MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
104
“YOSHLAR VA BOSHQARUV: O
‘
ZBEKISTONNING SIYOSIY
TIZIMIDAGI YANGI G
‘
OYALAR VA YOSHLARNING ROLI”
Xalilov Alisher Abdumannonovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Qorjovova E’zoza Shuhrat qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Turizm va mehmondo‘stlik” fakulteti talabasi
ANNOTATSIYA: Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston siyosiy tizimidagi
yoshlarning o‘rni va ularning davlat boshqaruvi jarayonlaridagi ishtirokini tahlil
qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari
surilgan “Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning tayanchi” konsepsiyasi asosida olib
borilayotgan siyosiy islohotlar fonida yoshlarning siyosiy faolligi, ularning
innovatsion g‘oyalari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatidagi roli o‘rganilgan.
Shuningdek, yoshlarning raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali siyosiy fikr
bildirishi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash, ekologik barqarorlik, gender
tengligi kabi yo‘nalishlardagi tashabbuslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tizimli tahlil,
tarixiy-huquqiy va empirik yondashuvlar asosida yoshlar siyosatining huquqiy,
institutsional va amaliy jihatlari yoritilgan, mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Yoshlar siyosati, boshqaruv, siyosiy tizim, innovatsion
g‘oyalar, siyosiy ishtirok, raqamli platformalar, fuqarolik jamiyati, yosh liderlar,
siyosiy faollik, Yoshlar parlamenti siyosiy madaniyat.
“YOUTH AND GOVERNANCE: NEW IDEAS AND THE ROLE OF
YOUTH IN THE POLITICAL SYSTEM OF UZBEKISTAN”
ABSTRACT: This scientific study is devoted to the analysis of the role of youth
in the political system of Uzbekistan and their participation in the processes of state
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
105
governance. The study examines the political activity of young people, their innovative
ideas, their role in political parties and civil society against the backdrop of political
reforms being carried out based on the concept of “Youth - the pillar of a new
Uzbekistan” put forward by President Shavkat Mirziyoyev. It also analyzes the
expression of political opinions of young people through digital platforms and social
networks, as well as their initiatives in areas such as the fight against corruption,
environmental sustainability, and gender equality. The study, based on a systematic
analysis, historical-legal and empirical approaches, highlights the legal, institutional
and practical aspects of youth policy, and indicates existing problems and ways to
overcome them.
.Key words: Youth policy, governance, political system, innovative ideas,
political participation, digital platforms, civil society, young leaders, political
activism, Youth Parliament, political culture.
KIRISH.
Bugungi globallashuv va tezkor o‘zgarishlar asrida har bir davlat
o‘z taraqqiyot strategiyasida yosh avlodni asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida
ko‘radi. Ayniqsa, yangi siyosiy tizimlar shakllanayotgan, jamiyatda fuqarolik
ongining yuksalishi va demokratiyalashuv jarayonlari chuqurlashayotgan bir
sharoitda yoshlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni va roli tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham bu borada istisno emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqlarida
jumladan, “Yoshlar – Yangi
O‘zbekistonning tayanchi” degan konseptual g‘oya asosida olib borilayotgan davlat
siyosati asosiy tahlil ob’ektlaridan biri bo‘ldi. Prezident tomonidan ilgari surilgan
"Yangi O‘zbekiston" g‘oyasida yoshlarning tutgan o‘rni haqida doimiy ta’kidlab
o‘tiladi, bu esa mavzuning dolzarbligini oshiradi.
Ushbu ilmiy izlanish O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy siyosiy
tizimidagi eng muhim va dolzarb yo‘nalishlardan biri – yoshlar va ularning davlat
boshqaruvi jarayonlaridagi ishtiroki, shuningdek, ular tomonidan ilgari surilayotgan
yangi siyosiy g‘oyalar masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar fonida yoshlarning tutgan o‘rni, ularning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
106
siyosiy faolligi, qaror qabul qilishdagi ishtiroki va jamiyat taraqqiyotiga
qo‘shayotgan hissasi keng tahlil qilinadi.
Yoshlar – har qanday davlatning intellektual va ijtimoiy tayanchi, mamlakat
kelajagining garovidir. O‘zbekiston siyosiy tizimida ham yoshlar davlat e’tiborida
bo‘lib, so‘nggi yillarda yoshlar siyosatining institutsional asoslari mustahkamlandi.
“Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Yoshlar
parlamenti”, “Yoshlar daftari” va boshqa loyihalar orqali yoshlarning siyosiy,
huquqiy va iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishini kengaytirish uchun zarur
mexanizmlar joriy etildi.
