MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
309
O’ZBEKISTONNING RIVOJLANAYOTGAN IQTISODIYOTIDA TURIZM
SOHASINING O’RNI VA AHAMIYATI
Xo’jamurodov Behruz,
Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola Oʻzbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiyotida
turizm sohasining oʻrni va ahamiyatini tahlil qiladi. Turizmning milliy daromadga
qoʻshgan hissasi, iqtisodiy oʻsishga taʼsiri va bandlikni taʼminlashdagi roli kabi
jihatlar chuqur oʻrganiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda turizm sektorini yanada
rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish va jahon turizm bozoridagi
ulushini kengaytirish boʻyicha strategik taklif va tavsiyalar hamda amaliy
mulohazalar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, turizm, iqtisodiy rivojlanish, milliy daromad,
bandlik, investitsiya, infratuzilma, raqobatbardoshlik, marketing, strategiya.
Abstract: This article analyzes the role and importance of the tourism sector
in the developing economy of Uzbekistan. Aspects such as the contribution of tourism
to national income, its impact on economic growth and its role in ensuring
employment are studied in depth. Also, strategic proposals and recommendations and
practical considerations are outlined for the further development of the tourism sector
in Uzbekistan, increasing its competitiveness and expanding its share in the global
tourism market.
Keywords: Uzbekistan, tourism, economic development, national income,
employment, investment, infrastructure, competitiveness, marketing, strategy.
Kirish.
Turizm global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim
drayveri sifatida e'tirof etiladi. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun turizm
ko‘pincha asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi (dunyo bo‘yicha davlatlarning
83% uchun 5 ta asosiy daromad manbalaridan biri, 38% uchun esa asosiy daromad
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
310
manbai) [1]. Iqtisodiy globallashuv va transmilliy aloqalarning kuchayishi turizm
industriyasining jadal rivojlanishiga yanada turtki bo‘lmoqda
O‘zbekistonda ham iqtisodiy modernizatsiya va islohotlar natijasida turizm
sohasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan,
turizm, iqtisodiyotning istiqbolli, resurslarni tejaydigan va jadal rivojlanayotgan
yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Bu soha yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham yetakchi
o‘rinni egallaydi. Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sektori YaIMning
70% dan ortig'ini tashkil etishi bejiz emas [2].
Tadqiqotning asosiy natijalari.
“Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-son
Qonunga ko‘ra, turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan
tashqarida sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, professional yoki boshqa maqsadlarda
vaqtinchalik (bir yildan oshmagan muddatga) bo‘lish va bu davrda haq evaziga
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik tushuniladi [2]. Ushbu ta’rif turizmning
asosiy xususiyatlarini - vaqtinchaliklik, maqsadlilik va daromad olish maqsadida
ishlamaslikni - aniq ifodalaydi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va bozor munosabatlariga o‘tish
jarayonida turizm sohasini rivojlantirish va isloh qilish strategik ahamiyat kasb etadi.
Prezident Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi va “O‘zbekiston-2030”
strategiyasi[3] turizm sohasining transformatsiyasi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Ushbu hujjatlar turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirish, marketing va reklama faoliyatini kuchaytirish, investitsion muhitni
yaxshilash kabi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ichki va tashqi turizm sektorida
sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy
turistlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa nafaqat iqtisodiy manfaatlarga,
balki xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvning rivojlanishiga ham xizmat
qiladi.
Hukumat turizmni yuqori o‘sish potensialiga ega soha sifatida baholaydi.
O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, tabiiy go‘zalliklari va xalq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
311
hunarmandchiligi xorijiy sayyohlarni jalb qilish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, viza rejimini
liberallashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va turistik xizmatlar sifatini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Jahon Turizm Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 25-sessiyasi[4] O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi o‘rnini
mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarning yorqin ifodasidir.
