Authors

  • Otaqulova Parinoz Ilyos qizi

Author Biography

  • Otaqulova Parinoz Ilyos qizi

                   O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

                       Tarix yo’nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115774

Keywords:

Bobur Mirzo Movorounnahr taxti Kobul va Badaxshon Boburiylar sulolasi

Abstract

Ushbu    maqolada    Zahiriddin    Muhammad    Boburning     hayot   yo’li      uning   hokimyatga   kelishi,    Mouronnahrda   hokimyatni   qo’laga   kiritishga   bo’lgan   harakati,   o’z   ona   diorini   tashlab,     Kobul  va   Badaxshon  tomon    harakatlari    va   Hindistonni   egallashi to’g’risida.   Shuningdek    Bobur   Mirzo   tomonidan   yaratilgan       ajoyib    moddiy   me’ros   va  ma’naviy   boylik   haqda   tadqiqot   qilindi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

7

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HAYOT VA

HOKIMYAT YO’LI. UNDAN QOLGAN MODDIY VA MA’NAVIY

ME’ROS .

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Tarix yo’nalishi 1-kurs talabasi

Otaqulova Parinoz Ilyos qizi

e-mail:

parinozotaqulova@gmail.com

Tel:+998

94-302-30-06

Annotatsiya: Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning

hayot yo’li uning hokimyatga kelishi, Mouronnahrda hokimyatni qo’laga

kiritishga bo’lgan harakati, o’z ona diorini tashlab, Kobul va Badaxshon

tomon harakatlari va Hindistonni egallashi to’g’risida. Shuningdek Bobur

Mirzo tomonidan yaratilgan ajoyib moddiy me’ros va ma’naviy boylik

haqda tadqiqot qilindi.

Kalit soʻzlar: Bobur Mirzo, Movorounnahr taxti, Kobul va Badaxshon,

Boburiylar sulolasi, "Boburnoma", Bogʻi Bobur.

Abstract: This article examines the life of Zahiriddin Muhammad Babur, his

rise to power, his attempts to seize power in Maurannahr, his departure from his

homeland, his movements towards Kabul and Badakhshan, and his conquest of

India. It also examines the remarkable material and spiritual heritage created by

Babur Mirza.

Keywords: Babur Mirza, Throne of Movorunnahr, Kabul and Badakhshan,

Babur dynasty, "Baburnama", Garden of Babur.

Аннотация: В этой статье рассматривается жизнь Захириддина

Мухаммада Бабура, его приход к власти, его попытки захватить власть в

Мавераннахре, его отъезд с родины, его движения в сторону Кабула и

Бадахшана и его завоевание Индии. В ней также рассматривается

замечательное материальное и духовное наследие, созданное Бабуром Мирзой


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

8

Ключевые слова: Бабур Мирза, Трон Моворуннахра, Кабул и Бадахшан,

династия Бабура, «Бабурнаме», Сад Бабура.

Har bir xalqning tarixi, madaniyati, milliy qiyofasi, o’tmishining

qay darajada yorqinligini ifodalovchi buyuk olim va yutuk shoir va

mutaffakirlari bo’ladi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak biz shuni

ko’ramizki tarixda el-yurt hukumdori bo’lib, qanchadan qancha urush-

yurushlar qilib shu bilan birga ijod qilga qalam tebratgan buyuk

shaxslarni ham uchratamiz, shunday buyuklardan biri Zahiridddin

Muhammad Boburdir.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom

Abdug’aniyevch Karimov takidlaganidek; “Bobomiz Zahiriddin Muhammad

Bobur nomi bilan har qancha fahirlansak arziydi. O’zbek xalqining

dovrug’ni dunyoga taratgan ulug’ ajdodlarimizdan biri ularoq ul zot

bizni tariximizni qadirlashga kelajakga buyuk ishonch bilan qarashga

urgatadi. Zahiridddin Muhammad Bobur singari mumtoz insonlarni

dunyoga bergan xalq hech qachon xalq hech qachon hor bo’lmaydi,

muqarrar tarzda saodatga erishadi.Biz Bobur Mirzoni ulkan davlat arbobi

qomusiy alloma, mumtoz shoir sifatida ham cheksiz qadirlaymiz, Bobur

o’bek xalqining buyuk farzandi, milliy g’ururi’’.[ 1.158.]

