MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
244
OILADA FARZAND TARBIYASI HAMDA OILAVIY MUNOSABATLAR
SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK BOSQICHLARI
Taylaqova Saida Lapasovna
Jizzax viloyati Zomin tumani 29-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA : Oila bu “turli yoshdagi a’zolardan iborat jamoa”, katta
avlod vakillari bolaning rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Bobo, buvi va yaqin kattalar hamda oila a’zolarining o‘zaro ijobiy munosabatlari
bolaning shaxs sifatida shakllanishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Oila
a’zolarining o‘zaro bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlari ko‘proq
oiladagi tarbiyaga bog‘liq.
Kalit so’zlar: avlod, tarbiya, ijtimoiylashuv, oilaviy munosabatlar
psixologiyasi, tarbiya, oilaviy ruhiyat, psixik taraqqiyot, barqarorlik
KIRISH
Oilaviy tarbiya – bu bolaning shaxsiy fazilatlarini, bilimini, ahloq-odobini
shakllantirish maqsadida aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazishdir. Ota-onalar tomonidan bolaning ongiga jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy
me’yorlar, ahloq-odob qoidalariga amal qilish asta-sekinlik bilan shakllantirilib
boriladi. Oilaviy tarbiyaning uchta muhim, asosiy funksiyalari mavjud va ular
quyidagilar:
1)
Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ta’lim-
tarbiya berish, oilaviy an’analar, urf-odatlarni kelgusidagi avlodlarga yetkazish,
dunyoqarashni shakllantirish, mehnatsevarlikka o‘rgatish, vatanparvarlik, o‘z
vatanini sevish tuyg‘ularini shakllantirish, jamiyatdagi ijtimoiy normalarga amal
qilish, jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, sanitariya-gigena qoidalariga amal
qilish va tibbiy madaniyatni shakllantirish.
2)
Oila a’zolarining o‘zaro bir-birlariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
245
3)
O‘z-o‘zini tarbiyalash, ota-ona (oilaning boshqa a’zolari) ning bolaga
doimiy ta’siri.
Agar oila ushbu tarbiyaning asosiy funksiyalariga alohida e’tibor qaratsa,
funksiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, oilaning tarbiya borasidagi
imkoniyatlari ortib boradi.
Shaxslararo munosabatlarda oiladagi “bola va ota-ona munosabati” juda
katta rol o‘ynaydi. Oiladagi o‘zaro ijobiy munosabatlar orqali bola atrofdagi odamlar
bilan munosabatlarga kirishishni, muloqot qilishni o‘rganadi.
“Bola-omonat” – ota-onaning bolaga munosabatlari ichida eng keng
tarqalgan muhabbat turlaridan biri. Buning zamirida faqat ota-onaning manfaatlari
yotadi. Ota-ona farzandni dunyoga keltirib, o‘zining kelajagi uchun tarbiyalab,
voyaga yetkazadi. Bolaning xohish-istaklari va qiziqishlarini inobatga olmasdan, o‘z
kasbini, faoliyatini davom ettirish uchun katta qiladi. Bu oilada o‘zining
xohishlariga undash kuchli bo‘ladi. Ya’ni, “Men senga butun umrimni bag‘ishladim
senchi...! ”, “Sen o‘z hayoting va faoliyating davomida ota-onang oldida
qarzdorligingni unutmasliging kerak...!” va boshqalar.
