Authors

  • Tursunov Azamjon Salimjon o‘g‘li
  • Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich

Author Biographies

  • Tursunov Azamjon Salimjon o‘g‘li

    Andijon davlat texnika instituti doktoranti (DSc)

    Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘qituvchi

    Email: turcunov-farpi@mail.ru

  • Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich

    Andijon davlat texnika instituti t.f.d. (DSc), professor

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116025

Keywords:

glaukonit Changi koni flotatsiya pigment mineral o‘g‘it granulometriya C1 toifa mineralogik tarkibi Krantaus koni Kofrun koni Krantaus koni.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan glaukonit konlarining geologik tuzilishi, minerallashuvi, boyitish usullari hamda sanoatdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Xususan, Changi koni misolida pigment olish, flotatsiya orqali boyitish va o‘g‘it sifatida qo‘llash tajribalari keng yoritilgan. Maqolada shuningdek geologik xaritalar, mikroskopik tahlillar, granulometrik tahlillar yordamida ilmiy asoslar mustahkamlangan. Bu tasvirlar orqali glaukonit qatlamlarining tarkibi, tuzilishi va texnologik qayta ishlash bosqichlari vizual ravishda yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

97

O’ZBEKISTON HUDUDIDAGI GLAUKONIT KONLARI:

GEOLOGIYASI, TARKIBI VA SANOATDAGI ISHLATILISH

IMKONIYATLARI

Tursunov Azamjon Salimjon o‘g‘li

Andijon davlat texnika instituti doktoranti (DSc)

Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘qituvchi

Email:

turcunov-farpi@mail.ru

Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich

Andijon davlat texnika instituti t.f.d. (DSc), professor

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan

glaukonit konlarining geologik tuzilishi, minerallashuvi, boyitish usullari hamda

sanoatdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Xususan, Changi koni misolida pigment

olish, flotatsiya orqali boyitish va o‘g‘it sifatida qo‘llash tajribalari keng yoritilgan.

Maqolada shuningdek geologik xaritalar, mikroskopik tahlillar, granulometrik

tahlillar yordamida ilmiy asoslar mustahkamlangan. Bu tasvirlar orqali glaukonit

qatlamlarining tarkibi, tuzilishi va texnologik qayta ishlash bosqichlari vizual

ravishda yoritiladi.

Kalit so‘zlar: glaukonit, Changi koni, flotatsiya, pigment, mineral o‘g‘it,

granulometriya, C1 toifa, mineralogik tarkibi, Krantaus koni, Kofrun koni, Krantaus

koni.

Tursunov Azamjon

Doctoral student (DSc) of Andijan State Technical Institute

Teacher of Fergana State Technical University

Email: turcunov-farpi@mail.ru

Turdialiev Umid

Doctor of Science (DSc) of Andijan State Technical Institute, Professor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

98

GLAUCONITE DEPOSITS IN UZBEKISTAN: GEOLOGY,

COMPOSITION AND POSSIBILITIES OF USE IN INDUSTRY

Abstract: This article analyzes the geological structure, mineralization,

enrichment methods and industrial applications of glauconite deposits located in

different regions of Uzbekistan. In particular, the experiments on pigment

extraction, enrichment by flotation and use as fertilizer are widely covered in the

example of the Changi deposit. The article also strengthens the scientific basis using

geological maps, microscopic analyses, and granulometric analyses. These images

visually illustrate the composition, structure and technological processing stages of

glauconite layers.

Keywords: glauconite, Changi deposit, flotation, pigment, mineral fertilizer,

granulometry, C1 category, mineralogical composition, Krantaus deposit, Kofrun

deposit, Krantaus deposit.

