MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
14
PUSHKIN VA O'ZBEK ADABIYOTI. TARJIMA TA'SIR VA
TALQIN MASALALARI
Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti
Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti (oʻzbek tili)
yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
Quvondiqova Sohiba Orif qizi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Aleksandr Pushkin asarlarining o‘zbek
tiliga tarjima qilinishi, o‘zbek adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri va ularning turli
talqinlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Pushkin ijodining o‘zbek adabiy muhitida
tutgan o‘rni va uning ijodkorlar ijodiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.
KALIT SO‘ZLAR: Pushkin, o‘zbek adabiyoti, tarjima, ta’sir, talqin,
she’riyat, Erkin Vohidov, G‘afur G‘ulom.
ANNOTATION: This article analyzes the translation of Alexander
Pushkin's works into Uzbek, their influence on Uzbek literature, and the diversity of
interpretations. It also explores the place of Pushkin’s creativity in the Uzbek
literary environment and its impact on prominent Uzbek writers.
KEYWORDS:
Pushkin,
Uzbek
literature,
translation,
influence,
interpretation, poetry, Erkin Vohidov, Gafur Ghulom.
АННОТАЦИЯ: В данной статье рассматриваются переводы
произведений Александра Пушкина на узбекский язык, их влияние на узбекскую
литературу, а также разнообразие их интерпретаций. Особое внимание
уделяется месту творчества Пушкина в узбекской литературной среде и его
воздействию на узбекских писателей.
КЛЮЧЕВИЕ СЛОВА: Пушкин, узбекская литература, перевод,
влияние, интерпретация, поэзия, Эркин Вохидов, Гафур Гулям.
KIRISH
Rus adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Aleksandr
Sergeyevich Pushkin ijodi nafaqat rus, balki jahon adabiyotining ham muhim bir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
15
bo‘lagi sifatida tan olingan. O‘zbekiston adabiyotida ham Pushkin asarlari tarjimasi,
ulardan ilhomlanish va ularni talqin etish yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab izlanishlar
olib borilgan. Mazkur maqolada Pushkin asarlarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi,
ularning o‘zbek adiblariga ko‘rsatgan ta’siri va talqinlar xilma-xilligi ilmiy jihatdan
tahlil qilingan.Aleksand Sergeyevich Pushkin asarlari nafaqat o'z davrida
shuningdek, bugungi kun kitobxonlari uchun ham buyuk adabiy me'ros sifatida sevib
o'qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Tarjima jarayonining bosqichlari va muhim tarjimalar
Pushkin asarlari o‘zbek tiliga asosan XX asr boshlaridan boshlab tarjima
qilina boshlagan. Tarjimalar orqali o‘zbek kitobxonlari “Evgeniy Onegin”, “Bronza
chavandoz”, “Kapitan qizi” kabi mashhur asarlar bilan tanishdilar. Erkin Vohidov,
G‘afur G‘ulom, Abdulla Oripov kabi taniqli shoirlar Pushkin she’riyatiga murojaat
qilib, uni milliy ruhda qayta talqin qildilar.
Pushkin ijodining o‘zbek adabiyotiga ta’siri nafaqat tarjimada, balki uslub,
obraz va g‘oya darajasida ham seziladi. Jumladan, Erkin Vohidovning lirik
she’rlarida Pushkinga xos sof tuyg‘ular, ichki kechinmalar va shaxsiyati bilan
kurashayotgan qahramonlar obrazlarini uchratish mumkin. Bu esa Pushkin ijodining
o‘zbek she’riyatida qanday darajada chuqur ildiz otganini ko‘rsatadi.
Ta’sir masalasi: Pushkin va o‘zbek shoiri orasidagi adabiy aloqalar
Pushkin ijodi o‘zbek shoirlari uchun badiiy namunaga aylandi. Jumladan,
G‘afur G‘ulom Pushkin ijodiga chuqur nazar bilan yondashib, uning g‘oya va shakl
jihatidan yangi yo‘nalishlarini o‘z ijodiga singdira oldi. Erkin Vohidovning Pushkin
ruhidagi she’rlari, tarjimalari o‘zbek adabiyotida yangi poetik nafas uyg‘otdi.
Talqinlar xilma-xilligi
Pushkin asarlari faqatgina tarjima qilinmay, balki ularning o‘zbek
madaniyatiga mos talqinlari ham shakllandi. “Evgeniy Onegin” qahramonlarining
ichki kechinmalari Sharqona ruhda sharhlanib, axloqiy-psixologik jihatdan milliy
kontekstda yoritildi. Shuningdek, bolalar adabiyotida Pushkin ertaklarining milliy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
16
ranglar bilan bezalgan variantlari yaratildi bu esa yirik adabiy yutug'lardan biri
bo'ldi.
Usmon Nosir iste'dodining yorqin bir qirrasi unung tarjimonlik faoliyatida
yaqqol namoyon bo'lgan edi. Shoirning Firdavsiy va Shekspir kabi daho san’atkorlar
she’riyatidan
qilgan
tarjimalari,
Pushkinning
“Bog'chasaroy
fontani”,
Lermontovning “Demon” kabi mashhur dostonlarini mohirona o'zbek tiliga
o'girganligi uning ijodiy salohiyati nechog'lik ulkan bo'lganligidan guvohlik berib
turadi. Shu m unosabat bilan tarixiy bir faktni keltirish maqsadga muvofiq bo'lar edi:
1937-yil 26-mayda “Literaturnaya gazeta”da Usmon Nosir va Hamid
Olimjonlarning “Pushkin na uzbekskom уагыке” sarlavhali maqolasi e’lon qilingan.
