MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
191
“AMALIYOTDA SHAXSNI O'RGANISHNING PROEKTIV
METODIKALAR O'RNI”
ERNAZAROVA MUNISA
Pedagogika psixologiya fakulteti,
Pedagogika Psixologiya yo’nalishi 3- bosqich talabasi.
Mavlonova Surayyo Sultonaliyevna
Ilmiy rahbar
Annotatsiya. Psixologiya fani va amaliyotida shaxsni o'rganishning proektiv
metodikalari alohida o'z o'ringa ega. Rivojlanish tarixiga ega proektiv metodikalar
bugungi kunda inson haqidagi psixologik bilim sohalaridan biri bo'lib, uni
o'zlashtirmay Shaxs haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin emas.
Shaxsni tadqiq qilishning proektiv metodi proeksiyalarni aniqlash va tasvirlashga
asoslangan.
Kalit so’zlari: Proektiv metodlar, fan, amaliyot, psixologiya, rivojlanish,
proektsiya, yaxlit qarash, tadqiqot usuli, shakllanish.
KIRISH
Psixologiya fani va amaliyotida shaxsni o'rganishning proektiv metodikalari
alohida o'z o'ringa ega. Rivojlanish tarixiga ega proektiv metodikalar bugungi kunda
inson haqidagi psixologik bilim sohalaridan biri bo'lib, uni o'zlashtirmay Shaxs
haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin emas. Shaxsni tadqiq qilishning
proektiv metodi proeksiyalarni aniqlash va tasvirlashga asoslangan.
ASOSIY QISM
«Proeksiya» tushunchasi dastlab Z.Freyd tomonidan sub'ektning ongli va
ongsiz tarzda ko'chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob'ektlarga nisbatan
holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo'llanilgan. Proeksiya -oldinga irg'itish,
tashlash ma'nosini bildiradi. Shaxsni o'rganishning proektiv metodi eksperiment
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
192
natijalariga asosan proeksiyalarni aniqlash va so'ngra ularni tahlil qilishni ko'zda
tutadi.
Proeksiya tushunchasini tavsiflash «Men»ning himoya mexanizmlari bilan
uzviy bog'liq. Proektiv metodlar yordamida inson proeksiyalarining psixologik
mexanizmlari o'rganiladi. G.S.Friman proeksiyani:
1) ongsizlik holati, ya'ni insonning bu holatda boshqa kishilarning g'oya,
qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o'ziga olishi sifatida;
2) O'z Shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko'chirish sifatida;
3) Qandaydir tajribaga asoslangan noto'g'ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi.
xislatlari namoyon bo'ladi. Proeksiya so'zli assotsiatsiyalar, tugallanmagan jumlalar,
rasm va dog'lar, tekshiriluvchining chizgan rasmlari kabi verbal hamda rasmli
metodlarning barchasini qo'llaganda kuzatiladi. Proektiv metodikalarga o'ziga xos
eng muhim xususiyatlar quyidagilardan iborat:
- nisbatan aniq tuzilishga ega bo'lmagan va turli-tuman javob berishga yo'l
qo'yuvchi topshiriqlardan tashkil topgan;
- bir xil mazmunga ega bo'lmagan, tarqoq, tartiblashtirilmagan
qo'zg'atuvchilar Shaxs xususiyatlari, holati va muammolari uchun "ekran" vazifasini
o'taydi;
- Shaxsning yashirin, anglanmagan tomonlarini aniqlash va baholashga
yondashuvning keng tarmoqliligi.
Amaliyotda shaxsni o'rganishning proektiv metodikalar shaxsning
xususiyatlari va intellektini o'lchashga yo'naltirilgan bo'lib, standartlashtirilgan
metodlardan
qo'zg'atuvchi
materialning
tabiatiga,
respondent,
ya'ni
so'ralayotganlarning oldiga qo'yilgan vazifasiga va natijalarni qayta ishlash va
sharhlash (interpretatsiya qilish) xususiyatiga ko'ra farq qiladi.
Amaliyotda shaxsni o'rganishda proeksiya voqelikni, odamlarni, namoyon
qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada Shaxsning psixik holati, ehtiyoj,
motiv, ustanovkalariga asoslangan. Bunda voqelikni Shaxsning psixik holati,
ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tavsiflash tendensiyasi mavjud. Proeksiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
193
anglanmagan psixologik mexanizm hisoblanadi, ya'ni proeksiya elementlari ongsiz
tarzda idrok qilinadi.