Kirish

Glaukonit — temir va kaliyga boy, yashil rangli silikat minerali bo‘lib, u

dengiz cho‘kindi jinslarida, xususan qumtosh qatlamlarida hosil bo‘ladi. Uning

kimyoviy tarkibi asosan K(Mg,Fe)(Al,Fe)Si₄O₁₀(OH)₂·nH₂O formulasi bilan

ifodalanadi. Mineralning tarkibida kaliy, temir, magniy, alyuminiy va kremniy

mavjud bo‘lib, u ion almashinuvi va sorbsiya xususiyatlariga ega. Shu bois,

glaukonit ekologik jihatdan toza xom ashyo hisoblanadi va tuproqni kaliy bilan

boyituvchi o‘g‘it, sanoatda esa tabiiy pigment, ion almashuvchi sorbent, filtr

materiali hamda issiqlik o‘tkazmaydigan kompozitlar tarkibida qo‘llaniladi.

O‘zbekistonda glaukonit konlari hozircha to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsada,

mavjud geologik-qidiruv ma’lumotlari asosida bir qancha hududlarda sanoat

miqyosida foydalanish uchun istiqbolli zaxiralar aniqlangan. Jumladan, Parkent,

Krantaus, Kofrun va Tagarasay kabi konlarda qazilma qatlamlari yaxshi o‘rganilgan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

99

C1 toifasidagi resurslar mavjud bo‘lib, ularning geokimyoviy va granulometrik

tavsiflari sanoatga joriy etish uchun yetarli ilmiy asoslarni taqdim etadi.

1-rasm. Parkent tumani Changi glaukonit rudasi

O‘zbekistondagi glaukonit konlari

1-jadval

O‘zbekistonning yirik glaukonit konlari

Kon nomi

Joylashuvi

Glaukonit

foizi

Qatlam

qalinligi

Zaxira

miqdori (mln

t)

Changi

Parkent,

Toshkent

viloyati

12–24%

2–4 m

14

Krantaus

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

10–20%

1–2,5 m

10

Kofrun

Surxondaryo viloyati

8–16%

1,5–3 m

15

Tagarasay–

Mobika

Qashqadaryo viloyati

8–24%

3–15 m

20+

O‘zbekiston Respublikasi hududida glaukonit konlari asosan quyidagi

viloyatlarda aniqlangan:

Changi (Parkent tumani, Toshkent viloyati)

— bu kon Paleogen davriga

oid cho‘kindi qatlamlarda joylashgan bo‘lib, glaukonitli qumtosh qatlamlari 2–4

metr qalinlikda. Kon C1 toifadagi zaxiraga ega bo‘lib, taxminan 14 million tonnaga

yaqin boyitilmagan material mavjud.

Krantaus (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

— bu yerda glaukonit foizi

10–20% oralig‘ida. Qatlamlar 1–2,5 metr qalinlikda bo‘lib, 10 million tonna atrofida

umumiy resurslar aniqlangan.

Kofrun (Surxondaryo viloyati)

— yer osti cho‘kindilarida joylashgan

glaukonit qatlamlarining kimyoviy tahlili ularni o‘g‘it sifatida ishlatish imkonini

ko‘rsatmoqda. Zaxiralar hajmi 15 million tonnaga baholangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

100

Tagarasay va Mobika (Qashqadaryo viloyati)

— glaukonit foizi 8–

24%, qatlam qalinligi esa 3–15 metrni tashkil etadi. Ushbu konlar hozirda sanoatga

tayyorlanmoqda.

Changi koni tajribalari

Geologik tuzilma

Changi koni geologik jihatdan suzak seriyasi qumtoshlariga mansub bo‘lib,

Paleogen davri yotqiziqlaridan tashkil topgan. Ushbu qatlamlar regional transgressiv

cho‘kindi muhitda hosil bo‘lgan bo‘lib, muntazam, qatlamli tuzilishga ega. Litologik

tarkibda glaukonit bilan bir qatorda kvarts, ortoklaz, muskovit, biotit va ba’zida

karbonatli sementlashgan minerallar aniqlangan. Minerallashuv gorizontal va botiq

shaklda joylashgan bo‘lib, uning kengligi 300–500 metr, qalinligi esa 2,5–4 metr

oralig‘ida. Glaukonit minerali asosan yumaloq donachalar (pelletlar) shaklida,

yashil rangda, ko‘p hollarda silikat sementlashuv bilan ajralib turadi.

