Authors

  • Turdaliyev Samandar Bahodir o`g`li

Author Biography

  • Turdaliyev Samandar Bahodir o`g`li

    Alfraganus Universiteti Tibbiyot Fakulteti Davolash ishi 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116070

Keywords:

O`t-tosh kasaligi Etiologiyasi va patogenezi o't tosh kasalligi kelib chiqishining asosiy sabablari tasnifi klinik kechishi kimyoviy tarkibiga ko'ra Laborator-asbobiy tekshirishlar profilaktikasi. gallstone disease etiology and pathogenesis the main causes of the origin of gallstone disease classification clinical course according to the chemical composition Laboratory-asbobium examinations prevention. желчнокаменная болезнь Этиология и патогенез основные причины возникновения желчнокаменной болезни Классификация клинического течения по химическому составу лабораторно-инструментальные исследования профилактика.

Abstract

O`t-tosh kasaligi, Etiologiyasi va patogenezi zamonaviy tamoyillarga ko'ra,o'tning fizik-kimyoviy holatining o`zgarishi o't tosh kasalligi kelib chiqishining asosiy sabablari, Tarkibi bo'yicha 3 xil-xolesterinli,pigmentli va aralash toshlar farqlanadi, Tasnifi  klinik kechishi, O`t-tosh kasalligining og`riq xurujlari, Profilaktikasi.

gallstone disease, etiology and pathogenesis according to modern principles,changes in the physical and chemical state of the herb are the main causes of the origin of gallstone disease, 3 different in composition-cholesterol,pigmented and mixed stones are distinguished, classification clinical course, pain attacks, Prevention of gallstone disease.

желчнокаменная болезнь, Этиология и патогенез согласно современным принципам,изменение физико-химического состояния желчи основные причины возникновения желчнокаменной болезни, по составу различают 3 вида-холестериновые,пигментные и смешанные камни, классификация клиническое течение, болевые приступы желчнокаменной болезни, профилактика.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

275

O`T-TOSH KASALLIGI

Alfraganus Universiteti Tibbiyot Fakulteti Davolash ishi 4-bosqich

talabasi Turdaliyev Samandar Bahodir o`g`lining yozgan ilmiy

maqolasi

turdaliyevsamandar1223@gmail.com

Tel:+998885831223

GALLSTONE DISEASE

Treatment work of the Faculty of Medicine of Alfraganus

University Stage 4 student Turdaliyev Samandar Bahadir wrote a

scientific article by his son

Email:

turdaliyevsamandar1223@gmail.com

Phone:+998885831223

ЖЕЛЧНОКАМЕННАЯ БОЛЕЗНЬ

Научная статья Турдалиева Самандара Бахадыровича,

студента 4-го курса лечебного факультета медицинского

факультета университета альфрагануса

turdaliyevsamandar1223@gmail.com

Тел:+998885831223

Annotatsiya: O`t-tosh kasaligi, Etiologiyasi va patogenezi zamonaviy

tamoyillarga ko'ra,o'tning fizik-kimyoviy holatining o`zgarishi o't tosh kasalligi kelib

chiqishining asosiy sabablari, Tarkibi bo'yicha 3 xil-xolesterinli,pigmentli va aralash

toshlar farqlanadi, Tasnifi klinik kechishi, O`t-tosh kasalligining og`riq xurujlari,

Profilaktikasi.

Kalit so`zi: O`t-tosh kasaligi, , Etiologiyasi va patogenezi, o't tosh kasalligi

kelib chiqishining asosiy sabablari,tasnifi klinik kechishi,kimyoviy tarkibiga ko'ra,

Laborator-asbobiy tekshirishlar, profilaktikasi.

Annotation: gallstone disease, etiology and pathogenesis according to

modern principles,changes in the physical and chemical state of the herb are the main

causes of the origin of gallstone disease, 3 different in composition-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

276

cholesterol,pigmented and mixed stones are distinguished, classification clinical

course, pain attacks, Prevention of gallstone disease.