“Bola-shaxsiy boylik” – ota-ona tomonidan bolaga nisbatan
munosabatlardagi eng xavflisi. Ota-ona tomonidan bolaga shaxsiy boylik sifatida
qarash. Bu munosabatda ikkita yo‘nalishni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Agar
bolaga oilada boshqalar tomonidan mehr-muhabbat ko‘rsatilsa va uning oilada eng
yaxshi ko‘radigan insoni (kumiri) bo‘lsa, barcha muammolarni uning yaqinlari,
qorindoshlari hal qiladi. Agar oilada oilaviy qadriyatlarga amal qilinmasa, oilada
nosog‘lom muhit bo‘lsa, ota-ona tomonidan ichkilikka ruju qo‘yilsa, bola boshqa
salbiy ta’sirlarga tushib qoladi. Uydan ketib qolish, daydichilik kabi holatlarga
tushib qoladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
246
“Bola ortiqcha tashvish” – bolaning ko‘nglini xira qiladigan munosabat
turlaridan biri. Bola oilada o‘zini keraksiz, ortiqcha deb his qiladi. Ota-ona doim
juda ko‘p vaqtini bolaning tashvishlari va muammolari uchun sarflayotganligini
ta’kidlaydi. Juda ko‘p ota-onalar ota-onalik mas’uliyatini his qilmaydi. Ota-onalik
mas’uliyatini bobosiga, buvisiga, yaqinlariga yoki bo‘lmasa institutsional
muassasalar zimmasiga yuklab qo‘yadi.
“Bola omadsizlik” – bu holat bolani ijtimoiy jihatdan zaif bo‘lishiga olib
keladi. Ota-ona farzandining xohish va qiziqishlariga, hissiyotlariga, dunyoqarashi
va fikrlashiga jiddiy e’tibor qaratmaydi. Shunchaki, “bola gapiraveradi-da”, deb
o‘ylaydi. Bu kabi yondashuv bolaning uquvsiz, omadsiz bo‘lib qolishiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Ular bolaning kelajakda muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonmaydi, bu
haqida unga doim “baribir qancha uringaning, harakat qilganing bilan hech narsaga
erishaolmaysan, qo‘ygin nima qilasan”, deb uning ishtiyoqini so‘ndiradi. Bunday
holatda oilada bola qobiliyatli, omadli bo‘lib voyaga yetmaydi.
“Bola qarzdor” – bunday holatdagi oilada bola yuqori lavozimlarda,
hokimiyat idoralarida boshqaruvchi lavozimlarida ishlasa bola oila a’zolari va
qorindoshlarining oldida qarzdor deb hisoblanadi. Bunday vaziyat bolaning qahri
qattiq, badjahl bo‘lib shakllanishiga olib keladi. Ulardan doim hamma nimadir talab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
247
qiladi. Ota-onaning bolaga bunday munosabati natijasida bolada omadsizlik obrazi
shakllanishiga olib kelishi haqida o‘ylamaydi. Ota-ona o‘zining muammolari bilan
band bo‘lib, bolaga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Ular bolaning faoliyatiga, berilgan
topshiriqlarni bajarishiga va hayotidagi muammolarini hal etishiga yordam
bermaydi.
“Bola kumir” – bunday oilada bola yer yuzidagi barcha ne’matlar ichida eng
yaxshisi, eng sevimli inson sifatida qaraladi. Bolaga g‘amho‘rlik qilish, uning
tarbiyasiga e’tibor qaratish, bolada o‘z-o‘ziga baho berish, borliqni ob’yektiv idrok
etishni shakllantiradi va o‘ziga bo‘lgan ishonch ortib boradi. O‘rinsiz, keragidan
ortiq, maqtov “dunyoda eng yaxshi, zo‘r” degan holatga olib keladi. Natijada bolani
doim maqtab tursa, u bir ish qilishi odat bo‘lib qoladi.
“Bola - kichik do‘st” – oilaviy tarbiyada bola va ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlardagi eng yaxshi vaziyat hisoblanadi. Bu munosabat turi insonparvar va
eng ishonchli hisoblanadi. Buning zamirida o‘zaro tenghuquqli hamkorlik yotadi.
