Authors

  • Rahmonova Munojat

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115782

Abstract

Zamonaviy Xitoy adabiyotining so`nmas vakillaridan biri-Yu Hua o`zining “Yashamoq”asarida inson hayoti,sabr-toqat,va yashash istagi haqida yoddan chiqmaydigan,yurakni larzaga soluvchi asarni dunyoga keltirdi.Asarning bosh qahramoni haqida gapirar ekanmiz.Bu asar qahramoni Fugui-taqdir zarbalariga to`qnash kelgan oddiy dehqon siymosidir.Ilgari boy-badavlat bo`lgan bu yigit, qimor beparvolik,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

374

YASHASH-BU YO`QOTISHLAR ICHIDA O`ZLIGINGNI SAQLAB

QOLISHDIR.

Rahmonova Munojat

Zamonaviy Xitoy adabiyotining so`nmas vakillaridan biri-Yu Hua o`zining

“Yashamoq”asarida inson hayoti,sabr-toqat,va yashash istagi haqida yoddan

chiqmaydigan,yurakni larzaga soluvchi asarni dunyoga keltirdi.Asarning bosh

qahramoni haqida gapirar ekanmiz.Bu asar qahramoni Fugui-taqdir zarbalariga

to`qnash kelgan oddiy dehqon siymosidir.Ilgari boy-badavlat bo`lgan bu yigit, qimor

beparvolik,ma`sulyatsizligi tufayli hamma narsada ayriladi.U hali uni hayot sinovlari

kutib turganini his qilmas edi.U tufayli oilasining kambag`al bo`lib

qolishi,urush,ochlik

farzandlarining

ketma-ket

yo`qotilishi…. Va shunga

qaramay,hayotni davom ettiradi.Bu asar orqali insoning irodasi,sabr-

toqati,chidamliligi nomoyon bo`ladi.Bu asardagi Fugui oilasining a`zolari bilan

bo`lgan munosobatlari orqali oilaviy qadriyatlar va insoniy fazilatlar muhim ekanligi

ko`rsatib o`tilgan.Biz bu asar orqali faqat Fuguini emas,uning sevimli turmush

o`rtog`i Jiazhen ham o`zining fidoiyligi sabr-toqatligi bilan ajralib turadi.Jiazhen

orqali turmush o`rtog`iga har qanday vaziyatda,uni hatto tashlab ketganda ham unga

tirgak,tayanch bo`lib,oilaning birdamligi, mustahkamligini saqlab qolishga harakat

qilishini koʻrishimiz mumkin.Bu asar orqali o`z navbatida Xitoyning “Ma`daniy

inqilob”,urushlar, ochlik yillari millionlab insonlar taqdirini o`zgartirgan. Yu Hua esa

siyosiy masalalar,mafkuraviy hayqiriqlari soyasida ezilgan oddiy xaqlni taqdirini

ochib bergan.U tarixni faqat eslatmaydi-uni yurakda his etishga, og`riq bilan

kechishga majbur qiladi.Bugun biz zamonaviy hayotda yashar ekanmiz turli xil katta

-kichik muomolarga duch kelamiz.Natijada ruhiy tushkunlikka tushamiz.Ammo

Fugui singari sabr-toqatli inson bo`la olmaymiz.Fugui har safar yiqilganda,hayot uni

yana tiklanishga undaydi.U hatto oxir-oqibat yolg`iz qolganida ham-yashashdan voj

kechmaydi.Bu iroda biz uchun o`rnak bo`lishi kerak.Insoning asl kuchi -u qachonki

umidni

yo`qotmasa,shunda

yashaydi.Ba`zi

bir

insonlarning

qo`lida

ishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

375

yo`q,ba`zilarining yuragida farzand sog`inchi bo`lsa boshqalarning sog`lig`ida

kamchilligi bor.Biroq Yu Huaning “Yashamoq” asari orqali biz hayot har doim

ne`mat emasligini,ba`zida u sinovlar zanjiridan iborat ekanligini unutmasligimiz

lozim.Ammo shu sinovlar Ichida ham inson yashashga intilishi,kurashdan voj

kechmasligi lozim.chunki yashash- kurash,iroda,bardoshlilikdir.Yashash-bu mavjud

bo`lish emas,balki borliq og`irligini yelkasida ko`tarib yurishdir.Yashash-har bir

yo`qotishdan so`ng o`zini tiklash,har bir qorong`ulik ichidan yorug`likni

izlash.Hayotdagi eng katta jasorat-bu faqat yashash emas,balki o`zingizni har bir

sinovda saqlay olishdir.Fugui yashashni davom ettirish orqali bizga shuni o`rgatadi:

“ Har bir narsani yo`qotish mumkin,lekin hayotni hech qachon tark etishimiz kerak

emas”.Biz uchun eng katta sinovlar nafaqat yo`qotishlar,balki hayotni davom

ettirishning o`zi,unda qolishdir.Fugui hayotga qarshi kurashishda hech qanday

g`alaba kutmaydi,ammo uning harakatlari o`zi- eng katta muvffaqiyatdir. Bu oddiy

odamning-hayotini davom ettirishga qodir bo`lgan jahonni o`zgartiradigan jasorati

haqidagi asardir.