MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
276
(Taraxacum albidum) ASTERACEAE TURINING O‘ZIGA XOS
HUSUSIYATLARI VA UNING TARQALISHI
Umaraliyeva Shodiyona Farhodjon qizi
Namangan davlat universiteti,
Biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Email:
shodiyonaumaraliyeva738@gmail.com
Tel: +9989938910413
Abstract. This article discusses the origin of Taraxacum albidum, a species
belonging to the Taraxacum genus within the Asteraceae family, Taraxacum
albidum highlighting its distinct morphological characteristics that set it apart
from other species, as well as its unique medicinal properties. Based on data
presented in herbarium specimens, the article also outlines the dynamics of the
species over the years.
Keywords: Taraxacum albidum, TASH, herbarium,
KIRISH. Taraxacum
L. turkumi Asteraceae oilasining yirik
turkumlaridan biri sanaladi.
Taraxacum
turkumi Yevropa, O‘rta Osiyo va Shimoliy
Amerikada keng tarqalgan (2-rasm). So’ngi yillarda O‘zbekiston hududida
Taraxacum
turkumi ustida qator zamonaviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Turkum
morfologik jihatdan kam o’rganilgan taksonlar qatoriga kiradi va taksonomiyasi,
geografiyasi, morfologiyasi bo’yicha dala tadqiqotlarini olib borish va molekulyar
tahlillarini amalga oshirish bo’yicha yangicha qarashlarni talab etadi [1].
Taraxacum
turkumini tarqalish arealiga ko’ra 2 800 dan ortiq turga ega [2].
Plants of the World Online xalqaro ma’lumotlar bazasida yevropada 1 000 turi,
O‘rta Osiyo florasi ro’yxatida 600 turi [3], O‘zbekiston florasida esa 30 dan ortiq
turi mavjud [4,5].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
277
Taraxacum
jinsiga mansub
Taraxacum albidium
o‘ziga hos harekteristikasi
bilan ajralib turadi.
Bu turning to‘liq kimyoviy sifatlari boshqa jins vakillariga
nisbatan juda kam bo‘lib, O‘zbekiston hududida keng uchraydigan turlardan biridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Turning manzillarini aniqlashda Global Biodiversity Information Facility
(GBIF,
),
Moskva
virtual
gerbariysi hamda
tayangan holda amalga oshirildi.
Tadqiqot metadologiyasi usuliga ko‘ra ushbu jinsning uchrash areali boshqa
turlarga nisbatan yuqori bo‘lib, Yaponiya hududlarida keng tarqalgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Tadqiqotlar metadologiyasi tahlillari
ma’lumotlar matritsasi bo‘yicha
Taraxacum albidium
oʻsish shakli: poyasiz (rozet
hosil qiluvchi) oʻt, boʻyi: odatda 10-40sm gacha oʻsadi. Barglari: uzun, tishli yoki
chuqur parrakli, yashil rangda bo‘lib, sirtqi tomoni siliq yoki biroz tukli. Gullari oq
rangda, markazi sariq rangda, gul boshchasi 3-5 sm markaziy qismida joylashgan.
Asosan aprel–may oylarida gullaydi[6]. (1-rasm)
(1 va 2-rasm) Taraxacum albidium jinsining morfolagik ko‘rinishi va
tarqalishi
Mazkur tahlillar shuni ko‘rsatdiki
Taraxacum
oilasiga kiruvchi boshqa
turlardan
Taraxacum albidium
sezilarli darajada ajralib turadi. Uning morfologik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
278
belgilar tomonidan nazar solsak, ildizli, ko‘p yillik, chuqur bo‘lakli barglari bazal
rozetni hosil qialdi, yiliga bir marta gullaydi. [8]. (1-rasm)
Taraxacum albidium
boshqa tur vakillaridan tarqalish hududiga ko’ra ham
ajralib turadi. Dengiz sathidan 2000 m balandlikda o‘rmon-dasht zonasining yuqori
qismida, toshli yonbag‘irlarda va tog‘li yerlarda, mo‘tadil iqlim mintaqalarida
uchraydi. Uning hozirgi kundagi uchrash areali keng qamrovda Yaponiya, Xitoy,
Janubiy Koreya, O‘zbekiston, va Qozog‘iston hududlari hisoblanadi[9].
XULOSA.
Aytish mumkinki mazkur tur kelib chiqishida ko‘plab
morfologik tabaqalanishni bosib o‘tgan.
Taraxacum albidium
togʻli va quruq
iqlimga chidamli oʻsimlik boʻlib, asosan qumloq yoki toshloq tuproqlarda, ochiq
yon bagʻirlarda yoki butazorlar orasida oʻsadi. An’anaviy tabobatda jiggarning
yallig‘lanishi, teri, buyrak va o‘t pufak kasalliklarida, imunitetni mustahkamlashda
va asabni tinchlantirishda keng qo‘llaniladi.
O‘simlik kimyoviy tarkibi jihatidan boshqa turlardan ajralib turadi, uning
dorivorlik hususiyatlari juda yuqori bo‘lib, ildizi va barglarida taraxasterol, inulin,
bitter glikozidlar, A, C, K va B vitaminlar, kalsiy, kaliy, temir kabi minerallar va
boshqa bir qator moddalar bor, hozirgi kunda ko‘plab iste’mol qiladigan dorilarimiz
tarkibida ham o‘rin olgan.
Taraxacum albidium
shu bilan birga ildizidan turli hil shifobaxsh choy va
damlamalar tayyorlaniladi.
Taraxacum
va uning tarkibiga kiruvchi boshqa turlarni keng plantatsiya
qilish orqali tabobatda yuqori natijalarga erishish imkoniyati beradi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Tojibaev K.Sh. va boshq. (2020). O‘zbekiston florasidagi dorivor o‘simliklar.
– FAN nashriyoti.
2. Yakugaku Zasshi (Journal of Japanese Pharmacology), 2012. – On the
hepatoprotective effect of Taraxacum albidum.
3. Uddin, S. et al. (2010). A review on pharmacological and phytochemical
profile of genus Taraxacum. – International Journal of Pharmacognosy.
4. Dahlstedt, G. (1907). “Nova Acta Regiae Societatis Scientiarum Upsaliensis”.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
279
5. Takahashi, H. et al. (1995). “Apomixis in Taraxacum albidum and its
reproductive biology.” Plant Species Biology, 10(3): 215–222.
6. Flora of Japan (Ohwi, 1965)
7. Plants of the World Online (POWO) – https://powo.science.kew.org
8. Flora Uzbekistana. T.1–10. OʻzR FA, Toshkent.
9. Tojibaev K. (2020). Taraxacum turlarining balandlikka moslashuvi. – Uzbek
Journal of Botany.
10. Poljakov P.P. (1957). Taraxacum genus in the flora of the USSR.
https://inaturalist.lu/taxa/451021-Taraxacum-albidum