Authors

  • Mirzanazarova Dilfuza Qurbonovna

Author Biography

  • Mirzanazarova Dilfuza Qurbonovna
    Surxondaryo viloyati Boysun tumani 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115919

Keywords:

diqqat xotira tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza

Abstract

Diqqatning barqaror bo’lishi bir qator shartlarga: diqqat obektining mazmundorligiga , faoliyatga , ish bajarilayotgan vaziyatga , odamning ruhiy holatiga va albatta , irodasi va qiziqishlariga bog’liq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

250

BOLALARDA DIQQAT BARQARORLIGINI TAʼMINLASHNING

MUHIM PSIXOLOGIK MASALALARI

Mirzanazarova Dilfuza Qurbonovna

Surxondaryo viloyati Boysun tumani 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi

psixologi

Annotatsiya: Diqqatning barqaror bo’lishi bir qator shartlarga: diqqat

obektining mazmundorligiga , faoliyatga , ish bajarilayotgan vaziyatga , odamning

ruhiy holatiga va albatta , irodasi va qiziqishlariga bog’liq.

Kalit so’zlar: diqqat,xotira, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong,

tafakkur, mulohaza

KIRISH

Diqqat – bu ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan obektga aktiv ( faol)

qaratilishiga aytiladi Ivanovning fikricha biz faoliyatimiz jarayonida idrok va

tasavvur qilgan har bitta narsa , o’y, fikr va rejalarimiz hamda har bitta qilgan

ishimiz va hodisalar diqqatning obekti bo’la oladi .

Shuni aytish joyizki diqqat vujudga kelishida ong bir nuqtaga to’planadi

hamda bu ong doirasining torayishini vujudga keltiradi. Bunday torayish natijasida

ong doirasi yanada yorqinlashadi. Agarda miyani ko’rish imkoniyati paydo

bo’ganda huddi shu jarayon vaqtida miyamiz ichida kichkina nurlarni uning

markazida kattaroq nurni ko’rishimiz mumkin edi .Olim I.P.Pavlov fikri bilan

aytganda biror bir yangi g’oya tug’ilayotgan yoki yaratayotgan inson miyasini

kuzataigan bo’lganimizda kichkina bir yorqin nurning u yoqdan bu yoqqa yurganini

ko’rgan bo’lardik.

Diqqat bo’inuvchanlik xususiyatiga egadir, diqqatimizni yo’naltirayotgan

obektga maksimal 35 daqiqa qarata olishimiz mumkin shu orada diqqat bir va undan

ko’p martta bo’linishi mumkin bu jarayonni biz sezmay ham qolamiz. Simultan

bo’linish diqqatning barqaror ishlashiga yordam beradi. Ayrim odamlarning fikri tez

chalg’iydigan bo’ladi – bu diqqat barqarorligi yetishmasligi bilan bog’liq holatdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

251

Diqqatning ma’lum vaqt oralig’ida saqlanishi diqqatning barqarorligi deb ataladi.

Agarda biror bir mashg’ulotga e’tibor bilan kirishilsa ushbu jaraoyon kuzatiladi. Bu

xususiyat inson qiziqishlari va kasbiga bog’liq ham bo’ladi . Shuncha vazifalarni

uddalashda diqqatning faqatgina o’zi emas boshqa kognitiv jarayonlar ham

qatnashadi. Aytish mumkinki, diqqatning barqarorligi har qanday sohada

muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning eng muhim shartlaridan biridir. Ushbu bilish

jarayoni insonning atrofdagi borliqni va unda sodir bo’layotgan jarayonlarni idrok

etish jarayoni ravshanlashtiradi. Diqqatning barqarorligi – bu diqqatning

kontsentratsiyaning davomini bilgilaydigan xususiyat hamdir. Bundan xulosa qilib

diqqatning bir joyga to’planishida diqqat barqarorligi yetakchi rol o’ynaydi deyish

mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, qabul qilingan ma’lumotlarning ishlashi va

hajmini asosan ushbu omil belgilaydi. Diqqat qanchalik barqaror bo’lsa faoliay

natijasi ham shunchalik samarali bo’ladi. Diqqatning barqaror yoki beqaror diqqat

turiga kirishini tartiblab belgilab beruvchi birorta ham me’yor, ko’rsatkich yo’q va

bunday omillarning bo’lishi ham mumkin emas. Bu vazifani diqqatning turi –

ixtiyoririy, ixtiyorsizligiga qarab, bajarilayotgan ma’lum bir faoliyatning mazmun

va natijasiga qarab turli xil baho berish mumkin.

