MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
107
IERONIM MEGIZERNING “TURKIY TIL NEGIZLARI” ASARIDA
TURKIY TIL ETIMOLOGIYASINING IFODALANISHI
Mahkamova Dilafruz Shavkat qizi
@mail:dilafruz-mahkamova@mail.ru
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
1-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya. Maqola XVII asrda Leyptsig shahrida bosmaxona usulida chop
etilgan, Ieronim Megizer qalamiga mansub, yevropaliklar uchun turkiy tillarni
o‘rganishga bag‘ishlangan, turkiy til grammatikasi, turkiy xalqlar madaniyati,
siyosiy munosabatlari, adabiy janrlari, xususan, asarning ikkinchi bobida keltirilgan
turkiy tillar etimologiyasining tarjimasi va tahliliga oid. Tahlil jarayonida ismlar,
turlanish, kelishiklar, sifatning darajalari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar: Ieronim Megizer, “Turkiy til negizlari”, etimologiya
Annotation. This article examines a 17th-century work authored by
Hieronymus Megiser and printed in Leipzig, which was intended to facilitate the study
of Turkic languages for European audiences. The publication encompasses essential
aspects of Turkic grammar, the cultural context of Turkic-speaking peoples, political
relations, and literary genres. Special attention is given to the second chapter of the
work, which presents a translation and philological analysis of the etymology of
Turkic languages. The study provides detailed insights into noun morphology,
including declension patterns, grammatical cases, and the comparative forms of
adjectives, thereby contributing to historical and descriptive Turkology.
Keywords: Hieronymus Megiser, Foundations of the Turkic Language,
etymology
Turkiy til grammatikasini bosma shaklda nashr qilgan ilk yevropalik
tadqiqotchi Ieronim Megizerdir. To‘rt kitobdan iborat “Turkiy til negizlari”asari —
Institutionum linguae Turcicae libri quatuor — 1612-yilda Leyptsigda lotin tilida
nashr etilgan va hozirda Leyptsig universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Bu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
108
asarning ikkinchi bobi turkiy tillar etimologiyasiga bag‘ishlangan. “Har qanday
tilning so‘z boyligi u tarixiy, yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan
tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z
boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan
tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan
lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda.”[1] “Turkiy til negizlari”
asaridagi lug‘atlar, etimologik tahlillar, tahlil jarayonida misol tariqasida adabiy
janrlarning berilishi turkiy tillar to‘rt asar avval ham yevropaliklar tadqiqotlarining
keng ko‘lamdagi o‘rganish obyekti bo‘lganini, turkiy tillar grammatikasining yaxshi
rivojlanganligini ko‘rsatadi. Rus tilshunos-olimi, etimologi Vasiliy Abayev italyan
tilshunosi Vittore Pisanining “L’etimologiya: storia – questioni – metodo” asari
ruscha tarjimasi - “Etimologiya: istoriya, problemi, metod” (1956) nashriga so‘zboshi
yozar ekan, quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “So‘z tarixi xalq tarixi bilan chambarchas
bog‘liq. Shuning uchun ham muhim tarixiy va etnogenetik muammolarni hal qilishda
etimologik tadqiqotlar birinchi darajali ahamiyatga ega. So‘z tarixi, ularning kelib
chiqishi va rivojlanishi ayni paytda inson tafakkurining tabiat va ijtimoiy hayot
hodisalarini idrok etish, ularni o‘zlashtirishga qaratilgan ko‘p asrlik sa’y-harakatlari
tarixidir. Shunday qilib, etimologik tadqiqotlar tilshunoslikning 2 ta asosiy
muammosi: “til va tarix”, hamda “til va tafakkur” muammolari bilan bevosita
bog‘liq.” [2] Megizerning turkiy til etimologiyasini o‘rganishdan maqsadi ham turkiy
xalqlar tafakkuri, tarixi, etnogenezi, ijtimoiy hayotini tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
“Turkiy til negizlari” asarining ikkinchi bobining 1-qismi otlarning turlanishi
haqidagi mulohazalardan iborat. Unda quyidagi izlanish natijalarini kuzatish
mumkin: Turkiy tilda ot turkumida jinsga aloqador muzakkar va muannas atamasi
kuzatilmaydi. Shuning uchun ayollarga ham, erkaklarga ham bir xil jumla
ishlatilaveradi: “bu ayol”, “bu erkak”, “bu hayvon”. Raqamlar lotin tilidagi bilan bir
xil. Otlar unli (tor yoki keng bo‘lishi mumkin) va undosh harf bilan tugashi mumkin.
