MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
178
NOTOʻLIQ OILALARDA TARBIYALANYOTGAN
BOLALAR YOXUD OILAVIY AJRIMLARNING
FARZANDLAR RUHIYATIGA TAʼSIRI
Joniyeva Feruza Jamolovna
Buxoro viloyati Jondor tumani 21- umumta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya: Oilada farzand paydo bo’lishi uning tarbiyasi bilan jiddiy
shug’ullanishni talab etadi. Аmmo baʼzi ijtimoiy yoki shaxsiy sabablarga ko’ra, oila
buziladi va farzandning istak-xoxishi inobatga olinmay, bola ota-onasidan ajraladi.
Yaʼni tirik yetim bo’lib qoladi.
Kalit so'zlar: oila, ajralish, nikoh, er-xotin muammosi, salbiy oqibatlar, bola
tarbiyasi, ruhiy zoʻriqish, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, depressiv xulq.
KIRISH
Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki,
noto‘liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining vafot
etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin.
Albatta oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojia, avvalo bu fojia hech
kimning boshiga tushmasin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga
nisbatan, uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning
ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi.
Birinchidan, «tirik yetimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida
(bog‘chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi.
Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari tomonidan
sobiq turmush o‘rtog‘i sha’niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo‘yoqlar beruvchi
munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-
mulohazalar ko‘proq bildiriladi.Bular albatta, bu toifa noto‘liq oilalardagi o‘zaro
munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarning yuzaga kelishiga asos
bo‘ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
179
Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz
yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Ayniqsa ajralish otasiz
o‘sayotgan qiz bolaning his-tuyg‘ulariga, otasiga bo‘lgan mehriga, qiz bolada
shakllanadigan ota obraziga va otasiz o‘sayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy
ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bolaning bolalik davrida balki kelgusida o‘zi
mustaqil oila qurganda ham o‘z asoratini ko‘rsatishi mumkin.Ko‘p tadqiqot
natijalarining ko‘rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha ilmiy jihatdan o‘z
tasdig‘ini topganligi asosida o‘z otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda
shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o‘rtog‘iga ham hurmatini yetarli
ravishda ifodalay olmaydi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra ajralish oiladagi otasiz o‘sayotgan o‘g‘il bolaning
o‘qishiga va tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi kuchli bo‘lar ekan. Shu bilan birga
ajralish kelin-kuyovlarning, ota-onalarining ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar
orasidagi munosabatiga, qarindoshlar va jamoa orasidagi obro‘si va oila byudjetiga
salbiy ta’sir qiladi. O‘ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan
ko‘pgina mezonlar bo‘yicha kelin tomon, ya’ni kelinning ota-onalari ruhan ko‘proq
jabrlanar ekan.
Ma’lumki, o‘zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan
rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to‘g‘ri
keladigan «tirik yetim» bolalar soni o‘zbek oilalarida 2-2,5 martaga ko‘p. Shu bilan
birga, «ajralish madaniyati»ning quyi saviyada ekanligi va o‘ziga xos milliy
xususiyatlari bilan ifodalanishi o‘zbek oilalarida ko‘proq salbiy oqibatlarga olib
keladi. Shunga ko‘ra ajralishlarning salbiy asoratlari o‘zbek oilalarida boshqa
millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi.
Oilаlаrdа ajralish va uning oqibatlari asarlari obyektiv ochib berildi. Ibn Sino
yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Kovalev S.V. Psixologiya
sovremennoy semi. kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Psixologiya
fanning strukturasini tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash, ular tasnifini amalga
oshirish alohida o‘rin egallaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
180
Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim
ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham,
O‘zbekistonda ham ajralish muammosini o‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik
e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar,
demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari
mutaxassislari o‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu hodisa sabablari, omillari,
motivlarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini
kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu
ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko‘p zarar ko‘radi.
Ajralishlar ko‘plab noxush hodisalar: noto‘liq oilalar sonining ortishi, bolalar va
o‘smirlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ko‘payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan
bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o‘zaro
munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Bu o‘rinda haqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga
keltiradigan bo‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’qiqlab qo‘ysa bo‘lmaydimi? — degan
savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim
davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish
huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila
mustahkamligini ta’minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni
ta’qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o‘z navbatida nikoh yoshining o‘sishini,
oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik
nosog‘lom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga
keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta
bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun
zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi
deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o‘rinda muhimi
ajralishni ta’qiqlash va unga rasmiy ravishda halaqit qilish emas, balki
ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf
etishdir. Shunday qilib ajralish fojiami yoki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
181
oilada farzandlar bo‘lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o‘zaro
munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan bo‘lsa, ularda o‘zaro
tushunish, o‘zaro hurmat, birbirlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat
bo‘lmasa, oila o‘z funksiyalarini bajarmayotgan bo‘lsa, bunday juftlar ajralib
ketgani ma’qul deb hisoblaydilar
Ajralishlarning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik
xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan
sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi
davrlardagi erxotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan
biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish
tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo‘ladi.
