MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
241
ISSIQ IQLIM SHAROITIDA BINO VA INSHOOTLARNI BARPO
ETISH
Jo’rayeva Dilshoda Arapatali qizi 13-SHQKI-22 guruh talabasi,
Namangan Davlat Texnika Universiteti
Annotasiya: Maqolada issiq iqlim sharoitida bino va inshootlarni barpo etish
haqida tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: Bino, inshoot, grunt, issiq iqlim, baland harorat, sel
oqimlaridan, ko’chki, tosh tushishlar.
Kirish.
Issiq iqlim o’rtacha yillik havo xaroratining balandligi 200 C dan
yuqori, yozning davomiyligi 100 kundan ortiq, quyosh radiatsiyasi va insolyasiyasi
80 k Dj/m 2 yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Baland xarorat, quruqlik, havodagi chang
qurilish texnikasining ishlashini qiyinlashtiradi, ish sharoitining sanitar-gigienik
holatini yomonlashtirib, odamlarning sog’lig’i va ish qobiliyatini saqlash bo’yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi. Qurilish ishlarini bajarishda atrof-
muhitning himoyasi masalalariga jiddiy ahamiyat berish lozim, o’simlik qatlamiga
yoki tabiiy relefga nazoratsizlikdan zarar etishi oqibatida gruntlarning eroziyasi
jarayoni boshlanib, uni to’xtatishga ko’p sarflar qilishga to’g’ri kelishi yoki to’xtatish
ni imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Issiq iqlim sharoitida qurilish ishlari mutloq
ob‘ektning ishchi chizmalari, tashkiliy-texnologik xujjatlari asosida, hamda QMQ va
boshqa me‘yoriy xujjatlar talabiga rioya etgan holda olib borilishi kerak. Qurilish
maydonini tayyorlash. Qurilish maydonini tayyorlash ishlari tarkibiga quyidagilar
kiradi: maydonni vertikal tekislash; maydonni suvdan himoyalash va quritish
tadbirlari; ko’chuvchi qumlardan va gruntning ko’chishidan, sel oqimlaridan,
ko’chki, tosh tushishidan himoyalash qurilmalarini barpo etish va sh.k. Qurilish
maydonini vertikal tekislash loyiha echimlari asosida va atrof-muhitni himoya qilish
me‘yorlariga itoat qilgan holda bajarilishi lozim. Grunt qazilib, suriladi va ko’tarma
odatdagi usullarda barpo etiladi. murakkab strukturasi-o’zgaruvchan gruntli
maydonlarda tekislash ko’tarmasi hosil qilishda qumlardan, qurilish chiqindilardan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
242
va boshqa drenaj hosil qiluvchi materiallardan foydalanish man etiladi. Suvdan
himoyalash choralariga: ustki suvlardan himoyalash uchun suv oqizuvchi ariqchalar
qazish, strukturasi o’zgaruvchan gruntlarning namlanmasligi uchun kam suv
o’tkazuvchi ekranlar qurish. Tog’ oldi suv o’tkazuvchi ariqlar trassasi va
konstruksiyasi suv tushuvchi maydon o’lchami, yonbag’ir qiyaligi va yog’ingarchilik
jadalligi bo’yicha belgilanadi. Kam suv o’tkazuvchi ekran zichlangan sog’ gruntdan,
polimer plenkasi va boshqa materiallardan barpo etiladi.
Asosiy qism.
Qurilish maydonini sel oqimlaridan himoyalash: jala va qor
erishidan xosil bo’lgan suvlarni qisqa fursatda boshqa tomonga yo’naltirish; kotlovan
va to’g’onlarni to’suvchi sun‘iy suv uzatishni barpo etish; barer (to’siq) hosil qilish;
Grunt ko’chkilaridan himoyalashda quyidagi ishlar qilinadi: qiyaliklarni yuvilishdan,
atmosfera suvlarining shimilishidan saqlash, ular yuzasini mustaxkamlash va ushlab
turuvchi devor qurish; qiyalik tubining yaqinida er ishlari olib bormaslik.