Keyword: gallstone disease, , etiology and pathogenesis, the main causes of

the origin of gallstone disease,classification clinical course,according to the chemical

composition, Laboratory-asbobium examinations, prevention.

Аннотация: желчнокаменная болезнь, Этиология и патогенез согласно

современным принципам,изменение физико-химического состояния желчи

основные причины возникновения желчнокаменной болезни, по составу

различают 3 вида-холестериновые,пигментные и смешанные камни,

классификация клиническое течение, болевые приступы желчнокаменной

болезни, профилактика.

Ключевое слово: желчнокаменная болезнь, , Этиология и патогенез,

основные причины возникновения желчнокаменной болезни,Классификация

клинического

течения,по

химическому

составу,

лабораторно-

инструментальные исследования, профилактика.

O`t-tosh kasaligi (O'TK)-gepatobiliar tizimdagi metabolik o`zgarishlar

natijasida yuzaga keladigan xastaliklar guruhiga kiradi va xolesterin hamda bilirubin

almashinuvining buzilishi oqibatida toshlar hosil bo`lishi bilan kechadi.Ushbu toshlar

o't qopida hosil bo`lganda-xolesistolitiaz, umumiy o't yo`llaridagisi-xoledoxolitiaz,

jigar ichi o't yo`llarida bo`lsa jigar ichi xolelitiazi deb ataladi va o'tib keluvchi

obstruksiya,sillig mushaklar spazmi hamda o't yo`li ichi bosimning oshishi oqibatida

yuzaga keluvchi og`riq xurujlari bilan namoyon bo`ladi.

Etiologiyasi va patogenezi:

Zamonaviy tamoyillarga ko'ra,o'tning fizik-

kimyoviy holatining o`zgarishi o't tosh kasalligi kelib chiqishining asosiy sababi

hisoblanadi.Tosh hosil bo lish jarayonida quyidagi uchta omil hal qiluvchi

ahamiyatga ega:

-Jigardan “litogen"o't ajralishi;

-O'tni kristallanishi uchun “yadrochalar”mavjudligi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

277

-O'tqopida o'tning dimlanishi va oqibatda kristallarning bir biri bilan

qo'shilib,tosh hosil bo`lishi uchun muqobil sharoit yaratilishi.

Odatda,o't suyuqligining xolesterin bilan to`yinishi xolesterin ishlab

chiqarilishini

oshishi

(semizlikda,homiladorlikda,estrogen

saqlovchi

steroid

gormonlar va klofibrat qabul qilganda)yoki o't kislotalari sekretsiyasi va so'rilishining

kamayishi (och qolganda,ingichka ichak distal qismi kasalliklari va rezeksiyasida,

tana vaznining tez kamayishida)natijasida kuzatiladi. Bu jarayon gormonlar ta'siri

ostida kechadi.Xususan,xolesistokinin,gastrin,glyukagon,sekretin hamda vazofaol

intestinal gormonlar o't hosil bo lishini rag'batlantiradi. Uning ajralishi va

tormozlanishi somatostatin,pankreatik va vazofaol intestinal peptidlarga bog'liq. Sog

lom kishida o't suyuqligi o'zida kolloid eritmani hosil qiladi va u mitsella ko`rinishida

bo`lib,tarkibida faol moddalar mavjud. Xolesterin,fosfolipsidlar,letsitin va o't kislota

tuzlari faol moddalar hisoblanadi.Odatda,xolatoxolesterin nisbati 1,3/1 ni tashkil

etadi. Agar ushbu komponent tarkibidagi o't kislotalari kamayib,xolesterin miqdori

oshib ketsa,diskriniya rivojlanadi va oqibatda tosh hosil bo`ladi. O't tarkibida

xolesterin miqdori qancha ko'p bo'Isa, shuncha cho`kma yuzaga kelish jarayoni

tezlashadi.

Tarkibi bo'yicha 3 xil-xolesterinli,pigmentli va aralash toshlar

farqlanadi:

Toza xolesterinli toshlar rentgennegativ bo'ladi.