Biz sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulohazalarimizni
bildirishdan oldin o‘zbek oilalarida ajralishlarning o‘ziga xos xarakteri, ya’ni boshqa
(ayniqsa chet mamalakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to‘xtalib
o‘tishni lozim topdik. Bu quyidagi ob’ektiv omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik
tomonidan ko‘proq tanqidiy muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda
ajralishgandan so‘ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki
o‘zbek millatidagi o‘ziga xos urf-odatlar o‘zbek ayolining uy-joylarni eriga qoldirib,
o‘z ota-onasinikiga (uning aka-ukalari o‘z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan
va ajrashgan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga
majbur bo‘ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so‘ng qayta oila
qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu ob’ektiv sabablarni hisobga olgan holda
qishloq joylardagi o‘zbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi munosabatlar
nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila)
nikohga ham ko‘nikib yashayveradilar. Ba’zi ayollar, aslida eri bilan birga
yashamayotgan bo‘lsalar-da (hatto yillab), erlaridan «o‘ch olish» maqsadida, uning
boshqaga uylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga
ko‘nmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha
imtiyozli vaziyatda bo‘ladilar: ular ajralishgandan so‘ng o‘z yaqinlari tomonidan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
182
ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. Bolasi yo‘q bo‘lgan holatda esa ajralishgan erkak
uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo
tug‘dirmaydi.
Yuqoridagilar bilan birga, o‘zbek oilalar ajralishganda o‘zgacha xususiyatlar
ham kuzatiladi. Psixolog olim Fahriddin Ro‘ziqulov ajralishning asoratlari
mavzusida o‘tkazgan maxsus tadqiqot natijalariga ko‘ra aksariyat holda ajralish
qurboni ayol bo‘ladi. Ya’ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi oilaviy
baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila byudjetiga, ayolning salomatligiga, o‘z ota-
onasi bilan bo‘lgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning
ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy
muammolarini qayta oila qurish va yolg‘izlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu
qishloq va shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar
shahar turmush tarzida jinsiy hulq jihatdan birmuncha erkin bo‘lganlari hamda o‘z
kasb faoliyatlari bilan faol shug‘ullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan
yolg‘izlikdan kamroq jabr ko‘radilar. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish
muammosini ilmiy asosda o‘rganish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bu
o‘rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki
aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida o‘tkaziladigan sud
ishlarida ajralmoqchi bo‘lgan oila buzilishining asl sababini aniqlab, nikohni bekor
qilish ishlarida oddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda.
XULOSA
Oila a`zolari tomonidan bolalar oldiga qo`yiladigan talablarning birligi ,
o`zaro mas`uliyat va ta`sir ko`rsatishdagi uyg`unlik bola shaxsining har tomonlama
rivojlanishining muhim manbai hisoblanadi.Bola shaxsi ko`p jihatdan va asosan,
oilada shakllanadi. Yashashning boshlang`ich qoidasini o`rganadi.Oilaning
tarbiyaviy ta`siri shunchalik kuchli bo`ladiki va bizning nazarimizda ota onalarning
harakterlari xususiyatlari bolaga biologik yo`l bilan o`tganday tuyuladi. Shuning
uchun ham oilani ’’hissiyotlar maktabi’’ deb bejiz aytilmaydi.Oiladagi maishiy
turmush sharoiti, oila jamg`armasi, qadriyatlari, oila a`zolarining o`zaro
munosabatlari, ularning xulq-atvorlari, axloqiy sifatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
183
bolaga ilk yoshlik davridanoq o`z ta`sirini o`tkaza boshlaydi. Ayniqsa ota va
onaning ma`naviy qiyofasi, ijtimoiy sifatlari kelgusida bolada qanday harakter
xususiyatlari shakllanishini oldidan belgilab beradi. Chunki bola eng avvalo o`ziga
yaqin bo`lgan kishilarga taqlid qiladi, ularning xul-atvorlarini o`zida ifoda eta
boshlaydi. Shaxs ma‟naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvuri va e’tiqodiga aloqador
ko’nikmalar majmui asosan, oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila-haqiqiy
ma’naviyat o‘chog‘i, tarbiya omili muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos
ilk tushunchalar ham inson qalbi va ongiga avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon
bobolar o‘giti, ota ibrati va ona mehri orqali amalga oshiriladi. Mustaqil
davlatimizda oilalarning ahloqiy, ma’naviy va ruhiy barkamolligini mustahkamlash
borasida amalga oshirilayotgan sayi-xarakatlar kun sayin ortib bormoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
OILANI
O’RGANISH
PSIXODIAGNOSTIKA
METODIKALARI.
TUZUVCHILAR: N.A.SOG’INOV, F.G’.HABIBULLAEV. –T.,: 1996. –38 B.
2.
SHOUMAROV SH.B., SHOUMAROV G’.B. MUHABBAT VA OILAVIY
HAYOT. –T.:, ―IBN SINO, 1996. –96 B.
3.
KOVALEV S.V. PSIXOLOGIYA SOVREMENNOY SEMI. –M.:, 1988.