MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
260
TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA XALQ HUNARMANDCHILIGI
SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Rajabova Dilfuza Abdumajitovna
Nizomiy nomidagi O‘MPU o‘qituvchisi
Annotatsiya:Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning
xalq hunarmandchiligini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlarini va amaliy
bilimlarini shakllantirish yoritilgan.
Аннотация:В
данной
статье
освещается
формирование
специфических особенностей и практических знаний учащихся при изучении
народных промыслов на уроках технологии.
Annotation: This article describes the formation of specific characteristics
and practical knowledge of students in the study of folk crafts in technology classes.
Kalit
so‘zlar:Vosita,texnologiya,ijodkorlik
faoliyati,innovatsiya,
bilim,hunarmandchilik,xalq, ta’lim,tizim,meros,qobiliyatlar.
Ключевые слова:инструмент,технологии,творческая,деятельность,
инновации,знания,мастерство,люди,образование,система,наследие,
способности.
Key words: tool,technology,creative activity, innovation, knowledge, craft,
people,education,system,heritage,skills.
Xalqaro miqyosida bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion xarakterga ega
bo‘lgan ta’lim texnologiyalari asosida tayyorlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga
yo‘naltirish va zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo‘yicha dunyoning yetakchi
ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahorati mezonlari, ularni kasb-hunarga
yo‘naltirishga
kreativ
yondashishi,innovatsion
ta’lim
muhitini
yaratish
muammolari,xalqaro ta’lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida
ahamiyat qaratilmoqda. Texnologiya ta’limi mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
261
ko‘pgina ilmiy,tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib, uyg‘unlashtirib,
mujassamlashgan holda amaliyotga tadbiq etishni ko‘zda tutadi. Shu jihatdan olib
qaraganda texnologiya ta’limi maktab tizimi umumta’lim fanlarida o‘rganiladigan
nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘laydigan quvvatli didaktik
vositadir.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limining maqsad va
vazifalarini belgilab olishni nazarda tutiladi: Maktabgacha ta’lim-tarbiya bosqichida
bolalarning yosh, ruhiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat
dunyosi, jarayoni, kishilari, buyumlari to‘g‘risidagi dastlabki tushuncha va
tasavvurlar uyg‘otish, maqsadli ish-harakat usullari ko‘proq o‘yinlar tarzida o‘rganib
boriladi. Boshlang‘ich maktabda (I-IV - sinflar) o‘quvchilarni mehnat va
hunarmandchilik dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan
tanishtirish, oddiy ishlov berish, oddiy mehnat va hunarmandchilik asboblari va
mehnat, ish-harakat usullari to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda
tutadi.Bu davrda o‘quvchilar texnologiya ta’limidan o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini
o‘zlarining hayotiy tajribalarida va oiladagi mehnat jarayonida mustahkamlaydilar va
kengaytirib boradilar. Tayanch maktablarda (V-IX – sinflar) da o‘quvchilar
umummehnat ko‘nikma va malakalarini shaklantiriladi, qiziqish va moyilliklariga
ko‘ra, o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan aniqlashlari, kasb-hunar turlarini tanlashlarini
ta’minlanadi, qiziqish va moyilliklari rivojlantiriladi, umummehnat madaniyati
shakllantiriladi va rivojlantiriladi, xalq xo‘jaligi va hunarmandchilikning sohalari,
ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnika va texnologiya bilan tanishtiriladi,
mehnat faoliyatining turli qirralarida ishtirok etishlari ta’minlanadi.Yuqori sinflarda
texnologiya ta’limi va kasblarga yo‘naltirish kursi ishchi va mutaxassislarning
amaliyotida qo‘llanadigan turli xil qo‘l asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalarini
o‘rgatishni, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni,
mehnat qonunchiligi xavfsizligi , sanitariya-gigiena qoidalari va yo‘l-yo‘riqlari
asoslarini o‘rgatishni ta’minlaydi. Shuningdek, bu davrda o‘quvchilarda xalq
xo‘jaligining va hunarmandchilikning asosiy sohalari bo‘yicha maxsus kurslarni
o‘qitishni tashkil etib, turli xil kasbiy bilimlar berish, amaliy ko‘nikma va malakalarni
hosil qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu kurslarda o‘quvchilar kasbiy mahoratlarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
262
takomillashtira borib, tanlagan kasblari bo‘yicha tegishli hujjatlarni olib, bevosita
unumli mehnat jarayonida qatnashish imkoniyatiga va huquqiga ega bo‘ladilar.