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Livorno, Italy https: econferencezone.org March 17th -18 th 2022 2 Tog’
jinslarining surilishi va toshlarning yumalashidan himoyalash uchun turg’un
bo’lmagan uyumlarni buzib tashlash, bo’sh yotgan toshlarni olib tashlash, hamda
to’suvchi devor, galereya, ayvonlar qurish ishlari olib boriladi. Ushbu ishlar tarkibi
loyihada ko’zda tutiladi. Er ishlarini bajarish. Issiq iqlim sharoitida er ishlarini
bajarishda, agar qurilish maydonida strukturasi o’zgaruvchan gruntlar mavjud bo’lsa
yana ham qiyinlashadi, chunki ularning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilovchi
qo’shimcha ishlarni bajarishga to’g’ri keladi. Cho’kuvchan hamda bo’sh nam gruntlar
zichlanib va mustaxkamlanib tavsiflari yaxshilanadi.
Ko’pchuvchi gruntlarning qurilish xususiyatlari oldindan namlanib
yaxshilanadi; kompensatsiyalovchi grunt to’shamasi barpo etish; ko’pchuvchi grunt
qatlamini qisman yoki butunlay almashtirib yaxshilanadi. Gruntni oldindan namlash
quyidagicha amalga oshiriladi: chuqurligi namlanish satxidan 0.5-1 m yuqori bo’lgan
shaxmat tartibida skvajinlar kavlanib suv bilan to’ldiriladi. Grunt namlangandan
so’ng yuqori qatlami olib tashlanib 0.3-1 m qalinlikda gruntli to’shama barpo etiladi.
Kompensatsiyalovchi to’shama qumdan (changli qumdan boshqa) ustki qatlamda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
243
yoki ko’pchuvchi grunt qatlamida faqat lentasimon poydevorlarda kengligi 1.5 m
gacha barpo etiladi. Qo’pchuvchi gruntlarni almashtirishda, oldin ular qazilib olib
tashlanadi, so’ngra yangi grunt qatlamlab to’kilib zichlanadi. Sho’r gruntlarning
qurilish xususiyatlari kimyoviy usulda mustaxkamlanadi; qisman yoki butunlay
almashtiriladi, hamda kam suv o’tkazuvchi to’shama barpo etiladi. Er ishlarini
bajarishda mashinalar xarakatining yo’nalishi shamolning yo’nalishiga qarab
belgilanib, changlanishni kamaytirish uchun quruq gruntlar oldindan namlanadi.
Beton va temir-beton ishlarini bajarish. Beton va temir-beton ishlarini
bajarishda asosiy diqqatni beton qorishmasining qotish davrida unga yaxshi sharoit
yaratish ishlariga qaratish kerak. Havoning yuqori xarorati va kam namligi, quyosh
radiatsiyasining jadalligi va shamol tarzi beton qorishmasining tezda suvsizlanishiga
va plastik kirishishiga; konstruksiyalarda notekis xarorat maydoni vujudga kelishga,
hamda darzlar paydo bo’lishiga; sutka davomida xaroratning past-balandligi beton
strukturasining buzilishiga sabab bo’lib, bularning barchasi betonning mustaxkamligi
va boshqa fizik-mexanik xususiyatlarining pasayishiga olib keladi. Xarorat va
kirishish deformatsiyalarini kamaytirish maqsadida beton tarkibini tanlashda uning
mustaxkamligini pasaytirmagan holda sement sarfini kamaytirish. Bunga erishish
uchun betonning dastlabki xaroratini pasaytirish, plastikligini, suv ushlovchanligini,
havo tortuvchanligini oshiruvchi qo’shimchalar, yuzasi aktiv moddalarni beton
tarkibiga kiritish kabi choralar ko’rish lozim. G’ovakli to’ldiruvchilar ishlatilsa
yaxshi samara beradi. Beton qorishmasining tarkibini va retsepturasini qurilish
laboratoriyasi aniqlab beradi. Beton qorishmasini tashish usullari odatdagidek bo’lib,
bunda havo xarorati, tashish masofasi, ish bajarish sharoiti hisobga olinadi.
