Authors

  • Qobuljonova Robiya

Author Biography

  • Qobuljonova Robiya

    O'zMU Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili) yo'nalishi

    1-bosqich talabasi

    Robiyy79@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.102971

Keywords:

metafora metaforik obrazlar madaniyat lingvokulturologiya milliy tafakkur.

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida qo’llaniladigan metaforik ifodalar hamda ularning madaniy asoslari tahlil qilindi. Tilshunos olimlarning metaforaga bergan ta’riflari o’rganildi. Tadqiqot davomida ushbi ikki tilga mansub metaforik ifodalarga misollar berilib, ularning farqli va o’xshash jihatlari taqqoslandi, metaforaning lingvokulturologik jihatdan tahlili ko’rib chiqildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

11

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA METAFORIK IFODALAR

HAMDA ULARNING MADANIY ASOSLARI

Qobuljonova Robiya

O'zMU Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili) yo'nalishi

1-bosqich talabasi

Robiyy79@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida qo’llaniladigan

metaforik ifodalar hamda ularning madaniy asoslari tahlil qilindi. Tilshunos

olimlarning metaforaga bergan ta’riflari o’rganildi. Tadqiqot davomida ushbi ikki

tilga mansub metaforik ifodalarga misollar berilib, ularning farqli va o’xshash

jihatlari taqqoslandi, metaforaning lingvokulturologik jihatdan tahlili ko’rib chiqildi.

Kalit so’zlar: metafora, metaforik obrazlar, madaniyat , lingvokulturologiya,

milliy tafakkur.

Har bir tilda yoziladigan asar shu til mansub bo’lgan xalqning tarixi,

madaniyati, tafakkurini ifodalaydi. Metaforik ifodalar ham shu tushunchalarni o’zida

aks ettiradigan lingvistik birliklar hisoblanadi.

Metafora o’zi nima? Tilshunoslik nuqtayi nazardan olib qaralganda metafora-

bir predmetning nomini boshqa bir predmet nomiga biror tomondan o’xshashligini

e’tiborga olgan holda ko’chirish. Masalan, “kumush qish” birikmasi qish faslining

qor yog’ib atrof oq rangga kirishini kumush metallning oq rangiga o’xshatishidan

hosil qilingan. Tilshunos olimlar asarlariga nazar soladigan bo’lsak, har biri metafora

haqida o’zining fikrlarini bildirishgan. Masalan, Gegel metaforalar haqida: “O’z

ma’nosida qo’llaniladigan so’z o’z-o’zidan tushunarli ifodadir, metafora esa

boshqacha ifodadir”-deb yozadi[1]. Darhaqiqat, yozuvchi biror asarida “issiq yoz

kunlarida...” deya gap boshlasa, fikrning ta’sirchanligi unchalik sezilmasligi mumkin.

Biroq “quyoshning o’tli nafasi hukmronlik qilgan yoz kunlarida...” kabi metafora

qo’llash orqali o’quvchining tasavvurida holatning yaqqol tasviri hosil qilinishi

mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

12

Ingliz olimlaridan yana biri Richard ham metafora to’g’risida o’z fikrlarini

bayon qilgan: “Metafora -ikki unsur asosiy g’oya va o’xshatish vositasi o’rtasidagi

munosabatdir”. Uning fikricha, har bir metaforada asosiy fikr va obraz tashkil topgan

bo’ladi. “Time is a thief” iborasini misol qilsak, time(vaqt) -asosiy g’oya,

thief(o’g’ri)- o’xshatish obrazidir. Bu esa vaqt o’g’ri kabi yashirincha hayotimizni

olib ketadi, degan ma’noni hosil qiladi.

Metaforalarning lisoniy xususiyatlari bilan qisqacha tanishib chiqildi,

ularning qanday tushunchalarni bildirishi quyida bayon qilinadi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tillarning rivoji ular mansub bo’lgan

xalqlarning tarixi, hayoti, taraqqiyoti, madaniyati bilan bog’liq. Bundan ko’rinib

turibdiki, til o’zida xalqqa xos barcha narsalarni aks ettiradi. Metaforalar esa bu kabi

vositalarning asosiysidir. Metaforalarning kognitiv nazariya asoschilaridan bo’lgan

G.Lakoff va M.Johnson metaforik birliklarni quyidagicha ifodalaydi: “Metaphor is

not just a matter of language, but of culture. They reflect how a culture conceptualizes

the worth and itself [3]”. Ularning fikricha, metafora inson tafakkurining asosi va

insonlar mavhum tushunchalar(xalqlarning madaniyati, mentaliteti , tafakkuri)ni

metaforalar orqali aniq tushuna olishadi.

