MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
427
VENALARNING VARIKOZ KENGAYISHI: SABABLARI, BELGILARI
VA DAVOLASH USULLARI
No‘monov Rustamjon Madaminovich
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Xirurgiya kafedrasi o‘qituvchisi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada venalarning varikoz kengayishi, ya’ni
tomirlarning kengayib, deformatsiyalanishi bilan kechuvchi surunkali qon aylanish
buzilishi haqida so‘z boradi. Unda varikozning asosiy sabablari, klinik belgilari,
diagnostik usullari, profilaktik choralari hamda zamonaviy davolash usullari yoritib
berilgan. Shuningdek, ushbu holatning ayollar salomatligiga salbiy ta’siri va hayot
sifati bilan bog‘liq muammolari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: varikoz, vena, qon aylanish, tomir kasalligi, dori-darmon,
skleroterapiya, profilaktika.
Bugungi kunda varikoz kasalligi dunyo bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan va
jiddiy e’tibor talab qiladigan sog‘liq muammolaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Uning keng tarqalganligi, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar tajribasida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Masalan, AQSH va Yevropa davlatlarida har to‘rt kishidan biri
ushbu kasallikning biror ko‘rinishidan aziyat chekmoqda. Bu esa kasallikning global
miqyosdagi tarqalish darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Alohida ta’kidlash joizki, varikoz, ya’ni venalarning kengayishi va ularning
funksional buzilishi, ayniqsa oyoq sohasida, ishlab chiqarish sohasida faoliyat
yurituvchi kishilar orasida keng tarqalgan. Masalan, Moskva shahridagi sanoat
korxonalarida ishlovchi ayollarning 57,5 foizi va erkaklarning 50,4 foizi ushbu
xastalik belgilari bilan yuzma-yuz kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson
yoshi ortgani sayin kasallik xavfi ham ortib boradi, bu esa demografik jihatdan ham
dolzarb muammoga aylanmoqda.
Xuddi shunday holat O‘zbekiston aholisida ham kuzatilmoqda — ayniqsa
uzoq vaqt tik oyoqda turishni talab qiladigan kasb egalari, ofis ishchilari va uy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
428
bekalari orasida varikoz kasalligiga chalinganlar soni tobora ortib bormoqda. Bu
holat kasallikka qarshi profilaktika choralarini ko‘rish, dastlabki alomatlarini erta
aniqlash va zamonaviy tibbiy texnologiyalar yordamida uni davolash usullarini
yanada chuqurroq o‘rganish zaruratini tug‘diradi.
Shuningdek, varikoz kasalligi ko‘plab boshqa tibbiy va ijtimoiy muammolar
bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u inson mehnat qobiliyatining pasayishiga, hayot
sifatining yomonlashishiga va ba’zan nogironlikka olib kelishi mumkin. Ayniqsa
ishlab chiqarish korxonalarida band bo‘lgan ishchilar orasida ushbu xastalikning
ommaviylashuvi, mehnat unumdorligining pasayishi va kasbga yaroqsizlik
holatlarining ortishiga olib kelmoqda. Bu esa kasallikni faqat tibbiy nuqtai nazardan
emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham chuqur tahlil qilishni talab qiladi.
Ya’ni, varikoz kasalligini chuqur tadqiq qilish, uning rivojlanish
mexanizmlarini aniqlash, erta tashxis qo‘yish usullarini takomillashtirish hamda
davolash va profilaktika choralarini kengaytirish — zamonaviy tibbiyotning dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Venalarning varikoz kengayishi — bu venalarning doimiy ravishda kengayib,
cho‘zilib borishi natijasida qon aylanishining buzilishi bilan tavsiflanadigan
kasallikdir. Ko‘proq oyoq sohasidagi chuqur bo‘lmagan venalarda uchraydi. Bu
kasallik ayniqsa ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, hayot sifatiga sezilarli salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Venalarning varikoz kengayishiga olib keluvchi asosiy omillar quyidagilardir:
Irsi moyillik (genetik omillar)
Hormonal o‘zgarishlar (homiladorlik, klimaks)
Ortiqcha tana vazni
Kamharakat hayot tarzi
Uzoq muddat tik turgan holatda ishlash
Nosog‘lom ovqatlanish va qorin ichki bosimining ortishi
Shuningdek, varikoz kasalligining asoratlari qatoriga terida yaralarning paydo
bo‘lishi, yuzaki shikastlanishlarda venoz qon ketishi, tromboflebit, trofik yara va
flebotromboz kiradi. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
429
1998 yilda taklif etilgan varikosel kasalligiga oid zamonaviy tasnifdan foydalaniladi.