Tashish jarayonida beton qorishmasining suvsizlanmasligini qatlamlarga
ajralmasligini, yoyiluvchanligini va mehnat sarfining kam bo’lishligini ta‘minlash
zarur. Beton va temir-beton ishlari uchun barcha turdagi qoliplarni qo’llash mumkin,
ammo ulardan yig’ish va ajratish kam mehnat sarflanadigan, beton qorishmasidan
suvning kam yo’qotilishini ta‘minlaydigan, issiqlik o’tkazuvchanligi past bo’lgan
qoliplarga ustunlik beriladi. Ayrim xollarda issiydigan va issiqlik izolyasiyasi mavjud
qoliplar ishlatiladi. Qolip ishlari odatdagi usullarda bajariladi. Armatura buyumlarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
244
tayyorlayotganda armaturalarni changdan, korroziyadan va boshqa iflosliklardan
yaxshilab tozalash zarur. International Conference on Developments in Education,
Sciences and Humanities Hosted from Livorno, Italy https: econferencezone.org
March 17th -18 th 2022 3 Armatura ishlari odatdagi usullar bilan bajariladi. Beton
qorishmasi qurilish jarayonlari texnologiyasi fanida beton va temir-beton ishlari
bobida ko’rib chiqilgan usullar bilan quyilish joyiga uzatiladi. Bunda beton uzatuvchi
qurilmaning issiqdan qizib ketmasligini ta‘minlash zarur. Betonni joylashtirishdan
avval u joyni soya qilish va ish operatsiyasini etarlicha qisqartirish lozim. Ayrim
xollarda beton qorishmasi joylangandan so’ng 0.5...1 soat oralig’ida takroran
vibratsiyalanadi. Ushbu usul betonda darzlar paydo bo’lishini kamaytiradi. Havo
xarorati 250 C baland bo’lganda betonni joylashtirish ishlarini kechki va tungi
soatlarda bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yangi quyilgan betonni parvarishi
beton va temir-beton ishlarini bajarish davrining javobgarligi eng yuqori bo’lgan
davri hisoblanadi. Bu davr shunday tashkil etilishi lozimki, unda 147 betonning
qotishi uchun eng qulay sharoit yaratilib, beton suvini yo’qotmasligi zarur.
Issiq iqlim sharoitida odatdagiday betonga suv sepishga qat‘iy yo’l
qo’ymaslik kerak. Chunki suv va beton yuzasidagi xaroratning farqi konstruksiyada
darzlar hosil qiladi. Betonni parvarish operatsiyalari tarkibi qabul qilingan betonning
qotishi bilan belgilanib, odatdagi yoki tezlashtirilgan rejim bo’lishi mumkin.
Odatdagi rejimda betonga parvarish suvli va 2 davrdan iborat – dastlabki va asosiy.
Dastlabki davrda betonga parvarish yangi joylashgan betonni suv o’tkazmaydigan
materiallar bilan o’rash. Buning uchun polimerlar, o’rama materiallar, matolar,
lateksli yoki monomolekulyar bo’yoq tarkiblari, emulsiyalarni surish, sepish.
Dastlabki qarash davri qotayotgan betonning bevosita suvlanishiga mutloq yo’l
qo’yilmaydi. Ushbu davrning davomiyligi sementning turi va faolligiga, havoning
xaroratiga, konstruksiyaning ayrim jixatlariga va betonning 0.5 MPa mustaxkamlikka
ega bo’lishi vaqti bilan belgilanadi. Beton parvarishining asosiy davri betonning 70%
loyihaviy mustaxkamlikka ega bo’lishigacha davom etib, tizimli ravishda betonni
namlab turishdan iborat. Buning uchun suv ushlab turuvchi yopma, ―suvli basseyn
hosil qilinadi, konstruksiya yuzasiga to’xtovsiz suv purkab turiladi. Beton qotishining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
245
tezlashtirilgan rejimi o’rtacha va kichik xajmdagi konstruksiyalarda qo’llaniladi.
