MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
81
BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI
Sotiboldiyeva Lola Qaxramon qizi
Toshkent Amaliy Fanlar universiteti
Tarix fakulteti 3 bosqich talabasi
Annatotsiya: Buxoro amirligining davlat boshqaruv tizimi tarixiy manbalar
va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilidi. Amirlik boshqaruvining
markazlashganligi, markaziy va mahalliy boshqaruv organlari, mansab va
unvonlari tizimlari o’rganildi.
Kalit so’zlar: Buxoro amirligi, davlat boshqaruvi, markaziy hokimiyat,amir,
viloyat, tumanlar, beklari, saroy, an’analar.
Buxoro amirligi davlat boshqaruvi asrlar davomida shakllangan
davlatchilk an’analariga suyangan holda amalga oshirilgan. Oldingi davrlarda
bo’gani kabi Buxoro amirligida ham davlat boshqaruvi tizimi ikki tizmimli b‘lib
markaziy va mahalliy boshqaruviga ega bo‘lgan. Markaziy hokimiyat boshqaruvini
amir boshchiligidagi saroy ayonlari boshqarsa, mahalliy boshqaruv viloyatlar
hokimiyati beklar qo’lida bo‘lgan.
1
Viloyat beklari amir tomonidan asosan mang’it
urug’i vakillaridan tayinlangan. Amirlikning poytaxti Buxoro va uning atrofidagi
tumanlar amir tomonidan boshqarilgan.
2
Buxoro amirligida markaziy boshqaruvi 4
ta idoralar orqali boshqarilgan bular : 1. Qo’shbegi – amirlikning bosh vaziri. 2.
Otaliq -mang’it amirlarining tayanchi. 3. Devonbegi – moliya idorasi rahbari. 4.
Lashkar to’pchiboshisi- harbiy vazir. Amirlik cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lib
bir vaqtning o’zida diniy va dunyoviy hokimiyat boshlig’i edi. Amir davlatni
mansabdor shaxslar amir xizmatchilari orqali boshqarar edi. Buxoro amirlari o’z
shajarasini Muhammad payg’ambardan boshlaganliklari sababli ularning
unvonlariga “sayid” so’zi qo’shib aytilgan. Amir uning shaxsiy yozishmalarini olib
1
Zamonov A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XIX asr o‘rtalari) – Toshkent. 2022.-101- 102 b
2
Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқарув тарихи. – Тошкент: Шарқ, 2012 –295 б.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
82
boruvchi 2 nafar kotibini doimo oldida olib yurgan. Ular munshiy va mushrif
kotiblari hisoblangan. Mushrif - barcha ishlar bo’yicha berilgan ko’rsatmalarni
yozib borgan va ma’muriy vakillardan, shaxslardan kelgan iltimosnomalarga javob
berish bilan shug’ullangan. Mushrif - amirning shaxsiy kotiblaridan biri bo’lib
saroydagi qurol-yarog’ tarqatish va shu haqidagi ko’rsatmalarni rasmiylashtirish
bilan mashg’ul bo’lgan.
3
Viloyat va tumanlarda amirning vakili sifatida beklar va
hokimlar tayinlangan bo‘lib, ular harbiy, ma’muriy va iqtisodiy boshqaruvni amalga
oshirgan.
4
Buxoro amirligida bekliklar huquqiy maqomi bo‘yicha bir-biridan farq
qilgan. Masalan, Samarqand bekligi nufuzliligi, Qarshi bekligi ko‘p hollarda davlat
boshlig‘i merosxo‘ri hokimligi bilan, Chorjo‘y bekligi esa urug‘ davomchilariga,
Buxoro bekligi esa qushbegining o‘zi tomonidan boshqarilganligi tufayli keng
imtiyozlarga ega bo‘lgan. Umuman olganda bekliklarning maqomi ularning davlat
va jamiyatga keltiradigan foydasi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan.