Tasnifi: Klinik kechishiga ko'ra:

-O't gopchasidagi toshning belgilarsiz kechishi;

-O't tosh kasalligining unga xos belgilar bilan ammo asoratsiz kechishi;

-O't tosh kasalligini asoratlar bilan kechishi.

Kimyoviy tarkibiga ko'ra:

-Xolesterinli toshlar -toza va aralash;

-Bilirubinli toshlar -qora va jigarrang.

-Kalsiy tuzlari bilan tuyinishiga ko`ra:

-Kalsifikatsiyalangan (ohaklangan);

-Kalsifikatsiyalanmagan (ohaklanmagan).

-Fizik tuzilishiga ko`ra:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

278

-Mikrokristalli xolesterinli toshlar.

Joylashishiga ko'ra:

-Toshlaming o't pufagining tanasi yoki tubida joylashishi;

-Toshlarmning o't yo'lida joylashishi;

-Toshlarning jigarning umumiy o't yo'lida joylashishi;

-O`lchamiga ko`ra:mayda-3 sm gacha,yirik-3 sm dan katta.

-Soniga ko'ra:yagona l-2 ta,ko'plab 3 tadan ortiq.

Klinik kechishiga ko'ra:

-Surunkali og`rigli;

-Surunkali dispeptik;

-Jigarda og`riq xurujlari bilan;

-Boshqa kasalliklar ko'rinishida kechishi;

Klinikasi:

O't tosh kasalligining klinik namoyon bo'lishi toshlarning

soni,o`lchami,joylashishi,yallig lanish jarayonining faolligi, o't chiqarish tizimining

funksional holati va qo'shni a'zolardagi patologik jarayonlar bilan uzviy

bog'liq.Toshlar o't pufagining tanasi yoki tubida joylashsa,ko'p hollarda klinik

belgilarsiz kechishi mumkin.O't yo'lida bo`lgan hollarda xurujsimon og'riqlar bilan

namoyon bo'ladi.Toshlar o't yo'llari bo`ylab siljib yurganda O'TK belgilari uning turib

qolgan joyiga mos ravishda kuzatiladi.Ular jigardan tashqaridagi o't yo'llarida

joylashgan hollarda bemorlarni og'riq(ba'zan xurujlar ko'rinishida), dispeptik

o'zgarishlar va teri hamda shilliq qavatlarning sarg`ayishi bezovta qiladi.Ayrim

hollarda jarayon infeksiya bilan qo'shilib kelishi mumkin.

O`t-tosh kasalligining og`riq xurujlari:

Odatda, yog'li va achchiq taomlar,

shirinliklar, dudlangan mahsulotlar iste'mol qilganda. jismoniy hamda ruhiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

279

zo'riqishlar vaqtida,infeksiya qo'shilganda va bemor uzoq muddat engashgan holatda

bo'lganda rivojlanadi.Unga o'ng qovurg'a yoyi ostida to'satdan kuchli og'rig` paydo

bo'lishi va uning o'ng yelka hamda kurak osti sohasiga tarqalishi xos.Og`riq atipik

kechganda bel va yurak sohasiga uzatilishi mumkin. Ularning intensivligi turlicha

bo'lib,kuchsiz ezuvchi ko'rinishdan,kuchli kesuvchi xaraktergacha bo`ladi.O't pufagi

ichidagi bosimning oshishi va jomlarning spastik qisqarishi hamda devorini

taranglashishi og'riq yuzaga kelishini asosiy sababi hisoblanadi.Toshlarning

mavjudligi aksariyat hollarda o't pufagi va o't yo'llari shilliq qavatining

shikastlanishiga olib keladi.Og'riq xuruji ko'p hollarda achchiq ta'mli kekirish,og`izda

achchiq tam bo'lishi,qorinning yuqori qismida dam bo'lish hissi,ko'ngil

aynishi,achchiq ta'mli o't suyuqligi bilan qayt qilish,ich kelishining buzilishi kabi

dispeptik sindromlar bilan birga namoyon bo'ladi.

