MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
181
BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNING
HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI
Mamadiyeva Shoxruza
Dang’ara 1-son politexnikumi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada innovatsiyalar iqtisodiyotni, shu jumladan
tadbirkorlikni rivojlantirishning eng xarakterli jihatlaridan biriga aylanib
borayotganligi hamda bozor rivojlanishini tezlashtiruvchi omil sifatida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Innovatsiya, kapital, innovatsion jarayon, innovatsion
strategiya, innovatsion tadbirkorlik, ishlab chiqarish omillari.
Hozirgi vaqtda innovatsiyalar tadbirkorlikni rivojlantirishning eng xarakterli
jihatlaridan biriga aylanib bormoqda. Innovatsion jarayonda jiddiy rol o‘ynaydigan
hamda innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga aylantiradigan xalqaro
kapital bozori kengayib bormoqda, bu boradagi yangi moliyaviy tuzilmalar unga
yordam bermoqda. Ayni vaqtda shakllanayotgan yangi iqtisodiyot ko‘p hollarda
“innovatsion iqtisodiyot” deb nomlanadi, bu esa o‘z novbatida innovatsiyalarning
iqtisodiyotdagi rolini ta’kidlaydi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat
beradiki, innovatsiyalarga ko‘pincha odamlarning bevosita salbiy munosabati va
pozitsiyasi to‘sqinlik qiladi. Biroq, O‘zbekistonda butun jamiyat innovatsion
jarayonlarga ijobiy munosabat va qo‘llab-quvvatlashni bildirib kelmoqda, lekin aslida
tadbirkorlarning
faqat
kichik
bir
qismi
innovatsion
tadbirkorlik
bilan
shug‘ullanadigan innovatsion tadbirkorlar bilan bog‘lanishi mumkindir.
Hamma ixtirolar ham aslida innovatsiyaga aylanmaydi. Innovatsiyalar foyda
keltiradigan va bozor talabini qondiradigan ixtirolar hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytadigan bo‘lsak, ilm-fan tufayli amalga oshadigan g‘oya paydo bo‘ladi va keyingi
qadam bu g‘oyani tijoratlashtirish bo‘lib, ixtironi innovatsiyaga aylantiradi, daromad
keltiradi. Unda shunday deyilgan: agar ilm-fan pulni bilimga aylantiradigan jarayon
bo‘lsa, innovatsiya bu bilimlarni qo‘shilgan qiymat bilan pulga o‘zgartiradigan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
182
jarayondir. Tadbirkorlikning rivojlanishida ilmiy-texnikaviy yangiliklar asosiy omil
sifatida yuzaga chiqadi. Innovatsiyalar iqtisodiy muhitni o‘z tendensiyasidan yuqori
tendensiyaga o‘zgartirib, hayajonni keltirib chiqaradi, ya’ni optimistik muhitni
shakllantirib boradi. Boshqa tomondan olganda, ta’lim va malakaning yaxshilanishi
tufayli ishchi kuchi va boshqaruvning malaka darajasi oshib boradi. Vaqt o‘tishi bilan,
ishlab chiqarishning texnologik darajasiga yuqori darajada erishish bilan, ishchi
kuchining innovatsion xususiyatlari eng tez o‘sadigan xususiyatlardir, sababi
malakali ishchi kuchi nafaqat yangi texnologiyalarni tezroq o‘zlashtiradi va ulardan
samaraliroq foydalanadi, balki ishlab chiqarishda ham bu texnologiyalarni yaratadi.
Eng asosiysi, el-yurtimiz o‘rtasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga
nisbatan munosabat o‘zgardi, jamiyatda ularning obro‘si va mavqei kun sayin tobora
ortib bormoqda. Natijada ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, nufuzi va
brendiga ega bo‘lgan haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi shakllana boshladi.
Masalan, birgina Namangan viloyatida – “Chust Textile” (aka-uka
Ismatullayevlar), “Art Soft Holding” (aka-uka Boboxonovlar), Toshkent shahrida –
“Techno export” (Sherzod Qosimov), Toshkent viloyatida – “New Way Industries”
(Sardor Abbosxonov), Samarqandda – “Oxalik Oltin Bog‘i Mevasi” (Olim Soliyev)
kabi korxonalar o‘z faoliyatini “nol”dan boshlab, hozirgi kunda 10-15 million
dollarlik mahsulot eksport qilmoqda. Ayni paytda ularning har biri minglab ish
o‘rinlarini yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylangani diqqatga sazovordir.