Masalan, “Time is money” ingliz iborasida vaqtning pul kabi qimmatli

ekanligi, bu bilan uni qadrlash hamda behuda sarflamaslik kerakligi tushuniladi.

Xuddi shuningdek, o’zbek tilida ham ushbu iboranimg muqobili mavjud,

ma’nosi ham bir xil hisoblanadi: “Vaqt-bebaho boylik”. Yana bir tilshunos A.

Wiezbicka ham o’z asarlaridan birida: “Metaphors reveal the core , value and

worldview of a culture” deydi[4]. Ya’ni metaforalar madaniyatning asosiy

qadriyatlari va dunyoqarashini ochib beradi. Demak, metaforalar qaysi tilga

mansubligiga ko’ra farq qilishi yoki o’xshashi mumkin. Buning sababi, ular

tasvirlayotgan madaniyat tushunchasi turli xalqlarda turlicha bo’ladi.

Jumladan, “He is rich in ideas” fikrida insonning g’oyalari ko’p va turli

ekanligi “rich” so’zi orqali ta’kidlanmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

13

O’zbek tilida ham biror narsaning ko’pligiga urg’u bermoqchi bo’lsak, xuddi

shu so’zni ishlatamiz: “Bu surat ranglarga boy ekan(ko’p ranglar ishlatilgan)”.

Bundan bilishimiz mumkinki, ikki xalqning o’xshash tafakkuri bor ekan.

“A man with a golden heart” hamda “ko’ngli ochiq” iboralari esa, aksincha,

farqlarni ko’rsatib beradi. Ingliz tilidagi fikrda insonning oliyjanobligi “golden” ,

ya’ni oltin-boylik bilan bog’lansa, o’zbek tilidani muqobili ko’proq his-tuyg’uga

bog’langan. Tahlil xulosasiga ko’ra, ingliz xalqlaridagi metaforalar o’zbek tilidagi

muqobilidam farqli jihatlari namoyon bo’ladi. Negaki o’zbek tilida metaforalar

ko’proq inson tabiati, ota-bobolar donishmandligi kabi tushunchalar orqali hosil

qilinadi.

Metaforalarning lingvokulturologik jihatdan tahlili ham tilshunoslikda

rivojlanib bormoqda. Metaforalar xalqning dunyoqarashi, an’analarini bildirgani

uchun ham ularni bir tildan boshqa tilga aynan tarjima qilish qiyin masaladir. Sababi

millatlarning o’ziga xos qadriyatlari mavjud. Agar so’zma- so’z tarjima qilinadigan

bo’lsa, kerakli ma’no chiqmay qolishi mumkin. Mana shu jihatdan ham

lingvomadaniyatshunoslikda metaforalarni xalqlarning qadriyatlarini o’rgangan

holda bir-biriga taqqoslab tahlil qilish muhimdir. Inson tafakkurining shakllanishida

metaforaning roli va o’zbek tilidagi kognitiv metaforalarning tarjimada qayta

yaratilish muammolarini tadqiq qilishda tasniflash, qiyosiy tahlil, kontekstual

metodlardan foydalaniladi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, metafora – o’xshashlik asosida predmet nomini

ikkinchisiga ko’chirishdir. Olimlarning fikriga ko’ra, metaforalar boshqacha ifodadir

hamda asosiy g’oya va o’xshatish vositasidan tashkil topadi. Metaforalar millatning

qadriyatlari, urf-odatlari, tafakkur tarzi haqida xabar beruvchi ko’p qirrali lingvistik

ifodalardir. Shu jihatdan ularning boshqa tilga to’g’ri tarjima qilishdagi

muammolarga yechim sifatida lingvokulturologiya sohasidagi izlanishlarni olish

mumkin .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. George Wilhelm Hegel. San’at faslafasi. Suhrkamp Verlag, 1835-1838.

2. Richards A. Philosophy of Rhetoric. Oxford University Press, 1936.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

14

3. Lakoff G., Johnson M. Metaphors we live by. University of Chicago Press, 1980.

4. Wiezbicka A. Understanding cultures through their key words. Oxford University

Press, 1997.