Authors

  • Ibroximova Zaynabxon Akbarjon qizi

Author Biography

  • Ibroximova Zaynabxon Akbarjon qizi

     

    Farg‘ona davlat universiteti

    1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.103004

Keywords:

janr janr xususiyatlari xarakter inson konsepsiya syujet davr va qahramon konflikt va uning turlari obraz.

Abstract

Abduqayum Yo‘ldoshev o’zbek adabiyotining zabardast vakilidir. A.Yo‘ldoshev o‘zining noan’anaviy ijodi, asarlari bilan ko‘plab kitobxonlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Uning ko‘plab asarlari to’plam, kitob holida nashr qilingan. Shu sababli ham uning ijodi adabiyotshunos olimlarning e’tiborini tortib, bu borada ilmiy ishlar qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolamizda ijodkor asarlari tahliliga oid ilmiy ish va maqolalar xususida so‘z yuritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

221

ABDUQAYUM YO’LDOSHEV IJODINING O’RGANILISHI

Farg‘ona davlat universiteti

1-kurs magistranti

Ibroximova Zaynabxon Akbarjon qizi

ANNOTATSIYA: Abduqayum Yo‘ldoshev o’zbek adabiyotining zabardast

vakilidir. A.Yo‘ldoshev o‘zining noan’anaviy ijodi, asarlari bilan ko‘plab

kitobxonlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Uning ko‘plab asarlari to’plam, kitob

holida nashr qilingan. Shu sababli ham uning ijodi adabiyotshunos olimlarning

e’tiborini tortib, bu borada ilmiy ishlar qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu

maqolamizda ijodkor asarlari tahliliga oid ilmiy ish va maqolalar xususida so‘z

yuritiladi.

Kalit so‘zlar: janr, janr xususiyatlari, xarakter, inson konsepsiya, syujet, davr

va qahramon, konflikt va uning turlari, obraz.

ABSTRACT: Abdukayum Yuldashev is the Guardian Representative of Uzbek

literature. A.Yuldashev has been attracting its non-traditional creation and many

readers with his works. Many of his works were published in collection and book

condition. That is why his work is leading to the attention of literary scholars, which

is leading to scientific work in this regard. This article contains about scientific

papers and articles on an analysis of artistic works.

Keywords: genres, genre features, character, human concept, plot, period,

and hero, conflict and its types, images.

O’zbek poeziyasida o’z o’rni va uslubiga ega bo’lgan ijodkorlardan biri

bo’lmish Abduqayum Yo’ldoshevdir. Ushbu ijodkorning adabiyotdagi turli janrlar

taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, albatta, tahsinga loyiqdir. Uning asarlari

adabiyotshunoslarimiz nazaridan chetda qolmayotganligi esa adib ijodining badiiyati

yuksak ekanligidan darak beradi. Bu mavzu doirasida qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari

kam bo’lsa-da, ba’zi manbalardan yetarlicha ma’lumotlar olishimiz mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

222

Xususan, M.Jo’rayevaning “Zamonaviy o’zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi”

nomli dissertatsiyasida aynan obyekt sifatida Abduqayum Yo’ldoshev va Zulfiya

Qurolboy qizi asarlari olingan bo’lib, bu borada bir qancha yangiliklar amalga

oshirilgan. Jumladan, adibning “Boy” nomli hikoyasi tahlil qilinar ekan, hikoya

qahramoni Xo’rozqul obrazi orqali biroz kinoyaviy usulda kishilarning yangicha

qarashlari ko’rsatib berilganligi

1

haqida ma’lumot beriladi. Adibning boshqa asarlari

tahlilida ham asosan inson konsepsiyasiga e’tibor qaratilar ekan, uning nazariy asosi

va ijtimoiy-psixologik aspektlari ushbu ilmiy ish doirasida o’rganilganlini

ko’rishimiz

mumkin.

