Authors

  • Xamdamov Obidjon Maxammadjonovich

Author Biography

  • Xamdamov Obidjon Maxammadjonovich

    IIV Namangan akademik litseyi

    Tarix fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115910

Keywords:

Turkiston muxtoriyati oʻzbek davlatchiligi milliy uygʻonish jadidchilik avtonomiya mustamlakachilik Qoʻqon muxtoriyati mustaqillik gʻoyasi siyosiy elita.

Abstract

Ushbu maqolada 1917-yilda tashkil topgan Turkiston muxtoriyati tarixiy voqeligiga tayanilgan holda, uning tashkil topish sabablari, tarixiy zarurati va siyosiy-ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Ayniqsa, muxtoriyat gʻoyasining shakllanishi, unga yetakchilik qilgan ziyolilar guruhi, qabul qilingan konstitutsiyaviy qarorlar va ularning davlatchilik tarixidagi oʻrni chuqur yoritiladi. Shuningdek, Turkiston muxtoriyati oʻzbek milliy davlatchiligining shakllanishida oʻynagan roli, mustaqillik gʻoyalarining ildizlari, milliy elita faolligi va mustamlakachilikka qarshi siyosiy harakatlar kontekstida tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

296

TURKISTON MUXTORIYATINING TASHKIL TOPISHI HAMDA

OʻZBEK DAVLATCHILIGIDAGI AHAMIYATI

IIV Namangan akademik litseyi

Tarix fani o’qituvchisi

Xamdamov Obidjon Maxammadjonovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada 1917-yilda tashkil topgan Turkiston

muxtoriyati tarixiy voqeligiga tayanilgan holda, uning tashkil topish sabablari,

tarixiy zarurati va siyosiy-ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Ayniqsa, muxtoriyat

gʻoyasining shakllanishi, unga yetakchilik qilgan ziyolilar guruhi, qabul qilingan

konstitutsiyaviy qarorlar va ularning davlatchilik tarixidagi oʻrni chuqur yoritiladi.

Shuningdek, Turkiston muxtoriyati oʻzbek milliy davlatchiligining shakllanishida

oʻynagan roli, mustaqillik gʻoyalarining ildizlari, milliy elita faolligi va

mustamlakachilikka qarshi siyosiy harakatlar kontekstida tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: Turkiston muxtoriyati, oʻzbek davlatchiligi, milliy uygʻonish,

jadidchilik, avtonomiya, mustamlakachilik, Qoʻqon muxtoriyati, mustaqillik

gʻoyasi, siyosiy elita.

Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi 1917-yilgi Rossiya imperiyasining

qulashi, xususan, Fevral va Oktyabr inqiloblari natijasida yuzaga kelgan siyosiy

bo‘shliq davrida yuz berdi. Inqilobdan keyin imperiyaning chekka hududlarida

yashovchi xalqlar o‘z siyosiy taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘la boshladilar.

Bu holat mustamlaka sharoitida yashab kelgan turkistonlik musulmon xalqlar,

ayniqsa, oʻzbeklar uchun milliy tiklanish va siyosiy mustaqillik sari muhim

imkoniyat bo‘ldi. Shu davrda Turkistonda faoliyat yuritgan jadid ziyolilari bu

vaziyatdan foydalanib, oʻz milliy siyosiy tuzilmalarini barpo etishga harakat qildilar.

Ular o‘tmishdagi xonliklar davrining feodal tuzumi o‘rniga zamonaviy

konstitutsiyaviy boshqaruvga asoslangan mustaqil yoki muxtor davlat barpo etishni

maqsad qildilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

297

Turkiston muxtoriyati – 1917-yilgi Fevral inqilobi ortidan shakllangan

siyosiy-ijtimoiy muhitda milliy uygʻonish va mustaqil davlatchilik gʻoyalari asosida

yuzaga kelgan tarixiy hodisadir. Bu muxtoriyat oʻzbek xalqining milliy o‘zlikni

anglash yoʻlidagi dastlabki siyosiy tajribasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Uning tashkil topishi – asrlar davomida mustamlakachilik bosimi ostida yashagan

Turkiston xalqlari, xususan oʻzbek ziyolilari va xalqining erkinlik, tenglik va

adolatga asoslangan davlat tuzish orzusining ifodasidir. 1917-yilgi Oktabr

toʻntarishidan soʻng Rossiyada markaziy hokimiyat zaiflashdi. Bu esa imperiya

tarkibidagi xalqlarga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini yaratdi. Shu sharoitda

jadid ziyolilari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov,

Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat kabi ilg‘or fikrli shaxslar Qoʻqon shahrida

Turkiston muxtoriyatini e’lon qilishdi. 1917 yil 26–28 noyabr kunlari Qo‘qon

shahrida katta qurultoy bo‘lib o‘tadi. «Umumturkiston o‘lka musulmonlarining

favqulodda IV qurultoyi» deb nomlangan yig‘ilishga Markaziy Osiyoning barcha

hududlaridan vakillar chaqiriladi. Yig‘ilishda qatnashayotgan ko‘pchilik musulmon

ziyolilarning xohish-istagi bilan Qurultoyga Turkiston o‘lkasida yashovchi Yevropa

millatiga mansub vakillar ham qatnashdi. Qurultoyda asosiy muhokama Turkiston

kelajagi haqida bo‘ladi. Vakillar Turkistonni mustaqil davlat deb e’lon qilish yoki

Rossiya tarkibida muxtor respublika sifatida qoldirish masalasini ko‘rib chiqishadi.

