MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
346
YOZUV VA YOZMA NUTQNI SHAKLLANTIRISH: NAZARIYA VA
RIVOJLANTIRUVCHI MASHQALR TIZIMI
DEVELOPING WRITING AND WRITTEN SPEECH: THEORY AND
A SYSTEM OF DEVELOPMENTAL EXERCISES
ФОРМИРОВАНИЕ ПИСЬМА И ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ: ТЕОРИЯ
И СИСТЕМА РАЗВИВАЮЩИХ УПРАЖНЕНИЙ
Yo’ldosheva Maftuna Islom qizi
1
ANNOTATSIYA: Mazkur maqola ingliz tilida yozuv va yozma nutq
ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga qaratilgan bo’lib, unda
yozuv texnikasi va uni rivojlantiruvchi mashq va vazifalar ketma- ketligi, yozma
axborotni yaratishda diqqat qaratilishi kerak bo’lgan jihatlar va turli bosqichlarda
o’zlashtirilishi kerak bo’lgan yozma matnlar haqida ma’lumot beriladi.
KALIT SO’ZLAR: yozuv, yozma nutq, texnika, imlo, husnixat, kaligrafiya,
bosqich, tamoyil, grafika, harf, tovush.
ABSTRACT: This article is devoted to the issues of developing and
improving writing and written speech skills in English. It provides information
about the sequence of exercises and tasks aimed at developing writing techniques, the
aspects that should be considered when producing written information, and the types
of written texts to be mastered at various stages.
KEYWORDS: writing, written speech, technique, spelling, calligraphy, stage,
principle, graphics, letter, sound.
АННОТАЦИЯ:
Данная статья посвящена вопросам формирования
и развития навыков письма и письменной речи на английском языке. В ней
представлена информация о последовательности упражнений и заданий,
направленных на развитие техники письма, аспектах, на которые следует
1
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o’qituvchisi, Guliston Davlat Universiteti
tayanch doktoranti.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
347
обращать внимание при создании письменной информации, а также о видах
письменных текстов, которые необходимо усваивать на различных этапах
обучения.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: письмо, письменная речь, техника, орфография,
каллиграфия, этап, принцип, графика, буква, звук.
KIRISH
“Yozuv”
va
“yozma nutq”
tushunchalari metodistlar va psixologlar
tomonidan odatda turlicha talqin etiladi. Xususan,
yozuv
- ta’lim jarayonida odatda
texnologik yoki jarayonli jihat sanalsa,
yozma nutq-
fikrni yozma tarzda ifodalashga
qaratilgan murakkab aqliy – ijodiy jarayondir. Yozuv murakkab nutq faoliyat turi
sanalib, uni o’rganishda quyidagi jihatlar nazarda tutiladi:
1.
Yozuv texnikasi ustida ishlash, ya’ni
grafika
,
orfografiya
,
kalligrafiya
va
punktuatsiya
ko’nikmalarini shakllantirish;
2.
O’zlashtirilayotgan tilning grafik tizimi yordamida ma’no anglatadigan
axborotni tayyorlash malakalarini rivojlantirish( ya’ni yozma nutq). Raimesga ko’ra
fikrni ravon va samarali yetkazishga mo’ljallangan yozuvni yaratishda quyidagi
jihatlarga e’tibor berish zarur:
Maqsad: yozishdan ko’zlangan asosiy sabab;
O’quvchilar: kitobxonlar va ularning turli xussusiyatlari( qiziqishlari,
yoshi, jinsi, re’jalari, kelajakdagi orzulari, kasblari va hokozo);
Tarkib: dolzarblik, aniqlik, o’ziga xoslik, mantiqiylik va boshqalar;
Jarayon: G’oyalarni to’plash, saralash, qoralama yaratish, qayta ko’rib
chiqish va boshqalar;
Yozuv texnikasi: husnixat, imlo, kalligrafiya, tinish belgilari;
Tashkilyi qism: paragraflar, rivojlantirish, uyg’unlik, moslik;
So’z tanlash: idioma, lug’at, ohang;
Sintaksis: jumlalar tuzilish, gap chegarasi, stilistik tanlovlar va
boshqalar;
Grammatika: otlar, olmoshlar to’gri tanlanishi, zamonlar moslashuvi va
boshqalar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
348
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yozuv va yozma nutq tushunchalari hamda ularni o’rganishda e’tibor
qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar L.R.Sakaeva[1], R.A.Baranova[1] hamda I.A.