Shuningdek,

ushbu

mavzuda

G.Qodirova

ham

A.Yo’ldoshevning “Timsohning ko’z yoshlari” qissasi asosida o’z ilmiy qarashlarini

bayon etadi. U o’zining maqolasida qissadagi Salomat opa va Munisa obrazlariga

alohida to’xtalib o’tar ekan, bu ikki xil dunyoqarashga ega bo’lgan qahramonlar orqali

ayol psixologiyasining turli xil xususiyatlari ochib berilishini ijodkorning yuksak

mahorat sohibi ekanligidan dalolat deya ta’kidlaydi

2

. Asar voqealari Munisa obrazi

atrofida aylanar ekan, uning o’ziga xos pok dunyosi bor ekanligiga, hayotning hali

qora tomonlariga duch kelmganligiga guvoh bo’lamiz. Aynan qissaning janr

xusisyatlari sifatida e’tirof etilgan asar syujetining bosh qahramon sarguzashtlaridan

iborat bo’lishi ko’plab olimlar tomonidan ta’kidlab o’tilgan. Ammo A.Xolmurodov

o’zining “Qissa janri va hozirgi o’zbek qissachiligi” maqolasida ushbu fikrlarga ilova

sifatida ushbu jumlani qayd etadi: “asar syujetining faqat bir qahramon faoliyatiga

asoslanishi mazkur janrga xos yetakchi xususiyat sifatida qabul qilinishi mumkin.

ushbu masalada kichik bir izoh berishga to’g’ri keladi. Bu shundan iboratki, qissa

syujeti asosida yakka qahramonning butun umri davomidagi sarguzashtlari emas,

balki qahramon hayotining muayyan davri voqealari yotadi. Shu bois janr

xususiyatlari haqida gap ketganda, hajmning katta yoki kichikligi emas, balki

voqealar qamrovi hamda rivojining romanga nisbatan yengilligini va hikoyaga

nisbatan murakkabligini hisobga olish ma’qulroq”

3

. Ushbu fikrlarda ko’rib

1

M.Jo‘rayeva. Zamonaviy o‘zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi. Monografiya. T: “Mumtoz so‘z”, 2023. 26-b.

2

G.Qodirova “Abduqayum Yo’ldoshevning “Timsohning ko’z yoshlari” qissasida yangi inson konsepsiyasi” maqola.

3

Xolmurodov A. “Qissa janri va hozirgi o’zbek qissachiligi. Til va adabiyot jurnali. 2006/3. – B. 47.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

223

turganimizdek qissa janrida bosh qahramonning butun hayoti emas, balki uning

ma’lum bir davrida yuz bergan voqealar bayoni yotadi.

Nosirning ijodida yoritilayotgan muammolarning turli xil ekanligi mavzular

ko’lami ham rang-barang bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu esa adabiyotshunoslar

o’rganishi kerak bo’lgan obyektning o’ziga xos jihatlarini belgilab beruvchi muhim

unsurdir. Y.Solijonov o’zining “Go’zallikning turfa ranglari” maqolasida go’zallikni

yaratuvchi ham, uni barbod qiluvchi ham insonning o’zi ekanligini qayd etadi.

Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalari misolida inson va uning bugungi qarashlarini

shunday izohlaydi: “to’plamga kiritilgan o’n yetti hikoyaning har biri o’quvchini

mushohadaga undaydi va tabiiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy go’zalligini shaxsiy

manfaati yo’lida qurbon qiladigan, kerak bo’lsa, undan jirkanishgacha boruvchi

tabaqalarning asl qiyofasini fosh qiladi. Yozuvchi “Alvido go’zallik…” hikoyasida

sho’rolar hukmronlik qilib, insonni haqiqiy go’zallikdan mahrum etgan:

“Go’zallikning manbayi mehnatdir” degan aqidaga ham tuzatish kiritadi”

