Authors

  • Rahimjonova Irodabonu Nodirbek qizi

Author Biography

  • Rahimjonova Irodabonu Nodirbek qizi

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

    Tarix yo’nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115802

Abstract

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr etila boshlandi. Bu g’oyat muhim tarixiy voqea edi. Lekin O`rta Osiyoning markaziy shaharlarida bosmaxonalarning tashkil etilishini mustamlakachi ruslarning o`lkaga ko`rsatgan “marhamati” sifatida qabul qilish kerak emas.   


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

268

TURKISTONDA MATBAACHILIKNING VUJUDGA KELISH

SHART–SHAROITLARI

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Tarix yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Rahimjonova Irodabonu Nodirbek qizi

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr

etila boshlandi. Bu g’oyat muhim tarixiy voqea edi. Lekin O`rta Osiyoning markaziy

shaharlarida bosmaxonalarning tashkil etilishini mustamlakachi ruslarning

o`lkaga ko`rsatgan “marhamati” sifatida qabul qilish kerak emas.

Birinchidan,

noshirlik jahon mamlakatlarida keng tarqalib bo`lgan edi.

Ikkinchidan,

Turkiston

o`lkasidagi

ijtimoiy–siyosiy

vaziyat

rus

hukumatidan bu yerda mustamlakachilikka qarshi kurash avj olib ketishini

bartaraf etish uchun muayyan jihatdan mahalliy ijtimoiy talablarga yon berishni

talab qilar, bu borada bosmaxona kabi ijtimoiy dunyoqarashga ijobiy ta`sir

ko`rsatadigan, lekin mavjud mustamlakachilik siyosatiga halal bermaydigan siyosiy

vositalardan foydalanishga majbur etardi.

Uchinchidan,

bosmaxonalar Turkiston o`lkasidagi kitobga bo`lgan yuksak

talabdan kelib chiqib, iqtisodiy foyda olishni ko`zlagan holda tashkil etilgan, bu

o`rinda Turkistonga sehrli o`lka sifatida qaragan

rus burjuaziyasining nafsi ham

yaxshigina rol o`ynagan edi. Bosmaxonalarniig tashkil etilishiga, ayniqsa, oxirgi

sabab katta turtki berganini bu o`lkadagi noshirlik korxonalarining, asosan rus

muhojirlari tomonidan tashkil etilib boshqarilgani ham tasdiqlaydi.

Lekin bu siyosiy jarayonlar O`rta Osiyo xalqlarining savodini chiqarish,

madaniy merosiga hissa qo`shish,

ilm–ma`rifatni oshirish, qo`shni mamlakatlar

xalqlari madaniyati bilan tanishtirish, jahonda yuz berayotgan o`zgarishlardan

voqif qilish yo`lida olib borilgan harakatlar sifatida baholanishi haqiqiy siyosiy

maqsadlarni niqoblash uchungina edi, xolos. To`g’ri, bundan o`lka xalqlariga hech

qanday foyda bo`lmadi, deyish xato bo`ladi. Ammo siyosatga berilgan ta`riflardan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

269

birida sadaqa berib quldek ishlatish aynan siyosatdagi ifloslik, ya`ni manfaat yo`lida

vijdon va axloqni ifloslikka bo`ysundirish, deya ta`riflanadi.

Ruslarning Turkistonga ko`rsatgan yonbosishlari huddi mana shu ta`rif

mohiyatiga muvofiq kelar edi. Xullas, Turkistonda rus zodagonlarining

manfaatlariga, qolaversa, o`sha mafkuraviy tuzum siyosatiga xizmat qiluvchi

ma`naviy qurol sifatida bosmaxonalar tashkil etildi. Bu ayni vaqtda o`zbek

madaniyatida kitoblarni bir vaqtning o`zida ko`plab nusxada nashr etilishining

boshlanishini bildirar edi

1

.