Faqat hayotiy muammolarni hal etishda yoshi katta inson dono, yoshi kichik inson
esa unga qaraganda tajribasiz. Ota-ona bolaga alohida hamg‘o‘rlik qiladi, mehr
beradi. Bunday oilada sog‘lom muhit yaratiladi. Bunday munosabat bolaning
yoshiga va hayotiy tajribasiga qarab o‘rnatiladi. Mamlakatimizda oila, oilaviy
munosabat, yoshlar tarbiyasi masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Biroq
yurtimizda yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol topishlari
uchun hukumatimiz va Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan
choratadbirlar hamda bu sohaga berilayotgan katta e’tiborga qaramay, o‘smir-
yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, jinoyatchilik, tartibbuzarlik kabi mentalitetimizga,
etnik xususiyatlarimizga xos bo‘lmagan illatlarning ko‘payishi kuzatilmoqda.
Bugungi kunda jahon miqyosida oilaviy munosabatlar, xususan, o‘smirlik yoshidagi
o‘zaro munosabatlar, ota-ona va farzand o‘rtasidagi nizolar va ularning kelib chiqish
sabablarini o‘rganish masalalari dolzarb muammolardan sanaladi. Chunki shaxsning
shakllanishida oiladagi muhit, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaviy nizolar oqibatida ro‘y berayotgan holatlar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
248
oilalarning barbod bo‘lishi, millatlar, davlatlarning o‘zaro kelishmovchiligi
yoshlarning tarbiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishidan dalolat beradi.
Oila inson hayotida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Aynan oilaviy munosabatlar
va muloqotda inson ehtiyojlari amalga oshiriladi, ya'ni: ma'lum bir guruhga
mansublik tuyg'usini beruvchi insoniy aloqalarga bo'lgan ehtiyoj; o'zini-o'zi
tasdiqlash zarurati, bu his-tuyg'ular va uning boshqa odamlar uchun ahamiyati
haqida haqiqiy dalillar; mehrga bo'lgan ehtiyoj, bu o'zaro iliqlikni his qilish
imkonini beradi; shaxsning o'ziga xosligi, individualligi hissini shakllantiradigan
o'z-o'zini anglash zarurati; namuna bo'ladigan orientatsiyaga bo'lgan ehtiyoj. Qadim
zamonlardan beri odamlar oiladagi munosabatlar, bolalarni tarbiyalash tajribasini
to'plashdi va kristallashtirdilar. Ushbu maqolaning maqsadi oilada bola va ota-
onalar o'rtasidagi munosabatlar masalasiga asosiy falsafiy va psixologik-pedagogik
yondashuvlarni yoritib berishdir. Falsafiy va psixologik adabiyotlarda bola-ota-ona
munosabatlarining mazmuni va mazmunini tushunishning bir qator nazariy
yondashuvlari shakllangan. Z.Freydning klassik psixoanalizida ota-onalarning
bolaning aqliy rivojlanishiga ta'siri markaziy o'rinni egallaydi. Ota-onalar (ayniqsa,
ona) - bu bola eng erta va eng muhim erta tajribaga ega bo'lgan odamlardir. Ota-
onalarning bolaga g'amxo'rlik qilish haqidagi odatiy kundalik tashvishlari sezilarli
psixologik ta'sir ko'rsatadi. Chaqaloqning hayotiy ehtiyojlarini qondirishning
to'liqligi va yo'li bog'lanish, ishonch, hayot uchun faollik asosiga aylanadi.
XULOSA
Oila - jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat
yo‘qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va
uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday
istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun
oila - bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har
bir inson o’z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan boglaydi, ya’ni o’z uyi,
oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor his etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
249
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Rasulova F.F. O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining
psixologik xususiyatlari: Avtoref. diss. ps. fan (PhD): 19.00.06 – T.: 2018. – 48 b.
2.
Salayeva M.S. O‘zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o‘zaro
munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Psixologiya fan nom diss. –
T.: 2005. – 15 b.
3.
Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar
shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari: Dis. psixol. fan. nomzodi:
19.00.05. – T.: 2004. – 166 b.
4.
Ибайдуллаева У.Р., Абдурасулов Р.У. Methods of overcoming internal
conflicts between teenagers. EJRRES. European Journal of Research and Reflection
in Educational Sciences. Vol. 8 № 6, 2020, 1-7 бетлар.
5.
Ziyo.net