MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
132
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK
INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH
Mubdi’ma G‘ulomjonova – FarDU talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda
pedagogik innovatsiyalar, xususan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni va
ahamiyati yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirishda didaktik o‘yinlar, texnologik xaritalar, interfaol metodlar va
motivatsion yondashuvlarning samarasi tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion
faoliyatga tayyor pedagog-tarbiyachining kasbiy sifati, ijodkorligi va metodik
yondashuvlari pedagogik jarayonning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik innovatsiya, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik
texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, texnologik
xarita, interfaol metodlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda ularning dunyoqarashini
kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik
texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g’ri tanlab, ulardan foydalanish
muhim sanaladi. Darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko‘plab
metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki
davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang’ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi
eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning
dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning
zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg’ulot bola aqlining tarkib topishi va
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim
jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni
rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin
faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.
Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta
ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
133
uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan
didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar boshlang’ich sinflarda
ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini
muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o‘yinlar
vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quvchilarning bilim olishga
qiziqishlari ortadi. Didaktik o‘yinlar nafaqat boshlang’ich sinflarda, balki ta’limning
keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqlari rivojiga
katta turtki bo‘lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish
imkoniyatlarini oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, boshlang’ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv qo‘llanmalarida
shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati,
imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish
uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullami tanlash va ishlab
chiqish mahorati ekan, va u haqiqatan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi,
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Pedagogik
texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u
rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar
maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi
avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq
belgilashi kerak.
Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli
didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 yoshli bolalar
hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida jiddiy sinov
turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning
a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga
majbur bo‘ladi. Ta`lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
134
ta`lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi
kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi,
dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga
aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa,
ishtirokchiga aylanmog’i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat
ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang’ich ta`lim umumta`lim
maktablarining bosh bo‘g’ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi
shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim. Pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish
metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar
bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg’otish asosida maqsadga
erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki
yaqinlashuvidir. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning
o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati
orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini
o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish,
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va
e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish,
ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
Ma`lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul
va vositalarni tanlashga to‘g’ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga erishish
uchun dars jarayonini oldindan ketma- ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Bunda
o‘qituvchi predmetning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonini va sharoitini,
o‘quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatlarini, bilim saviyasini, sharoitga qarab
ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashi lozim. Darsning oldindan loyihasi, ya`ni
texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har
bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va
o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish
yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
135
lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi,
o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash,
erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda
o‘qituvchi va o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich
qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va
vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi
uzviylikni
ta`minlash,
vaqtdan
unumli
foydalanish
imkonini
beradi.
Darsning turli bosqichlarida har xil interfaol usullardan foydalansa bo‘ladi. Masalan,
“Zinama- zina” texnologiyasi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni o‘tilgan yoki
o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda
o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushurib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va
ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi.
O‘quvchilar bu texnologiya orqali guruhlarda ishlashga o‘rganadilar, o‘tilgan
mavzuni sub`yekt o‘qitish orqali mustahkamlaydilar. Xalqimizning kеlajagi,
mustaqil O`zbеkistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga,
tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan
munosabatiga bog`liq. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida talabalarni
innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha ishlar birmuncha jonlandi. 2017-yilda
qabul kilingan «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g’risida»gi qaror kasbiy oliy ta’limni o‘zgarib borayotgan jamiyat va mehnat