Turkistonda dastlab ish boshlagan bosmaxonalarda avvalo dunyoviy ilm-

fan — geografiya, tarix, ma`danshunoslik, bog’dorchilik, dehqonchilik, tabobat,

aniq fanlarga oid Yevropa mamlakatlari va Rossiya ilmiy hamda ommaviy

jamoatchiligiga noma`lum bo`lgan asarlarga katta e`tibor qaratilgan. Rivojlangan

xorijiy mamlakatlarda bu manbalarga talab va ehtiyoj kattaligi e`tiborga olingan.

Samarqand universitetining kutubxonasida o`sha vaqtda nashr etilgan bunday

kitoblarni ko`plab ko`rish mumkin. Jumladan, 1830 yilda Tohir ibn Qozi Abu

Saidxo`ja Samarqandiy tomonidan fors tilida yozilgan Samarqandning bunyod

etilish tarixi, shaharning “Samarqand” deb atalishi sababi, jug’rofiy holati va XIX

asrning uchinchi choragiga qadar saqlanib qolgan osori–atiqalari, shuningdek,

masjid va madrasalar, ko`shklar va mozorlar to`g’risida ma`lumotlar beruvchi

“Samariya” asari ham mavjud. Nodir qo`lyozmalar bo`limida saqlanayotgan

she`riy arifmetika jamlanmasi muallifi matematik, shoir, tilshunos, XIX asrda

yashagan samarqandlik Boboyor Mirzaqulovdir. U geometriya darsligini o`zbek

tiliga tarjima qilib, matematik grafika haqida tushuncha bergan, shuningdek,

raqamlar turkumini 46 matematik belgiga ajratgan. Muallif qadimiy o`zbek

qabilalarining 92 nomini birinchi bo`lib hisoblab chiqqan edi

2

.

Turkistonda kitob bosish Rossiya imperiyasining o`z hukmronligini

o`rnatishi bilan keng rivoj topdi. Toshkentda 1868 yilda birinchi bosmaxona harbiy

okrug shtabi huzurida tashkil qilindi. Bu bosmaxona dastlabki davrda yaxshi

1

Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. –

Б. 68.

2

Дадахонов Ф. Нодир қўлёзмалар хазинаси // Жамият. – Т., 2008. – №5. – Б. 8.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

270

jihozlanmagan edi. Shu sababli bu yerda turli blankalar, ish qog’ozlari bosilgan.

Mazkur bosmaxona gazeta nashr qilishga moslashmagani uchun 1869 yilda

boshqa bosmaxona tashkil etilgan. Bu yerda ishlash uchun Rossiyadan harf

teruvchilar ham chaqirildi. Ushbu bosmaxona 1870 yildan arab harfi shriftiga ega

bo`ladi.

XIX asr 70-yillaridan boshlab o`zbek tilida ham kitoblar nashr etila

boshlanadi. 1872 yili nashr etilgan Shohimardon Ibrohimovning “Kalendar” kitobi

ularning dastlabkisi edi. Kitob 500 nusxada, 17x13,5 santimetr o`lchamda,

muqovasiz chiqarilgan

3

.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda xususiy bosmaxonalar paydo

bo`la boshladi. 1877 yilda S.I. Laxtin tashkil etgan bosmaxona shularning

dastlabkisidir. Mazkur bosmaxona litografiya jihozlariga ega bo`lib, mahalliy tilda

kitoblar nashr qilgan. Shuni alohida qayd qilish kerakki, Turkistonda, garchi

bosmaxona kech tashkil topgan bo`lsada, lekin litografiya yo`li bilan kitob nashr

qilish ancha rivojlangan edi. Bunga sabab shuki, litografiya texnikasi uncha

murakkab bo`lmay, bosmaxona uskunalariga nisbatan birmuncha arzon edi. O`rta

Osiyoda birinchi litografiya Xiva shahrida 1874 yili vujudga keldi. Uning

tashkilotchisi Otajon Abdalov edi. U eronlik ustozi Ibrohim Sulton rahbarligida

Xivada toshbosma tashkil etishga muvaffaq bo`ldi. Shu paytdan boshlab u “Otajon

bosmachi” (matbaachi) degan nom oldi. Biroq, bu ish uzoqqa cho`zilmadi.