Ushbu maqolada dunyo adabiyotining buyuk siymolari asarlari o'zbek tilim izga
tarjim a qilinganligi va tilim izning naqadar boyligi va bu tilda jahon adabiyotining
eng yuksak nam unalarini tarjim a qilish mumkinligi faxr bilan ta’kidlangan. Zotan,
ular 30-yillardayoq o‘zlarining mumtoz tarjimalari bilan ham bu haqiqatni to'la isbot
qilib berdi.
Shu ma’noda hassos shoirimiz Hamid Olimjonning.193O-yillarda Pushkin
asarlarini o'zbek tiliga tarjimasi bilan hog'liq bildirgan fikri bugun ham dolzarbligini
yo'qotmagan: "Pushkindan muvaffaqiyatli qilingan har bir parcha, har bir Katr shoir
ijodida muhim bir bosqich, chunki bu adabiy-ijodiy ish - sodda tilmochlik emas.
Shuning uchun ham Pushkindan biror asarni yaxshilab tarjima qilish bilan shoir o‘z
ijodida yangi bir pogona oshadi”. Yoki Ma’ruf Hakimning dastlabki hikoyalarini
tahlil qilar ekan, ularning tilidagi nuqsonlarni, ayniqsa, ko'p so'zlilarni keskin
qoralab, jum ladan, shunday deydi: “Buyuk Pushkin hozir bo'lsa, «Hayot qo'shig'i»
degan hikoyalar to'plam ini chiqargan Ma’ruf Hakimning qulog'idan cho'zib, yuziga
bir tarsaki urar va «Pushti gullagan o'riklar o'z gullarini to'kib, dovuchcha tugar edi»,
«Otning jilovini siltab, tezlashishini qistadi» dema, «O'rik gulini to'kkan edi», «Otni
jadallatdi» degin der edi».Ko'rinadiki,tilda qisqalikka erishish shunchaki bir
fazilatgina emas, balki chinakam san’at asari yaratishng, yuksak badiiylikning
muhim bir sharti va omilidir.
XULOSA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
17
Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodi o‘zining badiiy yuksakligi, til boyligi
va obrazlar tizimi bilan nafaqat rus, balki o‘zbek adabiy muhitida ham alohida o‘rin
egallaydi. Uning asarlari XX asr boshidan boshlab o‘zbek tiliga tarjima qilinib,
o‘zbek kitobxoni tomonidan iliq kutib olingan. Pushkin asarlarini tarjima qilgan
o‘zbek ijodkorlari – G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar
nafaqat tarjimon sifatida, balki o‘zlarining she’riy iste’dodi orqali Pushkin
obrazlarini milliy talqinda qayta yaratgan ijodkorlar sifatida e’tirof etiladi.
Pushkin asarlari o‘zbek adabiyotiga faqat tarjima orqali emas, balki badiiy
ta’sir jihatidan ham kuchli iz qoldirgan. Uning insonparvarlik, adolat, muhabbat va
erkinlik kabi umuminsoniy g‘oyalari o‘zbek shoiri va yozuvchilari ijodida yangi
shakl va mazmunda namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, Pushkin asarlarining psixologik
tahliliga asoslangan talqinlari o‘zbek adabiyotida yangi poetik yondashuvlarning
shakllanishiga zamin yaratdi.
Bundan tashqari, Pushkin ijodining o‘zbek bolalar adabiyotida ham talqini
kuzatiladi. Uning ertaklari milliy did va ruhga moslab, yangi badiiy ishlov bilan
bolalar ongiga singdirilgan. Bu esa Pushkin ijodining avlodlararo va
madaniyatlararo bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi ahamiyatini yanada mustahkamlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Pushkin va o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi bog‘liqlik
o‘zaro madaniy boyishning yorqin namunasidir. Pushkin asarlarining tarjimasi va
talqini nafaqat o‘zbek adabiyoti rivojiga, balki o‘zbek kitobxonining estetik
tafakkuri shakllanishiga ham xizmat qilgan. Kelajakda bu boradagi izlanishlarni
davom ettirish, yangi tarjimalarni tahlil qilish va zamonaviy adabiy yondashuvlar
bilan boyitish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.Uning asarlari tarjimasi orqali nafaqat
rus adabiyotiga, balki jahon madaniyatiga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Bugungi kunda
ham Pushkin asarlarining o‘zbek adabiy jarayonidagi o‘rni, tarjima san’atidagi o‘rni,
shuningdek, ularning talqini yangicha ilmiy yondashuvlarni talab qilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Vohidov, Erkin. Ijod haqida, tarjima haqida. — Toshkent: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov, M. Rus va o‘zbek adabiy aloqalari tarixi. — Toshkent: Fan, 1982.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–6_Июнь –2025
18
3. Adabiyotimiz sahifalari.Adabiy-uslubiy qo‘llanma.USMON QOSIMOV,
LUTFULLA SINDOROV, MA’RIFAT NIZOMOVA.Toshkent«IQTISOD-
MOLIYA»2017
4. Qosimov, A. Tarjima san’ati asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2001.