Granulometriya, mineralogik va kimyoviy tarkib

Tahlillar natijasi quyidagilarni ko‘rsatdi:

Granulometriya:

20–200 mikron oralig‘idagi zarrachalar asosiy hajmni

tashkil etadi.

Kimyoviy tarkib (o‘rtacha):

K

2

O — 6.2%, Fe

2

O

3

— 18%, SiO

2

— 52%,

MgO — 3.1%, Al

2

O

3

— 9.7%. Bu tarkib glaukonitni agrotexnik, sanoat va ekologik

qo‘llanmalarda keng qo‘llash imkonini beradi.

2-jadval

Glaukonitning kimyoviy tarkibi

SiO2 TiO

2

Al2O

3

Fe2O

3

Fe

O

Mg

O

Mn

O

Ca

O

Na2

O

K2

O

P2O

5

69,5

1

0,33 5,41

11,58 0,5

1

2,04 0,02 1,0

0

0,07

4,25 0,44 5,5

8

3-jadval

Mineralogik tarkibi % bilan:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

101

Glaukonit

Gil minerali

Dala shpatlari Kvarts

50

26

10-15

26

Mineralogik tahlillar natijasida glaukonit asosiy fazani tashkil etib, unga

qo‘shimcha tarzda seritsit, kaltsit, dolomit va seolit guruhiga kiruvchi minerallar

ham kuzatilgan. Ushbu qo‘shimcha minerallar ayrim hollarda pigment sifatida

rangga ta’sir ko‘rsatsa, ba’zi hollarda agrokimyo uchun foydali mikroelementlar

manbai bo‘lishi mumkin [3, 5].

Boyitish texnologiyalari

Flotatsiya

Boyitish uchun klassik flotatsiya jarayoni qo‘llanildi. Jarayonning asosiy

maqsadi glaukonit fraksiyalarini boshqa aralash mineral fazalardan ajratishdir.

Quyidagi texnologik bosqichlar amalga oshirildi:

Dastlab qumtosh namunasi 1–2 mm granulatsiyagacha nam

silliqlashdan o‘tkazildi.

Flotatsiya kamerasiga suvli massa holida yuborildi va olein kislota

asosidagi sirt faol moddalar, kationli kollektorlardan foydalanildi.

pH darajasi 8,5–9,0 atrofida ushlab turildi, bu esa glaukonitni boshqa

tarkibiy qismlardan ajratishga yordam berdi.

Havo pufaklari yordamida selektiv adsorbsiya yuz berdi va natijada 28–

32% glaukonit konsentratsiyasi bilan boyitilgan mahsulot olindi.

Pigment olish

Glaukonit pigmentlarini olish uchun bir nechta bosqichli texnologik ishlov

berish amaliyoti amalga oshirildi. Dastlab xom glaukonit namunasi 100–120 °C da

quritilib, namlikdan tozalandi. Keyin silliqlash orqali 40–100 mikron oralig‘idagi

zarracha o‘lchamiga keltirildi. Pigment sifatida ishlatish uchun rang barqarorligini

ta’minlash maqsadida 250–300 °C da termik ishlov berildi. Shu bilan birga, magnit

ajratish bosqichi orqali temir fazalarining miqdori nazorat ostiga olindi. Yakuniy

pigment yashil-kulrang va jigarrang tusdagi tabiiy rangga ega bo‘lib, u keramika,

bo‘yoq sanoati va kompozit materiallar ishlab chiqarishda foydalanishga yaroqli

ekanligi isbotlandi [1, 2, 4].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

102

O‘g‘it sifatida

Glaukonitli qum nafaqat kaliy manbai, balki tuproqni sog‘lomlashtiruvchi

sorbent sifatida ham xizmat qiladi. U og‘ir metallarni bog‘lash, natriy ionlarini

chiqarib yuborish, gumus qatlamini faollashtirish xususiyatiga ega. Bu esa uni

nafaqat o‘g‘it, balki meliorant sifatida ham samarali qiladi. Glaukonitli qum

agrokimyoviy jihatdan faol bo‘lib, quyidagi shaklda ishlatiladi:

0,5–1 mm granulali shaklga keltiriladi.