Xonlikdan moddiy yordam bo`lmagach, uning faoliyati to`xtab qoldi. Keyingi

davrlarda tashkil etilgan litografiyalar mahalliy burjuaziya vakillaridan iborat

ayrim shaxslar qo`lida edi. Temir sotuvchi Esonboy Husayinboev ham dastlabki

o`zbek nashriyotchilaridan biridir. Uning litografiyasi Toshkentda 1883 yilda ishga

tushirildi. Mazkur litografiya uchun asbob–uskunalar Rossiyadan 50 dan ortiq

tuyada keltirilgan. Ma’rifat yo’lida jon kuydiruvchisi bo’lgan o`zbek nashriyotchisi

kitoblarni o`z ona tilida chiqara boshladi. 1888 yilning oxirida Toshkentda S.A.

Portsev tomonidan yana bir bosmaxona ishga tushirildi. Umuman, 1868 yildan

1898 yilga qadar Turkistonda matbaa korxonalarining soni 15 ga etdi. Ulardan 6 tasi

3

Эрназаров Т., Акбаров А. Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: Ўздавнашр, 1959. – Б. 10.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

271

bosmaxona bo`lib, qolganlari litografiya yoki tipolitografiyaga ega bo`lgan

bosmaxonalardir

4

.

1893 yilda Otajon Abdalov yangidan toshbosma tashkil qilishga kirishdi.

U o`z hisobidan 200 so`mga toshbosma sotib olib, nashriyotchilik faoliyatini

davom ettirdi. O.Abdalov tarixiy asarlarni, Xorazm mumtoz adabiyoti

namoyondalaridan Munis, Ogahiy kabi shoirlarning asarlarini toshbosmada

ko`paytirib, omma orasiga keng tarqatadi.

Keyinchalik litografiyalar Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon va

boshqa shaharlarda paydo bo`la boshladi. Litografiya uchun asbob–uskunalar

Rossiya, Hindiston, Eron, Misr va boshqa mamlakatlardan keltiriladi.

Ilk davrlarda matbaa korxonalari texnika jihatidan qoloq, mahsulot ishlab

chiqarish jihatidan sifatsiz edi. Matbaa sanoati korxonalarida ishlayotgan

xodimlarning tarkibi ham o’ziga xos edi, xususan mahalliy millat vakillari 72 kishi

bo`lib, bulardan 16 kishigina malakali xodim edi. Bosmaxona va litografiyada

ishlayotgan ishchilar orasida birgina ayol bor edi, xolos. Turkiston Rossiya

imperiyasi tomonidan zabt etilgach, dastlabki davrdayoq kitob bosish uchun

moddiy–texnika bazasi yaratildi. Rus burjuaziyasi tomonidan siyosiy maqsadlarda

ko`rsatgan tashabbusi tez orada mahalliy ziyolilarning uni o`z qo’llariga olishlariga

imkoniyat yaratdi. Mahalliy nashriyot vujudga kelishi Turkiston ning o`sha

davrdagi madaniy hayotida g’oyat katta voqea bo`ldi.

Kitob nashr qilish yangi ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli

bo`lib, uning kashf qilinishi burjua jamiyati vujudga kelishiga muhim shart–

sharoit yaratgan edi. Binobarin, Turkistonda kitob bosishning kech rivojlanishi

uning iqtisodiy va texnik jihatdan nisbatan qoloqligi natijasidir. Ruslarning

joylardagi ma`murlari kitob nashr qilishdan manfaatdormidi ? Albatta, manfaatdor

edi. Ular kitob nashr qilishdan mustamlaka hokimiyatni mustahkamlash, Turkiston

general–gubernatorligining obro`sini oshirish, ruslarning mustamlakachilik

4

Эрназаров Т., Акбаров А. Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: Ўздавнашр, 1959. – Б. 8.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

272

siyosatini amalga oshirish uchun foydalanardilar. Buning evaziga ular katta sarmoya

ham to`playdilar.