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda,

Farg’ona ulusing hokimi Umarshaxy Mirzo oilasida tug’iladi. Manbalarda

keltirilishicha Umarshayx Mirzoning saltanati hududi kanggayib

borayotganidan tahlikaga tushgan o’z aksi Sulton Ahmad Mirzo Toshkent

hukumdori Yunusxon o’zaro ittifoq tuzib 1494-yil Andijonga qo’shin

tortadilar. Ammo 1494-yilning 9-iyunida shunday tahlikali davrda

Umarshayx Mirzo Axsi shahridagi qarorgohda elchi kaptarlarini uchurish

vaqtida birga aqtida kapatxonana bilan birga jarga qulab halok bo’ladi.

U “Boburnona’’asarida otasining o’limi haqda shunday ma’lumot

beradi. <<Bu asnoda shunday g’arib voqea dast berdi, mazkur bo’lib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

9

edimkim, Axsi qo’rgoni baland jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda

dushanba kun ramozon oyining to’rtida Umarshayx Mirzo jardin kabutar

va kabutarxona bila uchub shunqor bo’ldi>>. O’ttiz to’qqiz yoshda erdi[2.9]

Shu tariqa Bobur Mirzo siyosat maydoniga kirib keladi.

Umarshayx Mirzo bevaqt vafot etganidan so’ng Bobur qalamini qilichga

almashadi. Shu chog’da Bobur bobosi Amir Temur poytaxti bo’lga

Samarqand shahri tomon yo’l oldi. Sulton Muhammad Mirzoning o’g’illlari

Boysung’ur Mirzo bilan Sulton Ali Mirzo o’rtasida shunday

to’qnashuvlar bo’ldiki, Samarqandni himoya qilishda ikkovida ham kuch

qolmadi. Bu xabar Andijonga yitgach, Bobur podshoh Samarqandga

qarab yo’l oldi. Garchan mirzolar kuchsizlanib qolgan bo’lsada unga

qattiq qarshilik kursatishdi[3.47]

Katta qiyinchiliklar bilan bo’lsada Bobur Samarqand taxtini

egallaydi. Ammo Samarqand taxtiga egalik ham uzoqqa chuzilmadi, ya’ni

uning dushmani bulgan Tanbal tomonidan Andijon taxtiga Boburning

ukasi Jahongir Mirzoni taxtga ko’taradi. Jahongir taxtga ko’tarilganligi

to’g’risidagi habarni Bobur Mirzo Xo’jand huhudiga yitganda eshitadi.

Yaniki bu vziyztni shunday tariflasak bo’ladi, <<Bu yoqdan haydaldi-u

yoqqa yitolmadi.>> shunda Bobur tog’asi Sulton Muhammaddan madad

so’radi. Onasi Qutlug’ Nigorxonim va buvisi Eson Davlatbegim

sharofat bilan biroz muddat O’ratepadan qunim topdi. (deya yozadi,

Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi rashidiy,, asarida)

Andijon hududidagi muommolarni Jahongir Mirzo bilan

muzokaralar va uzaro sulhlar natijasida hal qildi va yana harakatlarni

Samarqand hududiga tomon qaratdi. Bu to’rida Gulbadambegim shunday

yozdi << Jahongirlik bobida hazratimiz tortgan qadar mashaqqat va

harakatlar kam kishilarga uchragan. U Hazratga duch kelgan uqubat

va hatarlar oz podshohlarga duch kelgan. Ikki qayta Samarqandni

qilich zo’ri bilan fath qildilar. Birinchi marta podshoh Bobur xazratlari

o’ni ikki yoshda, ikkinchi marta o’n to’qqiz yoshda, uchunchi marta


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

10

esa yigirma yoshda edilar. Olti oy davomida Samarqand olmoqqa

urundilar, lekin maqsadiga erisha olmadilar.(Chunki) Xurosondagi amakilari

Sulton Husayin Bayqaro kabi Qoshg’arda bo’lgan tog’alari-Sulton

Muxammad ham yordam yubormadilar. Hech joydan yordam kelmagach,

mayus bo’ldilar>>.