Mazkur ishda quyidagi asosiy jihatlar tahlil qilinadi:
Yoshlar siyosatining huquqiy asoslari
va ularni amalga oshirishdagi
davlatning strategik pozitsiyasi;
Yoshlarning boshqaruv tizimidagi ishtiroki
– parlament va mahalliy
kengashlarga saylangan yosh deputatlar, yosh rahbarlarning tayinlanishi, “Yoshlar
parlamenti” kabi platformalarning ijtimoiy ahamiyati;
Siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatidagi yoshlarning o‘rni
,
siyosiy savodxonlik darajasi va yetakchilik ko‘nikmalarining rivojlanish holati;
Zamonaviy yoshlar ilgari surayotgan siyosiy g‘oyalar
–
korrupsiyaga qarshi kurash, ekologik barqarorlik, gender tengligi, ochiq boshqaruv,
ijtimoiy adolat va raqamli transformatsiya kabi yo‘nalishlardagi tashabbuslar.
Tadqiqotda yoshlarning nafaqat an’anaviy siyosiy strukturalarda, balki
zamonaviy kommunikatsion vositalar – ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar
orqali siyosiy fikr va g‘oyalarni shakllantirishdagi roli ham o‘rganiladi. Bugungi
yoshlar siyosiy jarayonlarga befarq emas, ular ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishni
istayotgan, faol pozitsiyaga ega avlod bo‘lib bormoqda. Internet texnologiyalarining
tez rivojlanishi natijasida yoshlar axborotni tez tahlil qiladi, mustaqil fikrlaydi, ochiq
muloqotga tayyor, shuningdek, o‘z qarashlarini erkin ifoda eta oladigan kuchga
aylanmoqda.
Tadqiqot davomida quyidagi metodologiyalardan foydalanilgan: tizimli
tahlil, tarixiy-huquqiy yondashuv, statistik ma’lumotlarga asoslangan empirik tahlil,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
107
so‘rovlar va amaliy misollar asosida dalillangan yondashuv. Shu asosda yoshlarning
siyosiy tizimda roli ortib borayotganini, ularning innovatsion yondashuvlari
jamiyatda siyosiy madaniyatning yuksalishiga xizmat qilayotganini isbotlash
maqsad qilingan.
Shuningdek, ilmiy ishda yoshlarning siyosiy ishtirokida uchrayotgan ayrim
tizimli muammolar ham ko‘rsatib o‘tiladi. Jumladan, joylarda siyosiy
madaniyatning pastligi, ba’zida yoshlarga yetarlicha ishonch bildirilmasligi,
partiyalarda yoshlar uchun amaliy imkoniyatlarning cheklanganligi kabi
muammolar tahlil qilinadi. Biroq bu holatlar ham asta-sekinlik bilan hal etilayotgani,
bu boradagi davlat siyosati izchil rivojlanayotganiga e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
siyosiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning markazida inson, ayniqsa yosh avlod
manfaatlari turadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“Yoshlar –
Yangi O‘zbekistonning tayanchi, kelajagimizning bunyodkori” [1]
. Ushbu
tamoyil asosida yoshlarni faollikka undash, ularning siyosiy jarayonlardagi
ishtirokini kengaytirish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Siyosiy tizimning barqaror ishlashi va
zamonga mos takomillashuvi bevosita yoshlarning undagi faol ishtiroki, o‘z
fuqarolik pozitsiyasini aniq ifoda etishi hamda boshqaruv jarayonlarida mas’uliyatni
his qilishi bilan chambarchas bog‘liq. Bu esa nafaqat siyosiy madaniyatni
yuksaltiradi, balki jamiyatda ishonch, adolat, mas’uliyat kabi ijtimoiy qadriyatlarni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yoshlarning boshqaruvdagi o‘rni deganda faqat yuqori lavozimlarga
tayinlanish emas, balki siyosiy partiyalar, jamoatchilik kengashlari, yoshlar
parlamentlari, fuqarolik jamiyati institutlari orqali ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
bevosita ta’sir ko‘rsata olish salohiyati tushuniladi. Shuningdek, zamonaviy axborot
texnologiyalari orqali siyosiy fikr bildirish, ommaviy axborot vositalarida ishtirok
etish va jamoaviy tashabbuslarni ilgari surish ham muhim omillar sirasiga
kiradi.O‘zbekistonning bugungi siyosiy muhitida yoshlar uchun yaratilayotgan
sharoitlar, huquqiy va tashkiliy imkoniyatlar ularni jamiyatda faol ishtirokchi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
108
yangilik tashabbuskori va boshqaruv hamkoriga aylantirishga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlar ishlari agentligi”,
“Yoshlar parlamenti”, “Yoshlar daftari” kabi muhim institutlar yoshlarga katta
maydon ochib berdi.
Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston siyosiy tizimidagi yoshlarning o‘rni, ularning
davlat boshqaruvidagi ishtiroki, ilgari surayotgan yangi siyosiy g‘oyalari,
shuningdek, bu boradagi mavjud muammo va yechimlar chuqur tahlil qilinadi.