Proektiv metodikalarning asosiy, o'ziga xos xususiyati -foydalaniladigan
stimullarning ko'p ma'noli, noaniq ekanligidir. Biroq, tekshiriluvchiga tavsiya
qilinadigan stimul (rasm, rang, dog', verbal axborot bo'lishidan qat'iy nazar) noaniq,
ko'p ma'noli ekanligiga qaramay ob'ektiv xarakterga ega va sub'ekt tomonidan
yaratilgan obraz yoki yuzaga kelgan vaziyatga kiritiladigan muayyan xususiyatlarga
ega. Olingan natijalar tekshiriluvchi Shaxsi haqidagi bilimlar, uni psixologik
jihatdan chuqur o'rganish asosida, shuningdek, psixodiagnostikaning boshqa
metodlarini qo'llagan holda tavsiflanishi zarur.
Proektiv diagnostikaning kelib chiqishi 1921 yilda G. Rorshax tomonidan
Bernda, nemis tilida «Psixodiagnostika» asarining nashr qilinishi bilan bog'langan.
O'zi rassom bo'lishiga qaramay, German Rorshax san'at va rassomlik tarixi bilan
ko'proq qiziqardi. Unga ma'lum bo'lishicha, buyuk Leonardo da Vinchi o'z xayolini
osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni
tahlil qilish orqali mashq qildirar edi. Bu xususiyat, ya'ni atrofimizdagi predmetli
dunyoni «jonlashtirish» barchaga, ayniqsa rassomlar va yosh bolalarga xos bo'lgan
xususiyatdir. G. Rorshaxning taxminiga ko'ra, siyoh dog'lari, ya'ni ko'rishga
yo'naltirilgan siyoh dog'lari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi.
Hozirda proektiv metodikalarga bo'lgan e'tibor tobora ortib bormoqda,
ularga bag'ishlangan ilmiy maqolalar soni 6000 dan oshib ketdi. Biroq, shu bilan
birga ular tanqid uchun doimiy nishon bo'lib kelmoqda. Psixodiagnostikaning
boshqa metodlaridan farqli ravishda proektiv metodikalar Shaxs xususiyatlarini
miqdoriy emas, balki sifat jihatdan tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham
ularning ishonchliligi va validligini tekshirish usullari ishlab chiqilmagan.
L.Frank (1939,1948) birinchilardan bo'lib proektiv metodlarni quyidagicha
tasniflagan:
1.Konstitutiv metodikalar — tekshiriluvchi unga taqdim etilgan qandaydir
amorf, tartibsiz, tizimlashtirilmagan materialga sub'ektiv mazmun bag'ishlashi kerak
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
194
bo'ladi. Bu guruh proektiv metodikalarga Rorshaxning "Siyoh do'g'lari metodikasi",
Vartegning "Doirachalar" metodikalarini kiritish mumkin.
2. Konstruktiv metodikalar — tajriba davomida tekshiriluvchiga tavsiya
etilgan alohida qismlardan (shakllar, kubiklar) foydalanib muayyan mazmunga ega
yaxlit bir butun ob'ekt hosil qilishi va uni sharhlashi lozim;
3. Interpretatsion metodikalar — tekshiriluvchi tavsiya etilgan lavha, voqea
yoki hodisani sharhlab berishi so'raladi (TAT, AAT);
4. Katartik metodikalar. Katartik so'zi "tozalash" degan ma'noni anglatadi.
Psixoanalizda katarsis usulidan foydalanib shaxsning o'zidagi mavjud salbiy
kechinmalarni qayta his qilishidan muhofaza qilinadi. Proektiv metodikalarning bu
turida o'yin yoki psixodrama ko'rinishida tekshiriluvchi turli hayotiy vaziyatlarni aks
ettirish orqali o'zining ichki kechinmalarini tashqariga chiqarishga muvaffaq bo'ladi
("Psixodrama").