O`lkadagi ijtimoiy iqtisoliy, siyosiy, xarbiy hamda iqtisodiy shart-sharoit

kitob nashr qilishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo`ldi.

Shunday qilib, Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmida kitob bosish keng

yo`lga qo`yildi. Natijada, Rossiya imperiyasi hukumati o`z oldiga qo`ygan muhim

vazifalarni hal qilish imkoniyatiga erishdi

5

.

Bundan tashqari, Sharqda kitob nashri Yevropadagiga qaraganda, o`ziga

xos xususiyatga ega bo`lib, kitoblarning asosiy qismi litografiya usuli bilan chop

etilar edi. Matbaa usuli bilan chop etish harf terishni, turli shriftlar, bosma

mashina va boshqa texnik vositalar singari rivojlangan matbaa bazasini

yaratishni talab qilar edi. Shu bilan birga, joylarda nashr ishlari mutaxassislarini

tayyorlash muammosini yuzaga keltirdi, harflarning murakkabligi anchagina

qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Rus hukumati o`z ehtiyojidan kelib chiqib, kitob

nashri uchun moddiy–texnik baza yaratdi. Nashr ishlarining yo`lga qo`yilishi

kitoblarni

aholi orasiga chuqurroq kirib borishiga yo`l ochdi, yurtimizda matbuot

ishi rivojlanishiga turtki bo`ldi, fan–madaniyatdagi ilg’or, shuningdek, yot

g’oyalarning tarqalishiga yordam berdi.

Turkiston o`lkasini mute yurtga aylantirish maqsadida uning tabiiy sharoiti,

iqtisodi, ishlab chiqarish kuchlari, mahalliy aholi turmush tarzini tadqiq etgan rus

olimlarining kitoblari dastlabki bosma nashrlari hisoblanardi.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Turkiston

to`plami” (“Turkestanskiy sbornik”) nomli g’oyat qimmatli majmua saqlanadi.

594 jilddan iborat bu kitoblar majmui O`rta Osiyo, asosan, Turkiston tarixi uchun

katta ilmiy ahamiyatga ega. Fidoyi rus bibliografi V.I. Mejov tomonidan 1867

yildan 1888 yilgacha “To`plam” ning 416 jildi tuzilgan. 1888 yildan 1907 yilgacha

mablag’ yetishmaganligi sababli uni tuzish to`xtab qolgan. U “To`plam” ni Sankt–

Peterburgda tuzib, Toshkentga – Turkiston ommaviy kutubxonasiga jo`natib

turgan. 1907–1916 yillar mobaynida bibliograf va sharqshunos olimlar:

5

Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.: Ўзбекистон , 1972. – Б. 26.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

273

N.V.Dmitrovskiy,

A.A.Divaev,

A.A.Semyonov,

Yu.F.Bonch–Smolovskiy,

I.I.Geyer va Turkiston ommaviy kutubxonasi direktori I.P.Zikov tomonidan 175

jildi tuzilgan. Faqatgina, 1939 yili respublikadagi kutubxona xodimi E.K.Betger

tomonidan qolgan 3 (592, 593, 594) jildini tuzadi. “To`plam” salkam 11000 ilmiy

maqola va kitobni o`z ichiga oladi. Majmuani bibliograf A.G.Qosimova o`zining

“Turkestanskiy sbornik” (1985) kitobida quyidagicha ta`riflaydi: “Turkiston tarixi,

etnografiyasi, arxeologiyasi, iqtisodi, jug’rofiyasi va bu o`lka xalqlari madaniyati

to`g’risidagi maqola va kitoblardan tashkil topgan bu “To`plam” Oktabr

inqilobigacha bo`lgan O`rta Osiyoni o`rganishda ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim

manba bo`lib xizmat qiladi”

6

.