O't tosh kasalligi:

xoletistit kabi avj olish davrida ko'p hollarda tana

haroratining subfebril (ba'zan, febril)darajagacha ko`tarilishi bilan kechadi.Uning

destruktiv shakllarida yoki asoratlar bilan kechganida gektik isitmalash,ko'p

terlash,qaltirash kuzatiladi.Isitmalash deyarli doimo yiringli yallig'lanishlar (o't

pufagi empiyemasi,jigar absessi)bilan bog'liq.Ba'zan esa reaktivlikning pasayishi

natijasida tana harorati me'yorida bo'ladi.

Obyektiv ko`rikda qorin shishganligi,uning old devori taranglashganligi,o't

pufagi sohasida og'riq va quyidagi musbat qo'zg'alish belgilari aniqlanadi:

-O'ng qovurg'a osti sohasini perkussiya qilganda yoki paypaslaganda

og'riqning kuchayishi va mushak himoya belgisining kuzatilishi;

-Musbat Ortner belgisi (qovurg'a yoyi bo'ylab urib ko'rganda og'riq paydo

bo'lishi);

-Musbat Kerr belgisi (o't qopchasi sohasi chuqur paypaslanganda og'riq paydo

bo lishi);

-Musbat Merf belgisi (chuqur nafas olish cho qqisida o't qopchasi

paypaslanganda og riqning kuchayishi).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

280

Yuqoridagi belgilarning zo`rayib borishi O`TK og'ir asoratlari yuzaga

kelganligidan dalolat beradi va bunday holda shifokor shoshilinch chora-tadbirlar

ko`rishi lozim.

Klinik belgilari o'xshash bo`lganligi sababli o't tosh kasalligini quyidagi

patologik jarayonlardan farqlash lozim.Surunkali toshsiz xolesistit,o`tkir gangrenoz

xolesistit-empiyema (o'tkir yallig`lanishga xos reaksiyalar,kuchli og'riq va

haroratning ko`tarilishi),o'ng tomonlama buyrak tosh kasalligidagi og'riq

xuruji(og'riqning chovga,songa,ya'ni,pastga tomon uzatilishi),yara kasalligi,o'tkir

pankreatit (belbog'simon og'riqlar),o'tkir appenditsit,o't yo'llari va o't pufagi raki

(asta-sekin sariqlik rivojlanishi).

O`z vaqtida,monand chora tadbirlar ko`rilmagan hollarda o't tosh kasalligi

quyidagi

asoratlarga

olib

kelishi

mumkin:empiyema,o't

qopining

yorilishi,peritonit,xoledoxning qisman va to'liq yopilishi, ikkilamchi xolangit va

pankreatit.

Laborator-asbobiy tekshirishlar:

Umumiy qon tahlilida leykotsitoz va

ECHT oshganligi qayd etiladi. Qonning biokimyoviy tahlilida xolestaz belgilari-

ishqoriy fosfataza,Y-glutamintranspeptidaza, lestinaminpeptidaza hamda a-2 va γ-

globulin fraksiyalarining ortishi,uzoq muddatli sariqlikda esa albumin miqdorining

kamayishi,ALT va AST ko rsatkichlarining biroz ko tarilishi aniglanadi.

Zamonaviy tibbiyotda O`TK tashxislashda qator asbobiy tekshirishlardan

foydalaniladi va ular quyidagilar:

O't pufagining ultratovush yordamida tekshirish (toshlar tasviri ko'rinadi);

-O`t pufagini umumiy rentgenografiyasi(rentgenpozitiv toshlar tasviri

ko'rinadi);

-Xolesistografiya(kontrast

modda

yuborib,o't

pufagining

funksional

holati,rentgennegativ toshlar,chandiqlar va boshga o zgarishlar aniglanadi).