Undosh tovush bilan tugaydigan so‘zlarning turlanishi har doim bir xil. Chunki har
bir kelishik uchun maxsus qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular ko‘plikda ham, birlikda
ham ayni holda ishlatiladi. Masalan, Beg so‘zi – “bek”, “podsho” degani bo‘lib, bosh
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
109
kelishik va birlikda. Agar bu so‘zga “-ung” qo‘shimchasi qo‘shilsa, Begung –
“beking” hosil bo‘ladi. Agar “-e” qo‘shimchasi qo‘shilsa, jo‘nalish kelishigi Bege –
“bekga” hosil bo‘ladi. Shu tariqa, har bir kelishikda o‘ziga xos qo‘shimchalar mavjud.
Beg – bosh kelishik, Begung – egalik shakli (genitiv), Bege – jo‘nalish shakli, Begni
– tushum shakli, Begde – o‘rin-payt, Begden – chiqish.
Murojaat shakli esa bosh kelishikka “ja” so‘zini qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Ja Beg – “ey bek!” Bu holat turkiy tillarda keng tarqalgan. Ko‘plik shakl odatda “-
lar” ko‘plik qo‘shimchasi orqali hosil qilinadi. Adamlar – “odamlar”, Begler –
“beklar”. “-lar” qo‘shimchasi asosda A yoki O tovushi bor so‘zlarga qo‘shiladi, agar
bunday unlilar bo‘lmasa, “-ler” shakli qo‘llanadi. Beg -begler. Hatto fe’llarning
yasalishi jarayonida ham ayrim barqaror shakllar saqlanib qolgan, masalan: jazor,
jazor; jazator, jazoradur; defer itar; defer itmez; — bu shakllar qadimiy matnlarda
uchraydi.[1-rasm]
Bu shakllarning ayrimlari uzoq muddatgacha saqlanib qolgan. Ba’zilarining
qo‘llanishi ko‘proq poetik (she’riy) uslubda bo‘lgan. Biroq nomlardan hosil qilingan
yasalma birliklar ham qadimiy bo‘lib, ular tilning dastlabki bosqichlarida paydo
bo‘lgan. Ular orasida ayrim qo‘shimchalar hozirgacha ma’lum ma’nolarni ifodalash
uchun saqlanib qolgan.
1-rasm
CamScanner
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
110
2-rasm
Ismlar turlanishi haqida [2-rasm izohi]
A. Tellus, Ventum — Yer, Shamol
S. Telluris, Venti — Yerni, Shamolni
D. Telluri, Vento — Yerga, Shamolga
A. Tellurem, Ventum — Yerning, Shamolning (qarashlilik holatida)
V. Tellus!, O Vente! — Ey Yer! Ey Shamol!
A. Tellure, Vento — Yer bilan, Shamol bilan
Ko‘plik (Pluraliter):
N. Tellures, Venti — Yerlar, Shamollar
G. Tellurium, Ventorum — Yerlarning, Shamollarning
D. Telluribus, Ventis — Yerlar, Shamollarga
A. Tellures, Ventos — Yerlarni, Shamollarni
V. Tellures!, Venti! — Ey Yerlar! Ey Shamollar!
A. Telluribus, Ventis — Yerlar bilan, Shamollar bilan
Shunday qilib barcha ismlar konsonant bilan tugaydigan guruhlarda quyidagi
asosiy holatlar bo‘yicha turlanadi. Har bir tilda bu umumiy qoida sifatida qo‘llaniladi.
CamScanner
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
111
3-rasm
2-qism — Ismlarning darajalari haqida bo‘lib, shunday izohlar keltiriladi:[3-
rasm izohi]
Qadimgi turkiy matnda (turkiy tilida) shunday deyiladi:
Ismlarning darajalari qoidasi shundan iboratki, agar sifatga “-rek”
qo‘shimchasi qo‘shilsa, taqqoslovchi (solishtirma) daraja hosil bo‘ladi.
Agar oldiga "eng" kabi so‘z qo‘shilsa, orttirma daraja hosil bo‘ladi.
Misollar:
Jeg — yaxshi
Jegrek — yaxshiroq
Jegrek’ jegrek — eng yaxshi
Khetm — o‘xshash
Khetmes — yomonroq
Khetmes’ khetmes — eng yomon
Gajeibieg — mo‘jizaviy
Gajeibiekhem — eng mo‘jizaviy
Daraja -den va -dan qo‘shimchalari orqali ifodalanadi, bu qo‘shimchalar lotin
tilidagi ab ma'nosini bildiradi. Bu qo‘shimchalar taqqoslanayotgan narsaning nomiga
qo‘shiladi, masalan: tusdgïke baldan datï — asalga qaraganda shirinroq.”