Oxir-oqibat ko‘pchilik vakillar Turkiston o‘lkasini Rossiya tarkibida muxtor

respublika deb e’lon qilish kerak deb ovoz berishadi. 1917 yil 27 noyabr kuni bu

haqda qaror qabul qilinadi. Qarorda shunday deyilgandi: «Turkistonda yashab

kelayotgan turli millatga mansub aholi Rossiyada inqilob sodir etgan bolsheviklar

tomonidan xalqlarning o‘z haq-huquqlarini o‘zlari belgilash haqidagi gaplaridan

kelib chiqib, Turkistonni Rossiya sovet federativ sotsialistik respublikasi tarkibida

muxtor hudud deb e’lon qiladi». 28 noyabr kuni davom etgan yig‘ilishda qurultoyga

kelgan vakillar Turkistonda tashkil topayotgan yangi muxtor davlatning nomi

«Turkiston Muxtoriyati» deb atalishi uchun ovoz beradi. Shuningdek, Turkiston

o‘lkasida hokimiyat Turkiston Muxtoriyati muvaqqat kengashi va Turkiston

Muxtoriyati xalq majlisiga o‘tishi haqida qaror qabul qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

298

1917-yil 27-noyabrda Turkiston muxtoriyati e’lon qilindi. U parlament

(milliy majlis), hukumat va harbiy qo‘mondonlikdan iborat bo‘lgan. Muxtoriyat

hukumati raisligiga Mustafo Choqay saylangan. Muxtoriyatda konstitutsion

boshqaruv tamoyillari asosida faoliyat olib borish, barcha millat va din vakillarining

teng huquqliligini ta’minlash ko‘zda tutilgan edi. Turkiston muxtoriyati mavjudligi

qisqa – atigi ikki oy davom etdi. 1918-yil fevral oyida bolsheviklar tomonidan

Qoʻqon shahri qattiq hujumga uchradi. Minglab begunoh odamlar o‘ldirildi, Qoʻqon

shahri vayron qilindi. Bu voqea Turkiston xalqlarining milliy ozodlik harakatiga

qaratilgan ochiq tajovuz edi.

Turkiston muxoriyati tuzilgach, hukumat vakillari hududlarda muxtoriyat

tuzilmalarini tashkil eta boshlashadi. Taniqli va tajribali huquqshunoslar jalb etilib,

Muxtoriyat konstitutsiyasini tayyorlash ishlariga kirishiladi. Muxtoriyat hukumati

tomonidan o‘zbek, qozoq va rus tillarida hukumat gazetalari nashr etila boshlanadi.

Yangi tashkil etilgan davlat uchun uchun mudofaa ishlari ham juda dolzarb edi. Shu

sababli hukumat armiya tashkil etishga kirishadi. Muxtoriyat mudofaa vaziri

Ubaydulla Xo‘jayev qisqa muddatda 2 mingdan oshiq askarga ega armiya tuzadi.

Shuningdek, o‘sha paytda Qo‘qon uyezdi militsiya otryadlari boshlig‘i Ergash qo‘l

ostida ham muxtoriyat armiyasiga yordamga shay bo‘lgan minglab mirshab bor edi.

Turkiston muxtoriyati hukumati o‘z tuzilmalarini tashkil etar ekan, bolsheviklar

tomonidan Toshkentda ham alohida avtonom respublika tuzish harakatlari

boshlanadi. 1918 yil yanvar oyida Toshkentda Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va

dehqon deputatlarining favqulodda IV syezdi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘lka

bolsheviklarining Turkistonda RSFSR tarkibiga kiradigan avtonom respublika

tuzish taklifi qabul qilinadi. Ular bu davlatga Turkiston sovet sotsialistik avtonom

respublikasi (TASSR) deb nom berishadi. Bundan tashqari, s’yezdda Turkiston

muxtoriyati noqonuniy tuzilma deb e’lon qilinadi. Qo‘qonga harbiy yurish qilib,

muxtoriyatni ag‘darib tashlash masalasida bir qarorga kelinadi. Toshkentda

bolsheviklar tomonidan tuzilgan muxtoriyat aslida nomiga tuzilgan bo‘lib, maqsad

Turkistonni bolsheviklarga mutlaq bo‘ysundirish edi. Qo‘qonda tuzilgan muxtoriyat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

299

kuchayib ketsa keyin ularni yengish qiyin bo‘lardi. Buni yaxshi anglagan Toshkent

bolsheviklari rahbari Kolesov Moskvadan yordam kuchlari yuborishni so‘raydi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Turkiston muxtoriyati oʻzbek

xalqining siyosiy tarixida unutilmas iz qoldirgan tarixiy voqealardan biridir. U

zamonaviy Oʻzbekiston davlatining tarixiy ildizlarini, milliy istiqlol gʻoyalarining

shakllanish bosqichini ifodalaydi. Garchi uning umrboqiyligi qisqa boʻlgan boʻlsa-

da, bu harakat oʻzbek milliy davlatchiligining tamal toshini qoʻygan,

mustamlakachilikka qarshi kurashda muhim bosqich boʻlib xizmat qilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Boymirza Hayit. Turkiston Rossiya va Xitoy orasida. – Toshkent: Sharq,

1999.

2.

Boymirza Hayit. Bosmachilik. Turkiston milliy kurashi tarixi. – Toshkent:

Akademnashr, 2001.

3.

G‘ani Karim. Jadidlar va istiqlol. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.

4.

Mustafa Choʻqay. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Akademnashr, 2020.

5.

Abdurauf Fitrat. Milliy istiqlol g‘oyalari. – Toshkent: Fan, 2005.

6.

Ziyo Saidov. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2018.

7.

Islom Karimov. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:

Ma'naviyat, 2008.