Bredixina[2] tomonidan tadqiq etilgan. Yozma nutqni shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi mashqlar to’plami, turli bosqichlarda yozma axborotning qanda
turlari o’zlashtirilishi masalasi G.Nagaraj[3], N.D.Galskova[4], N.I.Gez[4]
tomonidan o’rganilgan.
Berilgan maqolani tayyorlash jarayoni to’rt bosqichda amalga oshirilgan
bo’lib, ularga: adabiyotlarni to’plash, mos ma’lumotlarni tahlil qilish, qoralama
tayyorlash va uni qayta ko’rib chiqish bosqichlari kiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ona tili yapon, xitoy yoki arab tili bo’lgan o’quvchilarga ingliz tili yozuvini
o’rgatishda nafaqat yuqoridagi omillar balki yozish yo’nalishiga ham alohida e’tibor
berish talab qilinadi. Buni o’z navbatida dastlabki qiyinchilik deb hisoblasa ham
bo’ladi. Ular o’z ona tillarida yuqoridan pastga yoxud o’ngdan chapga qarab yozishga
odatlangan bo’lsalar, endi yozuv yo’nalishi chapdan o’ngga tomon harakat qiladi.
Bunda nafaqat qo’l harakati yo’nalishi o’zgaradi, balki bu o’zgarishlarni harakat-
motor analizatorlari boshqa yo’nalishda yozishga unday boshlaydi. Dastavvval, bu
ish odat tusiga kirguniga qadar doimiy e’tibor ostida, diqqatni jamlagan holda
bajarilsa, vaqt o’tishi bilan bu ko’nikmalar avtomatlashtiriladi. Natijada, o’quvchilar
endi hech bir chalg’ishlarsiz, diqqat markazini yozuv yo’nalishiga qaratmasdan turib
ham bemalol yoza boshlaydilar.
Yozma nutqni samarali o’rgatishdan avval yozuv texnikasi( grafika,
orfografiya, kalligrafiya, punktuatsiya) qoidalari o’rgatilishi talab etiladi. Dastavval,
ushbu texnikani rivojlantirish yo’llari va mashqalar tizimi bilan batafsil tanishib
o’tamiz. O’quvchilardan harflardan nusxa ko’chirish, tayoqcha, aylana chizish
so’ralganda yozish texnikasiga murojaat etilgan bo’ladi va odatda bu deyarli
payqalmaydi ham. Berilgan harflarni ko’chirish o’quvchilarda o’ziga bo’lgan
ishonchni oshiradi, sababi bu jarayonda deyarli xatoga yo’l qo’yilmadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
349
Matnlardan jumlalarni ko’chirish
- ushbu texnika qiziqarli
o’tkazilishi uchun bir nechta ustunlar va ularga mos so’zlar guruhlari aralash holda
beriladi. Bu jarayonda o’quvchilar berilgan so’zlarni muvoffiq keluvchi jadvalga
yozishlari so’radi. Bu jadvalni o’quvchilar qaysi bosqichda ekanligiga qarab doimiy
ishlatiluvchi kundalik so’zlardan olish yoki yuqori bosqichlarda o’zlashtirilayotgan
fan tarmoqlari asosida shakllantirish ham mumkin.
Rasmlarni/ so’zlarni jumlalar bilan juftlash
- jumlalarga mos
keluvchi so’z yoki rasmni ular bilan biriktirish so’raladi.