5. Ekspressiv metodikalar — tekshiriluvchi tasviriy faoliyat orqali yashirin,
bosim ostida turgan motiv va munosabatlarini ifodalab beradi (yozuv, chizgan
6. Impressiv metodikalarda tekshiriluvchi o'ziga tavsiya etilgan
qo'zg'atuvchilardan yoqimli va yoqimsizlarini tanlashi kerak bo'ladi. Masalan,
Lyusher testida tekshiriluvchi unga tavsiya etilgan 8 ta rangli kvadratlarni yoqish
darajasiga ko'ra, tartib
bilan joylashtirishi zarur bo'ladi. Ranglarning tanlangan o'rniga ko'ra,
Shaxsning eng muhim ehtiyojlari haqida xulosa chiqariladi. ("Zondi testi")
7. Additiv metodikalar. Additivlik — bir butun predmet yoki xususiyatning
hajmiga xos jihat bo'lib, u kichik tarkibiy qismlarga bo'linsa ham mazkur sifat yoki
xususiyat unga tegishli bo'lib qolaveradi. Proektiv metodikalarning bu turida
tekshiriluvchidan boshlangan gap yoki hikoyani oxiriga etkazishi talab qilinadi. Bu
metodikalar Shaxs hayotidagi o'zgarishlardan tortib xulq-atvor motivlari hamda
yoshlarning jinsiy tarbiyaga munosabatigacha o'rganishi mumkin. ("Tugallanmagan
gaplar", "Tugallanmagan rasmlar")
Zamonaviy proektiv psixodiagnostikada qo'llaniladigan metodikalar juda
ko'p. M.K. Akimovaning ta'kidlashicha, mazkur metodikalar keng tarqalgan bo'lib,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
195
ularning strukturalash, kostruksiyalash, interpretatsiyalash, to'ldirish, katarsis,
ekspressiya va impressiyani o'rganishga mo'ljallangan turlari farqlanadi. U yoki bu
proektiv metodikalardan foydalanish texnikasiga oid nashrlarning soni esa 6000 dan
ortiq. Biroq ko'p hollarda proektiv metodikalarni ob'ektivligi etarli emasligi uchun
tanqid qilishadi.
Muayyan
kamchiliklarining
mavjudligiga
qaramay
proektiv
metodikalarning tobora ommalashib borishiga sabab, birinchidan, tekshiriluvchi
tomonidan qalbakilashtirish (falsifikatsiya) imkoniyatining kamligi; ikkinchidan,
tekshiri-luvchi (ayniqsa bolalar bilan) aloqa o'rnatishning samaradorligidadir.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak shaxs psixologiyasining proektiv
metodikalarning o'mi va ahamiyati ilmiy Testologiyaning tarkib topishida
psixologiya fanida eksperiment va o'lchash g'oyalarining kirib kelganligini tadqiqot
sohasida qo'yilgan katta qadam .Proektiv metodikalar shaxsning xususiyatlari va
intellektini o'lchashga yo'naltirilgan bo'lib, natijalarni qayta ishlash va sharhlash
xususiyatiga ko'ra farq qiladi. Proeksiya voqelikni, odamlarni, namoyon qilingan
stimullarni idrok etish muayyan darajada Shaxsning psixik holati, ehtiyoj, motiv,
ustanovkalariga asoslangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. EVDOKIMOV VI AVIATSIYA MUTAXASSISLARI UCHUN PSIXOLOGIK
DIAGNOSTIKADA PROEKTIV METODLAR -M.; VORONEJ, 2001 YIL
2. SOKOLOVA E.T. SHAXSNI PSIXOLOGIK TADQIQ QILISH: PROEKTSION
USULLAR. - M., TEIS, 2002 YIL
3.
BURCHAK
A.F.
PROEKTIV
TEXNIKANING
IMKONIYATLARI
CHEGARALARINI NAZARIY O'RGANISH. PROEKTIV PSIXOLOGIYA /
ILMIY. ED R. RIMSKAYA, I. KIRILLOV; PER. INGLIZ TILIDAN M.
BUDYNINA VA BOSHQALAR -MOSKVA: APREL MATBUOTI: EKSMO -
PRESS, 2000 YIL
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
196
4. ROMANOVA E.S. PSIXODIAGNOSTIKA - SPB.: PITER, 2008
5. TUTUSHKINA M.K. AMALIY PSIXOLOGIYA: ED. DARSLIK 2001.
6. BURLACHUK L.F. PSIXODIAGNOSTIKA. - SPB.: PITER, 2002 YIL