Bu tasnifda jinsiy bezlar holati ham inobatga olinadi.
Varikosel — bu moyak va spermatik tomirlarning kengayishi bo‘lib, qon
aylanishi buzilishiga olib keladi. Ushbu kasallik yoshlardagi erkaklar orasida 10–
15% holatlarda uchraydi. Shuningdek, birlamchi bepushtlik (ya’ni ilgari umuman
farzand ko‘rmagan) bilan og‘rigan erkaklarning 30–40% ida, ikkilamchi bepushtlik
(ya’ni ilgari farzand ko‘rgan, ammo hozirda bepushtlik kuzatilayotgan) holatlarda
esa 80% gacha erkaklarda aniqlanadi.
Varikoselning asosiy alomatlari — bu skrotumda (mo‘yak qopchasida) og‘riq,
spermatozoid ishlab chiqarilishining buzilishi, moyakning kichrayishi (atrofiya)
hamda
moyaklar
tomonidan
testosteron
gormonining
yetarlicha
ishlab
chiqarilmasligidir.
Davolash usullari quydagilarni tashkil etadi:
1. Konservativ davolash:
Kompression paypoq kiyish
Venotonik dorilar (masalan, Detraleks, Venarus)
Mahalliy surtmalar (Lioton-gel, Troxevasin)
2. Minimal invaziv usullar:
Skleroterapiya – vena ichiga maxsus moddalar yuborish orqali yopish
Lazer yoki radiochastotali ablatsiya
Endovenoz koagulyatsiya
3. Xirurgik usul:
Venani olib tashlash (flebektomiya)
Profilaktika
Harakatchan turmush tarzini olib borish
Uzoq muddat tik turganda harakat qilish
Maxsus kompression paypoqlardan foydalanish
Shuni ham aytish joizki, kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish har
doim afzaldir. Varikoz kengayishini bartaraf etishga yordam beradigan quyidagi
oddiy odatlar sog‘lig‘ingizni asrashda foydali bo‘ladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
430
Agar ish faoliyatingiz o‘tirib ishlash bilan bog‘liq bo‘lsa, tanaffuslar qiling,
yengil mashqlar bajaring va imkon qadar ko‘proq piyoda yuring.
Tik turgan holatda uzoq ishlasangiz, oyoqlarga dam berishni unutmang.
Oyoqni oyoq ustiga qo‘yib o‘tirish odatidan voz keching.
Juda tor kiyimlardan, ayniqsa tor jinsi yoki siquvchi kiyimlardan
foydalanmang.
Har kuni baland poshnali poyabzal kiymaslikka harakat qiling, faqat alohida
holatlar uchungina kiyish tavsiya etiladi.
Ich qotish muammosini e’tiborsiz qoldirmang — bu qon aylanishiga salbiy
ta’sir qiladi.
Velosipedda yurish va suzish kabi jismoniy faoliyatlar foydali hisoblanadi.
Ortiqcha vazndan saqlaning, ovqatlanishni nazorat qiling.
1
Xulosa qilib aytganda, venalarning varikoz kengayishi keng tarqalgan
kasalliklardan biri bo‘lib, uni erta aniqlash va davolash orqali asoratlarning oldini
olish mumkin. Sog‘lom turmush tarzi, doimiy jismoniy faollik va profilaktik
choralar ushbu kasallikning rivojlanishini to‘xtatishda muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Азимова Г.Ж. Флебология и варикозная болезнь. – Ташкент: Илм, 2021.
2.
Национальное руководство по флебологии. – Москва: ГЭОТАР-Медиа,
2018.
3.
Khabirov R.R., Qon aylanish tizimi kasalliklari, ToshPTI, 2020.
1
Khabirov R.R., Qon aylanish tizimi kasalliklari, ToshPTI, 2020.