bozori ehtiyojlariga tez moslashishga yordam beruvchi yangi ta’limiy
texnologiyalarni, jumladan, distansion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy qilish va ulardan samarali foydalanishning zarurligi qayd etilgan. Turli
kafedralar (ayniqsa, pedagogika va psixologiya kafedralari) o‘qituvchilarida
pedagogik innovatsiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ilmiy ishlarga katta
qiziqish uyg’ondi. Biz tadqiq qilayotgan muammoga oliygohlardagi nisbatan ijobiy
siljishlar shakllantiruvchi tajriba-sinovlar o‘tkazishda hisobga olindi. Xalq ta’lim
tizimi oldiga qо‘yilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
136
faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson
qilib о‘stirish pedagog-tarbiyachi zimmasiga yuklatiladi. Bu esa Xalq ta’lim
tizimida pedagogik jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida
tashkil etilishi zarurligini talab etadi. Bо‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy-
ma’naviy jihatdan tayyorlash uchun ta’lim jarayonida ma’ruzalar, amaliy hamda
laboratoriya mashg’ulotlari mazmunini yangi yondashuvlar asosida boyitish,
shuningdek, pedagogik amaliyot, ma’naviyat kunlari va soatlarini takomillashgan
dasturlar yordamida tashkil etishni taqozo qiladi. Xalq ta’lim samaradorligini
ta’minlashda pedagog-tarbiyachidan chuqur pedagogik psixologik tayyorgarlik, har
bir o`quvchining о‘ziga xos jihatlari haqida aniq ma’lumotga ega bо‘lishi hamda
shaxsiy reja tuzishda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilishi talab etiladi:
− vujudga keladigan pedagogik muammolarni bashorat qila olishi; buning uchun
bо‘lajak pedagog-tarbiyachi pedagogik jarayonda vujudga keladigan muammolarni
oldindan kо‘ra bilish va uni bartaraf etish layoqatiga ega bо‘lishi lozim;
− vujudga keladigan muammolarni bartaraf etish metodlarini о‘zlashtirishi;
− vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishning eng qulay usullarini tanlay va
qо‘llay olishi; −
o`quvchilarga pedagogik ta’sir kо‘rsatish, ularni qо‘llab quvvatlash mahoratiga ega
bо‘lishi; −
har bir o`quvchiga individual yondasha olishi; −
o`quvchilar bilan ommaviy tadbirlarni tashkil eta olish kо‘nikmasini egallashi;
− o`quvchilarni kitobxonlik, kitob sevarlikka unday olishi kabilar. Bо‘lajak
pedagog-tarbiyachi kasbiy mahorati bolalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlash
imkonini beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
137
Pedagog-tarbiyachilarning faoliyatini pedagogik, psixologik, tashkiliy-
metodik
jihatdan
о‘rganish natijalari o`quvchilarning о‘quv faoliyati
samaradorligini oshirishda pedagog-tarbiyachining shaxsiy sifatlari va uning kasbiy
tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Shunga kо‘ra, pedagog tarbiyachining
kasbiy mahoratga ega bо‘lishi, bilimdonligi va kreativligi o`quvchilarda ongli
faollik hamda mustaqillikni tarkib toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Shu bilan
bir qatorda bо‘lajak o`qituvchilar innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda
ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari davomida dialogga kirishish,
fanga oid yangi ma’lumotlar ustida ishlash, mustaqil bilim olish, manbalar ustida
ishlash hamda о‘rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim о‘rin egallaydi. Maktabda
sinf faoliyatiga rahbarlik qilish о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Pedagog-tarbiyachilar
bolalarda atrof-muhit, tabiat, nutq va hisoblashga oid dastlabki kо‘nikmalarni hosil
qilish bilan bir qatorda ularni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan milliy
urfodatlarimizni ham singdiradilar. Buning uchun xalq ta’lim muassasalarini
modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli
ta’lim va tayanch kо‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Bо‘lajak pedagog-
tarbiyachilar kundalik ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni tahlil qilish asosida ularni
munosib baholash, shu asosda atrofdagilarning xatti harakatlariga tanqidiy
munosabatda bо‘lishlari lozim. Bularning barchasi o`quvchilarda ma’naviy
xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Xalq ta’lim muassasasi
pedagog-tarbiyachilar bolalarda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda,
ular xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf qilish
tajribasiga ham ega bо‘lishlari kerak. O`qituvchilik sharafli, lеkin juda murakkab
kasbdir. Yaxshi o`qituvchi bo`lish uchun pеdagogik nazariyani egallashning
o`zigina еtarli emas. Chunki pеdagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash
haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan usuliy g`oyalar bayon etiladi.
O`quvchilarning yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab
hayoti, amaliy pеdagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pеdagogik nazariyaga mos
kеlmaydigan
vaziyatlar
uchrab
turadi.
Bu
esa
o`qituvchidan
kеng
bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pеdagogik mahorat va ijodkorlikni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
138
talab
etadi.
Shuning uchun ham mustaqil O`zbеkiston davlatining o`quv yurtlarida ishlaydigan
o`qituvchi;
—
pеdagogik
faoliyatga
qobiliyatli,
ijodkor,
ishbilarmon;
— milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal
egallagan,
diniy
ilmlardan
ham
xabardor,
ma’naviy
barkamol;
— O`zbеkistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan,
vatanparvarlik
burchini
to`g`ri anglagan,
e’tiqodli
fuqaro;
— ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pеdagogik bilim va mahoratni, shuningdеk
nazariy
ilmlarni
mukammal
egallagan;
— o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg`ayib
yaxshi odam bo`lishiga chin qo`ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida
rivojlanib,
inson
sifatida
kamol
topishiga
ko`maklashadigan;
— erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog`i darkor.
Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim talablariga
javob beradigan darajada tayyorlash uchun pedagogik innovatsiyalarni chuqur
egallashlari zarur. Boshlang‘ich sinflarda samarali ta’lim jarayoni uchun interfaol
metodlar, didaktik o‘yinlar, texnologik xaritalardan foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi. Har bir darsni puxta rejalashtirish, o‘quvchilarning psixologik
xususiyatlarini hisobga olish, ularni bilimga qiziqtirish orqali mustahkam bilim va
ko‘nikmalar shakllanadi. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy mahorati, ma’naviy
yetukligi va ijodkorligi ta’lim samaradorligining poydevoridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilgi qarori – “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlari ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida”.
2.
Xusanov A., Normatova B. – “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”, Toshkent,
2020. Bobojonov Sh. – “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, Andijon, 2019.
3.
Rasulova N. – “Pedagogik texnologiyalar asoslari”, Toshkent, 2021.Qodirova
M. – “Didaktik o‘yinlar va ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni”, Ma’rifat, 2022.