Authors

  • Ruxshona Xasanboyeva Nurmatjon qizi
  • Madraximov Zoxid Sharofovich

Author Biographies

  • Ruxshona Xasanboyeva Nurmatjon qizi

    Namangan davlat universiteti, Tarix yo’nalishi talabasi

    E-mail: rhasanboyeva1124@gmail.com

  • Madraximov Zoxid Sharofovich

    Namangan davlat universiteti dotsenti, t.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115793

Keywords:

Abdulla Qodiriy jadidchilik realizm roman “Oʻtgan kunlar” “Mehrobdan chayon” milliy uygʻonish “Mushtum” “Sadoi Turkiston” “To’y” “Fikr aylag’il” “Millatimga” adabiy meros.

Abstract

Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan, yangi uslub va gʻoyalarni olib kirgan adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy merosi keng qamrab olingan. Asarda yozuvchining jadidchilik harakatidagi oʻrni, roman janrini oʻzbek adabiyotiga olib kirishdagi xizmatlari, “Oʻtgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining badiiy xususiyatlari, tarixiy va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, Qodiriy asarlarida realizm, milliy uygʻonish va mustamlaka davri tanqidi qanday aks etgani tahliliy yondashuvda ochib beriladi. Maqolada adib merosining bugungi kunda ham dolzarbligi, yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni haqida fikr yuritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

318

ABDULLA QODIRIY – O’ZBEK REALIST ADABIYOTINING

YORQIN NAMOYONDASI

Ruxshona Xasanboyeva Nurmatjon qizi,

Namangan davlat universiteti, Tarix yo’nalishi talabasi

E-mail:

rhasanboyeva1124@gmail.com

Ilmiy rahbar: Madraximov Zoxid Sharofovich,

Namangan davlat universiteti dotsenti, t.f.n.

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti

taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan, yangi uslub va gʻoyalarni olib kirgan adib

Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy merosi keng qamrab olingan. Asarda

yozuvchining jadidchilik harakatidagi oʻrni, roman janrini oʻzbek adabiyotiga olib

kirishdagi xizmatlari, “Oʻtgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining

badiiy xususiyatlari, tarixiy va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, Qodiriy

asarlarida realizm, milliy uygʻonish va mustamlaka davri tanqidi qanday aks etgani

tahliliy yondashuvda ochib beriladi. Maqolada adib merosining bugungi kunda ham

dolzarbligi, yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni haqida fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar: Abdulla Qodiriy, jadidchilik, realizm, roman, “Oʻtgan

kunlar”, “Mehrobdan chayon”, milliy uygʻonish, “Mushtum”, “Sadoi Turkiston”,

“To’y”, “Fikr aylag’il”, “Millatimga”, adabiy meros.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston vohasida yuzaga kelgan

ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy yangilanish harakati – jadidchilik, o‘zbek

xalqining milliy uyg‘onish davridagi eng muhim va hal qiluvchi bosqichlaridan biri

bo‘lib tarixda muhrlanadi. Bu harakat nafaqat maktab-maorif sohasini isloh qilishga,

balki adabiyot, san’at, matbuot, tafakkur va milliy ongni o‘zgartirishga qaratilgan

keng ko‘lamli g‘oyaviy oqim bo‘ldi. Jadidlar Turkiston jamiyatini jaholat, urf-

odatlar va eskicha qarashlar changalidan qutqarib, zamonaviy bilimlar, ilg‘or

texnologiyalar, ijtimoiy adolat va xalq manfaatlarini ilgari surishga intildilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

319

Jadidchilik harakatining yetakchilari orasida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar

Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ma'rifatparvar zotlar

bo‘lsa, adabiyot maydonida esa bu g‘oyalarning yorqin targ‘ibotchisi sifatida

Abdulla Qodiriy namoyon bo‘ldi. Abdulla Qodiriy o‘zining roman, hikoya,

publitsistik va dramatik asarlari orqali jadidchilik mafkurasining eng chuqur, eng

ta’sirchan badiiy ifodasini yaratdi. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotida roman janriga asos

solgan “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlari milliy o‘zlik, tarixiy xotira

va ijtimoiy o‘zgarishlar timsoliga aylandi. Jadidlar adabiyotni insonni tarbiyalovchi,

jamiyatni uyg‘otuvchi qudratli vosita deb bilganlar. Abdulla Qodiriy esa bu

nazariyani badiiy jihatdan amalda isbotlab, adabiyot orqali xalqni o‘z tarixiga,

o‘zligiga qaytarishga harakat qilgan. Qodiriy asarlarida Turkiston jamiyatidagi

sinfiy farqlar, diniy xurofot, ayollar erkinligi, o‘zbek ziyolilarining fojiali taqdiri

chuqur aks etgan. Shu jihatdan u nafaqat jadid adabiyotining, balki umuman yangi

o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri sifatida e’tirof etiladi [1. 5-b.].

Ulkan iste'dod egasi Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda

bog'bon oilasida dunyoga kelgan. Bo'lajak adib hayot mohiyatini, turmushdagi

tirikchilik tashvishlari-yu ziddiyatlarini juda erta anglagan. XX asr avvali ijtimoiy

hayotidagi tang holatlar yosh Abdullaning bolaligi-ga ham soya tashlagan. U

bolaligidanoq turmush tashvishlari ichiga sho'ng'igan. Shu ma'noda adib o'z

tarjimayi holiga Abdulla Qodiriyning bolaligi oid manbalarda o'sha zamonlarni

xotirlab shunday yozadi:

“Men qaysi yilda va qaysi oyda tug'ilg'onimni bilmayman.

Har holda bemavridroq bo'lsa kerak, kambag'al, bog'bonlik bilan kun kechiruvchi

bir oilada tug'ulib, yaqinlarimning so'zlariga qaraganda, mustabid Nikolay taxtga

o'tirgan yilida tug'ulg'onman. Boshida boy oilada tug'uldimmi yoki kambag'al

oiladami, albatta, bilmadim. Ammo yoshim 7-8 ga yetgach, qornim oshg'a

to'ymag'onidan, ustum tuzukroq kiyim ko'rmaganidan aniq bildimki, besh jonning

tomog'i faqat 80 yoshlik chol otamning mehnatidan. 1300 sarjin bog'ning yozda

yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog' mevalari

ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jourashib chiqar

ekanmiz”

. Abdulla Qodiriy bolaligida duradgorlikni o'rganadi; akasi bilan toqichilik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

320

qildi. Shuningdek, u esini tanigan chog'idan boshlab, otasiga bog' ishlariga

qarashadi. Bu yumush unga umr bo'yi hamroh bo'lgani ma'lum gap [2. 4-5 b.].

Yoshligidan ilmga qiziqqan, oilaviy qiyinchiliklarga qaramay eski maktab va

madrasada tahsil olgan, rus-tuzem maktabida oʻqigan. Jadidlar bilan muloqotda

boʻlgan, ularning gʻoyalari taʼsirida oʻzining ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirgan.

Abdulla Qodiriy jadidchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri sifatida

matbuotda faol qatnashgan, “Mushtum”, “Sadoi Turkiston”, “Inqilob” kabi

nashrlarda maqolalar yozgan. Adibning “

Yangi masjid va maktab”

sarlavhali asari

matbuotda birinchi chiqishi edi. Shundan so’ng,

“To’y”, “Ahvolimiz”,

“Millatimga”, “Fikr aylag’il’’

she’rlari nashrdan chiqadi. “Fikr aylag’il” she’rida

oqil insonlarga murojaat qilib:

Oqilo, fikr aylagilki, na ishlayur ahli vatan,

Qaysi fosiq, qaysi johil, qaysisi bo’ldi chapan? –

deb kuyunadi [3. 44-b.]. Jadidchilik gʻoyasi Qodiriy ijodida maʼrifat, milliy

uygʻonish, mustamlakachilikka qarshi kurash, islohot va adolat kabi tushunchalar

orqali namoyon. Adib oʻzining “

Oʻtgan kunlar

” (1922) romani orqali nafaqat

oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdi, balki xalq hayotini badiiy obrazlar

orqali tasvirlash, millatning oʻtmishidan saboq chiqarish kabi dolzarb gʻoyalarni

ilgari surdi. Uning asarlari – butun Turkiston tarixining o‘ziga xos badiiy hujjati,

jadidlik ruhining so‘zdagi ifodasi hisoblanadi.