Shuningdek, yoshlarning siyosiy faolligi, innovatsion fikrlashi, fuqarolik
mas’uliyatini anglab yetishi qanday ijtimoiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani
hamda bu holatning mamlakat rivoji uchun ahamiyati ochib beriladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar va mavjud adabiyotlar
tahlili yoshlarning O‘zbekiston siyosiy tizimidagi roli, ularning boshqaruv
jarayonlaridagi ishtiroki hamda ilgari surayotgan yangi siyosiy g‘oyalari haqida
keng qamrovli ma’lumot beradi. Avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat
siyosatida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid nutqlari, farmonlari va qarorlari tahlil
etildi. Jumladan, prezidentning “Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning tayanchi,
kelajagimizning bunyodkori” degan ta’kidlari yoshlarning siyosiy faolligini
oshirishga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan
birga, “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Yoshlar
parlamenti” kabi tashkilotlar va tashabbuslar yoshlarning siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, mahalliy olimlar (A. Haydarov, N. Zokirova, D. Juraev, Sh.
Toshpo‘latov va boshqalar) tomonidan yoshlarning siyosiy faolligi, boshqaruvdagi
o‘rni, siyosiy madaniyat va fuqarolik jamiyati institutlaridagi roli yuzasidan
yozilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar o‘rganildi. Xorijiy ilmiy manbalar va
xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning “Youth 2030” strategiyasi, YUNESKO va
Yevropa Ittifoqining yoshlar siyosatiga oid hujjatlari tahlil qilindi. Shu bilan birga,
zamonaviy yoshlarning siyosiy faoliyati, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar va raqamli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
109
platformalardagi faolligi bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni
rivojlantirish vazirligining statistik ma’lumotlari ham tadqiqotga kiritildi.
Mazkur tadqiqotda yoshlarning siyosiy tizimdagi rolini o‘rganishda
kompleks yondashuv qo‘llanildi. Tizimli tahlil metodi yordamida davlat institutlari,
siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati va yoshlar harakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir
va bog‘liqlik o‘rganildi. Tarixiy-huquqiy yondashuv esa yoshlar siyosatining
qonunchilik va institutlar darajasidagi rivojlanish jarayonlarini aniqlashga imkon
berdi. Qiyosiy tahlil orqali O‘zbekiston tajribasi xorijiy davlatlar – Janubiy Koreya,
Singapur, Estoniya va Germaniya misollarida solishtirildi va mamlakatimizdagi
muammolar hamda yutuqlar aniqlandi. Empirik metodlardan foydalanib,
yoshlarning siyosiy faolligi va ijtimoiy tarmoqlardagi ishtiroki bo‘yicha statistik
ma’lumotlar o‘rganildi, so‘rovnomalar va intervyular orqali yoshlarning siyosiy
jarayonlarga bo‘lgan munosabati aniqlashtirildi. Shuningdek, kontent-tahlil usuli
yordamida Prezident nutqlari, hukumat qarorlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon
qilingan yoshlar siyosatiga oid ma’lumotlar tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning siyosiy tizimdagi roli
nafaqat an’anaviy siyosiy strukturalarda, balki yangi kommunikatsion platformalar
orqali ham ortib bormoqda. Yoshlar faolligi siyosiy madaniyatni yuksaltirishga
xizmat qilmoqda, yangi g‘oyalar va innovatsion tashabbuslar jamiyat taraqqiyotiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning siyosiy ishtirokidagi
ayrim muammolar – siyosiy madaniyatning pastligi, yosh rahbarlarga bo‘lgan
ishonch darajasining yetarli emasligi, partiyalar va jamiyatdagi amaliy
imkoniyatlarning cheklanganligi ham mavjud. Biroq davlat siyosati va islohotlar
ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal qilishga qaratilgan.
Muhokama va natijalar:
Ushbu tadqiqot davomida yoshlarning O‘zbekiston siyosiy tizimidagi o‘rni,
ularning boshqaruvdagi ishtiroki va ilgari surayotgan yangi siyosiy g‘oyalari
atroflicha tahlil qilindi. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda yoshlarning
siyosiy faolligi sezilarli darajada oshgan va ularning davlat boshqaruvidagi roli
yanada mustahkamlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga oid
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
110
siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni
innovatsiyalar va davlat boshqaruviga keng jalb etish choralarining samarasi aniq
ko‘zga tashlanadi [2].
