Authors

  • Mamadaliyeva Nargiza Mamirovna

Author Biography

  • Mamadaliyeva Nargiza Mamirovna

    Toshloq tumani 2-son politexnikumi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115803

Keywords:

Amir Temur ilm-fan Temuriylar davri Ulug‘bek Qazizoda Rumiy G‘iyosiddin Koshiy madaniyat taraqqiyot ilmiy markazlar tarixiy meros Samarqand madrasa astronomiya matematika.

Abstract

Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik qilgan davrda ilm-fan va madaniyat sohalarida yuz bergan yuksalishlar tahlil qilinadi. Buyuk sarkarda nafaqat harbiy yurishlar, balki ilm-fan, madaniyat, arxitektura va adabiyotning taraqqiyotiga ham alohida e’tibor qaratgan. Maqolada Temur tomonidan qurilgan ilmiy va diniy maskanlar, olimlarga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom, Temuriylar davrining buyuk allomalari – Qazizoda Rumiy, Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy kabi olimlarning faoliyati haqida ma’lumotlar bayon etiladi. Shuningdek, bu davrning ilmiy-madaniy merosi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

263

AMIR TEMUR DAVRIDA ILM-FAN TARAQQIYOTI

Toshloq tumani 2-son politexnikumi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi

o’qituvchisi

Mamadaliyeva Nargiza Mamirovna

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik qilgan davrda ilm-

fan va madaniyat sohalarida yuz bergan yuksalishlar tahlil qilinadi. Buyuk sarkarda

nafaqat harbiy yurishlar, balki ilm-fan, madaniyat, arxitektura va adabiyotning

taraqqiyotiga ham alohida e’tibor qaratgan. Maqolada Temur tomonidan qurilgan

ilmiy va diniy maskanlar, olimlarga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom, Temuriylar

davrining buyuk allomalari – Qazizoda Rumiy, Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy kabi

olimlarning faoliyati haqida ma’lumotlar bayon etiladi. Shuningdek, bu davrning

ilmiy-madaniy merosi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega ekani

ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar: Amir Temur, ilm-fan, Temuriylar davri, Ulug‘bek, Qazizoda

Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, madaniyat, taraqqiyot, ilmiy markazlar, tarixiy meros,

Samarqand, madrasa, astronomiya, matematika.

Amir Temur davrida ilm-fanning taraqqiy etishiga ta’sir kо‘rsatgan omillar

haqida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, Sohibqironning mamlakatda qat’iy tartib

о‘rnatishga erishganini, har bir ishni, shu jumladan, ilm va ta’lim ishlarini

belgilangan qonun va qoidalarga muvofiq amalga oshirganini, bu qonun-qoidalarni

esa saltanatdagi kishilarning turli xil toifalari bilan bog‘lab tuzganini ta’kidlab о‘tish

zarur. Bu haqda “Temur tuzuklari”da quyidagi sо‘zlar bitilgan: “Saltanatim

martabasiga zebu ziynat berdim. Saltanatimni о‘n ikki toifaga bо‘lib, ularga

tayangan holda ish yurgizdim. Saltanatim qonun-qoidalarini ham ana shu о‘n ikki

toifaga bog‘lab tuzdim” [1].

Amir Temurning ulamo, fuzalo, fozillar toifasiga (birinchi toifa) alohida

e’tibor bergani, ularni о‘ziga yaqinlashtirishga harakat qilgani, davlat miqyosida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

264

amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilash, muhim qarorlar qabul qilishdan avval

kengashlar chaqirib, ular bilan maslahatlashgani Sohibqironning ilm-fan ahliga katta

ishonch bildirganligidan dalolat beradi. Temur kengashib, maslahatlashib

о‘tkazilgan tadbir sanoqsiz lashkar ojizlik qilgan kuchni yengishga imkon beradi,

deb hisoblagan. Ana shuning uchun ham u olimlar va ruhoniylarga murojaat qilib,

ulardan mamlakatni boshqarishda о‘z maslahatlari bilan yordam berishlarini

sо‘ragan. Bu jihatdan Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” kitobi berilgan Amir