Abdulla Qodiriyning eng mashhur va oʻzbek adabiyotining ilk realistik

romanlaridan biri

“Oʻtgan kunlar

” asaridir. Ushbu roman 1922-yilda eʼlon qilingan

boʻlib, Turkistonning XIX asr oxirlaridagi ijtimoiy hayotini aks ettiradi [4. 23-b.].

Asarda Otabek va Kumush obrazlari orqali adib o‘zbek jamiyatidagi ma’naviy

inqiroz, urf-odatlar, adolatsizliklarni fosh qiladi. Otabek obrazi Qodiriyning oʻzi

eʼtirof etganidek, yangi fikrli, jadidona qarashdagi, vatanparvar, adolatparast

kishining timsolidir. Kumush esa oʻsha davr ayolining gʻamli, lekin eʼtiqodli

siymosidir [5. 18-b.]. Bu asarda jamiyatning turli qatlamlari, savdogarlar, dehqonlar,

mansabdorlar, ulamolar aniq tasvirlangan. Roman tilining xalqonaligi, obrazlarning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

321

jonliligi, syujetdagi dramatizm uni oʻzbek adabiyotining eng yuksak namunalaridan

biriga aylantirdi [6. 79-b.].

Abdulla Qodiriyning ikkinchi romani – “

Mehrobdan chayon

” (1929)da –

adib jamiyatdagi mansabparastlik, diniy riyo, johillik va erkni buzuvchi omillarni

keskin tanqid qiladi. Romandagi Baxtiyorbek, Hamidxon kabi obrazlar orqali o‘sha

davrdagi amaldorlarning loqaydligi va zolimligini ochib beradi. Shuningdek,

Abdulla Qodiriy romandagi Xudoyorxon obrazidan olabo'ji yasashni emas, balki

hukmdor inson siymosini, hayot ziddiyatlari ichra o'z holicha ko'rsatishni o'z oldiga

maqsad qilib qo'ygan. E'tibor berilsa, Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”dagi

Xudoyorxon obraziga aynan tilga e'tibor masalasida milliy tuyg'ularni singdiradi:

Xudoyor muhr bosish asnosi yozilgan yorlig' va nomalarni o'qutib eshitar,

munshilarning eshitilmagan arab va fors so'zlari orqaliq to'qug'an yarimturkiy

jumlalariga aksar vaqt tushunmas: "Enalaring arapqa tekkanma?” deb mirzo,

muftilarni koyir edi. Ammo Anvarning yozg'an har bir jumlasini musiqiy kabi

rohatlanib, tushunib tinglar va “shu bala barilaringdan ham o'qug'anraq chiqar!”

deb, boshqa mirzolarning yuragiga o't yoqar edi” –

deb yozadi asarda [2. 87-88-b.].

Bu roman oʻzbek adabiyotida siyosiy-ijtimoiy tanqidning yuksak namunasi

hisoblanadi. Unda ilgari surilgan gʻoyalar sho’ro hukumatining noroziligiga sabab

boʻlib, Qodiriy keyinchalik tazyiqlarga uchradi [7. 32-b.].