4

. Bu fikrda

anglashimiz mumkin bo’lgan narsa bu go’zallik va unga zid ravishda qo’yilgan sobiq

tuzum davridagi odamlarga faqatgina tekin mehnat kuchi sifatida qarash kabi

g’oyalardir. Yozuvchining yana bir “Bezori” nomli hikoyasi tahlil etilgan

R.Zaripovaning “Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalarida xarakter va ruhiyat ifodasi”

maqolasida asar qahramoni bo’lmish No’monjon obrazi orqali bolaligi “paxta ishi”

bo’lgan qiyin bir davrda ulg’aygan avlodning ma’lum bir qismini ya’ni mutelikka

bosh egib yashashga o’rgatilgan, turmush sharoitini yaxshilash uchun durustroq bir

ishga qo’l urishga ham jur’ati yetmaydigan, hayotini faqat qorin g’amida o’tkazishga

o’rgatilgan insonlar qismati ochib berilganligi qayd etiladi

5

. Bulardan ko’rinadiki,

A.Yo’ldoshev asarlarida ifoda etilayotgan davr va qahramon masalasi ham muhim

hisoblanadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, badiiy asarni g’oyaviy badiiy jihatdan

tahlil etishda davr masalasi yetakchilik qiladi. Chunki ijodkor o’zi yashab turgan

muhit, davr va siyosat talablaridan kelib chiqqan holda asar yaratadi ya’ni bunda davr

4

Солижонов Й. Гузалликнинг турфа ранглари (Бир хикоя атрофидаги уйлар) // Шарк юлдузи, 2012, №1. –

Б.151.

5

Zaripova R. “Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalarida xarakter va ruhiyat ifodasi”. Maqola.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

224

va qahramon bir-biriga mutanosib bo’lishi, qahramon davrdan ortda qolishi yoki

undan o’zib ketishi ham mumkin.

Ijtimoiy hayotda inson mehnatkash qatlamining yoritilishida qishloq va

shahar syujetlari o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ahamiyatga ega. Insonning muqaddas

xilqati, orzulari, umidlari, oilaparvarligi, sabr-u qanoati ko‘p qissalarda o‘xshash

syujetlar orqali namoyon bo‘ladi. Odamzodning orzulari bilan yashashga mahkum

obrazi istiqlol davri kishisining ziddiyatalari poetik asar tarkibida ham o‘z aksini

topadi. Ushbu masala G.Xasanova tomonidan adibning “To’y” nomli qissasi tahlilida

ochib berilgan. Bu borada maqola muallifi o’z fikrlarini quyidagicha ifodalaydi:

“yozuvchi ushbu asarda nogiron bo’lib qolgan Azimjon obrazi yordamida keraksiz

urf-odatlar orqali millat ongining nogiron bo’lib borayotganini ko’rsatadi”. Bu fikrlar,

albatta, o’rinlidir, chunki ushbu qissa qahramonlarining ma’nisiz orzu-havaslari,

qandaydir buyumlarni yoshlarning baxti va taqdiridan ustun qo’yish holatlari ijodkor

tomonidan ham ayanchli tarzda tasvirlab berilgan. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki,

zamon o’zgargani sayin inson va uning qadriyati ham o’zgarib boradi. Masalan,

adibning “E’tirof” nomli hikoyasida ham shunga o’xshash voqealar tasviri beriladi.

“Bunda hikoyaning bosh qahramoni Abdulla qo’rboshi jamiyat hayotidagi axloqiy

me’yor va mezonlarning mavjudligiga qarama-qarshi kurashuvchi, shuhratparastlik

kasaliga chalingan yigit bo’lib, ko’pchilik uning oldida mutelik bilan bosh egishini

xohlaydi. Shu yerda insoniyatning ma’naviy qadriyat sifatidagi obyektlarga bo’lgan

munosabati o’zgarganiga guvoh bo’lamiz”

6

.

Abduqayum Yo’ldoshev yaratgan asarlarini o’qir ekanmiz, unda yaratilgan

obrazlarning o’zgachaligi, bir-birini takrorlamasligi bilan ham ajralib turadi. Adib

ijodida maishiy hayotni tasvirlovchi qaynona kelin kabi siyqasi chiqayozgan

munosabatlardan qochiladi. Yozuvchi o’z asarlarida orginal obrazlar, qahramonlar

yaratishga harakat qiladi. Asardagi qahramonlarning xatti-harakatlari, o’y-fikrlari va

bir-biri bilan bo’lgan munosabatlari qaysidir ma’noda o’quvchini mushohada qilishga

undaydi. Bunda A.Abulqosimovning “Abduqayum Yo’ldoshev qissalarida obrazlar”

maqolasida aytilgan so’zlari o’rinlidir: “Ijodkor asarlarida, yurakning nozik qirralari,

