MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
161
SEMIZLIKNING PROFILAKTIKASI
Alfraganus universiyeti Klinik fanlar kafedrasi assistenti
Yan Vladimir Konstantovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada ortiqcha vazn va semizlik muammosi, uning
sabablari va oqibatlari, shuningdek, bu muammoning zamonaviy tibbiyot va
jamiyatda qanday hal qilinayotgani haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy
texnologiyalar, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish
orqali semizlikning oldini olish va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish
masalalari yoritiladi.
Kalit so‘zlar: Semizlik, ortiqcha vazn, sog‘lom turmush tarzi, ovqatlanish,
tibbiyot.
Аннотация: В данной статье рассматривается проблема
избыточного веса и ожирения, ее причины и последствия, а также то, как
эта проблема решается в современной медицине и обществе. Освещаются
вопросы профилактики ожирения и пропаганды культуры питания
посредством современных технологий, формирования здорового образа
жизни, повышения физической активности.
Ключевые слова: Ожирение, избыточный вес, здоровый образ жизни,
питание, медицина.
Abstract: This article discusses the problem of excess weight and obesity, its
causes and consequences, and how this problem is being addressed in modern
medicine and society. Issues of obesity prevention and promoting nutrition culture
through modern technologies, forming a healthy lifestyle, increasing physical
activity are highlighted.
Keywords: Obesity, excess weight, healthy lifestyle, nutrition, medicine.
Kirish.
Bugungi kunda semizlik global sog‘liq muammosiga aylanib
bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
162
bo‘ylab milliardlab insonlar ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bu holat yurak-
qon tomir kasalliklari, diabet, va boshqa xastaliklarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Asosiy qism
: Semizlik nima? Semizlik — teri ostida, asosan qorin
devorining pastki qismida, dumbada va sonlarda, shuningdek, qorin ichida
(charvida, ichak tutqichlarida, qorin orti sohasida) hamda boshqa ichki a’zolar
atrofida yog‘larning ortiqcha to‘planishidir. Turli manbalardan olingan
ma’lumotlarga ko‘ra, Yer kurrasining 25 foiz, 40 yoshdan keyin esa 50–60 foiz
aholisi bu jarayondan aziyat chekmoqda. So‘nggi yillarda semizlik o‘smirlar orasida
ham ko‘payib borayotgani tashvishli holatdir. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 35,
Yevropada esa 20 foizdan ortiq yoshlar ortiqcha tana vazniga ega. Ilmiy
tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilga borib semizlikka chalinganlar soni ikki barobarga
ko‘payadi. Semizlikning salomatlikka salbiy ta’siri qadim zamonlardan ma’lum.
Tibbiyot otasi Gippokrat: “To‘satdan o‘lim oriq kishilarga nisbatan semizlarga
ko‘proq xos”, degan gapni bundan ikki yarim ming yil avval aytgan edi. Semizlik
nafaqat inson hayoti sifati va davomiyligining buzilishiga, balki turli og‘ir
kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Semiz kishilarda yuqori qon
bosimi, tomirlarga yog‘ plakkalari o‘tirib qolishi va yurak ishemik kasalligi oriq
kishilarga qaraganda 2–4 marta ko‘p uchraydi. Qandli diabetning ikkinchi turi 85–
90 foiz holatlarda ortiqcha tana vazniga ega bo‘lganlarda rivojlanadi. Semizlikning
birinchi darajasida qandli diabet yuzaga kelish ehtimoli 3 marta, ikkinchi darajasida
5 marta, undan keyingi darajada esa 10 marta oshadi. Boshqacha aytganda, ortiqcha
tana vazniga ega bo‘lgan kishilarda qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallanish
ehtimoli juda yuqori. Bundan tashqari, semizlik yurak, qon bosimi oshishi, bo‘g‘im,
jigar, ruhiy holatning o‘zgarishi, venalarning varikoz kengayishi va boshqa
kasalliklarning asosiy sababchilaridan biridir. Semizlikga olib keluvchi sabablardan
yana biri bu noto’g’ri ovqatlanishdir. Misol qilib Germaniyadagi Fridrix Shiller
nomidagi universitet olimlari noto’g’ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o’lim
holatlari darajasi bo’yicha Yevropa mamlakatlar reytingini tuzishdi.Tatqiqotda 1990
yildan 2016 yilgacha bo’lgan malumotlarga asoslanadi.Shu davr oralig’ida
mamlakatimizda no’to’ri ovqatlanish tufayli o’lim holatlari soni bo’yicha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
163
“yetakchi’’ bo’ldi.Qayt etilishicha mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida xar
100 ming kishidan 394 kishi xayotdan ko’z yumgan. Eng to’g’ri ovqatlanish
bo’yicha Ispaniya,Isroil va Fransiya aholisi rioya qiladi. Bu mamlakatlarda xar 100
ming kishidan 43-46 inson no’to’ri hayotdan ko’z yumadi.
