MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
113
TASVIRIY SAN’AT ASARLARINI IDROK ETISHDA IJODIY
FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Kodirov Obid Esonboy o‘g‘li
Navoiy davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada oliy ta’lim tizimida tasviriy san’at asarlarini badiiy
idrok etish orqali talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning ilmiy-metodik
asoslari yoritilgan. Shuningdek, san’at asarlarini tahlil qilish jarayonida talabalar
ongida estetik tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi usullar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, badiiy idrok, ijodiy fikrlash, metodika, tahlil,
estetik tafakkur.
Kirish.
Bugungi kunda ta’lim tizimida insonning individual salohiyatini ochib
berishga qaratilgan metodik yondashuvlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa,
tasviriy san’at sohasida talabaning badiiy idrokini chuqurlashtirish, tasavvurini
boyitish va ijodiy fikrlash faoliyatini shakllantirish eng muhim pedagogik
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Mashhur fransuz rassomi Anri Matisse aytganidek: “San’at – bu ko‘rganing
emas, balki his qilganingni ifoda etishdir.” Bu ibora badiiy idrok jarayonida tafakkur
va hissiyot uyg‘unligini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish muhimligini anglatadi.
Asosiy qism
1. Badiiy idrok va ijodiy fikrlashning o‘zaro bog‘liqligi
Badiiy idrok – bu san’at asarining tashqi shakli va ichki mazmunini
tushunish, uni tafakkurda qayta ishlab, estetik jihatdan baholash jarayonidir. Bu
jarayon faqat ongli idrok emas, balki tasavvur, tahlil, emotsional his qilish va fikr
yuritishni ham talab qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
114
Ijodiy fikrlash esa insonning mavjud bilim va tajribalarini o‘ziga xos tarzda
yangilab, o‘ziga xos g‘oyalar orqali ifodalash qobiliyatidir. Tasviriy san’at bilan
ishlash jarayonida bu ikki jarayon bir-birini to‘ldiradi.
2. Ijodiy fikrlashni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodikalar
Talabalarning ijodiy fikrlashini shakllantirish uchun quyidagi metodik
yondashuvlar tavsiya etiladi:
Tahliliy suhbat – san’at asari asosida erkin savol-javob, gipoteza va tahlil
ishlari orqali mustaqil fikrlashga yo‘naltirish.
Komparativ tahlil – turli davrlardagi asarlarni taqqoslab, ularning uslubiy,
kompozitsion, mazmuniy o‘ziga xosliklarini aniqlash.
Assotsiativ fikrlash – talabani san’at asaridan ilhomlanib, o‘z tasavvuridagi
obrazlarni yaratishga rag‘batlantirish.
Rol o‘ynash (dramatizatsiya) – talabani o‘zini rassom, san’atshunos yoki
asar qahramoni sifatida his qilishga undash.
Shuningdek, mashhur pedagog A.S. Makarenko ta’kidlaganidek: “Tarbiya
jarayoni har bir daqiqada, har bir tafsilotda amalga oshadi.” Bu fikr san’at asarlarini
idrok ettirishda har bir detalga e’tibor qaratish, uni tahlil qilish orqali ijodiy
tafakkurni o‘stirish zarurligini ko‘rsatadi.
3. O‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar roli
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlar katta joyda ega.
Talabalar o‘z kompozitsiya tahlillarini yozishda klassik asarlarni qilib, ulardan o‘z
kompozitsiyalarini o'zida namoyon qiladi. Amaliy mashg'ulotlar orqali o'quvchi
texnik malakalarni egallaydi, balki badiiy tafakkurini chuqurlashtirish, tasvirlash,
rang belgilash, kompozitsion echim topish kabi ijodiy jarayonlarga ongli ravishdagi
yondashishni o‘rganadi.
Bunday mashg‘ulotlar san’at asarining estetikasini chuqurroq anglashga,
talabaning individual dunyoqarashi va hissiyotlarini san’at tili orqali ifodalashiga
imkon beradi. Bundan tashqari, amaliy faoliyat asosida klassik va zamonaviy asarlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
115
o‘qishdagi qiyosiy tahlilni amalga oshirish, baholash uslubiy tajriba solishtirish,
talabalar va tanqidiy-estetik fikrni boshqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shu maqsadda qaralganda, amaliy mashg‘ulotlar ijodiy ta’lim jarayonining
ajralmas qismi bo‘lib, talabalarni san’atni chuqur anglashga, estetik elementlarni
qadrlashga va o‘z ijodiy qobiliyatini erkin ifodalashga o‘rgatadi.
Misol uchun, rus rassomi V.I. Surikovning “Boyarinya Morozova”, asari
asosida kompozitsion tahlil mashg‘ulotlari tashkil etilib, talabaga ushbu sahnani
zamonaviy talqinda ifodalash topshirig‘i beriladi. Natijada, ular faqat nusxa
ko‘chirish emas, balki o‘z ijodiy qarashlarini ifodalashni o‘rganadi.
Xulosa:
Tasviriy san’at asarlarini badiiy idrok etish orqali ijodiy fikrlashni
rivojlantirish zamonaviy ta’limda ijodkor, estetik didli, mustaqil fikrlovchi shaxsni
shakllantirishda muhim omildir. Mazkur maqolada keltirilgan metodik
yondashuvlar pedagogik faoliyatda samarali qo‘llansa, talabalarda nafaqat badiiy
tafakkur, balki chuqur estetik dunyoqarash shakllanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Kodirov, O. (2023). THE IMPORTANCE OF CONNECTION CREATING
ART WORKS IN INTERDISCIPLINARY. Science and innovation, 2(B2), 373-
375.
2.
THE ROLE OF SELF-PORTRAIT IN PROFESSIONAL TRAINING OF
FUTURE FINE ARTS TEACHERSF Shodiev, O Kodirov Science and innovation
2 (B4), 444-447, 2023
3.
Махмудов Н.Р. “Бадиий идрок ва эстетик тарбия” – Тошкент: Фан, 2015.
4.
Мамарасулов Қ. “Тасвирий санъат дарсларида ижодий фаолиятни
ривожлантириш” – Самарқанд: СҲТ, 2020.
5.
Мatisse H. Quotes on Art and Expression, 1940.
6.
Kodirov O. E. THE ROLE OF THE COMPARATIVE ANALYSIS
METHOD IN THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC PERCEPTION/ Scientific
methodical journal volume 6 issue 2 march 2025 727-731
7.
Макаренко А.С. Педагогическая поэма – Москва, 1933.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
116
8.
Bobomurodova S. A. BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI INNOVATSION-
PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI //Inter education &
global study. – 2024. – №. 1. – С. 73-82.
9.
Савицкая Н. Психология художественного восприятия – Санкт-
Петербург, 2008.