Xabaringiz bor, kambag‘allikni qisqartirish, “mahallabay” ishlab, joylarda
o‘sish nuqtalarini aniqlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish
bo‘yicha katta marralarni belgilab olganmiz. Bu borada davlat idoralari va xizmat
ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar tadbirkorlar bilan har kuni yaqin hamkorlikda ishlab,
ularga amaliy yordam ko‘rsatishi shart.
bugungi muloqotga tayyorgarlik jarayonida ko‘plab savol va takliflar tushgani
sababli murojaatlarning qabul muddatini 1 avgustdan 10 avgustga qadar, ya’ni 10
kunga uzaytirishga majbur bo‘ldik. Tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq savol, taklif va
tashabbuslar kelib tushdi va shu kungacha joylarda ularning ko‘pchiligi hal etildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
183
Ayniqsa, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ishlar tizimli
tashkil qilinib, tadbirkorlarimizning 90 foiz muammolari qisqa fursatlarda hal qilib
berilgani, albatta, quvonarli hol.
Qayerda muhit yaxshi bo‘lsa, hudud va tarmoq rahbarlari Prezident talabini
to‘g‘ri tushungan bo‘lsa, o‘sha yerda ish uslubi, tadbirkorlarga munosabat o‘zgargan.
Aksincha, tadbirkorning dardi bilan yashamagan, ular ko‘targan muammolarning
ichiga kirmasdan, ko‘mak bermagan rahbarlar faoliyatiga esa, xalqimizning o‘zi baho
beradi va bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q va kelajakda ham shunday
bo‘ladi.
Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning
ushbu murojaatlari – amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir. Shu bois har bir vazirlik va
idora rahbari, viloyat, tuman va shahar hokimlari kelib tushgan murojaatlarni
o‘zlarining faoliyatiga berilgan baho, deb bilishlari, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib,
mazkur yo‘nalishda keskin o‘zgarishlar qilishlari zarur va shart.
Mamlakatimiz korxonalaridagi innovatsion jarayonlar kuchsizligining asosiy
sabablari:
sanoat sohasida ishlaydigan olimlar salmog‘ining kamligi;
yuqori texnologiyalarni patentlash sohasiga kirmaslik;
ishlab chiqarish sektori va universitetlar o‘rtasidagi juda zaif hamkorlik;
innovatsiyalarni rag‘batlantirishning nisbatan muvaffaqiyatsizligi va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari faoliyatidagi zaiflik;
biznesni boshlash uchun murakkab jarayonlar; texnologik ta’lim
sifatining yetarli emasligi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilishimiz mumkinki, innovatsiyalar asosiy
harakatlantiruvchi kuchdir. Tadbirkorlikni rivojlantirishda eng maqbul yechim bu
ilmfan va ilmiy-tadqiqotlarni, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, ular o‘rtasida
aloqalarni mustahkamlash, mamlakatning eng yaxshi resursi hisoblanadigan ishchi
kuchidan unumli foydalanishdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
184
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti nazariya va amaliyot. Darslik.-T.: Fan,
2019. -212-466 b.
2. B.B. Berkinov va b. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. – T.: Iqtisod,
2011.- 128 b.
3.Umirova, G. Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovatsiyalarning tutgan o‘rni va
ro‘li //Qo‘qon universiteti xabarnomasi. – 2022. – Т.5. – С. 64-66. Educational
Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 3
| 2024 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024 454
4.Umirova, G. (2022). Mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning
raqobat muhitini shakllantirish. Современные тенденции инновационного
развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 288-290.
5.Gulmira, U. (2023). Theoretical basis of management of the financial stability of
the banking system. International Journal of Advance Scientific Research, 3(05), 126-
130.
6.Umirova, G. (2023). Tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiya omillaridan
foydalanishning zaruriyati. Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 8, 74-77.
7.Umirova, G.Sh. (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn
ilmiy forumi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimini isloh qilishning yo‘llari,
37- 38. TATUFF-EPAI.
8.Umirova, G. (2023). Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimini isloh qilishning
yo‘llari. Engineering problems and innovations.
9.Abdullaev, A., Abdullaevа, G., & Umirova, G. (2022). Содержание
стресстестирования экономической безопасности банковской системы.
InterConf.