O’zbekiston Respublikasidagi viloyatlar o’rtasida semizlikning tarqalishi va
o’sib borishi ko’rsatilgan. Semizlik paydo bo‘lishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir
qancha omillar muhim ahamiyatga ega. Ular quyidagilar: Me’yordan ortiqcha ovqat
iste’mol qilish. Bir kunda 100 kkal ortiq ovqatlanish bir yilda taxminan 5 kg
semirishga olib keladi. Masalan, har kuni ehtiyojdan tashqari 50 grammli bir parcha
non eyilsa, bu bir yilda 5 kg dan ortiq vazn oshishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy
faollikning yetarli darajada bo‘lmasligi. Turmush darajasi oshib, ko‘plab ishlar
texnika yordamida bajarilar ekan, insonning harakatchanligi kamayadi. Bu esa
semizlikning yanada kuchayishiga olib keladi. Shu bois, har bir inson imkoni
boricha jismoniy faol bo‘lishga intilishi kerak. Yosh oshgani sari ochlik hissi yetarli
darajada nazorat qilinmaydi. Bu esa, hatto ozgina ortiqcha kaloriyali ovqat iste’moli
bilan ham semizlikka olib kelishi mumkin. Hozirgi to‘kin-sochin zamonda nafsni
tiyib turish katta jasoratni talab etadi. Kam harakatli, yoshi katta insonlar uchun kam
yeyish juda muhimdir. Tabiblar “Odam bolasining ichiga kasallik og‘zidan kiradi”,
deganlarida aynan shunga ishora qilishgan. Yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish.
Bunday oziq-ovqatlar tanaga tez singadi, ularning parchalanishi uchun deyarli
kaloriya talab etilmaydi va ortiqchasi yog‘ga aylanadi. Shu sababli iloji boricha
yog‘li ovqatlardan qochish, ularning o‘rniga oqsilga boy mahsulotlardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Xulosa:
Zamonaviy jamiyatda semizlik va ortiqcha vazn faqat estetik
muammo bo‘lib qolmay, balki jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda.
O‘tkazilgan tahlillar va ilmiy manbalar asosida shuni aytish mumkinki, semizlikning
sabablari ko‘p qirrali bo‘lib, ularga noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik, stress,
genetik omillar va ekologik holatlar kiradi. Yaqin yillarda bu muammoni chuqurroq
o‘rganish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sog‘liqni saqlash tizimining
profilaktik choralarini kuchaytirish dolzarb vazifaga aylangan. Shuningdek,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
164
semizlikka qarshi kurashish nafaqat shaxsiy intizomni, balki jamiyat, davlat va
sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan kompleks yondashuvni talab etadi. Bu borada
sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, ta’lim
muassasalarida tushuntirish ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb
etadi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, zamonaviy tibbiyotda semizlikni oldini olish va
unga qarshi kurashish strategiyalarini takomillashtirish dolzarb ilmiy va amaliy
yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:
G‘ADAYEV, U. (2018). SOG‘LOM TURMUSH TARZINING ASOSLARI. (1)
TOSHKENT: O‘ZBEKISTON NASHRIYOTI. G‘ADAYEV, U. (2021).
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING NAZARIY ASOSLARI. (2)
TOSHKENT: FAN VA TEXNOLOGIYA NASHRIYOTI.