Authors

  • Saitova Nilufar Djumaydillayevna

Author Biography

  • Saitova Nilufar Djumaydillayevna

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
    o‘zbek til va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115071

Keywords:

Mustaqillik yosh shoirlar badiiy ijod falsafa olamni idrok etish ramzlar metafora milliy ruh zamonaviy adabiyot atrof-muhit hayot inson ruhining mohiyati ijtimoiy masalalar shaxsiy fikr yangi mavzular

Abstract

Ushbu maqolada mustaqillik davrida yosh shoirlarning ijodida olamni badiiy-falsafiy idrok etish ta'moillari tahlil qilinadi. Shoirlar o‘z asarlarida hayot, tabiat va inson ruhining mohiyatini chuqur o‘rganib, zamonning turli jihatlarini aks ettirishda ramz va metaforalarni muvaffaqiyatli qo‘llaydilar. Ularning badiiy ifodalari milliy ruh, shaxsiy fikr va ijtimoiy masalalarni birlashtirib, zamonaviy adabiyotda yangi mavzularni ochib beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

236

MUSTAQILLIK DAVRI YOSH SHOIRLARI IJODIDA OLAMNI

BADIIY-FALSAFIY IDROK ETISH TAMOYILLARI

Saitova Nilufar Djumaydillayevna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

o‘zbek til va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqillik davrida yosh shoirlarning ijodida

olamni badiiy-falsafiy idrok etish ta'moillari tahlil qilinadi. Shoirlar o‘z asarlarida

hayot, tabiat va inson ruhining mohiyatini chuqur o‘rganib, zamonning turli

jihatlarini aks ettirishda ramz va metaforalarni muvaffaqiyatli qo‘llaydilar. Ularning

badiiy ifodalari milliy ruh, shaxsiy fikr va ijtimoiy masalalarni birlashtirib,

zamonaviy adabiyotda yangi mavzularni ochib beradi.

Kalit so'zlar: Mustaqillik, yosh shoirlar, badiiy ijod , falsafa, olamni idrok

etish, ramzlar, metafora, milliy ruh, zamonaviy adabiyot, atrof-muhit, hayot inson

ruhining mohiyati, ijtimoiy masalalar, shaxsiy fikr, yangi mavzular

Abstract: This article analyzes the trends in the artistic and philosophical

perception of the world in the work of young poets during the period of independence.

Poets, deeply studying the essence of life, nature and the human spirit in their works,

successfully use symbols and metaphors to reflect various aspects of the time. Their

artistic expressions combine the national spirit, personal thoughts and social issues,

revealing new themes in modern literature.

Keywords: Independence, young poets, artistic creativity, philosophy,

perception of the world, symbols, metaphor, national spirit, modern literature,

environment, life, the essence of the human spirit, social issues, personal thoughts,

new themes

Mustaqillik davri O‘zbekiston adabiyotida yangi sahifalar ochdi. Bu davrda

yosh shoirlar o‘z ijodlarida o‘zlariga xos ovoz va uslub qidirishga kirishdilar.

Ularning ijodi o‘ziga xos tajriba va yangicha izlanishlar bilan ajralib turadi. Yosh


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

237

shoirlar o‘z shaxsiy tajribalarini, his-tuyg‘ularini va falsafiy qarashlarini hayot

voqealari bilan bogʻlab, o‘z asarlarida ijodiy ifodalashga harakat qilmoqdalar.

Ularning she’rlarida borliq va inson hayoti haqida to‘g‘ri, badiiy va chuqur fikrlar aks

etadi. Ushbu tadqiqotda Mustaqillik davrining yosh shoirlarining ijodida olamni

badiiy-falsafiy idrok etish ta’moillari tahlil qilinadi, bu ijodiy jarayon chiroyligini va

mo‘jizaviyligini ochib beradi. Mustaqillik davrida ijod qilib, o‘z ovoz va uslubini

qidirayotgan, she’riyatda, yangicha izlanishlar olib borayotgan uchinchi avlod ijod

