Authors

  • Dauletbaeva Aynur Baxramovna

Author Biography

  • Dauletbaeva Aynur Baxramovna

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

    yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi

    E-mail: dawletbaevaaynur0@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116192

Keywords:

xalqaro munosabatlar tashqi siyosat va uning maqsadlari Harakatlar strategiyasi.

Abstract

Ushbu maqola orqali siz O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy maqsadlari, tamoyillari haqida bilib olasiz. Mamlakatimiz xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli a’zosi bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatini amalga oshiradi.Maqola umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurti talabalari va ilmiy izlanuvchilarga bag‘ishlangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

308

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MUNOSABATLARNING

TO‘LA HUQUQLI SUBYEKTI

Dauletbaeva Aynur Baxramovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi

E-mail:

dawletbaevaaynur0@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali siz O‘zbekiston Respublikasi tashqi

siyosatining asosiy maqsadlari, tamoyillari haqida bilib olasiz. Mamlakatimiz

xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli a’zosi bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz

manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatini amalga oshiradi.Maqola

umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurti talabalari va ilmiy izlanuvchilarga

bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar: xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat va uning maqsadlari,

Harakatlar strategiyasi.

РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН - ПОЛНОПРАВНЫЙ СУБЪЕКТ

МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ

Даулетбаева Айнур Бахрамовна

Каракалпакский государственный университет имени Бердаха

студент 2-го курса юридического факультета

Аннотация: В этой статье вы узнаете об основных целях и принципах

внешней политики Республики Узбекистан. Наша страна является

полноправным членом международных отношений и проводит свою внешнюю

политику,

отдавая

приоритет

интересам

нашего

народа

и

государства.Статья посвящена студентам общеобразовательных школ,

высших учебных заведений и научным исследователям.

Ключевые слова: международные отношения, внешняя политика и ее

цели, Стратегия действий.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

309

THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IS A COMPLETE SUBJECT

OF INTERNATIONAL RELATIONS.

Dauletbaeva Aynur Bakhramovna

2nd year student of the Faculty of Law of

Karakalpak State University named after Berdakh

Abstract: Through this article, you will learn about the main goals and

principles of the foreign policy of the Republic of Uzbekistan. Our country is a full-

fledged member of international relations and implements its foreign policy,

prioritizing the interests of our people and state.The article is dedicated to students

of general education schools, higher educational institutions, and researchers.

Keywords: international relations, foreign policy and its goals, Action

Strategy.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach yangi hayotga qadam qoʻydi. Yangi

hayotni qurish, davlatni tiklash va har bir sohani takomillashtirish nafaqat ichki balki

tashqi siyosatga ham bogʻliq. Xorijiy davlatlar bilan hamkorliklar, shartnomalar

buning namunasidir. Faqat bir yoki ikki emas, bir qancha davlatlar bilan hamkorlik

mamlakatning xalqaro miqyosdagi oʻrnini belgilaydi va uni mustahkamlaydi.

Shuning uchun ham tashqi siyosat eng muhim sohalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti

[1] ekanligi mamlakatimiz konstitutsiyasida ham belgilangan.O‘zbekiston boshqa

davlatlardan mustaqil holda o‘z ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.

Mamlakatimizda tashqi siyosiy faoliyat xalqimiz va davlatimiz manfaatlarini

ko‘zlagan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi - davlat

mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash,

atrof-muhitda xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini

shakllantirish, xalqaro miqyosda faol iqtisodiy tashqi siyosat olib borishdir [2].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

310

O‘zbekiston xalqaro miqyosda yuzaga kelayotgan har qanday xavfga, tahdidga

qaramasdan, o‘zining mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishi hamda barcha fuqarolarning farovonligini ishonchli tarzda

ta’minlashga qaratilgan qatʼiy tashqi siyosat olib bormoqda.

Mamlakatimiz uchun tashqi siyosatni amalga oshirish har tomonlama

muhim. Shu bois bu sohani takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro

ko‘lamda boshqa davlatlar bilan faol tashqi siyosiy munosabatlarni amalga

oshirmoqda, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan cheklanib qolmay

Evropa davlatlari bilan ham hamkorliklar yoʻlga qoʻyilgan.Davlatimiz Rahbari chet

el prezidentlari, elchilari va konsullarini qabul qiladilar va oʻzi ham xizmat safari

bilan chet davlatlarda boʻladilar.