6

M.Jo‘rayeva. Zamonaviy o‘zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi. Monografiya. T: “Mumtoz so‘z”, 2023.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

225

sevgining chegarasiz sarhadlari, turmush tashvishlariga o‘ralashib qolishning

azoblari-yu dunyoning yaralishidan bugungacha bo‘lgan oq-qora, yaxshi-yomon

ichidagi hayotni jonlantirishi, kezi kelganda o‘yga toldirishi, ba’zan kuldirib,

yig‘latishi bilan bugungi kun nasrida o‘z ismini o‘chmas qilib yozishga ulgurdi”

7

.

Ushbu maqolada adibning obraz yaratish mahorati haqida so’z yuritilar ekan,

“Sunbulaning ilk shanbasi” qissasidagi “shanba” kuniga maqola muallifi obraz

sifatida yondashadi, bunda aynan sunbula oyining ilk shanbasini o’quvchi qalbida

ham, qahramonlar qalbida hayajon uyg’otuvchi kun sifatida talqin etadi. Darhaqiqat,

hafta kunlariga yuzlanadigan bo’lsak, har bir kunning o’ziga xos xislati va ma’nosi

bor. Masalan, “chorshanba” – “murodbaxsh kun”, “juma” esa bizning islom

dinimizda muqaddas kun ya’ni niyatlar amalga oshadigan kun sifatida qaraladi.

Xo’sh, bu o’rinda shanba-chi? “Sunbulaning ilk shanbasini muallif uch ramziy

ma’noda qo‘llagan bo‘lishi mumkin. birinchidan– shodlik kuni, tavba-tazarru kuni,

sir-asrorlar ochiqlanadigan, bir so‘z bilan aytganda, diydor, visol kunidir; ikkinchidan

– ikki yoshning hayotida sodir bo‘lgan muhim voqealar kuni; uchinchidan –

qahramonlarning har ikkalasi yoki bittasi sunbula burjida tug‘ilganligini anglash

mumkin. Uchinchi ma’noga quvvat sifatida asar voqealari, qahramonlar ruhiyatidagi

holatlar, shu kunning ular uchun zarurlik darajasini aytishimiz mumkin”

8

. Bundan

ko’rinadiki, yozuvchining aynan sunbula oyi va shanba kuniga murojaatida ham

ramziylik mavjud. Shuningdek, ushbu qissa doirasida tahlil qilingan xarakter va

ruhiyat masalasi D.Safarovaning “Sunbulaning ilk shanbasi” qissasida xarakter va

ruhiyat ifodasi”

9

nomli maqolada o’z aksini topgan. Ushbu maqolada muallif xarakter

jihatdan asarning uch qahramonini ta’kidlab o’tadi, bular: yigit va qiz, Abduqayum.

Lekin boshqa tomondan qaraganda qissada yigitnigina xarakter darajasiga chiqqanini

ko’rishimiz mumkin. Sababi, yigitning o’ziga xos xatti-harakatlari, o’ylari, undagi

oshiqlik darajasi tom ma’noda misol bo’la oladi. Ammo Abduqayum obrazida bunday

holatlarni ko’rmaymiz. Shuningdek, qizning ham xarakteri to’liq holatda ochib

berilmagan, biz bu obrazni asarning bir, ikki o’rinlaridagina kuzatamiz. Biroq asar

7

Abulqosimov A. “Abduqayum Yo’ldoshev qissalarida obrazlar”. Maqola.

8

Nizomov F. “Sunbulaning ilk shanbasida ramziy tasvir”. Maqola.

9

Safarova D. “Sunbulaning ilk shanbasi” qissasida xarakter va ruhiyat ifodasi”. Maqola.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

226

yigit va qizning muhabbati asosiga qurilgan, muallif ta’kidlab o’tganidek bu

sentimental qissa bo’lib, asarda xarakterlar o’rtasidagi konflikt yoki jamiyat

o’rtasidagi konflikt kuzatilmaydi, ba’zi o’rinlarda yigitning kolliziya konfliktga

kirishganini ko’rishimiz mumkin.

Most read articles by the same author(s)