MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
241
NAVOIYNING “SABBAI SAYYOR” DOSTONIDAGI AXLOQIY
G’OYALAR VA HAYOT SABOQLARI
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universetiti
Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti
(o’zbek tili yo’nalishi) 3-bosqich talabasi
Jalilova Shohida
ANNOTATSIYA: Alisher Navoiyning “Sabbai Sayyor” dostoni “Xamsa’’
turkimiga kiruvchi yuksak badiiy saviyada yozilgan asarlaridan biridir. Asar nomi
fors tilidan tarjima qilinganda “Yetti Sayyora” degan ma’noni anglatadi.
Ushabu doston 1481-yilda yozilgan bo’lib, unda asosan yetti kun ichida yetti
sayyora saroyida kechgan yetti voqea tasvirlanadi. Har bir sayyora – Muxtalit
sayyoralar (oy, zuhra, mushtariy, zuhal) ramziy ma’noga ega bo’lib, ularning har
birida bir voqea yoki hikoya tilga olinadi.
KALIT SO’ZLAR: Alisher Navoiy, Sab’ayi sayyor, Bahrom Go’r, ramziy
obraz, sayyora, doston, tasavvufiy ma’no.
АННОТАЦИЯ: Эпическая поэма Алишера Навои «Саббай Сайёр»
является одним из произведений высокого художественного уровня, которое
относится к жанру «Хамса». Название произведения в переводе с персидского
означает «Семь планет».
Эта эпическая поэма была написана в 1481 году, и в ней в основном
описываются семь событий, которые произошли во дворце семи планет в
течение семи дней. Каждая планета - различные планеты (Луна, Венера,
Юпитер, Сатурн) имеет символическое значение, и каждая из них
рассказывает историю или историю.
КЛЮЧЕВЫ
Е СЛОВА: Алишер Навои, Сабаайи Сайёр, Бахром Го'р,
символический образ, планета, эпос, мистическое значение.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
242
ANNOTATION: Alisher Navoi's epic poem "Sabbai Sayyor" is one of the
works of high artistic level, which belongs to the "Khamsa" genre. The name of the
work, translated from Persian, means "Seven Planets".
This epic poem was written in 1481, and it mainly describes seven events
that took place in the palace of seven planets within seven days. Each planet - the
various planets (Moon, Venus, Jupiter, Saturn) has a symbolic meaning, and each
of them tells a story or story.
KEYWORDS: Alisher Navoi, Saba'ayi Sayyor, Bahrom Go'r, symbolic
image, planet, epic, mystical meaning.
KIRISH
Navoiy - o’zbek adabiyotining sultoni , buyuk mutafakkir va mohir so’z
ustasi sifatida sharq madaniyatida o’lmas iz qoldirgan siymodir.. Uning “Xamsa”
turkumiga kiruvchi besh dostoni orasida “Sab’ai Sayyor” alohida o’rin tutadi. Bu
asar o’zining badiiy qurilishi, ramziy obrazlari va falsafiy teran mazmuni bilan
insonni nafaqat zavqqa cho’mdiradi, balki hayotiy haqiqatlar, axloqiy saboqlar va
insoniy fazilatlar haqida chuqur o’ylantiradi.
“Sab’ai Sayyor” dostoni orqali Navoiy nafaqat go’zallik va muhabbatni
madh etadi, balki har bir inson o’z ma’naviy kamolot yo’lida qanday sinovlardan
o’tish lozimligi ham ko’rsatib beradi.
Asarda podsho Bahrom Go’rning sayohatlari, ruhiy kamolot sari yo’l,
hikmat va saboqqa to’la voqealar bayon etilgan.
Har bir hikoya orqalininson axloqi, mehr- muhabbat,adolat, sabr,
donishmandlik kabi mavzular yoritildi.
Doston sharq adabiyotining an’anaviy “har kun-har saroy-har hikoya”
usulida yozilgan bo’lib, o’zbek mumtoz adabiyotida noyob siymolardan biri sifatida
e’tirof etiladi.
Navoiy asarda Bahrom Go’r obrazida jamlagan ramziy safar- bu har bir
insonning ichki olamiga , ruhiy o’sish sari bo’lgan sayohatining badiiy ifodasidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
243
Alisher Navoiy “Sab’ai Sayyor” dostoni – nafaqat o’zbek mumtoz
adabiyotining durdonasi balki sharq falsafasi tasavvufi tafakkur va go’zallik timsoli
sifatida ham beqiyos asardir.