Buning uchun elektroilitish, elektroqizitish, termoaktiv qoliplar, induksion isitish va
boshqa betonga termik ishlov berish usullari tavsiya etiladi.
Bulardan foydalanishda konstruksiyaning ochiq yuzalari suvni o’zida
ushlovchi va suv shimuvchi materiallar bilan qoplanishi kerak. Bundan tashqari
betonni qotishini tezlashtirishda quyosh radiatsiyasidan foydalanish maqsadga
muvofiq. Buning uchun konstruksiya yuzasi yorug’lik o’tkazuvchan suv
o’tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi (plenkasimon o’rama yoki list
materiallar). Beton qotishini tezlashtiruvchi usullarni qo’llash ishning mehnat sarfini,
narxini pasaytirishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1.
Structural Analysis of Heat-Resistant Heat-Resistant Plate from Brick Battle /
A. S. Abdurakhmonov Uzbekistan, Namangan City, Namangan Engineering-
Construction Institute / Doctoral Student, International Journal of Innovative
Analyses and Emerging Technology | eISSN: 27924025 | Volume: 1 Issue: 4
2.
Ризаев Б.Ш, Абдурахмонов А.С. ОСОБЕННОСТИ ФИЗИКО-
МЕХАНИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ТЕПЛОИЗОЛЯЦИОННЫХ МАТЕРИАЛОВ
ДЛЯ КРЫШ - Вестник Науки и Творчества, 2018
3.
Razzakov S.J., Kholmirzaev S.A., Abdurahmonov A.S. Experimental study of
heat-resistant reinforced concrete slab // Nauchno-tehnicheskiy journal FerPI № 1,
2020, - 71-78 С.
4.
Абдурахмонов, С. Э., Мартазаев, А. Ш., Абдурахмонов, А. С., &
Хайдаров, А. А. (2018). Трещинообразование и водоотделение бетонной смеси
в железобетонных изделиях при изготовлении в районах с жарким
климатом.
Вестник Науки и Творчества
, (2), 35-37.
5.
Abdurahmonov, A., Madamiovna, K. D., & Egamberdiyeva, T. (2023). High
temperature resistant reinforced concrete made on the basis of industrial waste.
Best
J. Innov. Sci. Res. Develop
,
2
(3), 26-33.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
246
6.
Mirzakarimova, M. M., & Uzoqjonova, M. D. Q. (2023). O’zbekistonda
chiqindilarni qayta ishlash muammolarini o’rganish va bartaraf qilish.
Science and
Education
,
4
(11), 78-83.
7.
Abdurahmonov, A. S., Mo’minov, K. K., & Omonkeldieva, S. (2022).
XORAZM IQLIM SHAROITI VA LANDSHAFTIDA GUJUMNING O'RNI VA
AHAMIYATI.
PEDAGOG
,
1
(4), 453-460.
8.
D.t.s., рrof. A.Tukhtakuziev (SRIMA), D.t.s. Q.Imamkulov (SRIMA), PhD. B.
Gaybullaev (SRIMA), PhD Ass. Profe. K.Madumarov (NECI), PhD Ass. Profe.
Z.Buzrukov (NECI),PhD student N.Turaev (NECI). Definition Optimal Values Of
Device Parameters That Semi-Open Pomegranate Trees.
Journal Solid State
Technology.
Volume: 63 Issue: 6. Publication Year: 2020.
9.
Buzrukov Z., Yakubjanov I., Umataliev M. Features of the joint work of
structures and pile foundations on loess foundations //E3S Web of Conferences. –
EDP Sciences, 2021. – Т. 264. – С. 02048.
10.
Kh.Alimov, Z.Buzrukov, M.Turgunpolatov. Dynamic characteristics of pile
foundations of structures. //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2021. – Т.
264. – С. 02048