Turkiston to`plamining noyobligi shundaki, XIX asr ikkinchi yarmi – XX

asr boshlarida Rossiya va boshqa mamlakatlarda rus, fransuz, ingliz, nemis,

italyan, ispan va lotin tillarida chiqqan gazetalar, jurnal hamda kitoblarning faqat

Osiyo, asosan, Turkiston o`lkasi haqida yozilganlari bu yerga to`planib, shunday

nodir majmua yaratilgan. Bu haqda “Golos” gazetasi 1878 yildagi 5-sonida shunday

yozadi: “To`plamda faqat rus matbuotidagina emas, balki boshqa xalqlar

matbuotida ham Turkiston haqida yozilgan maqolalar va yirik asarlar yilma–yil,

izchil yig’ib to`plangan”

7

. Shu bilan birga, “To`plam” da Hindiston, Eron,

Afg’oniston, Xitoy, Mo`g’uliston tarixiga oid manbalar ham mavjud.

“To`plam” ning 8, 40, 53, 58, 67, 77 va boshqa jildlariga ruslarning

Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Xivaga qilgan harbiy yurishlari va

mahalliy xalqlarning bosqinchi dushmanga ko`rsatgan qarshiliklari haqida

manbalar kiritilgan. Mazkur manbalar ko`p tillarda yozilganki, bu hol “To`plam”

ning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi

8

.

V.I. Mejovning “Turkiston to`plami” nodir kitob bo`lib, juda katta

bibliografik ahamiyat kasb etadi. Unga O`zbekiston biblio graflari tomonidan

maxsus adabiyotlarda keng sharh berilgan. “Turkiston to`plami” o`lka haqida

6

Абдуазизова Н.А. Туркистон матбуоти тарихи ( 1870–1917 й.й.). – Т .: Академия, 2000. – Б. 35.

7

Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. –

Б. 73.

8

Кураҳмедов А. “Туркистон тўплами” да Самарқанд // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”. – Т., 1996. – №3.

– Б. 14.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

274

barcha ma`lumotni bilmoqchi bo`lgan birinchi general-gubernatori graf K.P. fon

Kaufman farmoyishi bilan boshlangan. “Turkiston to`plami” ning S.I. Idarov

tomonidan tuzilgan besh jildi ham bor.

Shunday qilib, ayrim kamchiliklarga qaramay, “Turkiston to`plami” XIX

asr ikkinchi yarmi – XX asr boshida Turkiston o`lkasi va O`rta Osiyo tarixini

o`rganuvchilar uchun muhim manba hisoblanadi.

Mazkur an`anani davom ettirar ekan, taniqli tarixchi, kitobshunos,

o`lkashunos G.N.Chabrov “Turkiston to`plami” ga o`xshab “O`zbekiston madaniy

hayoti yilnomasi” bibliografik qo`llanmasini tuzdi. U 1940 yildan 1973 yilgacha

bo`lgan davrni o`z ichiga olgan. Bu “Pravda Vostoka”, “Tashkentskaya pravda”,

“Komsomolets Uzbekistana”, “Vecherniy Tashkent” gazetalari va boshqa davriy

nashrlardan qirqmalardir. U 58 jild bo`lib, 11 mingta maqoladan iborat, 6375

varaqni tashkil etadi. Undan foydalanish oson, chunki to`plamdagi ma`lumotlar

tadrijiy tarzda qo`yib chiqilgan, manbalar ko`rsatilgan. Hozirgi vaqtda bu

bibliografik ma`lumotnoma Samarqand Davlat universiteti kutubxonasida

saqlanmoqda va u o`lka tadqiqotchilari uchun yaxshigina yordam berishi

mumkin

9

.