Aniqlash va to’g’ri gaplarni ko’chirib yozish
- bir nechta xato va
to’g’ri tuzilgan gaplar beriladi va o’quvchilardan ularning xatolarini tuzatish va
daftarlariga ko’chirib yozish so’raladi. Bu usulning shunisi samaraliki, so’zlarni
o’zlashtirilgan grammatika yoki lug’atlarga ko’ra xato ko’rinishda berish mumkin,
natijada o’rganilgan darsdan o’quvchilarning ko’rsatkichi qanday ekanligi ayon
bo’ladi.
Imlo va punktuatsiya qoidalarini o’rgatishda yoxud mustahkamlashda esa
quyidagi vazifalardan foydalanish mumkin:
To’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlash
- so’zlar ro’yxati beriladi va
o’quvchilar to’g’ri yozilgan so’zlarni ko’chirishlari talab qilinadi.
Apostroflar
- ko’pincha o’quvchilar apostrofni qayerda qo’llashni
bilishmaydi. Ularga egalik shakllarini berish va parafrazalangan ko’rinishini yozishni
so’rash orqali ularda apostroflarni ishlatish bilanb bog’liq muammolarga barham
berish mumkin.
Bo’shliqlar
- gap tarkibidagi barcha so’zlar va so’zlarni tashkil qilgan
harflar biri biriga ulab yoziladi va o’quvchilarda ularni to’g’ri shakllantirish so’raladi.
Aralash harflar -
so’zning harflari aralash holda beriladi va to’g’ri
so’zni yasash so’raladi. Bu jarayonni ham o’quvchilarning bilim darajalari va
o’rganilgan mavzular asosida tashkillashtirish yanada samarali kechadi.
Yakunlash
- dialog, gaplarni yakunlash so’raladi. Bunda nafaqat
gaplarni yakunlaydilar, balki uni mantiqan avvalgi gaplarga bog’laydilar va mos
grammatik va sintaktik formada tuzishlari ham talab etiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
350
G.V.Rogovaga ko’ra ingliz tilining
imlo qoidalarini
o’rganishda besh turdagi
so’z guruhlarini ajrata bilish talab etiladi, ularga:
1-Guruh
-
fonetik tamoyilga
bo’ysinadigan so’zlar kiritiladi hamda harf va
tovushlar soni muvoffiq keladi:
bed, sit, mud, not
va boshqalar.
2-Guruh
- harf yozilsa ham talaffuz qilinmaydigan so’zlar shu guruhga
mansub:
nine, make, rose, mine
so’zlaridagi so’nggi
“e”
talaffuz qilinmaydi.
3-Guruh
- bir tovushni bildiruvchi turli harflar va harf birikmalararidan iborat so’zlar.
Masalan,
[ə:]
tovushi
ir, er, ur
orqali ifodalanadi.
4- Guruh
– turli tovushlar bilan o’qiladigan harf birikmalariga ega so’zlar:
ea
— [i:] (
clean
), [e] (
head
), [ei] (
break
);
ai, ay, ei, ey
— barchasi [ei] sifatida o‘qiladi,
lekin
ai, ei
odatda
so‘z boshida yoki o‘rtasida
:
main, eight
;
ay, ey
esa
so‘z oxirida
:
may, grey
.
5-Guruh
-
tarixiy imlo tamoyiliga
asosan murakkab so’zlar shular
jumlasidandir. Bunday so’zlar imlosi ko’p marotaba yozish va ko’rish orqali amalga
oshiriladi.Bularga:
one, two, daughter, busy
va boshqalar kiradi.