vakillari sifatida Jontemir Jondor, Alisher Sabriy, Shavkat Shaxriyor, Madina

Norchayeva, Tillaniso Nuryog‘dularni, Sirojiddin Ibrohim, Bek ali, Suhrob Ziyo,

Rafiq O‘zturk, Nodira Nazar, Azizbek Norov, Muhammad Siddiq, Feruza

Hayrullayeva kabi qator shoir va shoiralarni sanab o‘tish mumkin. Bu davr she’riyati

haqida uzil-kesil bunday xulosa chiqarib bo‘lmaydi, albatta, yangilanishlar, borliq va

voqelikni idrok etish har bir shoir ijodida turlicha namoyon bo‘lishi tabiiy. “Ijodkor

shaxsning borliq, inson, insonlik hayotiga oid qarashlari san’at va adabiyotdagi eng

muhim nuqtadir. Chunki uning butun ijodi shu nuqtadan ibtido oladi. San’atda hayot

mantig‘ini buzmay, hayot haqiqatiga xiyonat qilmay uni to‘g‘ri aks ettirish, unga

ongli va to‘g‘ri munosabat, to‘g‘ri talqin va targ‘ibning boshlang‘ichi ayni shu

nuqtadadir”.

1

Mustaqillik davri yosh shoirlarining ijodida olamni badiiiy-falsafiy idrok etish

juda ko‘plab yangi nuqtai nazarlarni keltirib chiqardi. Ularning asarlarida xalq hayoti,

tabiat va ichki kechinmalar murakkab bir manzarada ifoda etiladi. Shunday

shoirlardan biri Xurshid Abdurashid she’rlariga nazar tashlasak…

O‘SHA MЕN EDIM…

Derazang yoniga qo‘ndi kabutar

Ilkida o‘rog‘liq maktub bor edi.

Senga boqib turgan ma’yus ko‘zlari,

Shu onda nedandir umidvor edi.

Sen esa pardani yopib qo‘yding jim,

1

Райҳонова М.

Абдулла Орипов шеъриятида оламни идрок этиш ва бадиий воқелантириш тадрижи.

Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация.
– Қарши 2021.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

238

O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Ko‘chaga chiqding sen bog‘ aylangani,

Daydi shamollarday xayoling tarqoq.

Bog‘ kezib yurarding shunda nogahon

Oyog‘ing ostiga tushdi bir yaproq.

O‘sha yaproq kabi sochilgandi kim?

O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Bog‘da gullar terding avaylab asta

Nogoh qo‘llaringga sanchildi tikan.

Nozik qo‘ling bilan sug‘urding uni

Deding “Shunday gulda tikan bor ekan”.

Senga talpingandi shu tikan , gulim,

O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

So‘ng qaytding uyingga o‘y surib sokin,

Deraza yoniga qo‘yding gullarni.

Tin olmoq dardida cho‘kding to‘shakka

Va yig‘lab o‘qiding “O‘tkan kunlar”ni.

Kimnidir o‘ylading, ko‘zlari sim-sim,

O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

2

Bu she’rda muallif sevgi va xafa bo‘lish hissiyotlarini ifodalaydi. Deraza

yonida kabutar va maktub simvollar orqali umid va xotira tasvirlanadi. Qahramon o‘z

tuyg‘ularini o‘rganib, o‘sha paytlarda bo‘lgani kabi hissiyotlar bilan bog‘lanadi.

Ko‘chada yurish va bog‘da gullar terish paytida, shuningdek, tikan va yaproq

obrazlari orqali muammolar va to‘siqlar keltiriladi. Qahramonning his-tuyg‘ulari,

o‘tkazilgan kunlarga bo'lgan iztirob va xotiralar bilan birlashadi. Yig‘lash orqali

o‘tmishni eslab, sevgi va yo‘qotishning murakkabligini aks ettiradi. Bu she’r, ya'ni

2


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

239

sevgi va unutish haqidagi hikoya, har birimizga tanish. Shoirlar tabiatni birinchi

navbatda insonning ichki kechinmalari bilan bog‘laydi. Tabiyat ularga hayotning

ma'nosi va inson ruhining nozikligini anglatadi. Aqlli tavsiflar orqali yosh shoirlar

hayotning vaqtincha ta'siri, o‘lim va avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarni yoritadi.