Chirindi va biologik fermentlar bilan birga bio-o‘g‘it tayyorlanadi.

Hosildorlik paxta, sabzi, kartoshka ekinlarida 25–55% ga oshgani

kuzatilgan.

Ilmiy va amaliy tavsiyalar

Yuqoridagi tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy va amaliy tavsiyalarni berish

mumkin:

Changi glaukonit konining sanoatga tadbiqini jadallashtirish maqsadga

muvofiq;

Qum tarkibida mavjud seolit, dolomit va boshqa qo‘shimcha

minerallarni agroloyihalarda biologik faol komponent sifatida baholash zarur;

Flotatsiya usullarini optimallashtirish uchun ilg‘or reagentlar (masalan,

nanokollektorlar va biologik flotoreagentlar) joriy etilishi lozim;

O‘g‘it sifatida glaukonitdan foydalanishda uni nafaqat kompost, balki

lignogumus, biokul va fermentlangan substratlar bilan kompleks aralashmalarda

qo‘llash tavsiya etiladi;

Pigment mahsuloti uchun turli rangdagi glaukonit namunalarining

(yashil, jigarrang, qizg‘ish) spektral tahlillarini o‘tkazish va ularning yorug‘lik

barqarorligini tekshirish zarur.

Xulosa

Changi va boshqa glaukonit konlari O‘zbekiston uchun strategik xom ashyo

manbaidir. Agrotexnika, sanoat pigmenti va ekologik sorbent sifatida ulardan

foydalanish imkoniyatlari katta. Flotatsiya, pigment ishlab chiqarish va bio-o‘g‘it

tayyorlash texnologiyalari orqali bu konlar iqtisodiy samaradorlikni oshirishga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

103

xizmat qiladi. Konlarning chuqur o‘rganilishi va sanoatga joriy qilinishi mahalliy va

eksport salohiyatini mustahkamlaydi.

ADABIYOTLAR:

1.

А.М.Мирзаев, Д.К.Одилов, С.И.Якубов, Д.А.Тошматов, А.С.Турсунов,

Глауконит таркибли қумлоқларни бойитиш масаласи. “Совершенствование и

внедрение инновационных идей в области химии и химической технологии”

Международная научно-техническая конференция. Фергана – 2020. 12-15 стр.

2.

Д.К.Адылов, А.М.Мирзаев, Н.Ж.Якубова, А.С.Турсунов, М.С.Омонова,

Разработка технологии получения пигментов на основе глауконита с

содержанием осадочного железа. “Совершенствование и внедрение

инновационных идей в области химии и химической технологии”

Международная научно-техническая конференция. Фергана – 2020. 15-18 стр.

3.

Р.А.Хамидов,

Н.Т.Ходжаев,

И.М.Хакбердиев,

А.М.Эргашев.

Минеральные пигменты восточного Узбекистана. Геология и минеральные

ресурсы. Ташкент, №5, 2016 г.

4.

D.K.Odilov, A.J.Mirzayev, A.S.Tursunov, D.A.Toshmatov, S.I.Yakubov,

I.T.O‘rmonov, Changi koni glaukonitidan pigment olishda boyitish masalasi. “Ilm-

fan va innovasion yutuqlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari” II Respublika

ko‘p tarmoqli masofaviy, ilmiy-amaliy konferensiya. Samarqand-2020 yil. 44-48 bet

5.

Махсудова З. И., Кадырова З. Р., Мирзаев А. Ж. Глауконитовые

песчаники месторождения Чанги – перспективное сырье для получения

зеленого и коричневого пигмента // Стекло и керамика. 2023. Т. 96, № 2. С. 42

– 47.

Most read articles by the same author(s)