Asarning asosiy tuzilmasi- yetti sayyora, yetti saroy va u yerdagi yetti
voqealarning tasvirida mujassam.
Ammo bu yettilik sari bosqichma-bosqich yo’l Bahrom Go’rning har bir
sayyoraga yo’li tushib, turlin sayyorada turli hikoya tinglashi – bu aslida har bir
insonning qalb safaridir.
Asarda hikoya qilinayotgan har bir voqea – axloqiy bir saboq, hayotiy bir
haqiqat. Mehr, shavqat, sabr, donishmandlik, adolat, g’urur va gunoh kabi mavzular
turli syujetlar orqali yoritiladi.
Ayniqsa Navoiy har bir hikoyaga badiiy nafosat va musiqiy ohang bag’ishlab
uni tasviriy san’at darajasiga olib chiqadi.
Asardagi har bir obraz – timsol, har bir diolog obraz , har bir holat haqiqatdan
yasalgan ramzdir.
Dostonda Navoiy Bahrom Go’r obrazini abadiy shoh emas, u ham bir insonni
timsolovchi , hayot maktabidan o’tayotgan ruhhiy sayyoh qilib tasvirlaydi. U ham
bir hikoya orqali o’ziga saboq oladi, kamolot sari bir qadam yaqinlashadi. Asardagi
ayollar, donishmandlar, oshiq-ma’shuq obrazlari orqali Navoiyning hayotga,
insoniyatga va ilohiy haqiqatga munoabati aks etadi.
MUHOKAMA
Navoiyning “Sabbai Sayyor” dostoni bunafaqat badiiy asar, balki inson
qalbining ichki olamida kechadigane ziddiyatlar, izlanishlar va orzular manzarasidir.
syujeti Bahrom Go’rning yetti sayyoraga sayohati orqali rivojlanadi, ammo
bu tashqi safar ortida katta ma’naviy yo’l yotadi. Bu insonning o’rnini anglash,
haqiqatni izlash va komillikka intilish yo’lidir. Har bir sayyorada aytilgan
hikoyalardan turli xil syujetlar ega bo’lsa-da, ularni birlashtiruvchi asosiy g’oya- bu
insonning fazilatlari, axloqiy tomonlari va ruxiy yetakchiligidir. Muhabbat,
fidoiylik, sabr, dono so’z, halollik va yovuzlik kabi tushunchalar turli obrazlar orqali
ramziy ifodalanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
244
Ayniqsa, hikoyada ayol obrazlari kuchli ma’naviy yo’l ko’taradi. Ular
nafaqat go’zallik timsoli, balki donolik va sabr namunasi sifatida ham talqin e’tiladi.
Navoiy bu shoh asaridir. Bahrom Go’r abadiy shoh emas, odamzodning
o’zigaxos timsoli etib tasvirlaydi. Uning sayohati har bir insonning hayotiy
safarining badiy ifodasidir. U hikoyalardan saboq olib boradi, anglaydi, to’g’ri
yo’lni tanlaydi. Bu jarayon orqali Navoiy hayotidagi har bir voqeaning ostida bir
dars, bir haqiqat borligini eslatadi.
XULOSA
Sabbai Sayyor” dostoni bizni shunchaki o’tmishga emas, o’zimizga qarashga
chorlaydi. Bu asar bugun ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Unda aytilgan
haqiqatlar,qilingan tanqidlar, berilgan saboqlar zamonaviy inson uchun uchun ham
muhim.
Doston insonni nafaqat zavqlantiradi, balki tarbiyalaydi, qalbini uyg’otadi.
Har bir hikoya – bu hayot oynasi. Unda ko’rganingiz o’zingiz. Shu bois “Sabbai
Sayyor” faqat mumtoz adabiyot durdonasi emas, balki har bir zamondosh uchun,
hayot yo’lida yo’lchi yulduz bo’la oladigan bebaho asardir.
FOYDALANILGFAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Alisher Navoiy. Sabbai Sayyor. Mukammal asarlar to’plami. 20-jildlik,
Toshkent 1992
2.
Sirojiddinova S, Yusupova D, Davlatov O. Navoiyshunoshlik.
3.
Sultonmurod Olim. “Navoiy – yoshlariga” Toshkent 2008.
4.
Hasanov S. “Navoiyning yetti tuhfasi”. Toshkent. Adabiyot va san’ati 1991.