Diqqatning barqaror bo’lishi bir qator shartlarga: diqqat obektining

mazmundorligiga , faoliyatga , ish bajarilayotgan vaziyatga , odamning ruhiy

holatiga va albatta, irodasi va qiziqishlariga bog’liq. Biz dunyoga kelganimizdan

boshlab olamga teran nigoh bilan qarab, har bir ovozga, qimirlagan bizga notanish

narsalarga u nima ekanligini bilish uchun bor diqqatimizni qaratamiz va shu zayilda

olamni tanishni boshlaymiz. Boshida qiziquvchanligimiz hamda begona

narsalarning barchasini bilishga harakat qilganimiz tufayli diqqatimiz beqaror, tez

bo’linuvchan bo’ladi bu aynan bolalik chog’larimizga to’g’ri keladi, biz buni

psixologiyada Ivan Pavlovich Pavlov tabiri bilan “bu nima gap” refleksi deb ataymiz

. Yosh davrlar xususiyatidan kelib chiqqan holda bu diqqatning bolalarga xos

holatidir. Xo’sh, diqqat deb o’zi nimaga aytiladi? Psixologiya fanida har xil ta’rif

beriladi, uni izohlashda esa psixologlar turli nazariyalarga asoslanadilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

252

Agarda diqqat obekti qanchalik mazmundor bo’lsa , diqqat ham shunchalik

kuchli va barqaror bo’adi. Diqqatning barqarorligi iroda kuchi bilan ham o’lchanadi

ko’pincha, ixtiyorsiz (irodaviy) diqqatning barqarorligi ham faoliyat jarayonida

irodaning kuchi bilan ushlab turiladi . Iroda kuchimiz hamda qiziqishlarimiz

uyg’unligida eng qiyin vaziyatlarda ham o’z faoliyatimizga diqqatimizni jamlab

tura olamiz. Diqqatning rivojlanishi xususida L.C.Vigotskiy balalarda barqaror

diqqat sust rivojlanganligini keltirib, bu ixtiyorsiz diqqat sifatida namoyon bo’ladi

deb tushuntiradi.Bu jarayon 4,5 – 5 yoshga qadar saqlanib qoladi va bola uchun

normal holat sanaladi. Bizning tayanch qismimiz hisoblanmish diqqat doim ham biz

istagandek va bir xil ishlayvermaydi, unda ham ayrim buzilishlar sodir bo’ladi.

1. Parishonxotirlik – diqqatning cheklangan obektlariga uzoq vaqt

mobaynida qaratilib turilishining buzilishi . Bu buzilish asosan charchaganda ,

astenik xolatlarda kuzatiladi.

2.

Olimning e’tiborsizligi ( soxta parishonxotirlik) –diqqatni o’z

xayollarida jalb bo’lishi. U biron bir g’oya bilan band bo’lgan , o’z kechinmalariga

berilgan kishilarda kuzatiladi. Bu xolda bunday kishilar atrofidagi narsa, e’tibor

bermaydilar. Ichki diqqatni yuqori intensivligi va qiyin o’zgarishi bilan belgilanadi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–6_Июнь –2025

253

3.

Qarilik parishonxotirligi – diqqat jamlashning sust intensivligi

ko’chuvchanligining qiyinlashishi bilan belgilanadi.

4.

Diqqatning chalg’ishi – diqqatning kuchi qobiliyati meyoridan ortib

ketadi, buning natijasida bemorlar hech narsaga uzoq vaqt diqqatlariniqarata

olmaydi.

5.

Diqqatning inertligi – diqqatning patologik fiksatsiyasi, diqqatning bir

obektdan ikkinchisiga o’tish mexanizminig buzilishi.

6.

Aprozeksiya – diqqatning butunlay yo’qolib ketishi

XULOSA

Barcha narsaning kaliti takrorlash hamda mashqlantirish bo’lgani kabi

bizning miyamizga o’tadigan barcha bilimlarning kaliti hosoblanadigan

diqqatimizni ham doim mashqlantirib tursak bunday buzilishlarning ma’lum

miqdorda oldini olgan bo’lamiz. Bunday kuchli buzilishlarning oldini olish hamda

diqqat barqarorligini taminlashda bir necha xil usulllardan foydalansak bo’ladi.

Masalan, aylananadan tashqariga chiqmasdan bo’yash- bu boshlang’ich kichik usul

hisoblanadi, ammo diqqat barqarorligini ta’minlashda va diqqat buzilishlarning

oldini olishda ma’lum miqdorda samara bera oladi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

I.P.Pavlov “Umumiy Psixologiya” Toshkent – 2008

2.

“Umumiy Psixologiya” o’quv qo’llanmasi

3.

E.G’.G’oziyevich “Umumiy Psixologiya”

4.

Ziyo net