Texnologiya ta’limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadiga erishishi uchun
qo‘yidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:
-turli sohalardagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni yechish,
tajribalar o‘tkazish, o‘lchov-tekshiruv asboblaridan, ma’lumotlardan foydalana olish,
mehnat operatsiyalarini bajarish, olingan natijalarni talab etilgani bilan taqqoslash
yo‘li bilan xulosa chiqarishga o‘rgatish;
-o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat ahillariga hurmat
hissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida
tarbiyalash;
-o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli,
xaridorgir iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirishga odatlantirish, o‘zlari
yetishtirgan mahsulotlarni o‘zlari iste’molchiga yetkazishlariga o‘rgatish, ish
boshqaruvchilik (menejerlik), homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini singdirib borish va
rivojlantirish. Texnolgiya ta’limini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar, xalqimiz
ruhiyatini yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida milliy
hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq
ustalarining ko‘p qirralari boy merosini o‘rganish, o‘zlashtirish va amaliy
faoliyatlariga qo‘llash vazifasini hal etadilar.Texnologiya ta’limining amaliy va
ishlab chiqarish mazmunidagi an’anaviy sinf-dars mashg‘ulotlariga nisbatan shogird-
ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi, samaraliligi, bo‘lg‘usi hunarmandning shaxsiy
xislatlarini shakllanishida, ularning oilalarini moddiy ta’minlanishida hamda tarixiy
qadriyatlarning yanada boyishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Ustoz-shogird” tizimi
mashg‘ulotlarini tashkil etishni oliy o‘quv yurtlaridagi musiqa ta’limida talabalar
bilan o‘qituvchilarning yakka tartibdagi mashg‘ulotlar o‘tkazishi bilan taqqoslash
mumkin.
Texnologiya ta’limida elektron hisoblash texnikasi, mexanizatsiyalashtirilgan
va
elektrlashtirilgan
qurilmalar,
avtomatikaning
qo‘llanilishini o‘rganish,
o‘quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
263
tizimlari, robot texnika va ishlab chiqarish texnikasini, texnologiyasini ta’limning
davr talablari darajasi va jahon andozasiga mos holda o‘rganilishini ta’minlaydi.
Keyingi vaqtlarda kam e’tibor berilayotgan, hatto yo‘qolib borayotgan turli xildagi
ta’limi-tarbiyaviy tadbirlar: o‘quvchilar ishlab chiqarish jamoalari, maktablararo
o‘quv ishlab chiqarish markazlari, o‘quvchilar mehnat jamoalari va boshqalar
mazmunan va shaklan qayta ko‘rib chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga
moslashtirilishi va ta’lim tizimi amaliyotiga qo‘llanilishi, mehnat ta’limining maqsad,
vazifalarini amalga oshirishda asosiy shart-sharoitlardan hisoblanadi.
Texnologiya ta’limini amalga oshirishda maktablar, maktabdan tashqari
tarbiyaviy muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq
hunarmandlarining tajribalari hamda o‘zaro hamkorlikdagi munosabatlari tiklanib,
o‘quv jarayonida foydali mahsulot–tovar moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim
muassasalarining bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham
dolzarb muammolardan hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ахлиддинов Р. Умумий ўрта таълимни такомиллаштиришнинг ташкилий
педагогик асослари: Дисс. пед. фан. номзоди 1998 й.
2.Ahmadaliyev S.Y Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik
faoliyatga moslashishining ilmiy-metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. – T.: TDPU.
2008. – 187 b.
3. Innovatsion ta’lim texnologiyalari /Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov
D.M., To‘rayev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015.
4. Rajabova D.A Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim
o‘qituvchilarini
maxsus
kompetensiyalarini
rivojlantirish.Международный
современный
научно-практический
журнал.Новости
образования:
Исследование в XXI веке № 3 (100), часть 1
5.Rаjаbovа D.А. Texnologik tа’lim yo’nаlishidа xаlq hunаrmаndchiligi vа bаdiiy
loyihаlаsh fаnini o’qitishdа kreаtiv yondаshuvlаrdаn foydаlаnishning shаkllаri vа
vositаlаri. Belorus-O’zbek ilmiy-metodik jurnаl. 2023y.5-son. 98-b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
264
6.Rаjаbovа D.А. Rаqаmli tа’limdа tаlаbаlаr kreаtivligini rivojlаntirish jаrаyoni vа
sаmаrаdorligini bаholаsh. KАSB-HUNАR TА’LIMI. Ilmiy-uslubiy, аmаliy, mа’rifiy
jurnаl 5-son,188-192 betlаr. 2024-yil.
7.Rаjаbovа D.А. Integrаtiv yondаshuv аsosidа bo’lаjаk texnologik tа’lim
o’qituvchilаrini
mаxsus
kompetensiyаlаrini
rivojlаntirish.Международный
современный
научно-практический
журнал
Новости
образования:
Исследование в ХХI веке № 3 (100) сентябр 2022 г.
