagi bo‘lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YХATI:

1. Чекулаева, К. (2024). РОЛЬ УПРАВЛЕНИЯ КОРПОРАТИВНОЙ

СОЦИАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ В РАЗВИТИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Экономическое развитие и анализ, 2(8),

448-457.

Ашурова, Н., Чекулаева, К., & Ачилов, М. (2025). АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО

ОПЫТА МОДЕЛЕЙ КСО: РОЛЬ БИЗНЕСА В ПРЕОДОЛЕНИИ

ГЛОБАЛЬНЫХ КРИЗИСОВ. Передовая экономика и педагогические

технологии, 2(1), 248-261.

Ашурова, Н., & Чекулаева, К. (2024). ОСНОВЫ МЕТОДОЛОГИИ

УПРАВЛЕНИЯ КОРПОРАТИВНОЙ СОЦИАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ

ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Экономическое развитие и анализ, 2(9),

234-242.

Ашурова, Н., & Чекулаева, К. (2024). РОЛЬ СОЦИАЛЬНОГО ПАРТНЕРСТВА

В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ НАЛОГОВОЙ ПОЛИТИКИ РЕСПУБЛИКИ

УЗБЕКИСТАН. Передовая экономика и педагогические технологии, 1(1), 232-

240.

Bakoev, K. N., & Chekulaeva, K. A. (2021). ECONOMETRIC ANALYSIS OF

INDUSTRIAL PRODUCTION’S VARIANCE IN THE SECTION OF CITIES AND

DISTRICTS OF THE NAVOI REGION. Frontline Marketing, Management and

Economics Journal, 1(08), 7-14.

Бакоев, Х. Н., & Чекулаева, К. А. (2021). ДИСПЕРСИОННЫЙ АНАЛИЗ

ПРОМЫШЛЕННОГО ПРОИЗВОДСТВА В РАЗРЕЗЕ ГОРОДАХ И РАЙОНАХ

НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ. In ЭКОНОМИКА В ТЕОРИИ И НА ПРАКТИКЕ:

АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ И СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ (pp. 149-152).

Чекулаева, К. А. (2021). ОСОБЕННОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

ГЕОЛОГО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ

ОЦЕНКИ

И

РАЦИОНАЛЬНОГО


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

104

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ОСВОЕНИЯ

МРАМОРНЫХ

МЕСТОРОЖДЕНИЙ. Universum: технические науки, (12-2 (93)), 62-66.

Чекулаева, К. А. (2011). Разработка организационно-экономического

механизма рационального использования месторождений мрамора (Doctoral

dissertation, Московский государственный горный университет).

Чекулаева, К. А., & Эйрих, В. И. Экономика и управление на предприятии (по

отраслям). Экономика и управление, 100, 87-90.

Rabbonaqulovich, C. S. (2020). Advantages and distinctive features of venture

capital. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research, 9(3), 17-22.

Rabbonaqulovich, C. S. (2022). VENTURE CAPITAL AS AN ECONOMIC

CATEGORY. European International Journal of Multidisciplinary Research and

Management Studies, 2(05), 83-87.

Rabbonaqulovich, C. S. (2021). The role of venture capital in the innovative

development of a transformed economy. ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1746-1752.

Rabbonaqulovich, C. S. (2024). VENCHUR KAPITALI SHAKLLANISHINING

ILMIY-NAZARIY ASOSLARI. Economics and Innovative Technologies, 12(5), 22-

33.

Chulliyev, S. (2024). INNOVATSION JARAYONLAR BILAN VENCHUR

KAPITALI O ‘RTASIDAGI BOG ‘LIQLIK VA UNGA TA’SIR QILUVCHI

OMILLAR. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(5), 67-74.

Чуллиев, С. (2024). O ‘ZBEKISTONDA INNOVATSION TADBIRKORLIK VA

VENCHUR FONDLARINI QO ‘LLAB-QUVVATLASHNING USTUVOR YO

‘NALISHLARI. Economics and Innovative Technologies, 12(3), 1-14.

Latipov, N., Komilova, N., Makhmudov, B., Berdiev, K., Moslemzadeh, M.,

Chulliyev, S., ... & Hamroyev, M. (2024). Econometric modeling and forecasting of

environmental conditions of cities and population health problems: Case study of

Navoi and Zarafshan cities. Macedonian Journal of Ecology and Environment, 26(2),

169-181.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

105

Cho‘lliyev,

S.

(2022).

O

‘ZBEKISTONDA

TRANSFORMATSIYALASHAYOTGAN IQTISODIYOTNING INNOVATSION

RIVOJLANISHIDA VENCHUR KAPITALNING O ‘RNI. Economics and

Innovative Technologies, 10(5), 297-306.

Chulliyev, S. R. (2021). VENCHUR KAPITALI IQTISODIYOTNI INNOVASION

RIVOJLANTIRISH

OMILI

SIFATIDA. Oriental

renaissance:

Innovative,

educational, natural and social sciences, 1(10), 596-602.

Чуллиев, С. Р. (2020). СОСТОЯНИЕ ВЕНЧУРНОЙ ИНВЕСТИЦИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. РЕДАКЦИОННАЯ КОЛЛЕГИЯ, 67.

Чўллиев, С. Р. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА ВЕНЧУР КАПИТАЛИНИНГ

ШАКЛЛАНИШИ. Scientific progress, 2(7), 543-547.

Чўллиев,

С.

Р.

(2020).

ИҚТИСОДИЁТНИ

ИННОВАЦИОН

РИВОЖЛАНТИРИШДА ВЕНЧУР КАПИТАЛИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ

ХОРИЖ ТАЖРИБАСИ. Иқтисодиётда инновация, 4(3).

Чуллиев, С. Р. (2024, October). РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ

РИВОЖЛАНИШИДА ВЕНЧУР КАПИТАЛИНИНГ РОЛИ. In International

Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 10, pp. 16-18).

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich. (2024). The Significance of Venture Capital on

the Digital Economy. American Journal of Business Practice, 1(7), 47–52. Retrieved

from

https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/view/508

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich. (2024). Scientific-Theoretical Basis of Venture

Capital. American Journal of Business Practice, 1(6), 46–51. Retrieved from

https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/view/252

Чуллиев, С. (2024). ВЗАИМОСВЯЗЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ С

ВЕНЧУРНЫМ КАПИТАЛОМ И ФАКТОРАМИ, ВЛИЯЮЩИМИ НА

ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 67-

74.

Rashidov, M., & Toshimov, S. (2023). МИНТАҚАЛАРДА ЭРКИН ИҚТИСОДИЙ

ВА

КИЧИК

САНОАТ

ЗОНАЛАРИНИ

ЖОЙЛАШТИРИШ

ЗАРУРИЯТИ. Economics and Innovative Technologies, 11(4), 175-186.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

106

Rashidov, M., & Toshimov, S. (2023). МИНТАҚАЛАРДА ЭРКИН ИҚТИСОДИЙ

ВА

КИЧИК

САНОАТ

ЗОНАЛАРИНИ

ЖОЙЛАШТИРИШ

ЗАРУРИЯТИ. Economics and Innovative Technologies, 11(4), 175-186.