Senden büük — “sendan katta”; senden kutshuck — “sendan kichik”. Bu
taqqoslash usuli shunday ishlatiladiki, unda ko‘rsatilgan qo‘shimcha
taqqoslanayotgan narsa nomiga qo‘shiladi va shu orqali unga nisbatan boshqa narsa
kichikroq yoki kamroq ekanligi ifodalanadi.
3-qism turkiy tillarning o‘ziga xos yasalish xususiyati haqida bo‘lib,
yangi ismlar hosil qilishda ma’lum qo‘shimchalarni qo‘llash orqali boshqa tillardan
farq qilishi izohlangan. Bu qo‘shimchalar so‘zning orqasiga qo‘shiladi va misol
tariqasida ba’zi so‘zlarni keltirish mumkin:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
112
Masalan, at – "ot"; atlı – "otli"; akıl – "aql"; akıllı – "aqlli"; gayret – "g‘ayrat";
gayretli – "g‘ayratli"; yürek – "yurak"; yürekli – "yurakli"; sems – "semiz"; semsiz –
"semizsiz" (ya’ni, semizliksiz).
Bu -li qo‘shimcha orqali hosil bo‘lgan so‘zlar turli ma’nolar beradi. Masalan:
demir – "temir", demirli – "temirli", odun – "yog‘och", odunlu – "yog‘ochli"; toprak
– "tuproq", topraklı – "tuproqli"; ağa – "aga", ağalı – "agalik qilgan". Bu kabi
qo‘shimchalar orqali egalik yoki tegishlilik ma’nolari ifodalanadi. Masalan,
Stambollu – "Istanbuldan (chiqqan)", Petriçli – "Petriçlik", Otomonlı – "Usmoniy",
Edirneli – "Edirnadan (chiqqan)", Türkçe – "turkcha", Arapça – "arabcha", İngilizce
– "inglizcha" kabi.
Lotin tillarida esa bu kabi qo‘shimchalar asosan ism yasovchi funksiyani
bajaradi, ba’zida sifat yasovchi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, hasta – "kasal",
hastalık – "kasallik". Abstrakt (mavhum) nomlar ko‘proq shu yo‘sinda hosil qilinadi.
Demak, bu qo‘shimchalar har bir tilda o‘ziga xos morfologik vazifani
bajaradi.
“Turkiy til negizlari” asari fonetika, etimologiya, folklorshunoslik,
lingvistika, leksikografiya sohalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu asar XVIII asr oxiriga
qadar Yevropada turkiy tillarni o‘rganish uchun muhim manba vazifasini bajargan.
Maqola asarning etimologiyaga bag‘ishlangan qismini tahlil qilib, o‘sha davr
leksikoni va grammatikasining bugungi kunga ancha yaqin ekanini ko‘rsatadi.
Etimologiyani tahlil qilish til bosib o‘tgan bosqich mobaynida qay darajada
shakllangan va rivojlangani, yevropaliklar tadqiqida qay holda aks etganini
ifodalashda muhim vazifa bajaradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
113
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Dadaboyev H. “O‘zbek terminologiyasi”. T.-2019, 16-bet.
2.
V.Pisani. “Etimologiya: istoriya, problemi, metod”. M.,1956
3.
Elze T. Ieronim Megizer. Umumiy nemis biografiyasi (Allgemeine Deutsche
Biographie). – Jild XXI. – B. 183–185.
4.
Dilichar A. 1612 yilda Yevropada nashr etilgan ilk turkiy grammatikaga oid
xususiyatlar. – IDAYB, 1970. – B. 197–210.
5.
Ieronim Megizer. Turkiy tilning asoslari / Основы тюркского языка. – Qozon:
Magarif-Vakyt, 2012.
6.
Nasilov D.M. Ieronim Megizer grammatikasining nashriga doir. // Ieronim
Megizer. Turkiy tilning asoslari / Основы тюркского языка. – Qozon: Magarif-
Vakyt, 2012.
7.
Budagov L.Z. Turkiy-tatar lahjalarining taqqoslama lug‘ati. – II jild. – Sankt-
Peterburg, 1871.
8.
Vinogradov V.A., Ganiyeva T.A. Lingvistik ensiklopedik lug‘at. – Moskva:
Sovet ensiklopediyasi, 1990.
9.
Varbot J.J. Lingvistik ensiklopedik lug‘at. – Moskva: Sovet ensiklopediyasi,
1990.
10.
Nuriyeva F.Sh., Petrova M.M., Sungatullina M.M. Ieronim Megizerning
turkiy-lotin grammatikasiga (1612) izohlar. // Ieronim Megizer. Turkiy tilning
asoslari / Основы тюркского языка. – Qozon: Magarif-Vakyt, 2012.
11.
https://philart.kaznu.kz/index.php/1-FIL/article/view/1750/1676
