MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
19
MIKROQARZ OLISH TARTIBI O‘ZGARADI!
Adliya vazirligi huzuridagi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti bosh mutaxassisi
Avazmetova Iroda
Markaziy bank boshqaruvining “Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial
normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha
to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida”gi qarori Adliya vazirligida 2025 yil 22 aprelda 3618-son bilan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur nizomda banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar, shu
jumladan qarz yuki ko‘rsatkichi (DSTI), kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi
(LTV), kreditlar (mikroqarzlar) kesimida to‘planish (konsentratsiya) koeffitsientlari,
shuningdek banklar tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha
to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar belgilangan.
Xususan, ushbu hujjat bilan qarz yuki ko‘rsatkichining eng yuqori darajasi
belgilanmoqda, shuningdek qarz yuki hisob-kitobida qarz oluvchining o‘rtacha oylik
to‘lovlari va o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlashga doir talablar xalqaro tajriba
asosida takomillashtirilmoqda.
Bundan tashqari, avtomobil sotib olish uchun kredit va ipoteka kreditlari
bo‘yicha kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichiga (LTV) qo‘yiladigan talablar, shu
jumladan kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichining eng yuqori darajalari, mazkur
ko‘rsatkichlar hisob-kitobida kredit summasi va garov qiymatiga doir talablar
belgilanmoqda.
Bundan
tashqari,
kreditlar
(mikroqarzlar)
kesimida
to‘planish
(konsentratsiya) koeffitsientlari, shu jumladan mikroqarzlar, kredit kartalari
(overdraftlar) hamda avtokreditlarning bankning jami kredit portfelidagi eng yuqori
ulishlariga doir talablar belgilanmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
20
Shuningdek, mazkur nizomda banklarda qarz yuki o‘sishini cheklash
me’yoriga doir talablar o‘z aksini topgan.
Shu bilan birgalikda, Markaziy bank boshqaruvining “Qarz oluvchi jismoniy
shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori Adliya
vazirligida 2025 yil 21 aprelda 3205-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bunda, mazkur nizom talablari mikromoliya tashkiloti va lombardlarga nisbatan
tatbiq etilishi belgilandi.
Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi Markaziy bankning makroprudensial
vositalarini samarali qo‘llash hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Xususan, banklar uchun kreditlarning tarmoqlar bo‘yicha konsentratsiya
koeffitsienti joriy etilmoqda. Jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning
ulushi bankning umumiy kredit portfelining 25 foizidan oshmasligi kerak (ba’zi
banklarda bu ko‘rsatkich 100 foizga yetadi).
Regulyator avvalroq mikroqarzlarning joriy konsentratsiyasi ushbu
darajadan yuqori bo‘lgan banklar uchun zarur vaqtni taqdim etgan holda
muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishini
ta’kidlagan edi. Ularga o‘z portfelidagi mikroqarzlar ulushini talab darajasiga
tushirish uchun 2029-yil 1-yanvargacha muddat beriladi.
Hujjatda qarz oluvchiga (birgalikda qarz oluvchilarga) mikroqarz
berishda qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi belgilangan. Ya’ni agar
qarz oluvchi o‘z daromadining 50 foizidan ko‘prog‘ini to‘lashga sarflasa,
banklar kreditlarni rad etadi.
Regulyator mikroqarzlar bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari
bo‘yicha oylik to‘lovlarni hisoblashda 36 oylik muddatni belgiladi (ipoteka
kreditlari bo‘yicha — 180 oy, qolganlari uchun — 60 oy).
Qarz yuki o‘sishini cheklash bo‘yicha me’yorlarni belgilash borasida ham
bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Jumladan, bank tomonidan jismoniy shaxslarga
beriladigan kredit yoki mikroqarz bo‘yicha foiz va boshqa to‘lovlarning umumiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
21
summasi (asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar va shartnoma shartlariga rioya
qilmaganlik uchun jarimalardan tashqari) kunlik asosiy qarz qoldig‘ining 0,3
foizidan oshmasligi kerak (0,25 foiz edi).
Bundan tashqari, foizlar, vositachilik haqlari, jarimalar va boshqa
javobgarlik choralarini o‘z ichiga olgan barcha to‘lovlarning umumiy miqdori
(asosiy qarzdan tashqari) yiliga kredit summasining 50 foizidan oshmasligi kerak
(dastlab 45 foiz taklif qilingan).
O‘zgartirishlarga ko‘ra, asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar —
foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (jarima, penya) va boshqa to‘lovlar
yig‘indisi yiliga qarz miqdorining 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Agar shaxs, masalan, 1 million so‘m kredit olgan bo‘lsa, uning bir yildagi
barcha ortiqcha to‘lovlari (foizlar + komissiyalar + ehtimoliy jarimalar) 500
ming so‘mdan oshmasligi kerak.
Kredit bo‘yicha foizlarning o‘zi yuqori bo‘lishi mumkin, ammo boshqa
qo‘shimcha xarajatlar bilan birga yillik ortiqcha to‘lovning umumiy miqdori 50
foiz bilan cheklanadi.
Ushbu chora foiz stavkasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pasaytirishga emas, balki
qarz oluvchi uchun kreditning umumiy qiymatini cheklashga qaratilgan, deya
tushuntirdi Markaziy bank.
Qarz oluvchining (yoki qarz oluvchilarning) o‘rtacha oylik daromadini
aniqlashda ikki usulga ustunlik beriladi: hujjatlar bilan tasdiqlangan rasmiy
daromadlar yoki qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga tushumlar.
Qo‘shimcha metod sifatida, agar yuqorida sanab o‘tilgan usullar bo‘yicha
daromadni aniqlash imkoni bo‘lmasa, banklar murojaat qilish sanasidan oldingi
6 oydan kam bo‘lmagan va 12 oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun amaldagi kredit
bo‘yicha haqiqiy to‘lovlar to‘g‘risidagi kredit byurosi ma’lumotlarini hisobga
olishlari mumkin (qayta tiklanadigan kredit liniyalari bo‘yicha asosiy qarz
to‘lovlari bundan mustasno).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
22
Bunda qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash uchun qarz oluvchining
o‘rtacha oylik daromadi sifatida kredit bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovning 50
foizidan foydalaniladi.
Ya’ni qarz oluvchining o‘rtacha oylik to‘lovini hisoblashda uning
banklar, muddatli iste’mol kreditlari beruvchi tashkilotlar, lizing kompaniyalari
va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlari hisobga olinadi.
Banklarga qarz oluvchining oylik daromadlari medianasidan, agar u
arifmetik qiymatdan kam bo‘lsa, qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash uchun
foydalanishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonning mikroqarz bozoridagi bu o‘zgartirishlar mijozlarning
manfaatlarini himoya qilish, banklar uchun barqarorlikni ta’minlash va tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishga qaratiladi. Bugungi shaffof va javobgar qarz tartibi,
keyinchalik ijtimoiy va iqtisodiy o‘sishga turtki berishi mumkin.