Ana shunday paytda Shoxibekxon(Shayboniyxon) “Agar o’z

singlinggiz Xonzodabegimni menga bersanggiz, oramizda sulh tuzuladi va

ittifoqchilik aloqalari o’rnatiladi, deb ayttirib yubordi. Xonzoda begimni

o’sha xonga berib, o’zlari qaytishlikka majbur bo’ldi.

Ikki yuz kishi piyoda, yilkalarida chopon, oyoqlarida

chopiq,qo’llarida tayoq bo’lgan holda, beyaro, hudoga tavakkal qilib

Badaxshon va Kobulga qarab yo’l oldilar. Qunduz va Badaxshonda

Xushruy shox askarlari va odamlari bilan turar edi. Xushruy shox

Boysung’ur Mirzoni o’ldirgan, Sulton Masud Mirzoning ko’ziga mil

tortgan edi. Bobur Mirzo bularning barchasidan habardor bo’lsada, ammo

undan aslo uch olmadi, balki <<gavhar, oltin va qo’rallardan kungli

hohlaganicha olsin>> dedilar.

Bu uchrashuvdan so’ng Bobur xazratlari Kobul tomon yo’l oldilar.

U vaqtda Kobul Zunnun Arg’unning o’g’li Muhammad Muqimning

qo’lida edi. 1504-yilning sentiyabr oyida Kobul qo’lga kiritildi, Kobuldan

so’ng Bankash egallandi. Shundan so’ng Movarounnahrni hududini egallash

hayollarini ko’nglidan butunlay chiqarib tashladilar’’. Ma’lum muddat

davomida Kobul taxti uning tasarruvida bo’ldi.

Bobur Mirzo doim Hindiston hududini egallashga havasmand

edi. Shu maqsad yo’lida dastlab Bujurni egalladi, keyin Bxaraga

yo’l oldi va bu hududda talonchilik ishlariga aslo yo’l qo’ymadi. Bir

necha marotaba Hindistonga tomon qo’shin tortdi va har safar Bxera,

Bujur, Sialkut, Devalpur av Lohur singzri hududlarni qo’lga kiritdi. Va

nihoyta 1526-yilning 12-aprelida Sulton Ibrohim bin Sulton Iskandar bin


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

11

Bahlul Ludi bilan jang qildi, xudoning inoyati bilan g’olib

chiqdi.[4;29.30.31.35.]

Shu tariqa Bobur Boburiylar sulolasiga asos soladi. Bu sulola

1526-1858-yillar davomida Hindistonda hukumronlik qildi. Chet davlatlarda,

hatto Hindistonda ham Boburiylar va ularning avlodlarini “Buyuk

mo’g’illar” deb atash odat bo’lib kelgan aslida esa bu sulolaga Amir

Temur avloddidan bulgan buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur

tomonidan asos solingan. Bu to’g’rida Akademik V.V. dunyoga tarqalga

‘Buyuk mug’llar” iborasining xato ekanligini ko’rsatib, <<Yevropaliklar

Temurni va uning o’g’illari va nabiralarini mo’g’llardan tarqalagan deb

hisoblab, Bobur saltanati uchun “Buyuk mug’illar” degan nom to’qidilar

deb yozadi. Bu ibora Yevropadan Hindistonga ko’chib kelib hindlar

orasida inglizcha kitoblar vositasi bilan tarqalgandir. So’nggi yillarda

“Buyuk mug’illar” iborasining o’rniga “Boburiylar” iborasining qo’llanishi

tarixiy haquqatni to’g’ri aks ettiradi.[5;403]

Temuriylarda buyuk ajdodi Amir Temurdan qolgan bir

odat mavjud bu odat shuki ular qo’l ostidagi hududlarni obod

qiladi, go’zal inshootlar, jannati bo’g’lar barpo etishadi.

Masalan; Bog’i vafo-Kobul viloyatining Ningnahor tumanidagi

Odinapur qo’rg’onida 1509-yilda Bobur Mirzo tomonidan yaratiladi.

Bog’i Binafsha-Kobul yaqinida temuriylar tomonidan yaratilgan

bo’lib Bobur bu bog’da yaqin kishilari va hamsuhbatlari bilan majlis

va ziyofatlar tashkil qilgan.