Yozma nutq barcha ta’lim bosqichlarida ta’lim maqsadi sifatida talqin
etiladi. Uning yakuniy talabi sifatida fikrni yozma ravishda bayon eta olish
qobiliyatini rivojlantirish, bir so’z bilan aytganda yozma nutqdan muloqot vositasi
sifatida foydalana olish ko’nikmasi nazarda tutiladi. Galskova va Gezga ko’ra
boshlang’ich bosqichni ( I-IV sinflar) tugatgach o’quvchilar bayramlarlar, tug’ilgan
kun bilan tabriklay olishi, darslikdagi oddiy rasmlarni tasvirlay olishi, o’z manzili,
ismi, sanani to’g’ri yoza olishi, xatni boshlashi va yakunlay olishi, matn asosida
savollar tuza olishi kerak bo’ladi. O’rta bosqichga kelib esa (V-VII sinflar) yozma
axborotlar hajmi kengayadi va sifat ko’rsatkichi oshishi kerak. Ushbu bosqichda ular
chet ellik do’stiga oilasi, hobbisi, maktabi, sevimli fani va hokozalar haqida ma’lumot
bera olishi, muloqotdagi sherigidan ham xuddi shu kabi savollarni so’ray olishi,
gazeta yoki jurnallarga shu til ma’daniyati qoidalariga rioya qilgan holda xat yoza
olishi, o’qilgan matndan kelgusida foydalanish uchun kalit so’zlarni ajratib olish,
re’ja tuzish va boshqalar. Katta bosqichga kelib esa (VIII-IX sinflar) yozish borasida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
351
o’quvchilar yuqori darajaga erishishlari kerak bo’ladi. Ular muloqot mavzulari
kengligi, mustaqil fikrlash qobilyatlarini ham ishga solishlari kerak bo’ladi, hamda
muhoka qilingan masala mohiyatini mantiqan bayon qila olishlari, og’zaki nutq uchun
tezish yoki re’ja tuzishlari, o’qilgan , eshitilgan ma’lumotni yozma qayd qila olishlari
kerak. Yo’naltirilgan bosqichda esa ( X-XI sinflar) yozma nutqdan kommunikativ
kompetensiya darajasi yozuvni ta’limiy, kasbiy, o’z- o’zini o’qitish faoliyatida
samarali foydalanish imkonini berishi kerak. O’quvchilar endilikda yanada keng
qamrovli, chuqur fakt, voqealarni tasvirlashlari, shaxsiy fikr va munosabatni bildira
olishlari, ikkinchi darajali matnlar yaratishlari talab etiladi.
XULOSA
Maqolamizdan shuni xulosa qilishimiz mukinki, ingliz tilida yozuv va yozma
nutq ko’nikmalarini shakllantirish qator omillarga bog’liq bo’lib, ularga: chet tilining
yozuv yo’nalishida erkin harakat qila olish, imlo, xusnixat qoidalaridan yetarlicha
habardor bo’lish hamda punktuatsion bo’ysunishlarga amal qilish orqali yozma nutq
axborotini yareatish mumkin bo’ladi. Yozma maxsulotning turlari va ta’limning qaysi
bosqichida o’rgatilishiga ko’ra turli mashqlar vav vazifalar to’plamini keltirish
mumkin.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Л.Р. Сакаева, А.Р. Баранова. Методика обучения иностранным языкам.–
Казань, КФУ, 2016.-C.189.
2.
И. А. Бредихина. Методика преподавания иностранных языков :
Обучение основ ным видам речевой деятельности : учеб. пособие; М-во
образования и науки Рос. Федерации, Урал. федер. ун-т. — Екатеринбург : Изд-
во Урал. ун-та, 2018.-C.104.
3.
Geetha Nagaraj. English language teaching: approaches, methods, techniques.
Third edition.-India, Orient Blackswan private limited, 2021.-P.242.
4.
Гальскова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам.
Лингводидак- тика и методика учеб. пособие для студ. лингв. ун-тов и фак. ин.
яз. высш. пед. учеб. заведений.- М.: Издательский центр «Акаде- мия», 2006.-
C.336.