Shuningdek, o‘zining ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosiy

faoliyati bilan ham yuksak natijalarga erishmoqda. O‘zbekiston barcha davlatlar

uchun ochiqlik siyosatini amalga oshiradi. Shuni taʼkidlab oʻtishimiz joiz,

Oʻzbekistonning eng katta yutuqlaridan biri ochiqlik tamoyiliga asoslanishi.

Aslida, bu tamoyil birinchi navbatda xalqimiz manfaatlarini ko‘zlab amalga

oshirishni nazarda tutadi. Ya’ni, yaqin do‘stlik munosabatlarini amalga oshirayotgan

ayrim davlatlar fuqarolari Oʻzbekistonda belgilangan muddat davomida vizasiz

yurish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda va davlatimiz fuqarolari ham bazibir xorijiy

davlatlarda qonunda koʻrsatilgan davrda vizasiz harakatlanish huquqiga egadir.

O‘zbekiston bir davlat bilan yaqinlashar ekan, evaziga boshqasidan uzoqlashmaydi.

Bu ham xalqaro do‘stlik munosabatlarining davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish

omińidir. Ikkinchidan, bu tashqi siyosatni amalga oshirishda davlatimiz manfaatlari

turadi. Bunda, ko‘pincha, iqtisodiy sohaga katta e’tibor qaratiladi. Xalqaro

munosabatlarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar mamlakatimizning ayrim

sohalariga investitsiya kiritadi.

Shu bois, xalqimiz va davlatimiz manfaatlarini yuksak darajaga ko‘targan

holda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasini kengaytirishga katta e’tibor qaratadi.

Tashqi siyosatimiz kengaygan sari davlatimiz rivojlanishi va barqarorligi ham

ortadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

311

Tashqi siyosatni rivojlantirishga qaratilgan Prezident Farmonlaridan biri

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan "Harakatlar strategiyasi" edi. Harakatlar

strategiyasida tashqi siyosat sohasidagi eng muhim yo‘nalishlar belgilab berilgan:

Mamlakatimiz

mustaqilligi

va

suverenitetini

mustahkamlash,

davlatimizning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va

rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston

xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari muhitini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yuksaltirish, jahon

hamjamiyatiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot

berish;

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy

faoliyatining

normativ-huquqiy

bazasini

hamda

xalqaro

hamkorlikning

shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish

masalalarini tartibga solish [3].

Yuqorida keltirib oʻtilgan yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos. Chunki, avval

taʼkidlab oʻtganimizdek, Oʻzbekiston yaqindagina mustaqillikka erishganiga

qaramasdan rivojlangan davlatlar qatoriga kirish niyatida, shuningdek, ikkinchi

yoʻnalishda keltirilgan qoida boʻyicha shuni aytish lozim hozirgi kunda davlatimiz

bir qancha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʼlib, ularning kengash yoxud sessiyalarida

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar va kelib chiqayotgan muammolar

haqida bayonotlar qiladi.Tashqi siyosatta eng muhim jihatlardan biri bu iqtisodiy

barqarorlik hisoblanadi.

Tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirish "Tashqi siyosiy konsepsiya"ga

muvofiq amalga oshiriladi. 2020-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisiga yo‘llangan Murojaatnomasida Sh.M.Mirziyoyev

“Davlatimiz olib

borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq

muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston

Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi”-deb,

taʼkidlab oʻtadi.

Tashqi siyosiy konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

312

davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni

modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik va

ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga rioya qilgan holda ittifoqlar tuzish,

davlatlararo tuzilmalarga kirish va undan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoldi [4].

Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, O‘zbekiston

Respublikasi ochiq, pragmatik va teng huquqlilik prinsiplariga asoslangan holda,

mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini saqlash uchun, xalqimiz va

davlatimizning ustuvor manfaatlari va kelajagini o‘ylagan holda, jahon

hamjamiyatida o‘z o‘rnini saqlab qolish va mustahkamlash uchun xalqaro miqyosda

faol tashqi siyosatni amalga oshiradi.

ADABIYOTLAR:

1.

Oʻzbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi.

17-modda.

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

Sh.M.Mirziyoyev . "Yangi Ózbekiston strategiyasi". Toshkent."Ózbekiston"

nashriyoti. 2021

3.

Ózbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bóyicha Harakatlar

strategiyasi haqidagi Prezident Farmoni.07.02.2017.PF-4947.

https://lex.uz/docs/-

3107036

4.

Tashqi siyosiy konsepsiya. 10.09.2012 O'RQ-330-sonli Qonuni