Temurning yangidan bunyod etilgan Boilkan shahrida olim fuzalolar bilan о‘tkazgan

kengashi haqidagi ma’lumot diqqatga sazovordir. Bu kengashdagi nutqida u

shunday degan: “Fan va dinning mashhur kishilari о‘z maslahatlari bilan

podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday

qilmayapsizlar. Mening maqsadim, mamlakatda adolat о‘rnatish, tartib va tinchlikni

mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni

kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda

menga о‘z maslahatlaringiz bilan kо‘maklashishlaringiz kerak”. Amir Temurning

ilm-fan ahliga bо‘lgan munosabati davlatni idora qilish, saltanat saroyida о‘tirish,

maoshlar tayinlash va shu kabilar tuzuklarda alohida qayd qilingan. Xususan, u

olimlar, donishmandlarga saroyda о‘tkaziladigan majlislarda о‘zining о‘ng tarafidan

ul kishilar uchun mо‘ljallangan tomonidan о‘rin bergan. Umrining kо‘p qismini

harbiy yurishlarda о‘tkazgan Amir Temur safarlarda ham olimlar bilan hamsuhbat

bо‘lar edi. Jumladan, Damashq muhosara qilingan paytda, mashhur arab tarixchisi

va mutafakkiri ibn Xaldun (1332 – 1406) bilan suhbatda bо‘lgan. Uchrashuv

chog‘ida mashhur tarixchi Sohibqironga Qur’oni Karimning gо‘zal bir nusxasini

hadya qiladi va Amir 57 Temur о‘rnidan turib, muqaddas kitobni о‘pib, boshiga

qо‘ygan [2]. Xuddi ana shunday hurmat va ehtiromni Sohibqiron о‘zi zabt etgan

mamlakatlardagi olim-u fuzalo, dono kishilarga nisbatan ham kо‘rsatgan “Qaysi

mamlakatni zabt etgan bо‘lsam, – deb ta’kidlaydi bu haqda Amir Temur, – о‘sha

yerning obrо‘-e’tiborlik kishilarini aziz tutib, sayyidlari, ulamolari, fuzalo va

mashoyixlariga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg‘ol, vazifalar

berib, maoshlarini belgiladim”. Temur davrida ilm-fanning qaytadan rivoj topishiga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

265

ta’sir kо‘rsatgan omillardan yana biri qо‘shni mamlakatlar, ayniqsa Xitoy [1],

Hindiston bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bо‘ldi. Turli

mamlakatlardagi ilmiy markazlar, olimlar о‘rtasida aloqalarning о‘rnatilishi,

xalqlarning bir-birining tarixiy madaniyatini о‘rganishi, ilm-fan sohasidagi erishgan

natijalari bilan tanishishi ilmiy bilimlar taraqqiyoti uchun qulay sharoit tug‘dirgan.

Temur saltanatida ilm-fanning taraqqiy etishida о‘tmish madaniyati, boyliklarini

о‘rganishga e’tibor berilishi ham muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Bu davr olimlari

qadimgi Yunoniston mutafakkirlarining ilmiy meroslari, xususan, Arastu

asarlarining al-Kindiy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi, Evklidning

matematikaga oid 13 kitobini о‘z ichiga olgan “Asoslar” asarining, Ptolomeyning

“Almagest” kitobining Beruniy tomonidan sanskrit tiliga tarjimalari va shu kabilar

bilan tanish edilar. Ularda Xitoy va hind olimlarining riyoziyot, falakiyot, tibbiyot,

kimyo, adabiyot, tarix kabi ilm sohalaridagi tadqiqotlariga, chunonchi, hindlarning

“Kalila va Dimna” asariga bо‘lgan qiziqishi kuchli edi. Shuningdek, XIV-XV

asrlarda ilm-fanning yuksalishi uchun IX-XII asrlarda О‘rta Osiyoda yaratilgan

madaniyatning, xususan, Xorazmiy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom,

Nasriddin Tusiy kabi jahonga mashhur bо‘lgan allomalar ilmiy merosining g‘oyaviy

manba bо‘lib xizmat qilganligini alohida ta’kidlab о‘tish zarur. Yuqorida qayd etib