-Xolangiografiya (vena ichiga kontrast modda yuborib o't chiqarish yo

llaridagi o'zgarishlar baholanadi):

-KT va MRT yordamida o't qopchasini tekshirish;

-Ekskretor retrograd pankreafoxolangiografiya.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

281

Davolash

:

Muolajalar

dorilarsiz

va

dorilar

yordamida

amalga

oshiriladi.Bunda shifokor oldida kasallik belgilarini bartaraf qilish va toshlar hosil

bo`lishini erta bosqichlarda to`xtatish kabi vazifalar turadi.Bemorlarga yuqori

kaloriyali,xolesteringa boy,shuningdek,qovurilgan va dudlangan ovqatlar iste'mol

qilish man etiladi.Sutli taomlar,meva va sabzavot mahsulotlaridan iborat parhez

ovqatlar kunda 4-6 marta tavsiya etiladi.Toshlarning hosil bo lish bosqichida nahorga

100-150 g yangi uzilgan mevalar va sabzavotlar(sabzi,nordon karam) buyuriladi.

O`TK xolangit bilan birga kechganda keng ta'sirga ega bo'lgan antibiotiklar

(tetratsiklin 0,2 g 3 marta,gentamitsin 80 mg 2 marta,sefaperazon 1 g 2

marta,siprofloksatsin 500 mg 2 marta)qo'llaniladi.Toshlarni eritish maqsadida litolitik

vositalar-xenodezoksixol va xenoursodezoksixol kislotalari (ursosan, xemodiol,

ursofalk, xemofalk I kg tana vazniga kunda 15 mg l marta)3-6 oy davomida UTT

nazoratida buyuriladi.Lekin ushbu preparatlar faqat xolesterinli toshlarni eritishini

nazarda tutish lozim. Oddi jomi

o'tkazuvchanligini tiklash maqsadida

mebeverin(dyuspatalin)200 mg kunda 2 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin,probiotik

magsadida dyufalak 15-30 ml kunda 2-3 marta,xilak-forte 60 tomchidan 2-3 marta

tavsiya etiladi.Jig'ildon qaynashi bezovta qilgan hollarda omeprazol 20 mg 2

marta,ferment vositalari -kreon 10000 birlikda 1kapsuladan ovqatlanish vaqtida

ichishga buyuriladi.

Litolitik terapiya o'tkazishga bemorlarni tanlash muhim amaliy ahamiyatga

ega bo'lganligi sababli quyida biz ushbu ko rsatmalarga to'xtalib o'tamiz:

-Toshlar xolesterinli bo`lishi,ya'ni rentgenogrammada soyalar ko'rinmasligi

(rentgen negativ) lozim;

-Toshlarning o'lchami 15 mm dan katta bo'lmasligi kerak;

-Ot qopchasi o z faoliyatini to`lig saqlagan va qopcha yoti o`tkazuvchanligi

me yorida bo lishi;

-O't qopining yarmidan kami toshlar bilan to'lganligi;

-Umumiy o tyo lida toshlar bo`lmasligi,

-Litoliik davo o'tkazilayotganda bemor klofibrat,estrogenlar,antatsid dorilar

va xolesteramin qabul qilmasligi lozim.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

282

Yuqoridagidan boshga barcha holatlarda O`TK jarrohlik usuli yordamida

davolaniladi.Xolesistektomiya(ochiq va endoskopik)va ultratovush yordamida

toshlarni maydalash usullaridan foydalaniladi.

Profilaktikasi:

Tana vaznini kamaytirish,kam xolesterinli taomlar iste'mol

qilish O`TK birlamchi pofilaktikasiga kiradi.O't qopidagi toshlar eritilgandan so'ng

ikkilamchi profilakiika magsadida bemorlar yuqorida qayd etilgan birlamchi

profilaktika tadbirlari bilan bir qatorda uch oy davomida litolitik preparatlarni qabul

qilishlari va klofibrat hamda estrogenlarni qabul qilmasliklari lozim.Shuningdek,

uzoq muddat och qolmaslik tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1)

ABDIG`AFFOR GADAYEV ICHKI KASALLIKLAR 2016

2)

Y.ARSLANOV,T.NAZAROV ICHKI KASALLIKLAR 2008

3)

S.B.XOLBOYEV KLINIK GASTROENTROLOGIYA ASOSLARI 2021

Most read articles by the same author(s)