Oʻzbekiston Hukumati turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng
koʻlamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, koʻplab davlatlar fuqarolari
uchun elektron viza rejimining joriy etilishi xorijiy sayyohlar oqimini sezilarli
darajada oshirish imkonini berdi. Turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida
hukumat tomonidan mehmonxona biznesini qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. 2025-yilga kelib mehmonxona xonalari sonini 20,200 tadan (2018-yil)
64,000 tagacha oshirish rejalashtirilgan. Bu borada kamida 50 ta xonadan iborat uch
va toʻrt yulduzli mehmonxonalar qurilishiga subsidiyalar ajratilishi muhim
ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi farmoni bilan
xalqaro mehmonxona brendlari franshizalari uchun qo‘shimcha imtiyozlar berildi.
Ushbu farmonga ko‘ra, uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar qurish va royalti
to‘lovlari uchun subsidiyalar 2026-yil oxirigacha uzaytirildi. Mazkur farmonda
shuningdek, turizm sektorini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 630.1
million dollarlik investitsiya loyihalari ro‘yxati ham keltirilgan. Ushbu loyihalar
turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi turistik yo‘nalishlarni yaratish,
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini yanada
kuchaytirishga xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
312
Turizm
mikroiqtisodiy
va
makroiqtisodiy
darajalarda
daromad
generatsiyasining muhim mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Bu soha yangi ish
o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani rivojlantirish (yo‘llar, mehmonxonalar qurish),
transport vositalari ishlab chiqarishni rag'batlantirish, xalq hunarmandchiligi va
milliy madaniyatni saqlashga katta hissa qo‘shadi.
O‘zbekistonda turizm sohasining jadal rivojlanishi natijasida mamlakatga
tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar soni ortib bormoqda. Ichki turizm ham
rivojlanishda. Bu esa davlatga valyuta tushumlarining ko‘payishiga, yangi ish
o‘rinlarining yaratilishiga va iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon
sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida
global miqyosda 975 million xalqaro turistik sayohatlar amalga oshirilgan, bu 2022-
yilning shu davriga nisbatan 38% o‘sishni anglatadi. Biroq, bu ko‘rsatkich hali ham
2019-yilgi pandemiyadan oldingi darajadan 13% past [11]. (1-rasm)da
ko‘rsatilganidek, 2023-yilda O‘zbekistonga 6,6 million sayyoh tashrif buyurdi, bu
prognoz qilingan 7 milliondan biroz kam. 2019-2022-yillarda COVID-19
pandemiyasi tufayli sayyohlar oqimi sezilarli darajada kamaygan edi. 2023-yilning
dastlabki 9 oyida O‘zbekiston turizm sohasidan 1,72 milliard dollar daromad oldi. Bu
esa qo‘shni davlatlarning ham e’tiborini tortmoqda. Saudiya Arabistoni
gazetalarining yozishicha, O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning o‘rtacha qolish
muddati 4-5 kungacha oshgan, bu 2019-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. 2017-yilda
har bir xorijiy sayyoh o‘rtacha 197 dollar sarflagan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich
400 dollarga yetdi. Turizmni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish maqsadida
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezident Sh. Mirziyoyev 2024-yil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
313
16-iyulda hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy sayyohlar oqimini
ko‘paytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.Turizm tashkilotlarini
qo‘llab-quvvatlash uchun “Tiklanish va taraqqiyot” jamg'armasidan 50 million
dollarlik kredit liniyasi ochildi. Kreditlar milliy valyutada, yillik 17% stavka bilan, 2
yillik imtiyozli davr va 10 yil muddatga beriladi. Yuqori salohiyatli hududlarda
master-rejalar asosida turistik maskanlar barpo etiladi. Bu hududlarning
infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2023-yilda davlat byudjetidan 100 milliard so‘m
ajratildi va qo‘shimcha ravishda har bir hududga 50 million dollar investitsiya jalb
qilinishi rejalashtirilgan.
Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi mashhur turistik shaharlarda turistik
zonalarni kengaytirish va mehmonxonalar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Samarqandda 2023-yil avgust oyida ochilgan “Buyuk Ipak Yo‘li”
xalqaro turistik markazi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ushbu markaz sakkizta
mehmonxona, konferensiya markazi, “Mangu Shahar” majmuasi, amfiteatr va boshqa
obyektlarni oʻz ichiga oladi va yiliga 2 million turistga xizmat koʻrsatish quvvatiga
ega. 2021-yil 15-mart holatiga koʻra, fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasida
vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 90 tani tashkil qiladi[12].
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda turizm sohasini xalqaro standartlarga
muvofiq rivojlantirishda xususiy sektorning roli tobora ortib bormoqda. 740 dan ortiq
kichik va oʻrta biznes subyektlari hamda 60 ga yaqin xususiy turistik korxonalarning
faoliyati, yangi turistik mahsulotlar va xizmatlarning taklif etilayotgani, mavjud
turizm resurslaridan samarali foydalanish borasidagi tashabbuslar sohaning
diversifikatsiyalashuvi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Oʻzbekistonning turli mintaqalari oʻziga xos turistik salohiyatga ega boʻlib, turistlarni
jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro,
Fargʻona vodiysi kabi hududlar oʻzining noyob turistik mahsulotlari bilan ajralib
turadi va katta iqtisodiy potensialga ega. Turizmning rivojlanishi boshqa sohalarning,
jumladan,
transport,
mehmonxona
biznesi,
umumiy
ovqatlanish
va
hunarmandchilikning rivojlanishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu esa, oʻz
navbatida, mamlakatning iqtisodiy oʻsishi va bandlik darajasini oshirishga hissa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
314
qoʻshadi. Milliy turizmning rivojlanishi Oʻzbekistonning xalqaro turistik bozordagi
mavqeini mustahkamlashga va mamlakatning ijobiy imijini shakllantirishga xizmat
qiladi. Mamlakatda mavjud boʻlgan siyosiy barqarorlik, xalqning mehmondoʻstligi
va boy madaniy meros xorijiy turistlarni jalb qilishda muhim omil boʻlib xizmat
qiladi. Yuqorida keltirilganlarni inobatga olgan holda, milliy turizmning kelgusida
Oʻzbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanishi va
mamlakatning barqaror rivojlanishiga sezilarli hissa qoʻshishi kutilmoqda. Bunda,
turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish,
marketing va reklama faoliyatini kuchaytirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni
jalb qilish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Tagaev B.E. O‘zbekiston iqtisodiyoti. Darslik. “Ma’rifat” nashriyoti, Toshkent, 2023.
140-bet
Amonboyev M., Abidova D.I., Jurayeva N.A. Turizm iqtisodiyoti va menejmenti.
O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISODIYOT”, 2019. -114 bet.
https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108
World Tourism Barometer: November 2023 | UN Tourism (unwto-ap.org). 5.
https://tourcentralasia.com/uzbekistan
https://mize.tech/blog/sustainable-tourism
Vokhidova M. Business Efficiency Ratio in Uzbekistan According To Doing
Business // International Journal of Research. – 2017. – Т. 4. – №. 2. – С. 175–179.
Brida, J.G., & Pulina, M. (2010). “Tourism-led Growth Hypothesis: A Review of the
Literature.” Tourism Management, 31(1), 37–44.
Baum, T., & Hai, N.T.T. (2020). “Hospitality, Tourism, Human Rights, and the
Impact of COVID-19.” International Journal of Contemporary Hospitality
Management, 32(10), 3197–3218.
United Nations World Tourism Organization (UNWTO). (2019). “Tourism for
Sustainable Development Goals.” UNWTO Report.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
315
Sequeira, T.N., & Campos, C. (2007). “International Tourism and Economic Growth:
A Panel Data Approach.” The Economic Bulletin, 23(2).
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-viza-rejimining-soddalashtirilishi-turizm-
sohasi-oldida-misli-korilmagan-imkoniyatlarni-ochdi