о‘tilgan omillar va boshqa shunga о‘xshash hodisalar О‘rta Osiyoda ilm-fanning

istilolar, siyosiy vaziyatlarining о‘zgarish ta’sirida taraqqiyotdan tо‘xtab qolishga

yо‘l qо‘ymagan va ilmiy bilimlar rivojidagi vorislikning saqlanishiga yordam

bergan. Bunday vorislikni Temur va Temuriylar davridagi ilm-u fan taraqqiyotining

barcha yо‘nalishlarida, xususan, riyoziyot sohasida kuzatish mumkin. Taniqli

gollandiyalik matematik va fan tarixi bilimdoni D. Y. Stroykning fikricha, “islom

dunyosida bо‘lgan kо‘p urushlar, siyosiy va etnologik о‘zgarishlar matematika va

astronomiya rivojida yuksalish na qulashlarga sabab bо‘lsa-da, ilmiy markazlardan

birining yо‘qolishi va boshqalarining paydo bо‘lishiga olib kelgan bо‘lsa-da, bu

fanlarning umumiy xarakteri, taraqqiyotining asosiy yо‘nalishiga ta’sir eta olmagan”

[3]. Haqiqatan ham al-Xorazmiyning asarlaridagi hindlarning о‘nlik sanoq

sistemasining talqini va rivojlantirilishi, “Kitob al-jabr nal-muqobala”da taklif


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

266

qilingan tenglamalarni yechishning ikki xil usuli va shu kabi muhim kashfiyotlar al-

Koshiyning о‘nlik kasrlarni ixtiro qilishida, uchinchi darajali tenglamalarni yechish

usulini topishida va umuman, yuqori darajali algebraik tenglamalarni yechish

metodini kо‘rsatishda о‘z davomini topgan va chuqurlashtirgan bо‘lib, riyoziyotdagi

algoritmik-algebraik ruhning mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Shunisi diqqatga

sazovorki, islom mamlakatlarida riyoziyot aynan ana shu algoritmikalgebraik

yо‘nalishda qadimgi dunyodagi riyoziyotga nisbatan ilgarilab ketgan va u darajaga

G‘arbiy Yevropada faqat XVI asrdagina erishgan. Yana shuni aytish kerakki, XIX

asr о‘rtalarigacha algebrada uning Sharqdan kelib chiqqanligi, aksiomatik

metodning ishlatilmasligi bilan Evklid geometriyasidan keskin farq qilishi sezilib

turgan. Ularning kelib chiqishidagi farq hatto hozirgi paytdagi algebra va

geometriyaga oid maktab darsliklarida ham sezilib turadi. Albatta, yuqorida

bildirilgan fikrlar islom mamlakatlarida, shu jumladan, Temur va Temuriylar

boshqargan davlatda riyoziyotning boshqa yо‘nalishlarida tadqiqotlar yetarli

darajada olib borilmagan, degan ma’noni anglatmaydi. Buni tasdiqlovchi dalillar

mavjud. Masalan, Umar Hayyomning “Evklid kitobining qiyin postulatlariga

sharhlar” asarida Evklidning parallel chiziqlar haqidagi postulatini isbot qilishga

urinib, tо‘rtburchakning о‘tkir, о‘tmas va tо‘g‘riburchaklari tо‘g‘risida kо‘rgan

uchta farazi, ilgari surgan g‘oyalari Nasriddin Tusiy asarlarida tasdiqlanadi hamda

keyinchalik al-Koshiyning aylananing uzunligini о‘lchashi, p sonining qiymatini

aniqlashi bilan tо‘ldiriladi. Riyoziyotning bu yо‘nalishida qilingan ishlar geometrik

trigonometriyalarni yuksak chо‘qqilarga kо‘tarib, XIX asrda noevkli geometriyasini

yaratish uchun zarur shart-sharoitlarini tashkil etgan.

Xulosa.

Amir Temur davrida ilm-fan va madaniyat sohalarida erishilgan

yutuqlar nafaqat o‘z zamonasi uchun, balki keyingi asrlar uchun ham katta turtki

bo‘ldi. Temur ilm-fanni harbiy kuch va siyosiy barqarorlik bilan barobar qo‘ygan

buyuk shaxs edi. Uning vorislari esa bu siyosatni davom ettirib, ilm-fanni yuksak

darajaga olib chiqdi. Bugungi kunda bu meros O‘zbekiston xalqining faxri va ilhom

manbaiga aylangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-29

Часть–1_Июль –2025

267

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Temur tuzuklari. – T., 1991. – B.64.

2. Maxsudov D. Amir Temur saltanatida ilm-fan rivoji xususida // Temuriylar davri:

tadqiqotlar va muammolar. – T.: “Navrо‘z”, 2014. – B.226-228.

3. Choriyev A. Sohibqiron ma’naviyati. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2021. – B.53.