Ularda o‘lim - hayotning tabiatida bor, shuning uchun yashashni chiroyli va mazmunli

qilishga urinish ko‘rinadi. Shoirlar ijtimoiy muammolarga ham e'tibor qaratadi,

adolat, tenglik va haqiqiy erkinlik g‘oyalarini o‘z asarlarida yoritadi. Yosh

shoirlarning ijodida ichki kechinmalar va hissiyotlar alohida o‘rin egallaydi. Ular o‘z

hayotlaridagi xafa bo‘lish, sevgi, umid va orzularni to‘g‘ri ifodalaydi. Shunday qilib,

mustaqillik davri yosh shoirlari olamni idrok etish bilan bir qatorda, uni qanday qilib

yanada chiroyli va mazmunli qilishga intilmoqda. Bu ijodda falsafa va badiiyat

uyg‘un holda bir-birini to‘ldirib turadi.

Yosh shoirlar ichida o‘zining eng sara ijod namunalari bilan ajralib turadigan

Jontemir Jondor quyidagi “Qon” she’ridan olingan parchada o‘zini o‘rab turgan

borliqqa qarata shunday hayqiradi:

Ey zamin, ey osmon, ey cheksiz ummon,

Men seni bir satr she’rga sig‘dirdim,

Sen meni o‘zingga sig‘dirib ko‘r-chi!

3

Shoir uchun butun borliqni bir satr she’rga sig‘dirish, singdirish hech gap

emas, ammo shu borliqdan bino bo‘lgan o‘zligi dunyolarga sig‘maydi.

Shoir Shahriyor Shavkat esa dunyoni, borliqni qanday bo‘lsa shu holicha

sevadi.

Bezayotir suvoqrang o‘pich

Qashqadaryo sohillarini.

Simiraman quyuq shamolday

Idrokimga sig‘mas tuyg‘uni:

“Men dunyoni nega yomonlay?

Axir Tangrim yaratgan uni!”

4

3

Жонтемир Жондор. Жазба. Шеърлар. – Тошкент: “Академнашр”, 2022.– Б. 85.

4

Шахриёр Ш. Нам. Шеърлар. – Тошкент: “Академнашр”, 2022. – Б. 81.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

240

Tangrining betakror yaratig‘idan mutaassir bo‘layotgan shoir borliqni badiiy

idrok etishga, uni obrazli tasvirlshga urinadi.

Shuningdek ushbu faslda Madina Norchayeva, Xurshid Abdurashid, Bek Ali

singari yosh ijodkorlarning ham borliqni idrok etish

olamni badiiy-falsafiy idrok etish

dialektikasi she’rlari tahlili orqali aniqlandi.

Xulosa

O‘zbekiston mustaqillik davrida yosh shoirlarning ijodi zamonaviy

adabiyotga yangi nafas kiritdi. Ularning asarlarida milliy qadriyatlar, ijtimoiy

masalalar va shaxsiy his-tuyg‘ularning uyg‘unligi, shuningdek, yangi badiiy uslublar

va an’anaviy shakllarni birlashtirish alohida ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida

ko‘rilgan ijod namunalari shoirlarning yuqori darajadagi badiiy mahoratga

erishganligini ko‘rsatadi. Ijodlarida paralel ravishda o'tgan va zamonaviy tajribalarni

o'zida aks ettiruvchi yo'nalishlar mavjud. Ushbu ijod namunalari milliy

adabiyotimizning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi va kelajakda yangi talantlar

yetishtirish uchun poydevor bo‘ladi. Ovoz va uslub jihatidan xilma-xillik yosh

shoirlarning adabiy didida badiiy jangga kirishga tayyor ekanligini anglatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. –Тошкент,15-бет.(126 б)

2. Жонтемир Жондор. Жазба. Шеърлар.–Тошкент:“Академнашр”, 2022. – Б.24.

3. Норчаева М. Қумару. Шеърлар. – Тошкент: “Академнашр”, 2022. – Б.88.

4.Шахриёр Ш. Нам. Шеърлар. – Тошкент: “Академнашр”, 2022. – Б. 46.