1868 yili Toshkentdagi o`lka shtabida birinchi bosmaxona ochildi. Unda

N.A.Severtsovning “Chu va Norin cho`qqilaridagi mamlakat va u orkali Xitoy

Turkistoniga o`tish yo`llari to`g’risida ma`lumotlar” nomli kitobchasi rus tilida

nashr etildi.

Asta–sekin o`lkaning boshqa shaharlarida ham bosmaxonalar ochiladi.

1880 yili YAngi Marg’ilon, 1905 yili Andijonda bosmaxonalar ish boshladi.

Mahalliy tilda nashr etilayotgan adabiyotlar rus tilidagiga nisbatan

dengizdan tomchidek edi. Ba`zi bosmaxonalarning moddiy bazasi anchagina

qashshoq, shuning uchun ular asosan tipolitografiya va litografiyadan iborat edi.

Shunga qaramay, o`zbek tilidagi kitoblar salmog’i ortib bordi. Litografiya usuli bilan

o`zbek mumtoz adabiyoti namunalari, eski qo`lyozma matnlardan olingan nazm va

diniy asarlar, zamondosh shoirlarning she`rlari, folklor, tarjimalar, shuningdek,

9

Бобожонова О. Ўзбекистоннинг кўхна китоблари // “Мозийдан садо”. – Т., 2006. – №4. – Б. 8.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

275

o`quv qo`llanmalar ham nashr etildi. Marg’ilonning eski shahar qismidagi Hoji

Muhammad Azimjon Marg’iloniy bosmaxonasida 1889–1890 yillar Farididdin

Attorning “Mantiq ut–tayr” asari, “Ta`birnomai Xorun ar-Rashid”, “Fiqhi

kaydoniy” (Musulmon qonunshunosligi) va Xo`ja Hofiz Sheroziyning she`rlar

to`plami nashr etildi. 1902 yilda Husayn Makaev, Hoji Muhammad Azimjon

Marg’iloniy va boshqalar xususiy litografiya egalari bo`lishdi. G’ulom Hasan

Orifjonov litografiyasida 1908–1913 yillarda Alisher Navoiyning kitoblari 10

martadan ko`p nashr

qilindi. Namangan uyezdi, To`raqo`rg’on qishlog’ida

Is’hoqxon Ibrat tomonidan 1909 yilda ochilgan “Matbaai Is’hoqiya”

tipolitografiyasi “Ibrat lirikasi she`rlar to`plami” (1909) va “Yozuv tarixi

to`plami” (1911) kabi asarlarni nashr qildi

10

.

Davlat, jamoat va siyosat arbobi, Turkistonning yirik sarmoya-dorlaridan

biri Obidjon Abdulxoliq o`g’li Mahmudov Farg’ona taraqqiyparvarlarining

peshqadam vakili edi. Uning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1914 yili

Qo’qonda bosmaxona tashkil qilingan edi. Bu bosmaxonada faqat “Sadoi Farg’ona”

gazetasi bosilgan, xolos.

Rus hukumati boshqa sohalar kabi noshirlik ishlaridan ham o`lkani

ma`naviy jihatdan tobe qilish, umumruslashtirish siyosatini kuchaytirish kabi

strategik vazifalarni hal etishda foydalanishga intildi. Ammo rus hukumatining

mafkuraviy va ma`muriy tadbirlariga qaramay, keng xalq ommasi, milliy ziyolilar

asriy an`analarni asrab qolishga intildilar, o`tmish ma`naviy merosini boyitishga

kirishdilar. Noshirchilik ishlarida milliy taraqqiyot uchun o`ziga xos shafqatsiz

kurash avj oldi. Bu esa, o`z navbatida, Turkistondagi milliy ozodlik kurashining

ajralmas qismi bo`lib qoldi.

10

Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.

– Б. 74.