Sho’ro hukumatining 1937-yilgi qatagʻon siyosati Abdulla Qodiriy taqdiriga

ham ogʻir taʼsir koʻrsatdi. Shu yil 31-dekabr kuni Qodiriy “

xalq dushmani

” degan

tuhmat bilan qamoqqa olinib, soʻroqlardan soʻng otib tashlandi. Abdulla

Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriyning yozishicha, o'shanda tergov mahali ham

adib:

“Menga qo'yilgan ayblarni boshdan-oyoq rad etaman. Haqiqat yo'lida har

qanday, hech qanday jazodan

,

qiynoqdan qo'rqmayman. Agar otmoqchi

bo'lsalaring ko'kragimni kerib turaman...”

deb mardona turadi. Uning asarlari uzoq

yillar ta’qiqlanib, faqat 1956-yildan keyin oqlanib, qayta nashr etila boshlandi [8. 6

b.].

Abdulla Qodiriy oqlangandan keyin 1958-yildan boshlab, uning qutlug'

nomi tiklanib, asarlari xalqqa qaytarila boshlandi. Adib va uning asarlari haqida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

322

qator

tadqiqotlar

va

risolalar

maydonga

keldi.

1991-yil

O'zbekiston

Respublikasining mustaqilligi e'lon qilingandan so'nggina Abdulla Qodiriyga

yuksak hurmat va ehtirom ko'rsatila boshlandi. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy

nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va “

Mustaqillik”

ordeni bilan

taqdirlandi. Abdulla Qodiriy haqida Xayriddin Sultonov “

Ra'no

gulining

suvi

”,

Moziydan bir sahifa”

, Abdulhamid Ismoil “Jinlar Abdulla Qodiriy bazmi yoxud

katta o'yin”, Xurshid Do'stmuhammad “

Yolg'iz”

kabi asarlar yozdi. Shuningdek,

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga doir arxiv manbalarini oʻrganish natijasida

Nabijon Boqiyning “Qatlnoma” nomli hujjatli qissasi maydonga keldi. Adibning

hayoti, ijodiga bag'ishlab hujjatli fil’m, asarlari asosida kinofil’m va pyesalar paydo

bo'ldi. “O'tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari negizida badiiy fil’m,

videofil’mlar ishlanib, sahnalarda namoyish etildi. O'zbekiston xalq rassomi Alisher

Mirzo tomonidan Abdulla Qodiriy asarlariga qator rasmlar ishlandi. 2019-yil

dekabrida Toshkentda Abdulla Qodiriy yashagan uyda, shuningdek, poytaxtning

Abdulla Qodiriy bog'ida muzeylar tashkil etildi. Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy

nomidagi ijod maktabi ishlab turibdi [2. 15-16-b.].

Xulosa o’rnida aytganda, Abdulla Qodiriy oʻzining hayoti, qarashlari va

asarlari bilan oʻzbek milliy uygʻonishining ramziga aylangan. Uning romanlari

oʻzbek adabiyotida realizm, tarixiylik, tanqidiy tafakkur kabi yondashuvlarni

rivojlantirdi. Jadidchilik ruhidagi bu asarlar bugun ham oʻz dolzarbligini

yoʻqotmagan. Ularning yosh avlodni tarbiyalashda, tarixni anglashda, maʼnaviyatni

shakllantirishda tutgan oʻrni beqiyosdir.Bugun Abdulla Qodiriy nafaqat

adabiyotshunoslikda, balki umumxalq xotirasida millat fidoyisi, soʻz sanʼatini

yuksak choʻqqilarga olib chiqqan ijodkor sifatida yashaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot,

2014.

2. Karimov B. Jadidlar Abdulla Qodiriy. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022.

3. Karimov B. O’tgan kunlar ibrati. – Toshkent: Yozuvchi, 2019.

4. Normatov U. Abdulla Qodiriy va uning adabiy merosi. – Toshkent: Fan, 1994.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

323

5. Madrahimov S. XX asr o’zbek adabiyoti. – Samarqand: Navoiy nomidagi

universitet nashriyoti, 2015.

6. Zunnunov A. O’zbek romanchiligi tarixi. – Toshkent: Fan, 1982.

7. Qayumov A. Ma’naviyat, ma’rifat va qatag’on. – Toshkent: Akademnashr, 2008.

8. Qodiriyni qo’msab. Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1994.