1890-yillarga kelib
Darvoz bekligi ma’muriy-hududiy jihatdan 11 ta amlokdorlikka bo‘lingan bo‘lib,
beklik Darvoza soqchisi Xudoynazar-Otaliqning nevarasi Muhammad Nazarbek
tomonidan idora etilgan.
beklik mahalliy boshqaruvida 5 biy, 5 eshikog‘asi, 3
to‘qsabo, miroxo‘rlar, qorovulbegi, jevachi, mirzaboshi, chiroqog‘asi va navkarlar
ishtirok etishgan.
5
Buxoro amirligi 11 tumandan tashkil topib, barcha tumanlar
Buxoro shahri atrofida joylashgan edi. Bulardan ikki asosiy tuman – Shohrud kanali
atrofida bo‘lib, ushbu tumanlarning qolgan 9 tumandan asosiy farqi shunda ediki,
38 tumanlarning ma’muriy markazi mavjud emas edi. Shimoliyi Rud va Janubiyi
Rud tumanlaridan soliq yig‘ish vazifasini Buxoro shahar sadr-rais xizmatchilari
amalga oshirganlar. Qolgan 9 ta tumanni ma’muriy jihatdan tuman qozilari
boshqargan. Ko‘pgina tumanlar aholi zich joylashgan tuman markazlarining nomi
bilan ham ikkinchi nom sifatida yuritilgan. Masalan, Xarkan Rud yoki G‘ijduvon
tumani kabi. Undan tashqari A.R.Muxamedjanovning ma’lumotlariga qaraganda,
Kamat tumani Vobkand, Somejon tumani Rometan deb atalgan. Mahalliy
hududlarni boshqarishni amalga oshirish maqsadida va har bir tumanni tashkil etish
3
Zamonov A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XIX asr o‘rtalari) – Toshkent. 2022.- 103 b
4
Mirza Salimbek. Tarixi Salimiy. – (Ilmiy nashrlar asosida) Toshkent: Sharq, 2000.- 158 b
5
To‘raev H.
Buxoro tarixi.- Buxoro: Durdona, 2020.- 202.203 b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
83
uchun 80 tadan aholi yashash joylari birlashtirilgan. Keyinchalik esa ushbu
tumanlarning aholi yashash joylari soni 120 dan 340 taga oshgan. Amirlikda barcha
bekliklar ma’muriy markazi bir xil nom bilan atalgan. Aholi yashash joylari
sonining ko‘pligiga qarab sharqiy bekliklar yuqori mavqega ega bo‘lgan.
6
ingliz
olimi G.Uiler Buxoro amirligida markaziy va mahalliy boshqaruv masalalariga oid
quyidagi ma’lumotlarni beradi: “Buxoro amirligining ma’muriy tizimi temuriylar va
abbosiy xalifalik qo‘l ostida bo‘lgan Movarounnahrning eron-arab ma’muriyatidan
meros qolgan”. G.Uiler ma’muriy boshqaruv masalasida boshqaruv oddiy va erkin
bo‘lib, ko‘proq soliq va o‘lponlar undirishga asoslangan edi, - deb ma’lumot
beradi.
7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқарув тарихи. – Тошкент: Шарқ,
2012.
2.Mirza Salimbek. Tarixi Salimiy. – (Ilmiy nashrlar asosida) Toshkent: Sharq, 2000.
3.To‘raev H. Buxoro tarixi.- Buxoro: Durdona, 2020.
4. Zamonov A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XIX asr o‘rtalari) –
Toshkent. 2022.
5.Шодиев Ж.М. Бухоро амирлиги давлатчилигининг ривожланиши. –
Tошкент: 2010.
6
Шодиев Ж.М. Бухоро амирлиги давлатчилигининг ривожланиши. –Tошкент: 2010-37 b
7
To‘raev H. Buxoro tarixi.- Buxoro: Durdona, 2020.- 206 b