Bog’ Zarafshon-Agra shahrida hozirgi Tojmahal maqbarasidan

besh chaqirim shimol tomonda joylashgan, Hindistonda Samarqandcha

chorbog’ usulida barpo qilingan birinchi bog’ 1528-yilda Bobur

Mirzoning aynan o’zi tanlagan joyda o’zi chizib berga tarxi buyicha

bunyod qilingan.

Bog’ Navruz/Bog’ Bobur/ Kobul shaxrining Chordexin tumanidagi

bog’,Sherdorvoza tog’ning etagida. Boqqa Ulug’bek Mirzo Kobuliy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

12

tomonidan asos solingan onasi Qutlug’nigorxonim vafot etganida Bobur

Mirzo amakisining merosxurlaridan ruxsat olib marxumani shu bog’ga

dafn qiladi. Bobur Mirzo keyinchalik shu bog’ni sotib qoladi va

qaytadan obodonlashtirgan.

Bog’ Safo- Bobur Mirzo tomonidan bunyod qilingan bo’lib

ko’kamligi bilan mashhur tog’ etagida xushhavo va safoli joyda

bunyod qilingan.

Bog’ Fatx-Bobur Mirzo tomonidan bunyod qilingan Agra shahri

yonida Serki tog’ning etagida 1527-yilda Rano Sango ustidan qozonilgan

g’alaba sharafiga, hal qiluvchi jang bo’lgan joyda barpo qilingan va

Bog’ Fatx-G’alaba Bog’ deb atalgan.[6;193.195.198] Shular va yana

qanchadan - qancha bog’-rog’lar barpo ettirdi

Bobur 47-yillik umri davomida ayanchli taqdir hukumlar,

qismatning qaro kunlarini boshdan kechirdi va shu asnoda nazmda

ajoyib baytlar bitdi, “Boburnoma” asarida esa hududlar geografiyasi,

etnologiyasi, etnogirafiyasi, o’simlik va hayvonot olami to’g’risida ajoyib

ma’lumotlar qoldirdi. Bu to’g’rida “Boburnoma”ni 1926-yilda ingliz tiliga

tarjima qilgan ingliz olimlaridan biri Uilyam Eskinning shunday so’zlari

bor <<Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va

ular bilan muvoffaqiyatli shug’llanishi jihatidan Osiyodagi podsholar

orasida Boburga teng keladigan birorta podsho topilmaydi>>. “Boburnoma”-

sar o’zbek nasrining ilk va ibratli namunasi. Asrani yaratishda

Bobur Mirzo turli badiiy usul va til vositalaridan mahorat bilan

foydalanadi. Joylar manzaralari, topogirafiyasi, ob-havosi, o’simlik

dunyosi, aholisi, xalq va qabilalarning urf-odatini bilimdon olim, adib

va shoir, geograf va tabiatshunos sifatida bayon qiladi “Boburnoma”ning

lotin, firansuz, ingliz, nemis, hind, afg’on, fors, rus, qozoq va boshqa

tillarga tarjima qilinganligining va alohida mehr bilan o’qib

kelinayotganing boisi ham shunda.[7;9.10]


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–2_Июль –2025

13

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki Bobur buyuk shaxs kelajak

avlod uchun ajoyib qahraman uning hayot yo’llarini o’ganar ekanmiz

uning naqadar sabir bardoshli, qatiyatli, ziyrak va dovyurak insonligini

ko’ramiz. Biz Bobur Mirzo singari ajdodlarimizdan har qancha fahirlansak

arziydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.Islom Abdug’aniyevich Karimov. “ Ma’naviy yuksalish yo’lida”. Toshkent-

.1996.

2.Zahiriddin Muhammad Bobur. “ Boburnoma”. 1989

3.Mirza Muhammad Haydar.”Tarixi Rashidiy”.

4.Gulbadambegim. “ Humoyunnoma” Toshkent-1998. Manaviyat nashiryoti.

5.Bo’riboy Axmedov “ Tarixdan saboqlar”. O’qituvchi nashiryoti-1994

6.Zahiriddin Muhammad Bobur “ Ensiklopediya”. Sharq nashiryoti-2014.

7.Zahiriddin Muhitdinov “ Bobur Mirzo”. Andijon-nashiryoti-2005.