Authors

  • Begmatova Yulduz Nuraliyevna

Author Biography

  • Begmatova Yulduz Nuraliyevna

    Surxondaryo viloyati Denov tumani  43-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115918

Keywords:

o’zini anglash krizis psixik jarayonlar muloqot depressiv xulq tarbiya psixologik koʻnikmalar ruhiyat emotsional holat

Abstract

Ilk bolalik davridagi bolalarning xatti-harakalari ularning xohish va hissiyotlari juda o’zgaruvchan bo’ladi.Masalan,bolaning yig’lashi hamda yig’idan to’xtashi juda tez o’zgaradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

254

BOLALIK DAVRIDA OʻZLIGINI ANGLASH KOʻNIKMALARINI

SHAKLLANISHI TOʻGʻRISIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLARNING

YUZAGA KELISHI

Begmatova Yulduz Nuraliyevna

Surxondaryo viloyati Denov tumani 43-maktab amaliyotchi psixologi

Annatatsiya: Ilk bolalik davridagi bolalarning xatti-harakalari ularning

xohish va hissiyotlari juda o’zgaruvchan bo’ladi.Masalan,bolaning yig’lashi hamda

yig’idan to’xtashi juda tez o’zgaradi.

Kalit so’zlar:o’zini anglash, krizis, psixik jarayonlar,muloqot, depressiv

xulq, tarbiya, psixologik koʻnikmalar, ruhiyat, emotsional holat

KIRISH

Insonning psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi o‘zini o‘zi

anglashining, ya’ni o‘zini jismoniy, ma’naviy hamda ijtimoiy mavjudot sifatida

anglashining qaror topishi bilan bog‘liq. 0‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi har bir

bolada o‘ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, hayotning birinchi

yili oxiriga kelib, o ‘zini-o‘zi anglashning paydo bo‘lganini tasdiqlovchi belgilar

kuzatiladi: bola o‘zini, o‘z tanasini uni o‘rab turgan fazodan ajrata boshlaydi. 0‘zini-

o‘zi anglashning keying rivojlanishi bolaning o‘z xohishlari va umuman, faoliyati

motivlarini anglashi bilan boʻliq boʻladi Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat

turi- o’rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.Ilk bolalik

davridan boshlab bola uni o’rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular

orasidagi oddiy bog’liqliklarni anglashga harakat qiladi.

Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi

ko’rinishlarini tashkil etadi.1 yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko’rib

chiqa olmaydi.U asosan predmetning qandaydir bir ko’zga tashlanib turadigan

belgisiga o’z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko’ra taniydi.Ilk

yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi.Masalan, bola juda

berilib ertak eshitayotgan bo’lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

255

ixtiyorsiz shu ertakdan chalg’iydi.Diqqatning ko’p chalg’ishi bu yoshdagi bolalar

diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqridan

bo’ladigan yangi o’zgaruvchilarga muhtoj bo’lib turadi.Ammo obyektga bo’lgan

qiziqish qancha aniq va ravshan bo’lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror

bo’ladi.

Ilk bolalik davridagi bolalarning xatti-harakalari ularning xohish va

hissiyotlari juda o’zgaruvchan bo’ladi.Masalan,bolaning yig’lashi hamda yig’idan

to’xtashi juda tez o’zgaradi.

Shavkat Mirziyoyev:”Biz uchun bolalarimizning ma’naviyati, bilimi,

sog’ligi eng muhim masala”.Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o’sishi bilan

mustahkam bog’langandir, nutqning o’sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam

beradi, chunki so’z narsa, predmet va harakatlar bilan o’zaro munosabatda

bo’ladi.O’z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so’z zaxirasining oshishiga,

umuman, nutqning o’sishiga yordam beradi.

Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi -

ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng

ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi

muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri

yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil

etadi. Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obrazlarining birbiriga

o'xshashib ketishi xarakterlidir. Masalan, ular olmani biladilar, olma bolaga bir

butunligicha tanish, lekin bola olmaning rangini ham, shaklini ham alohida holda

ajrata olmaydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qismlarga ajratish,

belgi va turlariga qarab farqlash uni analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni

tushunish imkonini beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

256

Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan tanishtirganda, ularni bir-

biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qismlariga e’tibor berish lozim. Mana

shunday tarbiyaviy ta’sir natijasida bolalarning predmetlar haqidagi tasavvurlari

o‘sadi. Bola bir yarim yoshga borganda, o‘zlari tez-tez uchratib turgan pred-

metlarni, ularning rangi, hajmi, shaklining o‘zgarishidan qat’i nazar, xatosiz tanib

oladilar. Bola ikki yoshga to‘lay deganda, tanish kuy va tovushlarni bilib oladi.

Borliqni bilish jarayonida bola o‘z hayotida va tevarak-atrofidagi kishilar turmushi-

da o‘rnatilgan tartibni tushuna boshlaydi. O’z – o’zini anglash bolaning ilk davridan

boshlanadi. O’z – o’zini anglash degani – yaxlit holda o’z ustida ishlash mazmunini,

o’z – o’zini tarbiyalash dasturini belgilaydi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga

harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy

xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va

imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda

qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli

bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan

bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof-muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda

bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni

boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

257

qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini

boshlanishiga imkoniyat beradi.

Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan

qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men»ini anglay boshlashi birmuncha

avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va

ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo’lgan manba deb biladi va bu uning «Menga

bering», «Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli

bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, bu- ning natijasida bolalarda

o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish

ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o‘zim qilaman» qabilidagi so‘zlarida

namoyon bo‘ladi. 3 yoshdagi inqiroz: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan

taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara

oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. «Men katta bo‘lsam mashina haydayman»,

«Men sizga katta to’rt olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi

xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘zining barcha

xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi.Xulosa qilib aytadigan

bo’lsak ilk bolalik davrida bolaning “Meni” shakllana boshlaydi.O’zini boshqalarga

taqqoslay boshlaydi va o’zini baholaydi.Ilk bolalik davridagi bolaning yetakchi

faolyat – predmentlarni o’rganish, predmentlar bilan manipulyativ harakat

hisoblanadi.Bu yosh davrida bolaga o’zini anglashida yordam berish kerak ayniqsa

u bilan ko’proq muloqatda bo’lish kerak.

XULOSA

O’zi aytishadiku ilk bolalik davrida olingan tarbiya natijalari

qolgan barcha davirlarda seziladi deb. Shuning uchun farzandlarimiz hayotiga

befarq bo’lmaylik.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Sh.A.Do’stmuhammedova,G.Baykunusva,G.Ziyaviddinova ”Umumiy

psixologiya “(Yosh davirlar va pedagogik psixologiya) 2020-yil

1.

Z.T.Nishanova,N.G’.Kamilova,D.U.Abdullayeva,M.X.Xolnazarova.”Rivojla

ni sh psixologiyasi pedagogik psixologiya”Toshkent- 2019-yil. N. Ismoilova,

D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” Toshkent-2013.