Tadqiqot natijalari yoshlarning siyosiy jarayonlarga faollik bilan kirib
kelayotgani, ularning nafaqat an’anaviy siyosiy institutlarda — parlament, mahalliy
kengashlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarida, balki raqamli maydonlarda
ham faol ekanligini ko‘rsatdi. Bugungi yoshlar o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi
faoliyati, raqamli platformalardan foydalanishi orqali siyosiy fikr almashish va
g‘oyalarni ilgari surishda yangi usullarni joriy qilmoqda. Bu esa siyosiy madaniyat
va fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Shuningdek, tadqiqot yoshlarning ilgari surayotgan siyosiy g‘oyalari –
korrupsiyaga qarshi kurash, ekologik barqarorlik, gender tengligi, ijtimoiy adolat va
ochiq boshqaruv kabi dolzarb masalalarga katta e’tibor qaratayotganini aniqladi. Bu
yoshlarning nafaqat siyosiy tizimda faolligini, balki jamiyatda ijtimoiy adolat va
taraqqiyot yo‘lida yangi tashabbuskor kuch sifatida shakllanayotganidan dalolat
beradi.
Biroq, o‘rganish davomida yoshlarning siyosiy ishtirokida hali ham ba’zi
muammolar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, siyosiy madaniyatning ayrim
hududlarda pastligi, yoshlarga ishonch darajasining cheklanganligi, partiyalarda va
davlat idoralarida yosh rahbarlar uchun imkoniyatlarning cheklanishi kabi
muammolar hanuzgacha e’tibordan chetda qolmayapti. Shu bilan birga, davlat
siyosati doirasida bu muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda,
yoshlarning siyosiy faolligini rag‘batlantirish va ularni boshqaruv jarayonlariga
kengroq jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Umuman olganda, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning O‘zbekiston
siyosiy tizimida tutgan o‘rni nafaqat bugungi kun talablariga javob beradi, balki
mamlakatning demokratik va modernizatsiya yo‘lida barqaror taraqqiyoti uchun
muhim omil hisoblanadi. Yoshlar o‘zining yangi g‘oyalari, ijodiy yondashuvi va
faolligi bilan mamlakat siyosatining yangilanishiga, boshqaruv tizimining
samaradorligining oshishiga xizmat qilmoqda[3].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
111
Natijada, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni boshqaruvga kengroq
jalb qilish, yangi innovatsion g‘oyalarni ilgari surish uchun davlat tomonidan
yaratilgan institutsional mexanizmlar samarali ishlayotgani va kelgusida bu jarayon
yanada rivojlanishi uchun katta zamin borligi aniqlandi.
Xulosa:
Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yoshlar O‘zbekiston siyosiy
tizimida muhim va yetakchi kuch sifatida shakllanmoqda. Ularning boshqaruv
jarayonlaridagi ishtiroki nafaqat yoshlarning o‘zini rivojlantirishiga, balki mamlakat
siyosiy va ijtimoiy hayotining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar siyosatining
strategik yo‘nalishlari asosida mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning
siyosiy faolligini oshirish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga keng
imkoniyatlar yaratish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Yoshlarning siyosiy tizimdagi ishtiroki nafaqat an’anaviy siyosiy
institutlarda, balki zamonaviy raqamli maydonlarda ham faol bo‘lib, ular yangi
kommunikatsiya vositalari orqali o‘z fikrlarini erkin ifoda etmoqda. Bu holat siyosiy
madaniyat va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga katta ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yoshlarning ilgari surayotgan ekologik barqarorlik,
korrupsiyaga qarshi kurash, gender tengligi, ijtimoiy adolat kabi yangi siyosiy
g‘oyalari jamiyat taraqqiyotida yangi tashabbuslar sifatida e’tirof etilmoqda.
Biroq, tadqiqot jarayonida yoshlarning siyosiy faolligida hali ham ayrim
muammolar
– siyosiy madaniyatning pastligi, yoshlar uchun amaliy
imkoniyatlarning cheklanganligi va ishonch darajasining yetarli emasligi mavjudligi
aniqlandi. Shunga qaramay, davlat tomonidan qabul qilingan qonunchilik bazasi va
strategik dasturlar ushbu muammolarni bartaraf etish va yoshlarning siyosiy
tizimdagi ishtirokini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan[4].
Umuman olganda, yoshlarning siyosiy jarayonlarga faolligi va yangi
g‘oyalarni ilgari surishdagi roli O‘zbekistonning demokratik rivojlanishi va
jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Kelajakda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
112
yoshlarning siyosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni boshqaruv tizimiga
kengroq jalb qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. – T.: O’zbekiston, 2017.
2. Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan
uchrashuvdagi ma’ruzasi// Xalq so‘zi, 2017, 4 avgust.
3. Toshpo‘latov Sh. (2021).
Yoshlar siyosati va boshqaruvdagi roli: zamonaviy
tendensiyalar
. Toshkent: Ilmiy nashriyot.
4. Иванов, А.В. (2019). Молодежь и политическое участие в современном
обществе. Москва: Научный мир.